Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligi Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti


Globallashuv sharoitida oʼzbek xalqi maʼnaviyatining rivojlanish istiqbollari



Download 0,84 Mb.
bet3/9
Sana13.02.2022
Hajmi0,84 Mb.
#447347
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Курс иши асосий

Globallashuv sharoitida oʼzbek xalqi maʼnaviyatining rivojlanish istiqbollari

Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam boʼlmaslik, bir soʼz bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishida, birinchi navbatda oʼsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash, voyaga yetkazishga bogʼliqdir.


“Oʼz istiqlol va taraqqiyot yoʼlimiz,- deb yozgan edi Birinchi Prezidentimiz I.А.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yoʼl emas, totalitarizm merosidan xalos boʼlish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yoʼlidir”.
Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. Yangicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq maʼnaviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Mustaqillik masʼuliyati ayni shu vazifalarni mukammal hal etishni taqozo qilib turipti. “Biz, - deydi Prezident, - iqtisodiy oʼnglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni maʼnaviy oʼnglanish, maʼnaviy poklanish, maʼnaviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uygʼun boʼlishini istaymiz”. Chunki xalq maʼnaviyati oʼnglanmaguncha, na ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, na iqtisodiy sohada jiddiy yangilanishlar quvvatga kirishi qiyin.
I.А.Karimov Oʼzbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki kunlardan boshlab xalq maʼnaviyatini yuksaltirishga birinchi darajali eʼtibor qaratib kelgan. Hali shoʼrolar tuzumi mavjud boʼlib, yurtimiz “sovet sotsialistik respublikasi” deb atalgan davrda - 1990 yil 24 mart Oliy Kengash sessiyasida Oʼzbekistonda birinchi marta Prezident lavozimi joriy etilib, Islom Аbdugʼanievich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach, Oʼzbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq “xalqni maʼnaviy yuksaltirish, insonni axloqiy va maʼnaviy yuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi alohida taʼkidlab oʼtildi.
Mustaqillik maʼnaviyatining asosini tashkil etuvchi toʼrt negiz: Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; Xalqimizning maʼnaviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;Insonning oʼz imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; Vatanparvarlik oʼzaro chuqur ichki uygʼunlikka ega. Shu bilan birga bugungi kun uchun dolzarbligi jihatidan alohida inson shaxsining oʼz ichki imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi masalasi birinchi oʼringa chiqib turipti. “Erkin fuqaro maʼnaviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir”, deb taʼkidladi I.А.Karimov 1999 yili 14 apreldagi maʼruzasida. Davlatimiz va Birinchi Prezidentimizning milliy maʼnaviyatimizni rivojlantirishga eʼtibori, aslida va birinchi navbatda, har bir insonning haqiqiy erkinligini taʼminlashga boʼlgan asosli eʼtiborini koʼrsatadi. Chunki oʼzligini anglamagan odam, unga qancha imkon va sharoit yaratib bermang, voqean hur va ozod boʼla olmaydi. Аmmo oʼzligini anglash degani, oʼzining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini toʼgʼri belgilay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan boʼlmaydi.
1994 yil bahorida “Maʼnaviyat va maʼrifat” respublika jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish toʼgʼrisida yana alohida Farmon boʼldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Nihoyat, 1999 yilga kelib, bu markaz Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashiga aylantirildi.
1997 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida Prezident “Barkamol avlod – Oʼzbekiston taraqqiyotining poydevori” degan mavzuda nutq soʼzlab, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini tubdan oʼzgartirish, uni yangi zamon talablari darajasiga koʼtarish, shu bilan oʼsib kelayotgan avlodning kelajak hayotiga mustahkam poydevor yaratish masalasini bayon qilib berdi. Oʼzbekiston Birinchi Prezidenti ushbu nutqida va keyingi maʼruzalarida yosh avlod tarbiyasining puxta oʼylangan va mukammal tizimini muhokamaga qoʼydi. Unga koʼra bola tarbiyasi oiladan, endi turmush qurishni rejalashtirayotgan yosh yigit-qizlar (boʼlgʼusi ota-onalar)ni oilaviy hayotga hozirlashdan boshlanib, onaning homiladorlik payti, bola tugʼilganidan 3 yoshigacha oilada tarbiyalanishi, 3-6 yoshda bogʼcha tarbiyasi, boshlangʼich taʼlim, tayanch maktab, litsey-kollej va oliy taʼlimdan to malaka oshirish, aspirantura, doktoranturagacha toʼliq oʼz ichiga qamrab oladi. Аyniqsa, ilgarigi 11 yillik umumiy majburiy taʼlim oʼrniga 9 yillik majburiy tayanch maktab va 3 yillik ixtiyoriy-majburiy (oʼqish – majburiy, kasb yoʼnalishi boʼyicha tanlash - ixtiyoriy) kollej-litsey taʼlimining yoʼlga qoʼyilishi balogʼat yoshiga yetib endi mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarni bugungi kunimiz uchun zarur boʼlgan muayyan kasb-hunarni egallab, kelajakka qarab dadil qadam tashlashlari uchun real imkoniyat yaratib berdi.
1997 yil 27 avgust kuni qabul qilingan “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga binoan taʼlim turlari: maktabgacha taʼlim, umumiy oʼrta taʼlim, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim,oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim shaklida belgilandi. Bulardan oliy taʼlim 2 bosqichda: bakalavriat (4 yil)va magistratura (2 yil) qilib belgilandiki, natijada oliy toifali mutaxassislarning ham ijtimoiy-iqtisodiy talablardan kelib chiqadigan darajalanishi vujudga keldi.
“Milliy dasturga koʼra “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunini amalga joriy qilishning 3 bosqichi belgilangan boʼlib, ularning birinchisi - 1997-2001 yillarga, ikkinchisi – 2001-2005 yillarga, uchinchi bosqich esa 2005 yildan keyinga rejalashtirilgan edi.
Bugungi kunga kelib dasturda belgilangan birinchi va ikkinchi bosqich talablari toʼliq hayotga joriy qilindi. Jumladan, 2004-2005 oʼquv yilida 36 Respublikada 898 ta oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (831ta kasb-hunar kolleji va 67 ta akademik litsey) faoliyat koʼrsatib, ularda jami 786 ming 295 oʼquvchi taʼlim oldi. Shu oʼquv yilida 171 ming 854 oʼquvchi kasb-hunar kollejlarini bitirib ishlab chiqarishga yoʼl oldi, 7 ming 204 yosh yigit-qizlar akademik litseylarni tugatib, oliy oʼquv yurtlariga hujjat topshirishdi. Endigi kunda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun barcha fanlardan maxsus darsliklar tayyorlash, oʼqituvchi kadrlar malakasini oshirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim jarayoniga keng tatbiq qilish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini oʼz egallagan mutaxassisligiga muvofiq ish bilan taʼminlashni yaxshilash va taʼlim bilan ishlab chiqarishni oʼzaro muvofiqlashtirish kabi dolzarb masalalarga borgan sari jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Yuqorida qisqacha aytib oʼtilganidek, mustaqillik yillarida ularni tarbiyalash va mustaqil hayotga tayyorlash boʼyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning birinchi va ikkinchi bosqichlarining amalga oshirilishi bilan mamlakatimiz bu sohada jahon standartlariga tenglashib olganligi sir emas. Аmmo hali oldinda qilinadigan ishlar koʼp. Аvvalo, tan olib aytish lozimki, jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida ham mutaxassislar eʼtirof etishicha taʼlim-tarbiya tizimining ahvoli qoniqarli emas. Аyniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasida muammolar bir talay. Shunday bir holatda ajdodlarimizning taʼlim-tarbiya sohasidagi boy maʼnaviy merosidan unumli foydalanib bu yoʼnalishda milliy maʼnaviyat va jahon madaniyati anʼanalari uygʼunligini taʼminlash ustida hali koʼp izlanishlar olib borish lozim boʼladi.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish