Reja: Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi



Download 17,43 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi17,43 Kb.
#193191
  1   2
Bog'liq
Harakatli o'yinlar


Milliy harakatli o’yinlar va ularning tavsifi

Reja:


1.Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.

2.Zamonaviy harakatli o’yinlarning turkumlari.

3.Milliy harakatli o’yinlar mazmunida mehnat faoliyati.

Kirish


O’zbek xalqi milliy harakatli o’yinlarning kelib chiqishi tarixi uzoq o’tmishimiz bilan bog’lanib ketadi.

Bundan 3-4 ming yillar oldin ajdodlarimiz xilma-xil o’yinlar,jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lishgan.Ha-rakatli o’yinlar inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga egadir.Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham yaxshi bilish-gan va kundalik turmushlarida ular bilan shug’ullanishga amal qilishgan.Kurash,ot o’yinlari bilan shug’ullanishdan tashqari,kamondan o’q otib,nayza sanchib,kaltak,tosh va boshqa moslamalarni uloqtirib ov qilishgan.O’zbek milliy o’yinlari ikki toifaga ajratiladi:

1.Murakkab harakatli o’yinlar(kurash,ot o’yinlari,dorboz-lik,arqon tortish,bilak kuchini sinash,tosh ko’tarish va hokazo).

2.Oddiy harakatli o’yinlar terak,chillik,oq rang kuydi,to’q-qiz tosh,bo’ron.

Xalqimiz milliy harakatli o’yinlari mamlakatimiz hududida qadimgi davrlardan beri qo’llanilib kelinayotgan o’yin-lardan.Lekin ular orasida Markaziy Osiyo,Yevropa mamla-katlaridan u yoki bu sabab bilan kirib kelgan va chuqur o’rnashib qolgan,milliylashib ketgan harakatli o’yinlar ham oz emas.Masalan, ,,Mushuk va sichqon’’,,,Qarmoq’’ ,,Qopqon’’, ,,Bayram uchun kurashish’’, ,,Yelka urishti-rish’’ va boshqa o’yinlarni shular jumlasiga kiritishimiz mumkin.

Bundan uch ming yil avval yaratilgan ,,Avesto’’ kitobida yoshlar va keksalarning salomatligini yax hilash,uzoq umr ko’rish maqsadida turli vositalar hamda usullardan foyda-lanish yo;ki orqali ifoda etilgan.Bunda tozalikka rioya etish,to’g’ri ovqatlanish,dam olish,terlab mehnat qilish, tana a’zolarini harakatlantiruvchi va chiniqtiruvchi amal-larni mumtazam ravishda bajarib borish ko’rsatilgan. Mamlakatimizda uzuksiz ta’limning tarkibiy qismi sifatida ko’p bosqichli sport musobaqalari-,,Umid nihollari’’, ,,Barkamol avlod’’, ,,Universiada’’ o’tkazish an’anaga aylangan.O’zbek xalq milliy harakatli o’yinlarining mohi-yati,ularning turlari va qo’llanish usullari haqida anchagi-na ilmiy maqollalar,to’plamlar,o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etildi.

1991-2006-yillar davomida o’tkazilgan respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar to’plamlarida yangi o’yinlar yo-ritildi.Shu bilan bir qatorda milliy harakatli o’yinlarni o’quv jarayonlariga ko’proq kiritish masalalariga e’tibor kuchaydi.1991-yilda ,,Milliy harakatli o’yinlar’’to’plami chop etildi,hamda unda 500ga yaqin o’yinlar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan.Ularning tarkibida 100 dan ortiq o’zbek xalq milliy harakatli o’yinlarining borligi qu-vonchli hol albatta.Lekin aytish joizki,o’yinlarning aksari-yati maktab o’quvchilarigagina qaratilgan.Shuning uchun xalq istemolida bo’lgan ,,Poda to’p’’, ,,Eshak mindi’’ ,,Qu-loq cho’zma’’,,Oq suyak’’ , ,,Bo’ta soldi’’ kabi sof milliy harakatli o’yinlar e’tibordan chetda qolib ketgan.

Avval aytganimizday juda ko’p harakatli o’yinlar chetdan kirib kelib,milliylashib ketgan.Chunki ularning mazmun, maqsad va mohiyati yurtimizning iqlim sharoiti,aholining ijtimoiy mehnat madaniyatiga mos kelgan.Shu sababli milliy harakatli o’yinlar haqida fikr-mulohazalar yuritilsa ajablanmasa ham bo’ladi. Ijtimoiy-ma’naviy turmushni sog’lom turmush tarzining tarkibiy qismi desa bo’ladi. Chunki unda inson hayoti,mehnati,oilaviy munosabatlar, yumushlar,xatti-harakatlar o’zaro bog’langan bo’ladi.Ij-timoiy turmush,madaniyat gashtini suruvchilar quyidagi-larni o’zlariga odat qilib oladilar:

-to’yimli ozuqa,mevalarni tanlab iste’mol qilish;

-dam olish kunlari,bo’sh vaqtlar,bayramlar va teatrlarni, kino,konsert,futbol,to’ylarga boorish;

-mavsumiy va muhitga qarab kiyinish;

-oilaviy bo’lib o’yin maydonlariga muntazam boorish,ten-nis,badminton,futbol kabi harakatli o’yinlarni o’ynash;

-yaqin qarindoshlar va qadrdonlardan xabar olish,ular-ni mehmondorchilikka taklif qilish;

-mahalla,qo’ni-qo’shnilar bilan yaqin aloqada bo’lish;

-har kuni ertalab gimnastika qilish,turli o’yinlarni bajarish va hokazo.

Hozirgi davrda sog’lom turmush tarzini kechirishga inti-luvchi kishilar kun sayin ko’paymoqda.Ular yon-atrof-dagilarni,oila a’zolarini sport bilan shug’ullanish,ertalabki va kechki paytda gimnastika mashg’uloti bilan shug’ulla-nish bilan bir qatorda harakatli o’yinlarni bajarishga da’vat etadilar. Ommaviy harakatli o’yinlarda barcha qatnashchilar baravariga o’yinda ishtirok etadilar.Masa-lan, ,,Yomg’ir’’, ,,Kalxat keldi,qoch bolam’’ va h.k.

Yakka yoki juft bo’lib o’ynaladigan harakatli o’yinlarda bir yoki ikki qatnashchi ishtirok etadi.Masalan: ,,Mushuk va sichqon’’,,,Xo’rozlar jangi’’ ,,Yelka urishtirish’’ va hokazo.

Estafetali harakatli o’yinlar ham jamoali,umumiy va yakka tartibda bo’lishi mumkin.Masalan,jismoniy tarbiya tizimi-da mashqlar va harakatli o’yinlarni yoshlarga o’rgatadi-gan umumiy va maxsus tamoyillar hamda usullar mavjud ya’ni shug’ullanuvchilarning yoshi,jismoniy tayyorgarli-gi va jinsiga qarab o’yinlar turkumi belgilanadi.Harakatli o’yinlarning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, eng kichik yoshdagi bolalarning gapirishi,yangi so’zlarni o’rganishiga,boshlang’ich sinf o’quvchilarining esa nutqini o’stirishga xizmat qiladi.Shuningdek,o’yinlar mazmunida axloqiy tarbiya,musiqani sevish,ruhiy holatni yaxshilash, muvozanatni saqlash kabi juda ko’p jihatlar va sifatlar mujassamlashgan bo’ladi.Maktabda,darsda, sinfdan tashqari o'quv-sport va ommaviy-sport ishlarini tashkil qilishda harakatli o'yinlar juda katta o'rin egallaydi Jismoniy tarbiya bo’yicha maktab dasturida barcha sinf-larda jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlarni o’tkazish mo’ljallangan.Darsda harakatli o’yinlarni boshqa jismoniy vositalar-gimnastika,yengil atletika,sport o’yinla-ri,kross tayyorgarligi bilan birga qo’shib olib boriladi. O’yinlardan darslar o’rtasida tanaffuslarda,maktabda o’tkaziladigan bayramlarda va boshqa tadbirlarda,sport seksiyalarida umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirishda ,shuningdek,u yoki bu boshqa sport turlari uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlar va harakatlar malakalarini tako-millashtirish uchun foydalaniladi.Boshlang’ich sinflarda sinf rahbarlari tomonidan maxsus o’tkaziladigan ,,o’yin vositalari’’katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib,ularning vazifasi bolalarni jismoniy rivojlanishiga,ularning faol dam olishga yordam berishidan iborat.Maktab o’quvchilari bolalarning kundalik hayotida maqbul o’yinlarni joriy qi-lishga harakat qiladilar va maktabdan tashqari tashkilot-larda ularning ommalashuviga yordam beradi.O’yinning mazmuni uni tashkil etish va o’tkazish metodikasi vazifa-siga shug’ullanuvchilarning tartibiga,bolalar bilan o’tkazi-ladigan mashg’ulotning shakliga bog’liq.Jismoniy tarbiya o’yinlarida harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari orasida,ayniqsa kichik sinflarda,alohida o’rinni egallaydi.O’rta va katta sinflarda harakatli o’yinlar asosiy o’rinni gimnastika bo’shatib beradi.

Harakatli o’yinlar metodik jihatidan to’g’ri o’tkazilgan to’g’ri o’tkazilganda bolalar ayrim harakatlarda u yoki bu boshqa mashqlarni bajarishda elementar harakat mala-kalarini egallashi mumkin.U yoki bu boshqa mamlakatlar-ni yaxshi egallashlari uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlar o’quvchilarda bu mashqlardan o’yin jarayonida foydala-nish jarayonida rivojlantiriladi.O’yinlarda o’zini tuta bilish asta-sekin rivojlanib ,murakkablashib boorish yo’lidan foydalanish bilan tarbiyalanadi:yangi murakkab o’yin qoidalarining kiritilishi,o’yinchilar o’zaro harakatining elementlari hammaning qo’lidan keladigan yoki hamma-bop bo’lishi o’quvchilarning imkoniyatlari va tuzulishi bo’yicha mos keladigan,murakkab o’zaro mos munosa-batlarni talab qiladi.Modomiki,jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlar boshqa jismoniy tarbiya vositalari bilan birga qo’shib olib boriladi,darsda boshqa mashqlar orasi-da o’yinning o’rnini to’g’ri aniqlash juda muhim ahami-yatga ega.O’qituvchi har bir darsdao’quvchilarning orga-nizmlariga har tomonlama ta’sir eta oladigan turli mashq-larni tanlaydi.Darsda o’yinlar bilan boshqa mashg’ulot turlari o’rtasida metodik jihatdan ketma-ketlik o’rnatilishi kerak,bu butun dars jarayonida mashqlarni to’g’ri taqsim-lash va darsning borishini bundan ham yaxshilashga,maq-sad qilib qo’yilgan vazifani nisbatan yaxshi hal etishga yordam beradi.Mashqdan keyingi murakkab koordinat-siya diiqatni bir joyga to’plashni talab etadi.Harakatli o’yinlar darsning qaysi qismiga kiritilgan bo’lsa,ular darsning o’sha qismidagi vazifasiga mos kelishi kerak.Bi-rinchidan darsning tayyorgarlik qismida kamharakatli va sodda yoki o’rtacha harakatdagi umumrivojlantiruvchi mashqlar xarakteridagi o’yinlar shug’ullanuvchilar jamo-asi diqqatini jamlashga yordam beradi.Ikkinchidan,dars-ning asosiy qismida serharakatli o’yinlardan foydalaniladi, unda harakat malakalari takomillashtirib boriladi,o’yin jismoniy va irodaviy sifatni tarbiyalashga,salomatlikni mustahkamlash maqsadida,qon aylanish va nafas olish funksiyasini yaxshilashga,jismoniy rivojlanish darajasini oshirishga yordam beradi.Uchinchisi,darsning yakuniy qismidadarsning asosiy qismida berilgan yuklamadan keyin faol dam olishga yordam beruvchi o’yinlar,diqqatni jamlashga,shuningdek,darsning asosiy qismida qizg’in ish-lashdan keyin shug’ullanuvchilarning organizmini nisba-tan tinch holatga keltirishga yordam beradigan past va o’rtacha harakatchanlikdagi o’yinlardan foydalaniladi.


Download 17,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish