Bugun ko`plab miqdorda yengil-yelpi asarlar bitilayotgan,maza-matrasi yo`q qo`shiqlar yozilayotgan,oldi-qochdi kinolar yaratilayotgan ekan,demak,bunday “adabiyot” va “san`at”ga jamiyatga ehtiyoj bor.Odam kitobni o`ziga yoqqani uchun o`qiydi,qo`shiqdan zavqlangani uchun eshitadi,tomohsalardan bahra olgani uchun ko`radi.inson tabiatan qanday janrdagi kitobni o`qishga moyil bo`lsa,shunday asarni qidiradi,qanday san`at na`munasini tinglashga, ko`rishga ishtiyoqibo`lsa,undan o`ziga kerakli nimalardandir oladi.Bu uning ichidagi “Men”iga bog`liq.Hamma gap ana shu “Men”ning qanday tarbiyalanganida.
Xo`sh,kitobxonlik saviyasi uncha yuqori bo`lmagan,estetik didi zaif,badiiy savodxonligi bo`sh o`quvchi qayerdan paydo bo`ldi?Bilimli kitobxonni tarbiyalash, badiiy didini o`stirish,unda haqiqiy mutolaa madaniyatini tarbiyalash kimning vazifasi?
Ayrim olimlar ta`kidlaganidek,hozirda mamlakatda tashkil etilayotgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar millatini qayta tarbiyalay oladimi?Matbuot do`konlarining bozorini chaqqon qilayotgan xususiy gazetalardan o`rin olgan dediktivlar kishilarning me`dasiga tegishiga,ko`pchilik o`qiyotgan ,tomosha qilayotgan “asar”larning hech narsaga arzimasligini anglab yetishlariga yo`naltiruvchi kuch nimada?Shakllanib ulgurgan,xatto qotib qolgan kitobxonni o`zgartirish mumkinmi?
Kitobxonning badiiy-estetik didini maktab adabiy ta`limi shakllantiradi.Oddiy kutubxonada yaxshi kitobni taniy oladigan badiiy didni tarbiyalash- adabiyot darslarining,bilimdon,badiiy didni baland adabiyot o`qituvchilar vazifasi. “Adabiyot”darslilarning ishi.Maktab bosqichida,shiddatli ravishda o`sib-rivojlanib,shakllanib borayotgan davrda yaxshi asarlarni o`qishdan zavqlanib,ruhiyati janbushga kelgan,bezovta bo`lgan,uni chinakamiga yig`latgan yoki qotib-qotib kulishga majbur qilgan asarni yozgan adibning uslubini,uning hayot xodisalariga munosabatini anglab o`rgangan odamgina kitobni kitobdan farqlashga qodir bo`ladi.
Baland badiiy did o`qilgan asardagi qaysi jihatlardan zavqlanganini anglab,tuyg`ularini farqlab o`rgangan o`quvchida shakllanadi.
Bugun “yengil’ asarlarni o`qiyotgan,yaxshi asarlarni yomonidan farqlay olmayotgan kitobxonni butun Respublika o`quvchilarini bir xil qolipda fikrlaydigan ,yaqdil xulosaga olib keladigan adabiyot darslari,siyosiy mafkura talablari asosida yaratilgan,yillab o`zgarishsiz qayta nashr etilgan”Adabiyot”darsliklari tarbiyalagan.o`sha davr ma`muriy pedagogikasi,metodika ilmi talablariga o`rgatilgan filolog o`qituvchilar shakllantirilgan.Ular boshqachasiga o`rgatilmaganidanm taqqoslab ko`rish imkoniyatlari bo`lmaganidan shunday qilishgan.Insonning shakllanib ulgurgan badiiy didini o`zgartirish deyarli mumkin emas.Chunki u qotib bo`lgan.Uni ma`naviy-ma`rifiy ishlar ham,pand-nasihatlar ham o`zgartira olmaydi.O`zgarish uchun insonning o`zi tabiatdagi salbiy illatlarni anglab yetishi,farqlashi va o`zgarishiga astoydil intilishi kerak.Shundagina oadam o`zini o`zi qayta kuch,aqliy va ruhiy zo`riqish,bilim,mehnat talab qiladi.Bunga hammaning ham irodasi yetavermaydi.
Inson ko`nglini,odam atalmish yaraqitning murakkabliklari va o`ziga xosliklarini anglash,tuyg`ularni farqlash ko`nikmasi badiiy jihatdan puxta asarlar,timsollar tahlili asnosida maktab adabiyot darsliklarida asta-sekinlik bilan tarbiyalanadi.bu davrda ruhiyatga,ko`ngliga joylangan bilimlar,badiiy ,ilmiy va hayotiy haqiqatlar hech qachon unitilmaydi.Aksincha,ular o`uvchining tabiati,gap-so`zi va xatti-harakatiga singib boradi.
Shunday ekan,maktab adabiy ta`limiga jiddiy e`tibor qaratish,shakllanib kelayotgan shaxsning intellektual taraqqiyotiga juda ehtiyotkorlik nilan yondashish lozim.
Shuning uchun filolog o`qituvchilarni tayyorlayotgan ta`lim muassasalari,adabiyot o`qitish metodikasi ilmi va amaliyoti bilan shug`ullanayotgan mutaxassislar,pedagog-metodistlar ,o`qituvchilar o`z ishlariga juda katta ma`sulyat bilan qarashlari shart.Adabiyot o`qitish jarayoniga javobgar bo`lgan kishilar millatining,mamlakatning taqdiri juda ko`p jihatdan maktab adabiy ta`limi zimmasida ekanligini unutmasliklari kerak.Chunki mamlakatni har tomonlama yuksaltirish ham,tubanlik qa`riga tortish ham alohida shaxslardan tashkil topgan millatning qo`lida.Fuqarolar ma`naviy-ruhiy olamining sog`lamlashuvi ko`p jihatdan adabiyotiga dahldor.Shu sababli adabiyot olamida shoir o`z ishini, yozuvchi o`zinikini,adabiyotshunos olim o`ziga buyurilganini,adabiyotchi-metodist o`z vazifasini bajargani har tizimning taraqqiyoti samarasini ta`minlaydi.
Ta`lim jarayonida o`quvchilarni o`qituvchi aytganganlarni bajaradigan ishtirokchidan ta`lim tarbiya jarayonining ijrochilari darajasiga ko`tarish maqsadida o`zlashtiradigan bilimlarni tarbiyalanuvchi oldiga muammo shaklida qo`yish masalasi jahon pedagogikasida o`tgan asrning 60-yillarida ko`tarilgan edi.Okon ,M.Maxmutov,A.Matyushkinlar va boshqa olimlar o`quvchinini intelektual faoliyatga undovchi ichki ehtiyoj muammoli vaziyatlarda paydo bo`lishini bu ehtiyoj uni oldiga qo`ygan murakkab masala mohiyatini bilishga bo`lgan qiziqishdan tug`ulishini asoslagan.Ular o`quvchi muammoli vaziyatda butun qobiliyati bor imkoniyati va hayotiy tajribasini to`liq safarbar etgan holda faoliyat yuritishini ilmiy amaliy jihatdan isbotlab bergan.Ma`lumki har qanday inson o`z oldiga ko`ndalang turgan hayotiy yoki ilmiy muammoni hal etish uchun izlanadi.Bilganlarini taftish, qiladi mashaqqat chigali.Bu -ruhan sog`lom odamga xos bo`lgan tabiiy xususiyat ta`lim jarayonida shunday vaziyatga solingan o`quvchi ham ta`limiy muammoni hal qilish orqali bilim olish yo`lida mehnat qiladi.
Milliy pedagogikada ta`lim tarbiya jarayoniga bugun butunlay yangicha talablari asosida yondashilmoqda. Zamonaviy tarbiyashunoslikda ta`lim tarbiyaning vazifasi o`quvchini zarur bilimlar yig`indisi bilan ta`minlash doirasidan chiqib ketyabdi va uni oldiga o`quvchi ma`naviyatini shakllantirish hamda boyitish o`quvchida bilimlarni izchil ravishda to`ldirish bilishga ichki ehtiyoj paydo qilish,mustaqil,mantiqiy ijodiy fikrlay olish ko`nikmasini shakllantirish kabi sifat jihatdan yangi talablar qo`yilayabdi.Maktabda o`quvchi o`z ma`naviy kamolatini ta`minlash uchun mustaqil ravishda kitob o`qish malakasini shakllantirish,bilim olish yo`lida bor imkoniyatlarini qo`llagan holda ijodkorlik ko`nikamalarini qaror topdirish talab qilinayabdi.Ta`limga bunday yondashuv o`z navbatida o`quvchining badiiy didini oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e‘tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san‘at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta‘lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma‘naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |