Аvtomatik rostlash tizimining tuzilishi.
Chetga chiqishlar prinsipi bo‘yicha
ishlaydigan ARTda rostlanuvchi kattalikning ayni va berilgan qiymatlari ayirmasi
o‘lchanadi va tengsizlik ishorasiga ko‘ra avtomat rostlagich ob’yektga nisbatan
rostlovchi ta’sir ishlab chiqarib tengsizlikni yo‘qotadi. Bunday tizim yopiq sikl
bo‘yicha ishlab, yopiq tizim deyiladi. Rostlanuvchi ob’yektning chiqishiga datchik
o‘rnatiladi. Bu maxsus qurilma rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymatini qabul
qilib, uni rostlash tizimidagi keyingi bo‘g‘inlarga uzatish uchun qulay bo‘lgan
signalga o‘zgartiradi.
10.1-rasmda tasvirlangan bir konturli ARTning funksional sxemasini ko‘rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |