249
(fikrlash elementlari) о‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur
qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani tо‘g‘ri qurish uchun zarur
bо‘lgan talablar – fikrning aniq, izchil, yetarli darajada asoslangan bо‘lishidan iborat.
Muhokamani tо‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda,
birinchi
navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni tо‘g‘ri tafakkur
prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi
muhokamaning notо‘g‘ri qurilishiga sabab bо‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan
xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur bо‘lgan huquqiy hujjat»,
«Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur bо‘lgan huquqiy hujjat
emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha
moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir –
kimyoviy element») mumkin.
Tafakkur kо‘p qirrali jarayon bо‘lib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni
va shakli (strukturasi) bо‘yicha, tayyor holida yoki kelib
chiqishi va taraqqiyotida
olib о‘rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi,
uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yо‘nalishlarga ajralishiga sabab
bо‘ladi.
Formal va dialektik mantiq. F
alsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan
formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi
tafakkur shakllarini
ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida
о‘rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli
birligida olib о‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini
uning konkret mazmunidan
chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik
mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy
turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun-qoidalariga
amal qilishni taqozo etadi.
Dialektika ham, formal mantiq ham doimo falsafa
tarkibida rivojlanib kelgan.
Dialektika rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qaramaqarshiliklar
darajasiga kо‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bо‘lmay, balki ular о‘rtasidagi
qarama-qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb kо‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik
250
mantiq bir-biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi.
Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim
tarkibiy qismi sifatida
mavjud bо‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir.
Falsafada “qonun” tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy,
umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Mantiq ilmida esa “qonun”
tushunchasi fikrlash elementlari о‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni
ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bо‘ysunadi. Ular dialektika qonunlari
va formal mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari obyektiv olam va bilish
jarayoniga xos bо‘lgan eng umumiy qonunlar bо‘lib, dialektik mantiqning о‘rganish
sohasi hisoblanadi. Formal mantiq qonunlari esa faqat tafakkurdagina amal qiladi.
Dialektika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib
о‘rgansa,
formal mantiq qonunlari esa, fikrning tо‘g‘ri tuzilishi, aniq, izchil,
ziddiyatsiz va asoslangan bо‘lishini e’tiborga olgan holda о‘rganadi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos
muhim, zaruriy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqelikning
inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va
shakllangan. Bu qonunlar fikrlashning tо‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular
tafakkur shakllari bо‘lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar), xulosa chiqarishning
shakllanishi va о‘zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlariga amal qilish tо‘g‘ri,
tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz,
asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bо‘lish
va asoslanganlik tо‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy
qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bо‘lganligi uchun, ularning har birini
alohida-alohida kо‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: