Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bilan
xarakterlanadi. Jarayonning ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida
yirik gabaritli asboblarning ko‘rsatishiga muvofiq avtomatik ravishda rostlanadi.
Bunda, asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik
32
gabaritli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va
topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi.