O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


bo’lib chiqadi. Bunda ob’ektiv reallikning odamlar  ta’sir o’tkazadigan tomoni esa  amaliyot ob’ekti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 
bo’lib chiqadi. Bunda ob’ektiv reallikning odamlar 
ta’sir o’tkazadigan tomoni esa 
amaliyot ob’ekti
 
bo’ladi. Moddiy ishlab chiqarish va 
jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi amaliyotning eng muhim 
shakllaridir. 
Amaliyot nazariy bilimdan yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita 
voqelik hislatiga ega. Amaliyotda asosiy qarama-qarshiliklar ideal qarama-qarshilik 
(sub’ektiv reallik sifatida) va moddiy qarama-qarshilik (ob’ektiv reallik sifatida) 
birga qo’shilishadi. Amaliyot bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga 
muvofiq tarzda uzluksiz o’zgartirish jarayonidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy 
ehtiyoj paydo bo’lsa, bu bilish jarayoniga o’nlab universitetlarga qaraganda ko’proq 
asos bo’ladi, chunki amaliyot ehtiyojlari ilmiy bilishning o’zini olg’a siljitadi. 


134 
Amaliyot bilish jarayoniga boshidan oxirigacha «amaliyot nazariya, yana 
amaliyot yana nazariya» tarzidagi formula boyicha kirib borib uni boyitadi. 
Amaliyotdan ajralgan bilish bo’lishi mumkin emas. Faqat amaliyotgina u yoki bu 
nazariyaning to’g’ri yoki noto’g’riligini ko’rsatib beradi. Amaliyot o’zgarmas emas, 
fan yutuqlari tufayli u doimo takomillashib, boyib va rivojlanib boradi. Bilish va 
amaliyot bir-biridan ajralmasdir. Amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi
harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir. 

Haqiqat, bu
bizning dunyo to’g’risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning 
dunyoning o’ziga, ob’ektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, 
yanglishuvdan, yolg’ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz ob’ektiv 
voqelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab 
olmoq kerak. Aristotel haqiqatning «
klassik
» 
konsepsiyasi
 
muallifidir. Bu konsepsiya 
haqiqatni fikrning, bilimning voqelikka mos kelishi deb, yolg’onni esa fikrning real 
ahvolga mos kelmasligi deb talqin qiladi. U o’zining «Metafizika» sida bunday deb 
yozadi: «Bor narsani yo’q deyish yoki yo’q narsani bor deyish yolg’on gapirishdir; 
borni bor va yo’qni yo’q deyish esa haqiqatni gapirishdir». 
Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida ob’ektiv haqiqat tushunchasi tez-tez 
uchrab turadi. 
Ob’ektiv haqiqat bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir 
kishiga ham, butun insoniyatga ham bog’liq emas. Haqiqatning ob’ektivligini u 
mavjud olamning in’ikosi bo’lishi belgilaydi.
Absolyut haqiqat bu bilish ob’ekti haqidagi inkor etib bo’lmaydigan to’liq va 
tugal bilimdir, nisbiy haqiqat esa bilish predmeti to’g’risidagi noto’liq va notugal 
bilimdir. 
Absolyut haqiqat to’liq hajmdagi ob’ektiv haqiqatdan boshqa narsa emas
nisbiy haqiqat
 
esa notugal shakldagi, notuliq hajmdagi ob’ektiv haqiqatdir. Har bir 
nisbiy haqiqatda absolyut haqiqat jihati bor, chunki har qanday nisbiy haqiqat 
ob’ektivligi sababli, unda doimiy bilim jihati bor. 1913 yilda XX asrning eng yirik 
fizigi 
Nils Bor
 
o’zining mashhur 
to’ldiruvchanlik 
prinsipini ta’riflab berdi. Bu 
prinsipga ko’ra, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va 
tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan 
yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo’lishi bilan mutlaqo noto’g’ri 


135 
deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning 
chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik mexanika bilan 
nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon 
nazariyasi va ko’p boshqa nazariyalar o’zaro ana shunday munosabatda bo’ladi. 
Absolyut 
haqiqatni 
absolyutlashtirish 
dogmatizmga,
nisbiy 
haqiqatni 
absolyutlashtirish 
relyativizmga
 
olib keladi. Relyativizm va dogmatizmning 
cheklanganligiga sabab ularda absolyut haqiqat bilan nisbiy haqiqat bir-biridan ajratib 
olinganligi va qarama-qarshi qilib qoyilganligidadir. Bizning bilimlarimiz ayni bir 
vaqtning o’zida ham absolyut, ham nisbiydir. Egallagan bilimlarimiz va tajribamiz 
asosida biz bilib olgan va tasvirlay oladigan narsa, sodir bo’lgan, inkor etib 
bo’lmaydigan narsa bizning bilimlarimizning absolyut jihatini tashkil etadi. Lekin, 
shu bilan birga, biz har bir bosqichda hamma narsani ham bilavermaymiz. Bizning 
bilimlarimiz ayni bir vaqtning o’zida uzluksiz kengayib va chuqurlashib boradi. Shu 
ma’noda ular absolyut emas, balki nisbiydir, shu boisdan absolyut haqiqatning o’zi 
nisbiy haqiqatlar yig’indisidan tarkib topishini e’tirof etmoq kerak. Rivojlanishning 
har bir bosqichida bilimlarimizning chegaralari vaqtinchadir, lekin, bilimlarimiz 
tobora to’lib va chuqurlashib borgan sari biz absolyut haqiqatga yaqinlashib boramiz, 
ammo uni hech qachon to’la-to’kis egallay va tushunchada ifodalay olmaymiz, 
chunki tabiatning o’zi bilish ob’ekti sifatida kengligi jihatidan ham, chuqurligi 
jihatidan ham cheksizdir. 
Bilimlarimizning haqiqat yoki yolg’onligini, ularning absolyutlik va nisbiylik 
darajasini konkret joy va vaqt sharoiti belgilab beradi. 
Joy va vaqt
 
sharoiti 
almashinib, o’zgarib turadigan omil ekanligi sababli bir sharoitda haqiqat bo’lgan 
narsa o’zgargan sharoitda yanglish yoki yolg’on bo’lib chiqadi. 
Joy va vaqt sharoitini har tomonlama hisobga olish talabi biluvchi sub’ektni 
dogmatik xatolardan ehtiyot qiladi. Joy va vaqt sharoitining o’zgarishi yetilgan 
vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashuvni zarur qilib qoyadi, zarur bo’lib qolganda 
o’rtaga qoyilgan maqsadga erishish taktikasi, metodi va usullarini o’zgartira bilishni 
taqozo etadi. Shu boisdan ham bilishning u yoki bu shakllari, metodlari va usullarini 
absolyutlashtirish mumkin emas, eskirgan xulosalar va formulalarni o’z vaqtida 


136 
yangilari, o’zgargan sharoitga mos keladiganlari bilan almashtirish zarur, chunki ayni 
bir xil qonuniyatlar turli tarixiy sharoitda turli natijalarga olib keladi. 
Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan 
yondashiladigan bo’lsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi 
qoyiladi. 
Abstrakt haqiqat

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish