O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Tafakkur shakli
fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish 
usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning 


247 
fikrda ifodalangan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining 
tabiatini misollar yordamida kо‘rib chiqamiz. 
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (tо‘plami) kishilar tafakkurida turli 
xil mazmunga ega bо‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» 
tushunchasida о‘zining maydoni, aholisi, boshqaruv vositalariga ega bо‘lgan siyosiy 
tashkilot aks etadi. “Milliy g‘oya” tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak 
bilan bog‘liq orzu-havaslari, maqsadlari, tub manfaatlari о‘z ifodasini topgan. 
Mazmun jihatidan turli xil bо‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga kо‘ra bir xildir: 
har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali tafsirlanadi. Xususan, «о‘z 
maydoniga 
egaligi», 
«aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalarining 
mavjudligi», «siyosiy tashkilotdan ekanligi» davlatning muhim xususiyatlari 
hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «millatning orzu-havaslari, maqsadlarini aks 
ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» milliy g‘oyaning muhim belgilaridir. 
Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim 
belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning 
mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. 
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar о‘rtasidagi munosabatlar, 
predmetning mavjud bо‘lish yoki bо‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor 
shaklda ifoda etiladi. Masalan, «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» degan hukmda 
predmet (yuksak ma’naviyat) bilan uning xossasi (yengilmas kuch) о‘rtasidagi 
munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy aloqada» degan hukmda ikkita 
predmet (axloq va huquq) о‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli 
xil bо‘lgan bu hukmlar tuzilishiga kо‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha 
(S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) о‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, 
ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy 
strukturasini (shaklini) S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. 
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagi kabi holatni kuzatish mumkin.
Masalan, 
“Daraxt – о‘simlik”. 
“Terak – daraxt”. 


248 
Demak, “Terak – о‘simlik”. 
yoki 
“Har bir kimyoviy element о‘z atom og‘irligiga ega”. 
“Mis – kimyoviy element”. 
Demak, “Mis о‘z atom og‘irligiga ega” kabilar. 
Bunday xulosa chiqarish yо‘llari mazmunan bо‘yicha turlicha bо‘lishiga 
qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi 
tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos bо‘lib xizmat qilayotgan hukmlarda 
uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», ikkinchi misolda – «kimyoviy 
element» tushunchasi) orqali bog‘langan. 
Yuqorida keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan 
nisbatan mustaqil holda mavjud bо‘lishi va, demak, о‘ziga xos qonuniyatlarga egaligi 
ma’lum bо‘ldi. Shuning uchun ham mantiq ilmida u alohida о‘rganish predmeti 
sifatida olib qaralishi mumkin. 
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal 
mantiqiy shakllari hamda asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama 
yuritish ana shu elementlar va ularning о‘zaro aloqaga kirishishi natijasida vujudga 
keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya 
va shu kabilar)da amalga oshadi. 
Muhokama yuritishda fikrning chin bо‘lishi va shakliy jihatdan tо‘g‘ri qurilishi 
ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga kiradi. Chin fikr о‘zi 
ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (masalan, «temir – 
metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «temir – metall 
emas»). Fikrning tо‘g‘ri yoki xato bо‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlardir. 
Fikrning chin bо‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bо‘lsa-da, о‘z 
holicha yetarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan ham tо‘g‘ri 
qurilgan bо‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bо‘lib, tafakkurda 
hosil bо‘ladigan turli xildagi mantiqiy amallarda о‘z aksini topadi. 
Fikrni tо‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish 
mumkin. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish