I bob Musiqiy to’garaklarning maqsad va vazifalari.
Musiqa to’garaklarini tashkil etish.
O’quvchilarga sinfdan tashqari ishlar tizimini joriy etishda fikrlash qobiliyatlarini o’ta zo’riqtirmaslik uchun sodda va qiziqarli “metod”lardan foydalanish lozim. mashg’ulot jarayonida, ayniqsa manzaralarni tabiat qo’ynida chizilsa o’quvchi uchun qiziqarli bo’ladi, u erkin holda ijod qiladi. Ma’naviyatini boyitish orqali, eng avvalo o’sib kelayotgan yosh avlod, ajdodlari, boyliklari, hususan an’ana va urf-odatlarimiz haqida mustaqil fikrlashga ega bo’lmoqlari lozim. O’quvchilarda mustaqil fikrlash qoidalarini rivojlantirar ekanmiz, ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilarining burro-burro qilib gapirishlari, mustaqil fikrlay olishlari, eng muhimi milliy musiqani ongli ravishda idrok etib, rasmni jonli tarzda chizishlari ahamiyatlidir.1
Musiqa to’garaklarini tashkil etish va boshqarish maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy shakllarini (san’atkorlar bilan uchrashuvlar, lektsiya-kontsertlar, shoirlar bilan uchrashuvlar, “Navro’z” bayramlari, “Alifbe” bayramlari, “Ilhom chashmalari” ko’rik tanlovlari, bayramlari) uyushtirish va tashkil etish musiqa to’garak raxbarining zimmasiga yuklatiladi va vazifasiga kiradi. SHu bilan birga, maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari (bolalar musiqa maktablari, bolalar teatri, o’quvchilar saroylari) bilan aloqada bo’lib, iqtidorli o’quvchilarni ularga jalb etish va faoliyatini maktab hayotida ham musiqa to’garak raxbarining zimmasidagi vazifasidan biridir.
Musiqa pedagoglarning asosiy vazifalari o’quvchilarga mashg’ulot jarayonida bilim berishdan iborat bo’lsa, shu bilan birga musiqiy va maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy sinfdan tashqari to’garaklarni ham tashkil etishdan ham iboratdir.
Bizga ma’lumki, musiqa to’garagi raxbarining cholg’u ijrochiligi, yuksak kasbiy mahorati, nutq madaniyati, musiqa savodxonligi bo’yicha to’g’ri ko’rsatmalar berishi «Ta’lim to’g’risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Davlat Ta’lim Standarti»ni teran anglashi zarur. SHundagina uning mashg’ulot o’tish tamoyillari, tadbirlarni mazmunli tashkil etish ijodkorligi ortib boradi. SHu bilan birga pedagoglar xalq an’nalarini chuqur bilishlari, xususan, ma’naviy tarbiya marosimlari va undagi qo’shiqlarni o’rgatishda musiqa san’atidan to’g’ri foydalangani xolda sahnani bezashni ham oqilona uddalashi zarur.
Yuqoridagi fikrlarning davomi sifatida umumta’lim maktablarida musiqa to’garaklari ham tashkil etilib, musiqa to’garak raxbarining mashg’ulot jarayonida qanday faollik bilan ish olib borsa, to’garaklarda ham o’quvchi – yoshlarni mashg’ulotga shu qadar ko’proq qiziqtira bilishi darkor. Hususan, musiqa to’garaklarida bolalarning ijodkorligi, iste’dodi ham muhim sanaladi. Ular maktabdan va mashg’ulotdan bo’sh vaqtlarida o’zlarining qiziqishlariga qarab, to’garaklarda qatnashadilar.
Musiqa to’garaklariga quyidagilar kiritilishi mumkin:
Musiqa va cholg’u ijrochiligi to’garagi. (fortepianino, rubob, akkardeon, doira, dutor, skripka va boshq.) Bunda asosan o’qituvchining qaysi musiqa asbobini mukammal bilishi muhim sanaladi.
Xor to’garagi. (14 nafardan kam bo’lmagan o’quvchi- yoshlarni tashkil etgani holda, jamoa bo’lib kuylash qoidalari mukammal tarzda ham nazariy, ham amaliy o’rgatib boriladi,2-3 ovozli xor asarlarini ijro etish o’rgatiladie)
Maqom va mumtoz qo’shiqchiligi to’garagi. (mumtoz va maqom qo’shiqlarining tarixi va kelib chiqishi, kimlar tomolnidan ijro etilganligi, qaysi mahalliy uslubga xosligi nazariy jihatdan ma’lumot beriladi va kuylash o’rgatiladi.)
Vokal to’garagi. (qo’shiqni sof kuylay oladigan )
Raqs to’garagi. (Plastik elementi bor qizlar tanlab olinadi. Turli millatlar va o’zbek milliy raqslari o’rgatiladi.)
Folklor to’garagi. (Xalqimizning noyob durdonalari bilan tanishish, xalqimiz tomonidan kuylangan, bugungi kunda unutilib ketayotgan kuy- qo’shiqlarni o’rgatish. Urf- odat va rasm- rusumlar haqida ma’lumot berib borish. )
Musiqa to’garak raxbarining mahoratida ham, o’zbek xalqining an’analarini chuqur bilish, urf-odatlarini o’quvchilar ongiga singdirish va milliy kuy- qo’shiqlarni qo’shiqlarni teran anglash va kuylash qobiliyatiga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda ijtimoiy madaniy hayot taraqqiyoti asosida yangi ijtimoiy mehnat va madaniy sohalarining vujudga kelishi, kishilarning zamonaviy ehtiyoji, davr talablarining zamonaviyligi asosida yangi zamonaviy talablar vujudga kelmoqda.
SHuni ta’kidlash kerakki, joylardagi musiqa to’garaklarining barchasi to’garak raxbaridan faqat ijod va ijodkorlikni talab etadi!
Musiqa to’garaklarining faoliyati ko’proq tadbirlar bilan bog’liq bo’lgani holda to’garak raxbari o’z rejasini yil sanalaridan kelib chiqib tuzishi mumkin. SHunday tadbirlar sirasiga quyidagilarni misol keltirish mumkin, bular - gul bayramlari, madaniyatga oid bayramlar, san’at bayramlari, qushlar bayrami, sport bayramlari bo’lib, agar lozim bo’lsa ramziy ma’nodagi kelinlarni ifodalab mehmonlarga qarata kelin salomning so’zlarini o’zgartirib kuylash mumkin. 2
An’anaviy tarzda uyushtiriladigan bayramlar nazariyasi jumladan, uning klassifikatsiyasiga oid ilk ma’lumotlarni ulug’ o’tmish olimlari O’rta Osiyoda yashab o’tgan Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, B.Sarimsoqov va boshlovchiqalarning tadqiqotlari orqali ma’lumot olishimiz mumkin. Abu Rayxon Beruniyning “SHarq halqlari bayramlari haqida va ularning turkumlari” ni ajratish borasidagi fikrlari g’oyat diqqatga sazovordir.
O’quvchilarning kuy va qo’shiqlariga boy tadbirlarni o’tkazish jarayonida yoshlar ahloqan shakllantiriladi. Ko’plab tadbirlarning Davlat miqyosida katta ommaviy bayram sifatida tantanali nishonlanishi hamda islom olamining nuroniy siymolari Ahmad Yassaviy, Imom al Buxoriy, Hakim at Termiziy jahon ilm-fani va milliy o’zbek davlatchiligining buyuk darg’alari Imom al Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Sohibqiron Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi kabi qator namoyondalarning yubiley tantanalarini nishonlash mustaqilligimiz, istiqlolimiz sharofatidandir.
Musiqa to’garak raxbarining ommaviy ishlar rejasi maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Ommaviy musiqiy ishlari rejasi musiqa o’qituvchisi, maktab tarbiyaviy va ma’naviy ishlar mudiri , maktab yetakchisi bilan hamkorlikda, o’quvchilarni yoshiga, qiziqishiga, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan xolda tuziladi. Bunda o’quvchilarning musiqiy o’quvchi, qobiliyati hisobga olinadi.
To’garaklar musiqa mashg’ulotlarining har biri aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmog’i lozim. Bunda har bir mashg’ulot turiga qarab, uning asosiy maqsadi, xususiyati, repertuar mazmuni, publika, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar hisobga olinib, o’quvchilarni jalb etiladi. Mazkur mashg’ulotlarni o’tkazishda musiqa o’qituvchisi avvaldan musiqa mashg’ulotlaridan bolalarga uning maqsadi va mazmuni haqida ma’lumot berib, o’quvchilarning publikasini tayyorlab boradi.
Folklor qo’shiqlarini kuylash jarayonida o’quvchiga qiyinchilik tug’ilmaydi, sababi, ular bir xil ohangda insonga yoquvchi sado bilan kuylanadi. SHunisi harakterliki, milliy musiqa va ma’naviy tarbiya bolalarni hayotga tayyorlaydi, nutqini ravonlashtiradi, ularning jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga yordam beradi. Milliy musiqa va ma’naviy tarbiyaning deyarli barchasi hazilomuz bo’lgani sabab, o’quvchilar o’zaro do’stona mehr-oqibat, bir-birini tushunish hazil qilish, e’zozlashni ham o’rganadi. Bunday qo’shiqlarni ijro etish bilan bolalar ijodiy faollikka, tashabbuskorlik va tashkilotchilikka, quvnoqlik hamda eng muhimi erkinlikka erishish bilan birga o’zbek xalq udumlarini o’rganib boradilar. zovordir.
Maktabdan tashqari to’garaklar sifatlariga bolalar maktablari, yozgi damolish sihatgohlari, bolalar teatrlari, bolalar ijodiyot markazlari, muzeylar kiradi. Mazkur muassasalarga qatnashadigan bolalar ham o’qituvchi nazoratida bo’lib, maktab musiqa hayotiga ularning faol qatnashuvlarini tashkil etish lozim. Maktab hayotida musiqa to’garak raxbarining o’rni beqiyosdir. Musiqa mashg’ulotlaridan tashqari, zamon talablariga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o’quvchilarda san’atga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |