Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati.
№
|
Муаллиф
|
Адабиёт номи
|
Наshр йили
|
адабиётнинг АРМ даги shифри
|
адабиётнинг АРМ даги инвентарь рақами
|
АРМ директори
|
1
|
О.Matyoqubov
|
«Maqomat»
|
Musiqa 2004
|
85.31(5у 3) M3
|
У- 6095
|
|
2
|
D.Q.Qodirov.
|
«An`anaviy qo’shiqchilik».
|
Toshkent. «Iqtisod-moliya»
nashriyoti. 2007 yil.
|
85.314
Қ53
|
У-6766
|
|
3
|
M.Jalilov.
|
«Qo’shiqlar xristomatiyasi».
I kitob.
|
Toshkent. 2002- yil.
|
85.9542
Ж-21
|
009928/93
|
|
4
|
M.Jalilov.
|
«Qo’shiqlar xristomatiyasi».
II kitob.
|
Toshkent. 2003 yil.
|
85.954.2 ж -21
|
009936/46
|
|
Ixtisoslashtirilgan san’at maktab
internati direktori: M. Mahkamov.
Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab internati “Musiqa to’garagi” raxbari G. Mamadaliyevaning yillik ish r e j a s i
“TASDIQLAYMAN”
San’at maktab internati direktori
“___” _______ ____2015- yil
To’garak ishining hajmi
№
|
Mashg`ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Muddati
|
1
|
Amaliy
|
86
|
|
2
|
Mustaqil ta`lim
|
10
|
|
3
|
|
|
|
|
Jami:
|
96
|
|
II. Asosiy qism
Amaliy mashg`ulotlar mavzulari mazmuni va ularga
ajratilgan soatlar
I. Kuy va qo’shiqlarni o’rganish
№
|
Mavzular mazmuni
|
Mashg`ulotlar maqsadi
|
Ajratilgan soat
|
1
|
“Nota savodxonligi”
|
Nota cho’zimlari ,notalarning nomlanishi ustida ishlash va o’quvchilarning o’rganishlariga e’tibor berish.
|
4
|
2
|
“Chittigul” kuyini chalishni o’rganish
|
Kuyni o’rgatishda barmoqlar mashqlari bilan alohida ishlash, mukammal ijroga ega bo’lish.
An`anaviy kuylash uslublari vositasida qo’shiqni o’rganish.
|
4
|
3
|
“Al’teratsiya belgilari”
|
Al’teratsiya belgilari bo’yicha nazariy tushunchalar berish
|
4
|
4
|
“Etyud” kuyi ustida ishlash
|
Kuyni o’rgatishda barmoqlar mashqlari bilan alohida ishlash, mukammal ijroga ega bo’lish.
|
4
|
5
|
“Viva ” kuyini o’rganish
|
Asar ustida ishlash murakkab ijro uslubi va barmoq harakatlari mustahkamlash.
|
4
|
6
|
Musiqada dinamik belgilar
|
Dinamik belgilari bo’yicha nazariy tushunchalar berish va e`tibor berib ishlash.
|
4
|
7
|
“Takrorlash
|
Barcha o’rganilgan kuy va nazariy bilimlarni mustahkamlash, qayta ishlash.
|
2
|
8
|
“Qari navo” kuyi
|
Asarning murakkab ijrosi ustida ishlash. Katta avj qismida to’g`ri chalshga erishish.
|
6
|
9
|
Yil davomida o’tilgan asarlar Yuzasidan yakuniy nazorat o’tkazish
|
Yakuniy nazorato’tkazishva baholash
|
2
|
|
Jami:
|
|
32
|
II. Bolalar qo’shiqlarini o’rganish
№
|
Mavzular mazmuni
|
Mashg`ulotlar maqsadi
|
Ajratilgan soat
|
1
|
“Bolalar va g’ozlar”
qo’shig’i
|
Qo’shiq matni talaffuzi ustida ishlash. Qo’shiq ohangi va dina-mik uslubga e`tibor berish, mukammal ijro ustida ishlash.
|
4
|
2
|
“Nasibaning qo’shig’i”
|
Qo’shiq matnini yoqlash va mukammal ijroga ega bo’lish.
kuylash uslublari vositasida qo’shiqni o’rganish.
|
4
|
3
|
“Maktabim” qo’shig’I F. Nazarov
|
Uslub va nolalar ijrosi ustida mukammal ish olib borish. Avj parda, bezaklar ijrosiga e`ti-bor berish.
|
6
|
4
|
O’tilgan asarlar Yuzasidan yakuniy nazorat o’tkazish
|
Yakuniy nazorat o’tkazish va baholash
|
1
|
5
|
“Diyor madhi” qo’shig’i
|
Asar matni talaffuzi ustida ishlash murakkab ijro uslubi va inntonatsiya bilan kuylashga erishish, Avj pardalarda nola, bezaklar ustida ishlash.
|
4
|
6
|
Xalq qo’shiqlaridan namunalar
|
Q’shiq ijrochiligidagi murakkab nola va ohang, bezaklarga e`tibor berib ishlash.
|
2
|
7
|
“Yangi yilq’shig’i”
|
Qo’shiqning matni va talaffuzi ustida ishlash Avj va katta avj qismlarida nola va bezaklar ustida ishlash.
|
4
|
8
|
Yil davomida o’tilgan asarlar Yuzasidan yakuniy nazorat o’tkazish
|
Yakuniynazorato’tkazishvabaholash
|
2
|
|
Jami:
|
|
27 soat
|
III. Raqs elementlarini o’rganish
№
|
Mavzular mazmuni
|
Mashg`ulotlar maqsadi
|
Ajratilgan soat
|
1
|
“Qo’l va oyoq harakatlari”
|
Tanlangan qizlarning mayinlik bilan harakat qilishlariga erishish, hoziklikka e’tibor berish. Raqsdagi 7 ta elementlarni o’rganish
|
4
|
2
|
“Doira usulari”ga raqs harakatlari
|
Harakatni bajarishda mukammal ijroga ega bo’lish.
Doira uslublari vositasida ohanqni his eta bilishni o’rganish.
|
6
|
3
|
“Qari navo” raqsini o’rganish
|
Uslub va harakatlar ijrosi ustida mukammal ish olib borish. Qizlarning mimikasi ustida ishlash
|
6
|
4
|
O’rganilgan harakatlar Yuzasidan yakuniy nazorat o’tkazish
|
Yakuniy nazorat o’tkazish va baholash
|
1
|
5
|
“Qor parchalari” raqsi elementlari
|
Qizlarning mayinlik bilan harakat qilishlariga erishish, hoziklikka e’tibor berish.
|
6
|
6
|
Zamonaviy raqs elementlaridan namunalar
|
Uslub va harakatlar ijrosi ustida mukammal ish olib borish. Qizlarning mimikasi va musiqani his eta bilishlari ustida ishlash
|
2
|
7
|
Yil davomida o’tilgan asarlar Yuzasidan yakuniy nazorat o’tkazish
|
Yakuniy nazorat o’tkazish va baholash
|
2
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
27 soat
|
Izoh: Ayrim tanlangan asarlar yil sanalariga muvofiq holda almashtirilishi mumkin
2.2. To’garak mashg’ulotining vaqt taqsimoti
№
|
mashg’ulotning texnologik xaritasi
|
Vaqti
(min)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
O`qituvchining kirish so`zi
|
3
|
3
|
O`quvchilarni bilimini nazorat qilish
|
10
|
4
|
O`tilgan mavzuni umumlashtirish
|
5
|
5
|
Yangi mavzuni bayon qilish
|
15
|
6
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10
|
7
|
mashg’ulotni yakunlash va uyga vazifa berish
|
5
|
2.3. Mustaqil ishlashda quyidagi savollarni variantlar asosida yozma shaklda olinadi
Musiqa to’garagi to’garak ishidan yakuniy nazorat savollari.
1. Notalarnig bo’linishi to’grisida tushuncha.
2 “Chamanda gul” kuyidagi milliy bеzaklar nimalardan iborat?
3. Qo’shigini ijro etishda talaffuzininga ahmiyati qanday.
6. To’garagi qanday tuziladi?
7. Cholg’u to’garagini tushuntirib bеring.
8. Raqs to’garagi.
9. Musiqa to’garagi qanday tashkil etiladi?
10. Musiqa pedagogi ma’naviy tadbirlarni qanday tashkil etadi
11. Chamanda gul asari kimlar uchun yozilgan?
12. ”Yangi yil” qo’shig’I nechanchi sinflarga o’rgatiladi?
13 To’garakda qanday ko’rgazmalardan foydalaniladi?
2.4. Baholash mezonlari.
Uslubiy ko’rsatmaning «Musiqa to’garagi » to’garak ishi bo’yicha o’zlashtirishini nazorat qilishning namunaviy mezonlari
quydagicha asoslanadi.
a) 5 baho olish uchun uslubiy ko’rsatmaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mavzu bo’yicha xulosa va qarorlar qabul qilish, a`lo darajada;
- o’tilgan asar bo’yicha ijodiy fikrlash yaxshi shakllantirilgan. Asar mualliflari: bastakor, shoir va ijrochilar tarkibi haqida tushunchaga ega bo’lingan;
- qo’shiq ijrosida mustaqil nola va bezaklarni maxorat bilan ishlatish ko’nikmalarini egallagan;
- o’rgatilgan asarni mustaqil kuylay olish malakalari egallangan;
- mavzu va asar bo’yicha mazmun va mohiyati to’liq o’rganilgan, tushuncha mavjud;
- nazariy va amaliy bilimlarni bilishi, javob berishi yaxshi yo’lga qo’yilgan;
- mavzu yuzasidan uslubiy ko’rsatma to’liq tasavvurga ega, javob berishi a`lo.
b) 4 baho uchun uslubiy ko’rsatmaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mavzu Yuzasidan mustaqil, keng tushunchaga ega. Asarning axamiyati, ijobiy xususiyatlari, ijrochilar tarkibi haqida mushoxada Yurita oladi;
- o’rgangan kuy va qo’shiqlarni mustaqil amalda ijro eta oladi;
- mavzu va asarning moxiyati, foydali tomonlari haqida keng fikrlay oladi;
- o’rganilgan asarlar haqida boy bilimlarga ega asarni mustaqil kuylab bera oladi;
- o’rgangan asarlar Yuzasidan uslubiy ko’rsatma to’liq tasavvurga ega ko’nikma va malakalar yaxshi egallangan.
v) 3 baho uchun uslubiy ko’rsatmaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mavzu va asar bo’yicha mazmun va mohiyati to’liq o’rganilgan, tushuncha mavjud;
- nazariy va amaliy bilimlarni bilishi, javob berishi yaxshi yo’lga qo’yilgan;
- mavzu Yuzasidan uslubiy ko’rsatma to’liq tasavvurga ega, javob berishi yaxshi.
g) quyidagi hollarda uslubiy ko’rsatmaning bilim darajasi 2 baho bilan baholanishi mumkin
- mavzu Yuzasidan uslubiy ko’rsatma to’liq tasavvurga ega emas;
- uslubiy ko’rsatma mavzuni o’zlashtirmagan
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati.
№
|
Муаллиф
|
Адабиёт номи
|
Наshр йили
|
адабиётнинг АРМ даги shифри
|
адабиётнинг АРМ даги инвентарь рақами
|
АРМ директори
|
1
|
О.Matyoqubov
|
«Maqomat»
|
Musiqa 2004
|
85.31(5у 3) M3
|
У- 6095
|
|
2
|
D.Q.Qodirov.
|
«An`anaviy qo’shiqchilik».
|
Toshkent. «Iqtisod-moliya»
nashriyoti. 2007 yil.
|
85.314
Қ53
|
У-6766
|
|
3
|
M.Jalilov.
|
«Qo’shiqlar xristomatiyasi».
I kitob.
|
Toshkent. 2002- yil.
|
85.9542
Ж-21
|
009928/93
|
|
4
|
M.Jalilov.
|
«Qo’shiqlar xristomatiyasi».
II kitob.
|
Toshkent. 2003 yil.
|
85.954.2 ж -21
|
009936/46
|
|
Ixtisoslashtirilgan san’at maktab
internati direktori: M. Mahkamov.
Musiqa to’garagi mashg’lotlari uchun ishlanma.
1- mashg’ulot:
Mavzu: “Nota savodxonligi”
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarni musiqiy bilimga ega qilish, musiqa savodi qismini Nota cho’zimlari ,notalarning nomlanishi ustida ishlash va o’quvchilarning o’rganishlariga e’tibor berish.
Kutilayotgan natijalar: Bolalarning nota yozuvini bemalol tushunib, birinchi oktava doirasidagi har bir notaning o’rnini yaxshi bilib olishlari uchun quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin.
a) O’qituvchi notalarning nomlarini aytib turib yozdiradi yoki doskaga yozib beradi. O’quvchilar esa ularni nota yo’liga yozishlari kerak;
b) O’qituvchi qo’shiq kuyni doskaga yozadi hamda o’quvchilardan
uni daftarga ko’chirib yozishni va shundan keyin notalarning nomlarini
yozib qo’yishni taklif etadi.
Ko’rgazmali qurollar: notalar asosida tayyorlangan ko’rgazmalar
REJA:
1. Notalar haqida tushuncha.
2. Musiqaning inson kamoliga ta’siri
3. Musiqa mashg’ulotlarida musiqa savodini o’rganish
4. Nota savodi o’rganishning uslublari
YANGI MAVZU BAYONI
Notalar nota yo’liga yoziladi. Bunda o’qituvchi nota yo’lining ahamiyatini izohlab beradi; nota yo’li - nota yoziladigan o’rindir. U doskaga nota yo’lini chizib ko’rsatar ekan, bolalarning chiziqlar sanbg’i boshlanadigan joy - eng pastki chiziq - birinchi chiziq ekanligini bemalol esda qoldirishlari uchun pastki chiziqni chizishdan boshlashi lozim. So’ngra u notalarning chiziqlarga, chiziqlar orasiga, chiziqlarning ustiga va ostiga yozilishini, asosiy chiziqlar etishmay qolganda esa notalar qo’shimcha, qisqa chiziqlarga yozilishini uqtiradi. Shundan keyin o’qituvchi, nota chizig’i boshida maxsus belgi - skripka ka1iti bo’lmaguncha yozilgan notalardan birontasini ham atay olmaymiz, bu kalit notalar nomini ochib beradi, deydi. U ushbu kalitning nima uchun skripka kaliti deb atalishini aytar ekan, kalitning ikkinchi nomi bo’lgan Col kaliti bilan ham o’quvchilarni tanishtiradi. Col notasining qaerda turganligini bilib olgan o’quvchi boshqa notalarni ham topishi mumkin. Bolalar notaning o’rnini qanday topish kerakligini juda tez tushunib oladilar; bu narsa maroqli o’yinga aylanib ketadi; o’yin paytida bolalar qaerda qanday nota yozilishini esda qoldiradilar.
Nota cho‘zimlari
Notalarning uzun va qisqaligini bildiruvchi belgiga no‘ta cho‘zimlari deyiladi.
butun nota 1i 2i 3i 4i ga sanaladi;
yarim nota 1i 2i ga sanaladi;
chorak nota 1i ga sanaladi;
nimchorak nota 1 yoki i ga sanaladi;
o‘n oltitalik nota 2tasi 1 yokii ga sanaladi;
ulardan biri shu mashqlarni doskaga yozadi, boshqalari esa o’z ishlari bilan solishtirib chiqadilar. Shunga o’xshash mashqlarni uyga vazifa qilib topshirish mumkin.
Musiqa asarlaridagi tovushlar faqat balandlikka emas, balki muayyan cho’zimga ham ega ekanligi tushuntiriladi. Undan so’ng nota yozuvini bevosita yozishga kirishiladi. Turli cho’zimlarni cho’zma usulda ifodalanishi o’rgatiladi. Butun nota va uning qancha muddat davom etishi, yarim, chorak, nimchorak, o’n oltitalik va xokazo notalar cho’zimi aytib, amaliy ko’rsatiladi. Nota yo’li haqida tushuncha beradi. Nota yo’li – notalar cho’ziladigan o’rindir. Yonma – yon cho’zilgan 5 ta parallel chiziqlar nota yo’li deyiladi. Nota chiziq ustiga va chiziq oralig’iga yoziladi. Asosiy nota yo’li va yordamchi nota yo’li mavjudligi. Bu pastki va yuqorigi yordamchi nota yo’li ekanligini tushuntiriladi. SHundan keyin o’qituvchi nota yo’li boshida maxsus belgi kamiy bo’lmaguncha nota yo’lidagi notalarni bila olmasligimiz aytiladi. Kamiy deb nota yo’liga notalarning joylashuvini ko’rsatib beradigan belgiga aytiladi. Eng ko’p qo’llaniladigan skripka yoki sol kaliti deyiladi. Sol kaliti bilan o’quvchilar tanishtirilib, qanday tartibda yozilishi, qaysi chiziqda kesishishi, ikkinchi chiziqni o’rab olishi, shuning uchun ikkinchi chiziqqa sol notasi joylashishi aytiladi. Sol notasi qaerga joylashganini bilib olgan o’quvchi qolgan notalarni bilib olaveradi. CHunki notalar nomi tartib bilan DO, RE, MI, FA, SOL, LYa, SI deb o’qiladi. Buni o’quvchilar o’rgangan bo’ladi. SHubhasiz o’qituvchi barcha notalarni bir mashg’ulotning o’zida tushuntirib berolmaydi, bolalarning o’zlashtirishga qarab har bir mashg’ulotda yangi – yangi notalarni o’rganib boradi. O’quvchi uni biror cholg’u asbobida chalib ko’rsatgani ma’lum.
Ikkinchi sinfdan DO major tovushi qatorini o’rganish davom ettiriladi. SHu yoshdagi qo’shiqchilik imkoniyatlari gammani bemalol do 1 dan do 2 gacha to’liq ravishda kuylashga imkon beradi. Gammani yuqoridan pastga qo’llash tavsiya etiladi. Bu holda past notalarga o’tishda tovushning yuqori holati saqlanadi.
Lekin gammani pastdan yuqoriga qarab kuylash ham zarur, chunki bunday kuylash tufayli bosqichlarning izchilligi haqida to’g’ri tasavvur hosil qilinadi. SHunday qilib musiqa savodi bosqichma – bosqich har bir sinfga ashulaga mos ravishda asta – sekin sabot bilan o’rganib boriladi.
Mashg’ulotni yakunlash:
A) mustahkamlash;
B) uyga topshiriq berish.
2- mashg’ulot: (4 soat)
Mavzu: “Bolalar va g’ozlar” qo’shig’ini o’rganish
Maqsad: To’garak mashg’ulotida qo’shiqni o’rgatish :
a) ijro mahoratlarini oshorish;
b) bolalrni tabiat va unda yashobchi parrandalar bilan tanishtirish hamda ularga nisbatan mehr uyg’otish.
Kutilayotgan natijalar:
Qo’shiq aytish qoidalarini to’garak o’quvchilariga quyidagicha o’rgatamiz.
1. qo’shiq aytayotganda qomatni rostlab erkin turish kerak.
2. qo’shiqni mayin, ohista va baqirmasdan kuylash hamda so’zlarini aniq, burro talaffuz qilish kerak.
3. qo’shiqdagi urg’uli bo’g’inlarni cho’zibroq aytish.
4. Nafasni avaylab, misra oxirigacha yetkazib borish.
5. Jamoa bo’lib qo’shiq ijro etilganda sheriklari bilan tengda kuylash.
6. qo’shiq kuylayotganda musiqa O’qituvchisining qo’l harakatlariga qarab ko’rsatmalarni aniq bajarish.
7. Qo’shiq aytayoganda avval she'r mazmunini yaxshi tushunib yodlab olish kerak.
Yangi mavzu bayoni
O’quvchilar bilimlarini mustaxkamlash uchun ular bilan tez-tez o’tilgan mavzular bo’yicha savol-javob o’tkazib,topshiriqlar berib turishimiz lozim, sababi ularda eslash va yodda tutish qobiliyati xali to’laqonli rivojlanmagan o’quvchilarining yoshlari kichkina bo’lganligi sababli biz musiqa O’qituvchilari mashg’ulotni sodda, quvnoq va rang - barang tarzda olib borishimiz,ko’rgazmali qurollar, ko’rgazmali rasmlardan foydalanib, mashg’ulotda ularni zerikishlariga va uxlab qolmasliklariga yo’l qo’ymasligimiz lozim. Masalan: qani o’quvchilar endi biz notalarni chapak bilan sanashni o’rganamiz.Siz biladigan she'rlardagi kabi musiqada ham kuchli ya'ni urg’uli tovushlar bo’ladi. Nota yo’liga yozilgan ana shu urg’uli tovushlar oldidan tik chiziq tushiriladi, u takt chizig’i deyiladi, hamda ikki
urg’uli tovush oldidagi kuy bo’lagi takt deb ataladi.Taktlar ikki chorakka teng bo’lgan turli cho’zimdagi notalardan tuzilishi mumkin, bunday taktlar bir-ikki deb sanaladi. Takt o’lchovini ko’rsatuvchi raqamlar esa kalitdan so’ng yoziladi.
Bolaning ovozi tovush kuchi, tembri va balandligi bilangina emas, balki diapozoni bilan ham xarakterlidir. Ovoz diapozoni eng past tovushdan eng baland tovush oralig`idagi hajmni o`z ichiga oladi. Inson ovozining butun diapozonini registrlarga bo`lish mumkin. Registr ovoz diapozonining bir qismi bo`lib, tembr va tovush yo`nalishining bir-biri bilan moyilligiga asoslanib aniqlanadi. Odam ovozini past (ko`krakdan chiquvchi tovushlar), o`rta (aralash) va yuqori (bosh bilan bog`liq tovushlar) registrlarga bo`lish qabul qilingan.
Ovozning registr tuzilishi
Bolalar ovozi ko`krak, aralash (mikst) va bosh (faltset) registrlaridan borat. Bolalar ovozi uchun bosh qismining baland rezonanslanishi xosdir. Bolalar ovozi apparatining tuzilishi va rivojlanishi xususiyatlariga qarab har bir yosh guruhi individual registrdagi ovoz tuzilishiga ega. 7-10 yoshli bolalar ovozining diapozoni kichik bo`lib, yengil faltset sadosi bilan ajralib turadi. (Faltset-italyancha falso - qalbaki-erkaklarning yuqori registrdagi tovushlari bo`lib, o`ziga xos tembrga ega kuchsiz sadolanadi).
Bolalar va g’ozlar qo’shig’i
G’ozlar qo’shiq kuylaydi, g’oq- g’oq, g’oq…
Mashg’ulotni yakunlash:
A) mustahkamlash;
B) uyga topshiriq berish.
3- mashg’ulot: (Raqs to’garagi)
Mavzu: “Qo’l va oyoq harakatlari”
Maqsad: Tanlangan qizlarning mayinlik bilan harakat qilishlariga erishish, hoziklikka e’tibor berish. Raqsdagi 7 ta elementlarni o’rganish
Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi mashg’ulotni qizlarni bo’y- bo’yiga ajratib olishdan boshlaydi. So’ngra raqs san’ati va uning inson salomatligi uchun foydali jihatlari to’g’risida tushuncha beradi.
Musiqiy-ritmik harakatlar bolalarni badiiy jihatdan boyitilishi uchun bolalarni shu faoliyatga tayyorlash kerak. Shuning uchun o'quvchilar avval harakatlanish malakalari haqida taassurot olishlari zarur. Ular xonada musiqa ostida marsh yurishni, yengil yugurishni, shartli musiqiy signallarga bo'ysunishni o'rganadilar.
Agar birinchi harakatlanuvchi mashqlar o'quvchilarda musiqiy xodisalarda xarakterni aniqlash bo'lsa, keyingisida aniq musiqiy-eshituv taassurotlarini shakllantiruvchi mashqlar bo'lishi kerak.
Bunday boshlang'ich mo'ljal olish mashqalaridan so'ng mashg’ulot jarayonida o'quvchilarga harakatlarda musiqiy obrazning xarakteri xususiyatlarini ko'rsatib berish ko'nikmalarini shakllantirishga karatilgan vazifalar beriladi. Masalan, marshlar turiga qarab harakat qilish: sport marshiga –shaxdam, bayram marshiga – tantanavor, soldatchalar marshiga – baland qadamlar tashlab harakatlanish; raqs u1084 musiqalarini ohang xarakteri va tempiga qarab turlash orqali qo'l, bilak va yelka harakatlarini asarga mos holda «o'ynatish»: yengil raqs («Bahor keldi»), o'ynoqi raqs («Ufor»), Xorazmcha raqs («Lazgi»), ohista, ravon, Mayin raqs («Bahor valsi») va hokazo.
Chapaklar, qarsaklar, oyoq dupillatishlar harakat elementlarining eng oddiylaridandir. Ular o'qituvchiga kuy ritmlari, nota cho'zimlari to'g'risidagi bilimlarini mustaxkamlashga yordam beradi. Masalan, o'zbek xalq kuylari «Do'loncha» va «Chertmak» asarlariga chapakda jur bulish orqali bolalar «Do'loncha» quyidagi tovushlar cho'zimi «Chertmak» quyidagi cho'zimlarga nisbatan qisqaroq ekanligi hamda qisqa tovushlar yugurish uchun, uzunroq tovushlar qadam tashlashga qulayligini his etadilar. Bu kuylarning ritmik xususiyatlarini taqqoslab, o'quvchilar musiqa xarakteri va uning ifoda vositalari o'zaro bog'liqligini aniqlaydilar.
Musiqiy dinamika haqidagi taassurotlarni shakllantirish
1.Musiqa ostida dinamikani ko'rsata olish R ga – oyoq uchida yurish, F ga – tovonda yurish, PG'F ga - dinamikaga xos kichik, o'rta, katta qadamlar bilan yurish.
2. Raqsda dinamikaning o'zgarishini qo'llar, bosh, yelka va hokazolar bilan ko'rsata olish. Masalan: kaft-bilakni aylantirish, tirsak-qo'llarni aylantirish.
3. Musiqa ostida krishendo va diminuendoga qarab harakat bajarish: o'quvchilar doyra shaklida turib oladilar, agar tovush sekin-asta pasaya borsa,doyra torayadi, balandlasa kengayadi.
4. Gullar raqsini improvizasiya qilish orqali bolalar musiqadagi dinamik o'zgarishlarni ko'rsatadilar, ya'ni gul o'sadi, ochiladi, so'liydi yoki quyoshga talpinadi, shamoldan to'satdan sinadi va hakozo.
Raqs va o’yinlar rivoji ham musiqa bilan aloqadaorlikka asoslanadi. Bu faoliyatining asosiy rolini bola harakatidagi musiqaga aloqador boshlang’ich ritmik o’ynashi lozim. Bu alohida harakatlar boshlang’ich sinf bolalari va musiqa o’qituvchisining birgalikda harakatlari demakdir. Keyinchalik bolalar musiqa va harakatdagi oddiy aloqadorlikni faol ravishda o’zlashtirib boradilar. Ular tekis ritmni, marsh va raqsning xarakterini, asarning boshi va yakunini his qila oladilar va harakatda ham ko’rsata oladilar.
Mashqalarda alohida elementlar o’zlashtiriladi. Ritmik ravishda chaak chalishlar, raqs harakatlari shular jumlasidandir. Birinchi mashg’ulotlar davomida harakatlarning musiqa xarakteriga bog’lanishi unchalik ham qovushimli chiqmaydi, ammo o’qituvchi shuni ham baholab o’tishi kerak.
Doira usullariga harakat bajarish
Biz raqsga tushishni o’rgandik
Mashg’ulotni yakunlash:
A) mustahkamlash;
B) uyga topshiriq berish.
Ilova
Xulosa va takliflar
Maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tashkil etiladigan bolalar ashula to’garaklari asosan jamoaviy ijrochilik, ya’ni xor ijrochiligi negizida tashkil eitilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ma’lumki, umumta’lim maktablari «Musiqa madaniyati» darsliklari va o’quv dasturlariga juda ko’plab xalq musiqa ijodiyotiga mansub qo’shiqlar kiritilganki, ularni o’rganish va kuylash musiqa darslarining tashkiliy pedagogik va tuzilish xususiyatlariga ko’ra jamoaviy tarzda olib borilishini taqozo etadi. SHunday bo’lgach, umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan ashula va xor to’garaklari ishini mushtarak holda olib borish har jihatdan to’g’ri bo’ladi. Xor ijrochiligiga qo’yiladigan barcha talablar esa o’z navbatida ashula san’ati bilan bog’liq talab va maqsadlarga mos keladi. Maktabda tashkil etiladigan ashula va xor to’garaklari o’z xususiyatiga ko’ra ko’p sonli o’quvchilarni qamrab olishi bilan boshqa to’garak turlaridan farq qiladi. Xor ijrochiligi shunday bir san’atki, unda adabiy va musiqiy ijodiyot uyg’unlashib ketadi. Xor san’ati o’zini paydo bo’lishi bilan xalq musiqiy ijodiyoti bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanib keladi. SHuning uchun ham xalq ommasini xalq qo’shiqlari, zamonaviy mavzularda kompazitorlar tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan asarlar, qardosh xalqlar, chet el klassik vokal-xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma’naviy olamini boyitadi. Xor san’ati bugungi kunda jahon xalqlari musiqiy madaniyatiga chuqur kirib borgan musiqiy janr sifatida rivojlanib bormoqdaki uni milliy qo’shiqchilik negizida rivojlantirish borasida ham muvoffaqqiyatli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga SH.Yormatov rahbarligidagi bolalar xor jamoalarini faoliyatini misol keltirish mumkin. Ular ijrosida maxsus xor ijrosi uchun yozilgan asarlar bilan birgalikda xalq ijodiyotiga tegishli qo’shiq namunalarini ham chiroyli va o’ziga xos tarzda, milliy cholg’u va raqslar jo’rligida ijro etilayotganligi buning dalilidir. San’at bayramlarida, tantanali kechalar, madaniy-ommaviy tadbirlarda professional xorlar bilan bir qatorda havaskorlik xorlari, shuningdek bolalar xorlarining chiqishlari har bir tadbirga o’zgacha ruh va fayz baxsh etadi. SHuning uchun ham maktablarda tashkil etiladigan xor to’garaklari o’quvchilarga vokal-xor san’ati yordamida g’oyaviy-estetik tarbiya berish bilan aytib o’tilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish va shu orqali barkamol avlodni tarbiyalashda benazir ahamiyat kasb etadi. SHu o’rinda shuni ham ta’kidlash o’rinli bo’ladiki, hozirgi kunda maktab va maktabdan tashqari muassasalarda bir vaqtning o’zida bolalar xor jamoalarini hamda ashula (vokal) to’garaklarini tashkil etish juda ham mushkul bo’lib, bu borada ashula to’garagi nisbatan qulay va eng ommaviy to’garak shakllaridan bo’lib qolmoqda. Ashula va xor to’garagining mashg’ulotlari quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
- o’quvchilarni g’oyaviy va estetik tarbiyalash;
- qatnashchilarni istak va xoxishlarini qondirish bilan ularning qo’shiq kuylash va ijro madaniyatini rivojlantirish;
- ansamblь va cholg’u jo’rligida kuylashga o’rganish;
- ko’p ovozli kuylash malakalarini egallash;
- jo’rli va jo’rsiz ijro etish malakalarini shakllantirish;
- mashg’ulotlar jarayonida ularga nazariy bilimlar berib borish va musiqa darsida olgan bilim va malakalarini mustahkamlash;
- qatnashchilarni badiiy ijro mahoratiga ega qilish va ularni kontsert-ijrochilik faoliyatiga tayyorlash.
Bolalar ashula va xor to’garalari faqat o’quvchilarni qiziqish va istaklarini ruyobga chiqarish uchungina tuziladi deyish to’g’ri bo’lmaydi. To’garak faoliyati tarbiyaviy maqsadlar bilan uyg’unlashtirilgan holda olib borilgandagina kutilgan natijalarga erishish mumkin. Har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo’yilgan ekan, to’garak faoliyati ham shu maqsadga qaratilgan bo’lishi tabiiydir.
To’garak mashg’ulotlarida o’rganiladigan qo’shiq namunalari mazmuni va mavzusi jihatdan rang-barang, yoshlarni ma’naviy kamol toptirishga qaratilgan bo’lishi lozim. To’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarni musiqa bo’yicha kuylash, tinglash va musiqa savodi yuzasidan bilimlari chuqurlashib borishi ularning badiiy didlarini o’sishiga xizmat qiladi. Yana bir jihat shundan iboratki, to’garaklarda qatnashadigan o’quvchilarni asosiy ko’pchiligi o’qishda va maktab hayotida faol qatnashib kelishadiganlar bo’lishadi. Bu esa to’garak rahbaridan o’z ishiga jiddiy va o’ta ma’suliyat bilan yondoshishni talab qiladi. Rahbar-o’qituvchining shaxsiy namunasi, xulq-odobi va murabbiylik, rahbarlik fazilatlari jamoani uyushtirish, yaxshi natijalarga erishishida muhim omil sanaladi.
Mening takliflarim, ustozlarimizning bizlarga o’rgatgan bilim va ko’nikmalarinin joylarda qo’llashni o’z oldimga maqsad etdim. Darslarda yangi innovatsion loyihalardan foydalangan holda xor to’garagida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni aytib o’tmoqchiman:
Xor to’garagi mashg’ulotlariga kirishishdan oldin va dastlabki mashg’ulotlar (3-4 va undan ko’proq) davomida qatnashchilarning ovozi va boshqa musiqiy qobiliyatlarini tekshirish va sinovdan o’tkazish ishlari davom ettiriladi. Bunda quyidagilarga asosiy e’tibor beriladi.
- ovozni qo’shiq kuylashga loyiqligi;
- ovozni turi va qaysi partiyaga mansubligi;
- tembri, diapozoni;
- ovoz kuchi;
- chidamliligi;
- vokal tayyorgarligi bo’yicha intanatsiyani tozaligi (sulhi), musiqiy xotirasi;
- nutqi (so’z talaffuzi), ritmni sezish qobiliyati;
- musiqiyligi;
- nota savodxonligi.
Ovozni tekshirish va aniqlash uchun har xir usullar va mashqlardan foydalanish mumkin. masalan: 3-4 ta tovushlarni ketma-ketlikda nota nomlari bilan yoki so’z bo’g’inlari bilan kuylatish.
- ayrim xalq qo’shiqlari va kuylaridan tanish yoki tez yodda qoladigan musiqiy jumlalarni kuylash;
- major va minor uch tovushligi asosiy tovushlarini ayttirish;
- har xil intervallar tovushlarini kuylatish;
- tovush qatorini yetti asosiy tovushini (gamma) yuqoriga va pastga turli bosqichlarda kuylash. Bu mashqlarni bajarish jarayonida o’quvchining tovushlarni qanchalik sof intonatsiya qilishi, eslab qolishi, notani o’qiy olishi (solfedjio qila olish) kabi qobiliyatlari aniqlanadi.
Umumta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan har bir pedagoglarning asosiy vazifalari o’quvchilarga dars jarayonida bilim berishdan iborat bo’lsa, shu bilan birga musiqiy va maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etishdan ham iboratdir. Ta’lim maskanlarida o’tkaziladigan tadbirlar va ularning tashkilotchilari bo’lmish pedagoglar (musiqa o’qituvchisi) ning asosiy maqsad vazifasi milliy qadriyatlarimizni teran anglagan xolda tashkil etishdan iboratdir.9
Ta’lim yo’nalishidagi tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi. O’quvchi yoshlarni ko’ngilochar dam oldiruvchi, bilimga chorlovchi hamda davlatimizda an’anaga aylangan ommaviy tadbirlar orqali qiziqtirib borish zarur. Umuman ta’lim muassasalarini tadbirlarsiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi.
O’quvchilarning kuy va qo’shiqlariga boy tadbirlarni o’tkazish jarayonida yoshlar ahloqan shakllantiriladi. Ko’plab tadbirlarning Davlat miqyosida katta ommaviy bayram sifatida tantanali nishonlanishi hamda islom olamining nuroniy siymolari Ahmad Yassaviy, Imom al Buxoriy, Hakim at Termiziy jahon ilm-fani va milliy o’zbek davlatchiligining buyuk darg’alari Imom al Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Sohibqiron Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi kabi qator namoyondalarning yubiley tantanalarini nishonlash mustaqilligimiz, istiqlolimiz sharofatidandir.
Ilova
To’garak ishtirokchilarini ovoz va musiqiy qobiliyatlarini tekshirish tugallangach alohida yuritilayotgan jurnal yoki daftarga bu haqdagi ma’lumotlar qayd etiladi. Bu taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin:
№
|
qatnash-chilar I.SH
|
Tug’ilgan yil, sana
|
Ne-chan-chi sinfda o’qiydi
|
To’ga-rakka qabul qilin-gan sana
|
Musiqiy ma’lumo-ti
|
Eshi-tish qobiliya-ti
|
Musi-qiy xotira-si
|
Retm-ni se-zish qobi-liyati
|
Ovoz tembri
|
Ovoz dia-pozoni
|
qay-si par-tiya-ga man-sub
|
1
|
qodirov Ahmad Nodiro-vich
|
1994 yil 15.01
|
4-A sinf
|
2005 yil 15-sentya-brь
|
Yo’q
|
Yax-shi
|
Musi-qiy xotirasi qoni-qarli
|
Bir-muncha sust
|
Yoqimli
|
Lya ki-chik Mi2
|
Dis-kant
|
Foydalanilgan adabiyotlar
I. SIYOSIY- IJTIMOIY ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch – Toshkent.: 2008 y.
2. Karimov I.A. “Yuksak malakali mutaxasislar - taraqiyot omili ”- Toshkent.: O’zbekiston, 1995
3. Karimov I.A. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz”- Toshkent.: O’zbekiston, 2000
4. I.A.Karimov “Bilimli va aql-zakovatli еtuk avlodni tayyorlash- mamlakatni barqaror rivojlantirish va modеrnizatsiyalashning muhim sharti” mavzusidagi Xalqaro konfеrеntsiyadagi ma'ruza (2012 yilning 16- fеvral kunlari Toshkеnt shahrida bo`lib o`tgan “Xalq so`zi”).
8. Umumiy o`rta ta'limning DTS va o`quv dasturi.
II. ILMIY - USLUBIY ADABIYOTLAR
1.Нурматов Ҳ., Норхўжаев Н. Мусиқа алифбоси. 1-синф учун дарслик. –Тошкент, -Ўқитувчи, 1998-йил.
2. . Qo’shiq bizning do’stimiz. Tuzuvchilar Abramova S., Alimov F. G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. –Toshkent, -1999-yil.
3. Jalilov T. qo’shiqlar guldastasi. –T.: G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.
4. J.G`.Yo`ldoshеv O`zbеkiston Rеspublikasi ta'limi taraqqiyot yo`lida.T.O`qituvchi 1994 y.
5. I.Akbarov Musiqa lug`ati. T.O`qituvchi 1997 y.
6. J.Yu.hasanboеv Pеdagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.
7. O.Fayziеv O`quvchilarda musiqiy nafosat tarbiyasini shakllan-tirish. T. 1992 y.
III. MAVZUGA DOIR QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR
1. Sharipova G.M. Musiqa va uni o`qitish mеtodikasi. T.Turon-Istiqbol 2006 y.
2.. w w w. Musiqiy taraqqiyot. Ma’ruza matn. uz. 2009 yil. w5.
3. T.Ortiqov. Musiqa o’qitish metodikasi. –T.: “Muharrir”, 2010.
Mundarija:
Kirish………………………………………………….
I bob Musiqiy to’garaklarning maqsad va vazifalari…………………………………………….
1.1. Musiqa to’garaklarini tashkil etish……………………………………..
1.2. To’garaklar raxbariga qo’yiladigan talablar……………………………
1.3. To’garaklar faoliyatida milliy tarbiya tizimini rivojlantirish….
II bob Ta’lim muassasalrida misiqa to’garaklarining ijodiy faoliyatlari………………
2.1. Jamoa shaklida o’tiladigan to’garaklar (Xor studiyalari )…………..
2.2. Havaskor ashula to’garaklarining amaliy faoliyatlari…………..
2.3. Ixtisoslashgan musiqa maktablarida musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirishning pedagogik shart-sharoitlari……………
2.4. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligining “Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari” uchun uslubiy ko’rsatma…
|
|
|
|
Xulosa va takliflar………………………………………………...
Ilovalar…………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………..
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |