mumkin. Kimyoviy bombaj natijasida hosil bo’lgan og’ir, metal tuzlari miqdori belgilangan me’yoriy ko’rsatkichlardan yuqori bo’lmasa, u holda bunday konservalarni iste’mol qilishga ruxsat etiladi. Konserva mahsulotlarida qalay tuzlarining to’planishi ularning saqlash muddatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Saqlash haroratining 5 0 S dan 20 0 S haroratga ko’tarilishi konservalarda qalay tuzlarining to’planish tezligini ikki martaga oshiradi. Ko’pchilik hollarda o’n yil va undan ortiq muddat saqlangan konservalarda qalay tuzlari miqdori me’yoriy ko’rsatkichlardan yuqori bo’ladi. Bombajli bankalarda bo’ladigan asosiy reakstiyalarda biri konserva bankasi temiri bilan oltingugurt birikmasidir. Bu reakstiyaning boshlanishida avvaliga temir tuzlari