Kirish. Stomatologiya



Download 35,25 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2022
Hajmi35,25 Kb.
#429408
  1   2   3
Bog'liq
1. mutaxassislikka kirish


Mutaxassislikka kirish

Reja:



  1. Kirish

  2. Tish protezlash tarixi

  3. Tishlarning tuzilishi va ularning modellarini yasash asoslari.


  1. Kirish.

Stomatologiya (yun. "stomatos" — ogʻiz va "logos" - fan, taʼlimot) — klinik tibbiyotning bir sohasi; ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari: til, lab, lunj, ogʻiz shilliq pardalari hamda yuz-jagʻ tizimi va unga yondosh soha kasalliklarini, ularni keltirib chiqaradigan sabablarni va mazkur kasalliklarning oldini olish usullarini oʻrganadi.
Ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari kasalliklari Gippokrat, Ibn Sino, Galen, Sels va boshqa olimlar tomonidan tavsiflangan. Ibn Sino asarlarida ilk bor tishlar qamashishi va ogʻriqlarining tabiati bayon etilib, shunday hollarda nimalardan foydalanish koʻrsatilgan. 14-asrda fransuz vrachi Gide Sholiak tish sugʻuradigan asbob ixtiro qildi. 15-asr oxirida italyan vrachi J. D. Arkale tishni oltin, qoʻrgʻoshin va qalay folgasi bilan plombalash mumkinligini koʻrsatadi. 17—18-asrlarga kelib stomatologiya klinik tibbiyotning mustaqil sohasiga aylandi. 19-asrda tishni plombalash va yasama tishlar tayyorlash texnikasi puxta ishlab chiqildi. 19-asr oxiri —20-asrning birinchi yarmida fiziologiya, anatomiya, patologiya, biokimyo va boshqa fanlarning taraqqiyoti stomatologik kasalliklar etiologiyasi, patogenezi, davolash choralari va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Oʻzbekistonda stomatologiya fani 1954-yildan shakllandi, shu yili ToshTI (hozirgi Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti)da stomatologiya fakulteti ochildi. 1956-yilda maxsus stomatologik kafedralar tashkil etildi. Keyinchalik bunday kafedralar Samarqand, Andijon tibbiyot institutlarida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida ham ochildi, 1994-yilda Buxoro Davlat Tibbiyot instituti tashkil etilib, uning tarkibida stomatologiya fakultetining ochilishi stomatologiya fanining yanada ravnaq topishiga zamin yaratdi.
Oʻzbekistonda stomatologiya fani rivojiga A. G. Gʻulomov, M. V. Paradoksov, A. T. Busigin, M. V. Busigina, shuningdek, V. A. Yepishev, S. A. Zufarov, M. M. Miryoqubov, E. U. Mahkamov, T. X. Safarov, M. V. Begmetov, M. I. Azimov, R. K. Yakubov, R. A. Amanullaev, A. A. Akbarov va boshqalar katta hissa qoʻshganlar.
Hozirgi zamon stomatologiya fani terapevtik, jarrohlik, ortopedik, bolalar stomatologiyasi, ortodontiya va yuz-jagʻ jarrohligi kabi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Terapevtik stomatologiya tish (kariyes, pulpit, periodontit, nokariyes xastaliklar) hamda ogʻiz shilliq qavati, lab, til kasalliklari diagnostikasi, davosi va profilaktikasi bilan shugʻullanadi. Jarrohlik stomatologiyasi tish olishdan tashqari yuz-jagʻ va unga qoʻshni sohalardagi yalligʻlanishlar, oʻsmalar, shikastlanishlar, tugʻma va orttirilgan nuqsonlarni oʻrganadi, ogʻiz boʻshligʻi va yuz-jagʻ operatsiyalari, plastik operatsiyalarni amalga oshiradi. Ortopedik stomatologiya ortopedik va ortodontik usullar bilan birlamchi va ikkilamchi tishlar qatori hamda tugʻma va orttirilgan tishlar nuqsonlarini davolaydi, yasama tishlar bilan tish qatori nuqsonlarini tiklaydi. Bolalar stomatologiyasi bola rivojlanishining turli davrlarida oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda terapevtik, jarrohlik, ortopedik stomatologik yordam koʻrsatadi. Shu bilan birga stomatologik kasalliklarning kompleks profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Stomatologik kasalliklarni davolashda turli dori-darmonlar, lazer va infraqizil nur, ultratovush, fizioterapiya usullari va h.k. dan foydalaniladi.


Download 35,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish