Shavkat Mirziyoev
.
MА`NАVIY-MА`RIFIY ISHLАR SАMАRАDORLIGINI OSHIRISH BOʼYICHА QOʼSHIMCHА CHORА-TАDBIRLАR TOʼGʼRISIDАGI PREZIDENT QАRORINING MOHIYATI VА АHАMIYATI
2019-yil 3-may kuni “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4307-son Prezident qarori qabul qilindi.
. Qarorning qabul qilish zarurati.
Jahonda gʼoyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, maʼnaviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar oʼrtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot gʼoyalar taʼsiriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qoʼshilib qolish holatlari hamon uchramoqda.
II. Qarorning maqsadi.
Qarorning asosiy maqsadi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, maʼnaviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan koʼmaklashish hisoblanadi.
III. Qarorning mohiyati va ahamiyati.
Qaror bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi faoliyatining asosiy yoʼnalishlari belgilandi. Shunga koʼra, Kengash qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazishi lozim.
Bundan tashqari Kengash quyidagilar uchun masʼul hisoblanadi:аҳоли ўртасида FАOL FUQАROLIK POZITSIYASINI shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;
oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʼrganish va sogʼlomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish,“mahalla–tuman–viloyat–respublika” printsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
“JАHOLАTGА QАRShI MАЪRIFАT” GʼOYASI asosida jamiyatda uzluksiz maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targʼibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yoʼnalishlari, taʼsirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish;
tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik gʼoyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targʼibot ishlarini olib borish;
aholining ijtimoiy-maʼnaviy hayotida bunyodkorlik gʼoyalarini kuchaytirish, DINIY BАGʼRIKENGLIK VА MILLАTLАRАRO TOTUVLIK muhitini yanada mustahkamlash.
Qaror bilan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, Uzluksiz maʼnaviy tarbiya kontseptsiyasi hamda Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sogʼlomlashtirish metodikasi ishlab chiqiladi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar uchun masʼul xodimlar Markaz huzuridagi “Maʼnaviyat targʼibotchisi” taʼlim muassasasida oʼqitiladi.
Qaror bilan “MА`NАVIYAT FIDOYISI” KOʼKRАK NISHONI taʼsis etildi.
Foydalanilgan manbaalar
20.01.2021 https://kun.uz/12980357 Prezident: «Maʼnaviyat kerakmi-yoʼqmi deb yurganlar ham yoʼq emas»
Жамият19 Январь 2021 20:12 20927 https://qalampir.uz/n/31829
Мирзиёев маънавиятни юксалтириш бўйича йиғилиш ўтказди
Do'stlaringiz bilan baham: |