20-jadval
O’zbekiston Respublikasida ayrim chorva mollari bosh sonidagi
hududiy-dinamik o’zgarishlar
Hududlar
|
Yirik shoxli
Qoramollar
|
Sigirlar
|
Qo’y va echkilar
|
2000
|
2015
|
2000
|
2015
|
2000
|
2015
|
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
|
382,6
|
871,7
|
161,3
|
269,3
|
435,8
|
876,9
|
Andijon
|
441,0
|
964,0
|
185,3
|
332,0
|
507,3
|
1213,6
|
Buxoro
|
428,0
|
1100,5
|
184,7
|
378,0
|
813,9
|
1825,1
|
Jizzax
|
283,0
|
770,3
|
128,9
|
232,9
|
803,8
|
1659,7
|
Navoiy
|
174,4
|
384,0
|
89,0
|
170,4
|
1056,5
|
1782,6
|
Namangan
|
348,7
|
574,7
|
136,8
|
203,4
|
479,6
|
679,2
|
Samarqand
|
794,0
|
1407,5
|
353,5
|
605,0
|
893,3
|
2074,2
|
Sirdaryo
|
171,1
|
368,7
|
71,5
|
124,0
|
110,7
|
258,9
|
Surxondaryo
|
446,4
|
804,1
|
215,1
|
323,2
|
975,1
|
1978,9
|
Toshkent
|
387,5
|
754,1
|
180,1
|
336,9
|
389,2
|
794,3
|
Farg’ona
|
464,9
|
930,9
|
196,2
|
346,6
|
392,1
|
799,1
|
Xorazm
|
450,0
|
755,6
|
186,3
|
304,8
|
208,9
|
4116,5
|
Qashqadaryo
|
581,8
|
1309,1
|
254,7
|
456,9
|
1866,3
|
379,9
|
Jami
|
5353,4
|
10995,2
|
2343,4
|
4084,3
|
8932,5
|
18438,9
|
Manba: Statisticheskiy sbornik. Selskoe xozyaystvo Respubliki Uzbekistan 2001-2015gg.
Echkilar respublikaning tog’ va tog’ oldi mintaqalarida boqiladi va u asosan go’sht, serqaymoq va shifobaxsh sut, jun, teri hamda tivit beradi. Farg’ona vodiysida, xususan Namangan viloyatida mayin oq tivit beradigan angor echkilari boqiladi. Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ham echkichilik rivojlangan. Mamlakat bo’yicha qo’y va echkilarning umumiy bosh soni 18438,9 mingtani tashkil etadi. Bundan, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari qo’y va echkilar soni ko’pligi bo’yicha etakchi hisoblanadi (20-jadval).
Cho’chqachilik yirik shaharlar atrofida va g’allachilik mintaqalarida tashkil etilgan bo’lgan. Ammo hozirda chorvachilikning bu tarmog’i juda qisqarib ketdi. Shunga qaramasdan, respublikadagi cho’chqalarning umumiy bosh soni 87758 ming boshga (2015 yo) etdi va 2000-2014 yillar davomida 64,1 foizga kamayib ketdi. Biroq, Samarqand (9,6 ming bosh), Toshkent (35,8 ming bosh), Buxoro (10,0 ming bosh), Navoiy(18,6 ming bosh) va Sirdaryo (7,3 ming bosh) viloyatlari cho’chqalarning bosh soni bo’yicha oldingi o’rinni egallaydi. Farg’ona vodiysidan tashqari qolgan barcha viloyatlarda cho’chqa boqiladi, ammo ularning soni aytarli darajada ko’p emas. Quynchilik ham cho’chqachilik singari tez ko’payish imkoni yuqori bo’lgan tarmoqlardan biri. Bu tarmoqni rivojlantirish ko’proq shaxsiy va fermer xo’jaliklarida yaxshi yo’lga qo’yilgan.
21-jadval
O’zbekistonda chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini
etishtirish, ming tonna (2000-2014 yy.)
Mahsulot
turlari
|
Barcha xo’jaliklar
|
Fermer xo’jaliklari
|
Dehqon
xo’jaliklari
|
q/x
korxonalari
|
2000y.
|
2014y.
|
2000y.
|
2014y.
|
2000y.
|
2014y.
|
2000y.
|
2014 y.
|
Go’sht
|
501,8
|
1906,3
|
36,8
|
55,3
|
6,6
|
1800,2
|
458,4
|
50,8
|
Sut
|
3632,5
|
8431,6
|
176,5
|
308,6
|
54,1
|
8064,6
|
3401,9
|
58,4
|
Tuxum, mln. dona
|
1254,4
|
4950,0
|
490,6
|
543,0
|
12,0
|
2726,9
|
751,8
|
16580,1
|
Jun
|
15,8
|
34403
|
3,9
|
2797
|
0,2
|
29490
|
11,8
|
2116
|
Qorako’l
terisi, ming dona
|
747,6
|
1061307
|
499,3
|
52621
|
8,2
|
831838
|
240,1
|
176848
|
Pilla
|
16,5
|
26115,8
|
16,2
|
-
|
0,3
|
-
|
0,5
|
-
|
Manba: Selskoe xozyaystvo Respubliki Uzbekistan 2003. Statisticheskiy sbornik.-T, 2004. S. 29-30. Selskoe xozyaystvo Uzbekistana. Statisticheskiy sbornik.-T, 2015.
Parrandachilik serdaromad tarmoqlardan biri bo’lib, keyingi yillarda tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Respublikaning hamma viloyatlarida tuxum, parhez go’sht beradigan parrandachilik tarmog’ining korxonalari mavjud. Samarqand, Toshkent viloyatlarida yirik broyler jo’jalarini etishtirishga mo’ljallangan korxonalar ishlab turibdi. Respublika bo’yicha parrandalar soni 56276,3 ming bosh bo’lib, bu ko’rsatkich 2005 yilga nisbatan 300 foizga oshdi. Parrandalar bosh soni ko’payishi oqibatida, tuxumlar soni ham 2000-2014 yilning o’zida 3,1 martaga ko’paydi (21-jadvalga qarang). Respublikada olinayotgan tuxumning (4950,0 mln dona) eng ko’pini Toshkent (1231,7 mln dona), Samarqand viloyatlari (939,5 mln dona) etkazib bermoqda. Shuningdek, Andijon, Xorazm, Farg’ona va Qashqadaryo viloyatlari ham mamlakatda parranda tuxumi soni etkazib berish bo’yicha etakchi hisoblanishadi. Bu borada, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari biroz orqada. Pillachilik bo’yicha respublika dunyoga mashhur davlatlardan biri.
Pillachilik tarmog’i paxtachilik bilan birga qo’shib olib boriladi. Tut ipak qurti urug’ini tayyorlash, pilla etishtirish barcha viloyatlarda bor. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, ipak qurti boqish 4-asrda Xitoydan O’rta Osiyoga tarqalgan, 1913 yilda 4 ming tonnaga yaqin pilla etishtirilgan bo’lsa, uning 90 foizi Farg’ona vodiysiga to’g’ri keladi. Hozirga kelib mamlakatimizda yiliga 26115,8 ming tonna pilla olinadi (21-jadvalga qarang). Etishtirishtirilayotgan pillaning 98 foizi fermer xo’jaliklariga to’g’ri kelmoqda. Respublikdagi 10 ga yaqin pillakashlik fabrikasi o’zimizda etishtiriladigan pillani qayta ishlaydi. Ammo ma’lum bir vaqt oralig’ida pilla etishtirish keskin kamayib ketdi, ko’pgina tut daraxtlari kesilib yuborildi, hozirga kelib (yillik o’sish 102,6 %) yana bu tarmoqni rivojlantirishga alohida e’tibor berilyapti.
22-jadval
Baliqchilik O’zbekistonning tabiiy suv havzalaridan qadimdan mavjud bo’lgan. Ilgarilari baliqning asosiy qismini Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari etkazib bergan. Orol dengizi suv sathi kamayishi evaziga sun’iy suv havzalarida baliq etishtirish rivojlandi. Umuman mamlakatdagi ko’l va daryolarda 62 ga yaqin baliq turi yashaydi. Bulardan, zog’ora baliq, do’ngpeshona, sudak, oqcha, tobonbaliq, ilonbosh, cho’rtan, qizilko’z alohida ahamiyatga ega. Yirik baliqchilik xo’jaliklari Jizzax, Toshkent, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tashkil etilgan. Aydarko’l tizimining kengayib borishi baliqchilikning rivojlanishiga imkon berdi. Shuningdek, Toshkent viloyatidagi “Damachi” hovuz baliqchlik xo’jaligi ham baliq etkazib berishga xizmat qilmoqda.
Asalarichilik tarixi uzoq yillarga borib taqalsada, oxirgi yillarda tezlik bilan rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir. Qolaversa, ushbu tarmoqni respublikada rivojlantirish va yo’lga qo’yish uchun etarli shart-sharoit mavjud. O’zbekistonning tog’ va tog’ oldi mintaqalarining asali o’zining xushbo’yligi va shifobaxsh ekanligi bilan mashhur. Har yili 20 ming tonnadan ko’p asal olinadi. Asalni yilda ikki marta, may-iyun va avgust-sentyabr oylarida olishadi.
Darrandachilik tarmog’i juda keng rivojlangan bo’lmasada, Quyi Amudaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida ondatra, nutriya, tulki, norkalar qimmatbaho mo’yna olish maqsadida boqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |