O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi Abduraximova Ozodaning umumta’lim maktablarida musiqa to’garaklarini tashkil etishIxtisoslashgan musiqa maktablarida musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirishning pedagogik shart-sharoitlari
Umumtalim maktablarida musiqa togaraklarini tashkil etish
Ixtisoslashgan musiqa maktablarida musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirishning pedagogik shart-sharoitlari Musiqiy faoliyat barcha ta’lim-tarbiya ishlarimizning ajralmas qismi bo’lib, yoshlarni garmonik rivojlantirishda uning roli katta. SHuning uchun ham hozirgi vaqtda mamlakatimizda juda ko’plab musiqa maktablari, maktab va maktabdan tashqari bolalar, madaniy oqartuv muassasalarida, ishlab chiqarish tashkilotlari huzurida ko’plab ijodiy jamoalar tashkil etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi bolalarni ommaviy ravishda musiqa san’atiga jalb qilish, uni sevish, qadrlash va musiqaga bo’lgan qobiliyatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Musiqiy-nazariy bilimlar to’laqonli tarzda faqatgina ixtisoslashgan musiqa maktablarida berilishini hisobga olib, bu o’quv muassasalarda musiqiy-nazariy bilimlar berishning shakl va usullari, metodlarini aniqlash ulardan istiqbolda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ham foydalanish imkoniyatini beradi. SHu maqsadda ixtisoslashgan musiqa maktablarining o’quv rejasi va dasturida musiqiy-nazariy bilimlar hajmini aniqlash, musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan metodik yondashuvlarni o’rganish, maxsus musiqiy bilim berish jarayonini umumiy o’rta ta’lim maktablariniki bilan taqqoslash bo’yicha maqsadli ishlar bajarildi hamda Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik letseyining boshlang’ich musiqiy maktabi «Musiqa nazariyasi» bo’limining ish faoliyati bilan tanishdik va kuzatish ishlarini olib bordik. Ixtisoslashgan musiqa maktablarida «Musiqa nazariyasi» va «Musiqa tarixi» bo’limlari mavjud bo’lib, «Musiqa nazariyasi» bo’limi – solfedjio, musiqa savodi, ritmika, musiqa nazariyasi, garmoniya, musiqiy asar tahlili, «Musiqa tarixi» bo’limi – musiqa tinglash, musiqa adabiyoti, o’zbek musiqasi kabi fanlarni o’z ichiga qamrab olgan. Har bir fanni o’z mutaxassisi olib boradi. Sinf xonalari ixcham va shinam, har bir xonada stol va stullar,pianino, ko’rgazmali plakatlar, nota va matn yozuvi uchun doska mavjud. Sinf xonalari tashqaridagi shovqindan muhofaza qilingan. Maktabda musiqiy-nazariy bilimlarga oid grammplastinkalar zahirasi, o’quvchilar musiqiy-nazariy bilimlarni egallashlari uchun zarur bo’lgan maxsus adabiyotlar mavjud. O’quv rejasiga ko’ra musiqa nazariyasi bo’limi fanlarining sinflardagi o’quvchilar soni o’ntadan, musiqa tarixi bo’limi fanlari sinflardagi o’quvchilar soni o’n ikkitadan oshmasligi zarur. O’quv dasturiga ko’ra, boshlang’ich sinfda o’quvchilar haftasiga ikki soat solfedjio, ikki soat ritmika, bir soat musiqa tinglash darslariga kiradilar. Demak, boshlang’ich sinfda musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish uchun o’quvchilarga hammasi bo’lib besh soat vaqt ajratiladi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish samaradorligini oshiradi. SHu o’rinda ta’kidlash joizki, ixtisoslashgan musiqa maktablari o’quvchilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi, maktab ta’limi jarayonida vujudga kelgan yetishmovchiliklarni o’rnini to’ldiradi. SHu bilan birga maktab ta’limi jarayonida qo’llash imkoniyatlari birmuncha qiyin kechadigan yakka tartibda ishlash, tabaqalashtirib o’qitish «Musiqa madaniyati» fani dasturlarida inobatga olinmagan nazariy va amaliy bilimlar berish imkonini beradi, ta’lim mexanizmini uzviylashtiradi, boyitadi. Ixtitsoslashgan musiqa maktablari umumiy o’rta ta’lim maktablaridan o’zlashtirilishi kerak bo’lgan bilimlar hajmi nisbatan ko’pligi bilan farqlanadi. Ixtisoslashgan musiqa maktablarida musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni quyidagi metod va shakllar yordamida amalga oshirildi: 1) O’quvchilar ongiga ta’sir etuvchi tarbiya metodlari – hikoya, tushuntirish, ta’kidlash, ma’ruza, amaliy misollar, ko’rgazmalilik, namuna ko’rsatish, bahs-munozaralar; 2) Ijodiy faoliyatni tashkil etish – mashqlar bajarish, takrorlash va mustahkamlash, pedagogik talab, topshiriqlar berish, tarbiyalovchi vaziyatlardan foydalanish va boshqalar; 3) Ta’lim-tarbiya jarayonida jazolash va rag’batlantirish metodlaridan foydalanish; 4) O’tilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; 5) Kichik musiqiy diktantlar yozish va nazorat darslarini tashkil etish. Download 10,29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |