85
Pishloqlar sut tarkibidagi kazeinni ivitish natijasida
olinadigan sut mahsulotlari
hisoblanadi.
Sutni ivitish usuliga qarab pishloqlar shirdon va nordon pishloqlarga bo’linadi.
Hozirgi
kunda ishlab chiqariladigan asosiy pishloqlar shirdon pishloqlari hisoblanadi. Shirdon pishloqlari
ishlab chiqarishda sut shirdon fermentlari yordamida ivitiladi.
Nordon pishloqlar ishlab
chiqarishda esa kazein sut kislotasi ta’sirida ivitiladi.
Shirdon pishloqlari ishlab chiqaish texnologiyasiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
qattiq, yumshoq shirdon pishloqlari, namokopli va qayta ishlangan pishloqlar.
Pishloqlar massasiga qarab esa katta va kichik pishloqlarga bo’linadi.
Pishloqlarning sifati ham boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining
sifati kabi organoleptik va
fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi. Qattiq shirdon
pishloqlari organoleptik
ko’rsatkichlari bo’yicha oliy va birinchi navga bo’linadi. Pishloqlarni baholashda 100
ballik
sistemadan ham foydalanish mumkin (21-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: