255
«Agar V mavjud bо‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».
Yetarli asos qonunida tо‘g‘ri tafakkurning eng
muhim xususiyatlaridan biri
bо‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog‘lanib kelish xususiyati
ifodalanadi. Bu qonun avvalgi kо‘rib о‘tilgan qonunlar bilan о‘zaro bog‘liq holda
amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun
keltirilgan chin mulohazalar
mantiqiy asos
, berilgan mulohazaning о‘zi esa
mantiqiy natija
deb yuritiladi.
Mantiqiy asos bilan obyektiv, real asosni aralashtirib yuborish mumkin emas.
Asos va natija orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni sabab
va oqibat aloqadorligidan
farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor», degan mulohazani «U shifoxonada
davolanyapti», degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifoxonada davolanish
dastlabki mulohazaning sababi emas, balki oqibatidir. Kо‘rinib turibdiki, mantiqiy
asos hamma vaqt ham hodisaning sababi bilan mos kelmaydi.
Fikrlarning yetarli
asosga ega bо‘lishining obyektiv manbai faqat sabab-oqibat munosabatinigina emas,
shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bо‘lish xususiyatlarini
ham, ya’ni obyektiv mazmuni sabab-oqibat munosabatlaridan tashqarida bо‘lgan
boshqa munosabatlarni ham о‘z ichiga oladi.
Fikr-mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jarayon bо‘lib, unda ikki yoki
undan ortiq о‘zaro bog‘langan muhokamalar tizimidan foydalaniladi. Keng ma’noda
biror mulohazani asoslash deganda, shu mulohazaning
chinligini tasdiqlovchi
ishonchli va yetarli dalillarning mavjudligini aniqlash tushuniladi. Bu ishonchli va
yetarli dalillarni shartli ravishda ikki guruhga: empirik va nazariy asoslarga bо‘lish
mumkin. Bulardan birinchisi asosan hissiy bilish, tajribaga asoslansa, ikkinchisi aqliy
bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi nisbiy bо‘lgani
kabi, empirik va nazariy asoslar о‘rtasidagi farq ham nisbiydir.
Insonning shaxsiy tajribasi fazo va zamonda chegaralangan bо‘lib, sezgilari
bergan ma’lumot esa hamma vaqt ham tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Shunga qaramasdan,
mulohazalarni empirik asoslashning ahamiyati katta, chunki bilish jonli hissiy
mushohadadan bevosita kuzatishdan boshlanadi. Hissiy
tajriba insonni tashqi olam
bilan bog‘lab turadi. Nazariy bilim esa empirik bazisning ustqurmasi hisoblanadi.
256
Umumiy-chin mulohazalar sifatida fanlarning qonun-qoidalari, tushunchalar
ta’rifi, shuningdek, aksiomalardan foydalaniladi. Bularning barchasi nazariy
asoslashning ratsional yoki demonstrativ usullari bо‘lib, ular umumilmiy ahamiyatga
ega bо‘lgan isbotlash metodlarining asosini tashkil etadi. Shuningdek,
asoslashning
subyektiv xarakterda bо‘lgan va bevosita tajriba natijalariga yoki nazariy fikr
yuritishga taalluqli bо‘lmagan usullari mavjud. Intuitsiya, e’tiqod, avtoritet va urf-
odatlarga asoslanish shunday usullar jumlasiga kiradi. Bu usullardan kо‘proq
kundalik ong darajasida foydalaniladi. Intuitsiya hech qanday muhokama va
isbotlarsiz tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri haqiqatga erishish qobiliyatini ifodalaydi. “Intuitsiya”
sо‘zi – lotincha “intuitio” sо‘zidan olingan bо‘lib, «diqqat bilan tiqilib qarayman»,
degan ma’noni bildiradi. Intuitsiya bilish jarayonida sezilarli ahamiyatga ega bо‘lib,
hissiy va aqliy bilishdan о‘zgacha bir kо‘rinishni tashkil etmaydi; о‘ziga
xos fikr
yuritish, tafakkur qilish usulini ifodalaydi. Intuitsiya orqali inson murakkab
hodisalarning mohiyatini, uning turli qismlariga e’tibor bermagan holda, fikran yaxlit
qamrab, tushunib oladi. Bunda tafakkur jarayonining alohida qismlari u yoki bu
darajada anglanmaydi va asosan fikr yuritish natijasi – haqiqatgina anglangan holda
aniq, ravshan qayd etiladi. Intuitsiya haqiqatni aniqlashda yetarli asos hisoblansa-da,
lekin bu haqiqatga boshqalarni ishontirish uchun yetarli hisoblanmaydi.
E’tiqod
– kishining ishonchini qozongan va shuning uchun ham uning
faoliyatida xatti-harakatlarini belgilab beradigan, uning dasturi bо‘lib xizmat
qiladigan qarashlar majmuasidan iborat. E’tiqod chinligi
isbotlangan mulohazalarga
yoki tanqidiy tahlil qilib kо‘rilmagan, chinligi noma’lum boshlang‘ich bilimlarga
asoslangan bо‘lishi mumkin. Intuitsiya kabi e’tiqod ham subyektiv xarakterda bо‘lib,
davr о‘tishi bilan о‘zgarib turadi. «Anglash uchun e’tiqod qilaman», degan edi
Avliyo Avgustin (354-470) va Anselm Kenterberiyskiy (1033–1109).
Fransuz faylasufi va teologi Pyer Abelyar (1079–1142) esa aql va e’tiqodning
о‘zaro nisbatini haqqoniy kо‘rsatgan holda «E’tiqod qilish uchun tushunaman»,
deydi. Albatta, e’tiqod haqida fikr yuritganda kо‘r-kо‘rona e’tiqod bilan tarixiy va
hayotiy tajriba natijasi bо‘lgan, bilimga asoslangan e’tiqodni farqlash zarur. Faqat
ilmiy bilimga asoslangan e’tiqodgina fikr va mulohazalarning chinligini aniqlashda
257
yetarli asos bо‘ladi. Shuning uchun ham ular inson qalbida mustahkam о‘rnashib
qoladi. Birinchi Prezident I.A. Karimov: «Milliy mafkura – bu xalqning,
millatning
о‘tda yonmaydigan, suvda chо‘kmaydigan о‘lmas e’tiqodidir
18
» , deganda aynan
shuni nazarda tutgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: