1.2. To’garaklar raxbariga qo’yiladigan talablar.(Xor to’garagi talqinida )
Har bir xalqning ma’naviy ravnaqi, eng avvalo uning umumbashariy madaniyatiga qo’shgan hissasi bilan o’lchanadi. Ana shu nuqtai-nazardan o’zbek xalqi ham boshqa O’rta-Osiyo xalqlari bilan birgalikda jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. O’zbek zaminida yetishib chiqqan buyuk allomalar Imom Ismoil Buxoriy, Muso al Xorazmiy, Axmad al Farg’oniy, Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy, Ulug’bek va boshlovchiqalar inson tafakkurini diniy va dunyoviy fanlarni boyitishga va ma’naviy yuksalishiga ulkan hissa qo’shganlar.
CHunki, har bir mashg’ulotda 10 nafardan kam bo’lmagan o’quvchilar ishtirok etishlari nazarda tutiladi. Ayrim to’garaklar mashg’ulotlarida ommaviy tarzda ish olib borishga to’g’ri keladi. SHunda ham to’garak raxbari bolani nazardan qochirmay, uning bajarayotgan harakatlariga alohida e’tibor berib, uning kamchiliklarini o’z o’rnida tuzatib ketishi talab etiladi.
Bizga ma’lumki, musiqa tarbiyasi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Unda o’zbek musiqa madaniyati va xalq musiqasining nodir namunalari orqali yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa amalga oshiriladi. Bugun shunday mashg’ulotlar tashkil etilsinki, pedagog faol va tashabbuskor bo’lsin, uning shogirdlari esa mustaqil va erkin fikrlay oladigan yoshlar bo’lib yetishsinlar.3
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, turli fanlar qatorida musiqa faniga ham e’tibor kuchaytirildi. DTS da ham bunga alohida to’xtalib o’tilgan. Oliy va o’rta maxsus ta’limim o’quv dasturlari qaytadan ishlab chiqildi. Milliy musiqamizga bo’lgan e’tibor kuchaytirildi. Avvalllari milliy musiqamizga bo’lgan e’tibor pastligi tufayli qo’shiqlarimiz dasturlarada sanoqli berlar edi. Bugungi kunga kelib, barcha mashg’ulotliklarga katta ashula, xalq qo’shiqlari, folklor, yalla, laparlar kiritildi. Milliy bastakorlarimiz hayoti va ijrodagi mashg’ulotliklarda keng yoritilgan. SHu jumladan hozirda, bir va ko’p ovozli xor asarlari ham manbalarda yoritilmoqda.
Oliy va o’rta maxsus kasb-xunar kollejlarida o’tilayotgan dirijyorlik fanini olib borilishida boshqa fanlar singari o’zining xususiyatidan kelib chiqqan holda “Xor” to’garagi raxbariga quyidagicha talablar qo’yilgan.
To’garak raxbarining beriladigan asarning o’quvchining iqtidoridan kelib chiqib tanlay bilish;
Xorga aloqador xonaning jihozi.
To’garak raxbarining mashg’ulotga nazariy va amaliy puxta tayyorgarlik ko’rishi;
Mashg’ulotni qiziqarli, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishi, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallaridan o’rinli foydalanish;
Texnika vositalaridan foydalanish (VSD, kompyuter magnitafon).
To’garak raxbari o’quvchini mashg’ulot mobaynida ijro mahorati, cholg’uchilik va dirijyorlik ishoralarini anq ko’rsata olishi, o’rganilayotgan asarning mazmun mohiyatining yuz tuzimni va ko’z qarashlari, gavdani boshqarish orqali ochib bera olishi va nazariy bilimlari orqali asarni tahlil qila olish va drasni o’quvchiga yetarli darajada tushuntirib berishi lozim. To’garak raxbari mashg’ulotni tashkil etishda pedagogikaning interfaol uslublarini qo’llash orqali olib borish, o’quvchini yangiliklar asosida ilm olishga undash bilan bir qatorda o’z ustida ko’proq mustaqil, ijodiy izlanishlar orqali maktab dasturidagi asarlarni o’rganish muhim omillardan biridir. Yuqorilagi o’qituvchiga qo’yilgan talablar qatopida o’quvchiga ham quyidagi talablar qo’yiladi.4
O’quvchining mashg’ulotga puxta nazariy va amaliy puxta tayyorgarligi;
Mustaqil ishlash uchun berilgan asarni o’zlashtirilishi;
Asar tahlilini og’zaki va yozma yoritib berish;
O’rganiladigan asarni qo’l yozma holatida notalashtirish, intervallarni sof kuylash;
Dirijyorlik ishoralarini aniq va ravon ko’rsatish, xorni boshqarishi mahorati.
SHerigini tinglay olish madaniyatining yuksakdigi:
Sof ovozda kuylay olishi.
O’qituvchi va o’quvchini mashg’ulotda o’zlariga qo’yilgan tal va vazifalarni bajarishda o’zaro hamkorlikda yangiliklar kiritish, zamon ruhida yaratilgan asarlaradan foydalanish o’quvchi uchun muhim ahamiyatga ega. mashg’ulotning samaradorligini oshirishda faqatgina milliy kuy va qo’shiqlarni o’rganish bilan chegaralanib qolmasdan, balki qardosh xalqlar qo’shiqlaridan ham foydalanish orqali o’quvchilarada millatlararo vatanparvarlik fazilatlari shakllantirib boriladi.
O’qituvchi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish jarayonida o’quvchini mavzuga od ko’rgazmali qurollar tayyorlanib kelishga jalb etishi, o’qituvchi yordamisiz asarni mustaqil o’ta olishi uchun imkon yaratib berish lozim.
Har bir o’tilayotgan jamoaviy kuylash mashg’uloti hamma fanlar bilan o’zaro bog’liqdir. Sababi, xona jihozi ya’ni, dirijyorlik xissalarini tushuntirilgan pannolarni, bastakorlarning rasmlari tasviriy san’atga bog’liq bo’lsa, notalar cho’zimidagi sanog’imatematikaga, asar mazmuni tarixga bastakorlar hayoti va ijodi esa adabiyot faniga bog’liqdir. Darxaqiqat, musiqa san’atining inson ruhiyatini tashqi go’zlligini tarbiyalgan holda uni hayolotga yetaklaydi.5
SHuning uchun o’qituvchi mashg’ulot qatnashchisiga berilayotgan mavzuni chuqur o’rganib, o’zicha tahlil qilib, so’ngra mashg’ulot qatnashchisi bilan ishlash o’rinli bo’ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ya’ni musiqa san’atining boshqa fanlarga bog’laganimizda mashg’ulot qatnashchisiga o’tilayotgan mashg’ulot qiziqarliroq, o’ylantiruvchi, uni shaxsiy fikrlarga undovchi xissiyotlarni keltirib chiqaradi. O’quvchi bemalol o’qituvchi bilan hamkorlikda o’z fikrlarini bayon etadi. bu bilan yangi pedagogik texnologiyalarning interfaol usulidan foydalanish asoslari kelib chiqadi.
Musiqa ta’limini rivojlantirishda yangi pedagogik texnologiyaga asoslangan jarayon nima, u an’anaviy mashg’ulot turlaridan nimasi bilan farqlanadi degan masalaga e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Ma’lumki, an’anaviy mashg’ulot turlarida ta’lim- tarbiya jarayoni markazida o’qituvchi turadi. U o’quv dasturini tushuntiradi, so’raydi va baxolaydi. O’quvchilar esa o’qitish jarayonini sust ishtirokchisi bo’lib, o’qituvchi tushuntirishini eshitadilar va uning savollariga javob berish bilan kifoyalanadilar.
Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ta’limning ko’rgazmali vositalari musiqiy bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish harakterini belgilaydi.
Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganda o’quvchilarning musiqa mashg’ulotidan olgan bilimlari ko’rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog’liq bo’ladi. Og’zaki tushuntirish kuzatishni tashkil etishda, tasavvurlarni bir maromga solishda, ularni o’rganilayotgan musiqa mavzusi g’oyasi bilan bog’lashda yordam beradi. Ko’rgazmali qurollar bo’lmasa, og’zaki izohning uncha foydasi bo’lmaydi.
Ko’rgazmali vosita sifatida musiqa asarining nota yozuvi, asarning ritmi yoki tempini aniqlashda foydalaniladigan grafik chiziqlar, musiqa ostidagi harakatlar, asar mazmuniga mos rangli rasmlar yoki ashyolar musiqa mashg’ulotida namoyish qilib ko’rsatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda o’quv jarayonida turli xil texnika vositalari: kino va boshqa proektsion apparaturalar, tovush yozish apparatlari va boshqalardan foydalanib namoyish qilish keng tarqalmoqda. Ko’rgazmali qurollar turlicha ahamiyatga ega bo’ladi. Ular bir holda faqat namoyish qilinadi. Boshlang’ichholda esa abstraktsiyani shakllantirish jarayonini yengillashtiradi. Ko’rgazmali qurollar yordamida vujudga keltiriladigan aniq hissiy obrazlarga tayanish abstrakt qoidalarni o’zlashtirish jarayonini yengillashtiradi, bilimlarning tushunarlilik darajasini oshiradi. Masalan, nota xaqida dastlabki tushuncha berish paytida nota tayoqchalari, applikatsiyalar, rasm chizilgan kartonlar va hokazolardan foydalaniladi. Ko’rgazmali qurollar, ayniqsa, musiqa savodidan olgan bilimlarini sistemaga solishda va boyitishda, shuningdek, o’quvchilarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi.6
Ta’lim jarayonida ko’rgazmali quroldan musiqa to’garak raxbarining biror og’zaki bayonini yoki izohsiz foydalanishini tasavvur qilish qiyin. Ko’rgazmali vosita hamisha o’qituvchining so’zi bilan o’zaro aloqada va muayyan munosabatda bo’ladi. O’quv jarayonida ko’rgazmalilik tamoyilini qo’llashning muhimligini musiqa mashg’uloti jarayonida o’rganilayotgan mavzu va musiqa asarlarini hissiy idrok etishga, ularni «jonli mushohada» qilishga, bilish faoliyatida aniq va mavhum, hissiy, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga katta o’rin beruvchi nazariya nuqtai nazaridan tushintirish mumkin. Musiqa asarlarini ko’rgazma vositalari orqali idrok etish katta imkoniyatlarga egadir. Eslab qolishda ko’rgazmalilikning o’zi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan biriktirilishi eng yuqori samaradorlikka ega bo’ladi. Bu o’qitish metodlarining optimal birikmasini izlash zarurligidan dalolat beradi. Ana shu aytilganlarga ko’ra bilishning o’qitish jarayonidagi yakka tarzda yo’lini hissiy hamda nazariy bilishning haqiqiy birligi sifatida rejalashtirish va tashkil etish kerak. Musiqa mashg’ulotida o’qitishning ko’rgazmali metodlarini qo’llash optimallik mezoniga muvofiq kelishligi uchun musiqa o’qituvchisi ularni tanlayotganda bir qator talablarga rioya qilishi kerak.7
Tavsiyalar:
Bu aytilganlardan ko’rgazmalilik qancha ko’p qo’llanilsa, shuncha yaxshi bo’lar ekan, degan ma’no kelib chiqmasligi kerak. CHunki ko’rgazmalilikni optimal qo’llash, bu undan maqsadga muvofiq foydalanish degan ma’noni bildiradi. SHuning uchun ham musiqa o’qituvchisi dasturda va metodik qo’llanmada keltiriladigan namoyish qilishning tavsiya ro’yxatidan, birinchi navbatda, mashg’ulotning asosiy vazifasini hal qilishga, o’rganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini o’zlashtirishga bevosita yo’llanganlarini tanlab olishi kerak. Ko’rgazmali vositaga mashg’ulotning davomida asosiy e’tibor beriladi, u puxtaroq tahlil etiladi, asosiy xulosalar ular yuzasidan qilinadi. Bir mavzudagi ikkita ko’rgazmali vositadan qo’yilgan vazifani yaxshiroq va kamroq vaqt sarflab hal qiladiganini tanlash kerak.
SHuni unutmaslik kerakki, namoyish hajmini oshirib yuborish vaqtni ko’p sarflashga olib kelibgina qolmay, balki o’quvchilar etborini o’rganilayotgan materialning moxiyatidan ham chalg’itadi. Ko’rgazmali metodlarni tanlashda tegishli sinfning xususiyati, sinfdagi ko’pchilik o’quvchilar tafakkurlarining ustun tipi- og’zaki- mantiqiy yoki ko’rgazmali- obrazli ekanligi hisobga olinadi.
O’quvchilar qo’yilgan savollarga javob kutar ekanlar, ko’rgazmali axborot ustida faol fikr yuritadilar, ko’tarilgan muammolarni hal qilish yo’lini o’zlari qidiradilar va shuning uchun ham o’quv materialini faol o’zlashtiradilar. Ko’rgazmali qurollarni maqsadsiz namoyish qilaverish musiqa mashg’ulotlarida juda ko’p vaqtni oladi va hatto mashg’ulotning umumiy maqsadiga erishish nuqtai nazaridan zararli bo’lib ham chiqadi. Musiqa harakatlanuvchi melodik va garmonik tovushlardan iborat bulgan san’atdir. Uni faqat eshitish organi orqali tinglab idrok etish mumkin. Bunda ko’rish asosiy rol o’ynamay, balki doskada ifodalanadigan nota yozuvlari, plakatlar, jadvallar, o’qituvchining dirijyorlik ifodalari, raqs harakatlari va boshqalar musiqani jonli va aniq idrok etish yoki ijro etish uchun yordam beradi. Eng muhimi, idrok jarayonida o’quvchilarda musiqa «oqimi» ni kuzatib borishga va shu bilan musiqa asosida nimalar yoki qaysi obrazlar ifodalanganini ilg’ab olishga o’rgatish zarur. Demak, musiqa boshqa san’at turlaridan farqlanib, mashg’ulotda ko’rgazmali materiallardan deyarli boshlang’ichdarajada foydalanishni taqozo etadi.
Vokal-xor Mashqlari gox-gox va tizimli ravishda o’tkazilishi mumkin. Gox-gox o’tkaziladigan Mashqlar asosan o’rganilayotgan ko’shikning intonasiya, zarb usuli kabi birorta kiyin tomonini yaxshililab o’zlashtirib olish
uchun xizmat kiladi. Bunday Mashqlar odatda 1-2 darsda o’tkaziladi. Keyinchalik ko’shikning o’rganilishiga karab Mashqlarga extiyoj kolmaydi va mashg’ulot raxbari bunday Mashqlarni kuylashni to’xtatadi.
Mashoulotda zarur bo’lgan muayyan vokal-xor malakalarini egallash uchun tovushyo’nalishi nafas olish diksiya kabi Mashqlar xar darsda chorak, yarim yil va yil davomida tizimli ravishda kuylanadi.
Mashqlarning ko’pchiligi kompleksli Mashqlar bo’lib fakat bitta malakaning rivojlanishigagina emas, balki bir necha malakaning masalan, nafas olish bilan tovush xosil kilishning, diksiya bilan tovush xosil kilishning, so’z bilan ansambl "jo’r ovozligi" va xokazolarning biryo’la rikojlanishiga yordamlashadi. Bunda mashg’ulot raxbari xar bir Mashqdan kuzatilgan asosiy maksadi 2-darajali maksadni anglab olishi kerak. Masalan ko’shik aytishdagi diksiyani rivojlantirish Mashqida bolalarning asosiy dikkati so’zlarni to’g’ri va anik talaffuz etishga karatiladi. SHu bilan bir vaktda mashg’ulot raxbari to’g’ri nafas olishni, to’g’ri tovush xosil kilishni, sof talaffuz va yaxshi jo’r ovozlik xosil bo’lishini talab etib kuzatib boradi.8
Vokal-xor Mashqlarining foydali va maksadga muvofik bo’lishi uchun mashg’ulot raxbari uni o’tkazish metodikasini yaxshi bilishi, majburiy pauzalarga yo’l ko’ymaslik uchun Mashqlarni oldindan tanlab uning izchil bo’lishiga erishishni, darsda bir xil Mashqlarni doimiy takrorlayvermay Mashqlarning xam rang-barang bo’lishini o’ylab ko’yishi kerak. mashg’ulot raxbarining o’zi xar bir Mashqni yaxshi bilishi, cholg’u asboblarida erkin ijro etib, kuylay olishi shart.
Musiqa mashg’ulot raxbarining shaxsan Mashq kilishi, shu Mashqning bolalar tomonidan to’g’ri ijro etilishining garovidir. Asosan vokal-xor Mashqlari 3-4 Mashqdan iborat bo’ladi. mashg’ulotqatnashchisilarni ayrim malakalarini egallashlariga karab, Mashqlar kisman yoki butunlay yangi ancha murakkab Mashqlar bilan almashtirib, borilaveradi. Mashq aytish uchun mashg’ulot raxbari turli xarakterdagi: mayin, uzib-uzib aytiladigan, so’zli va so’zsiz Mashqlarni nota nomlari bilan yoki biror bir "lya", "du", "mo", "o", "yo" kabi unlilar bilan kuylanadigan Mashqlarni ko’llashi zarur.
Mashqlarni nota bilan o’rganishni tavsiya etish mumkin. Bolalar xar bir Mashqni avvaliga nota nomlari bilan aytib, so’ngra so’zlari bo’lsa, so’zlari bilan kuylab chikishlari mumkin. Bu nota bilan ko’shik aytish malakasini rivojlantirishga yordam beradi. mashg’ulotqatnashchisilarning solfedjio malakalari yetarli bo’lmaganligi va xali notalarni tugal bilmaganliklari tufayli, birinchi va boshlang’ichsinfdarda ko’pgina Mashqlar mashg’ulot raxbarining ovozini eshitish, o’kib olishyo’li bilan o’zlashtiriladi.
Mashqlarning ko’pchiligi ko’shikning sekvensiya shaklidagi bir ovozli ( keyinrok ikki ovozli ) melodik yarim tonlar bo’ylab, yukoriga va pastga karata kuylashdan iborat. Bir ovozli unisonli Mashqlarni kuylaganda, 3-4 sinflardan birinchi va boshlang’ichovozlarning diapozoni xisobga olinishi shart. Mashqlarni yolgiz boshlang’ich ovozlarning o’zi birmuncha past tovushdan boshlaydi. Keyin ularga birinchi ovozlar ko’shiladi. Vokal-xor Mashqlarini yukorilama xarakatda kuylaganda boshlang’ichovozlar kuylashni boshlang’ich oktavadagi do-re tovushida tugatadilar. Birinchi ovozlar kuylashni boshlang’ich oktava mi - fa tovushigacha davom ettiradilar.
Orkaga kaytishda boshlang’ich ovozlar birinchilarga re2 tovushiga ko’shiladilar. Keyin birinchi ovozlar do tovushigacha borib, kuylashni to’xtatadilar. Boshka ovozlar esa, kuylashni kichik oktava lya tovushigacha davom ettirishadi.
Xulosa o’rnida, musiqa mazmuni, obrazlar yoki syujetlarini ifodalovchi suratlar, kartinalar ko’proq boshlang’ich sinf o’quvchilarini qiziqtiradi. Amalda ko’proq harakatlanuvchi, masalan, dirijyorlik, musiqa o’lchovini taktlash, chalib ko’rsatish, raqs, o’yin, kuy harakatini, registr va ritmik sur’atini doskaga grafik chiziqlarda ifodalash kabi ko’rgazmali vositalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |