O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Qishloq xo’jaligi mahsulot turlarini etishtirishdagi o’zgarishlar



Download 9,72 Mb.
bet103/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

Qishloq xo’jaligi mahsulot turlarini etishtirishdagi o’zgarishlar

Q/x mahsulot

turlari


O’lchov

Birli


gi

1990 yil

2000 yil

2014 yil

jami


Jamiga

Nisba


tan,

foizda


jami


Jamiga

nisbatan,

foizda


jami


Jamiga

nisbatan,

foizda


Yalpi

mahsulot



Mlrd so’m

11,1



100

1387,2

100

36957,0

100

Shundan:

Paxta-tolasi

Ming tonna

5057,7

47,7

3002,4

11,8

3400,2

12,1

Donli

ekinlar


Ming tonna

2038,2


4,1

4101,4

11,4

8050,5

10,8

Kartoshka


Ming tonna

336,4

1,0

731,1

2,6

2452,4

8,6

Sabzavotlar


Ming tonna

2842,5

3,8

2644,7

8,1

9286,7

16,3

Poliz

mahsulotlari



Ming tonna

1000

1,4

451,4

1,0

1696,1

2,1


mevalar

Ming tonna

660,4

2,0

790,9

3,0

2490,6

4,7

Uzum

Ming tonna

744,7

2,5

624,2

2,6

1441,2

4,5

Go’sht (tirik

vaznda)


Ming tonna

789,1

20,1

841,8

23,8

1906,3

24,9

Sut

Ming tonna

3034,2

10,0

3632,5

14,9

8431,6

11,5

Tuxum

Mln dona

1231,8

1,1

1254,4

3,0

4950,0

2,8

Jun


Ming tonna

25,8

2,3

15,8

0,1

34403

0,2

Manba: O’zbekiston qishloq xo’jalgi. Statistik to’plam T.: 2015 y. Osnovnie tendentsii i pokazateli ekonomicheskogo i sotsialnogo razvitiya respubliki Uzbekistan za godi nezavisimosti (1990-2010 gg.) i prognoz na 2011-2015 gg.

Paxtachilik. Paxtachilik dehqonchilikning etakchi tarmog’i bo’lib, uning asosiy mahsuloti paxta tolasi va paxta moyi hisoblanadi. 1 t paxta xom ashyosidan o’rtacha 320-350 kg tola (3500 m.kv gazlama), 10 kg momiq, 620 kg chigit olinadi. 620 kg chigitdan esa 110 kg moy, 225 kg kunjara, 175 kg shulxa, 35 kg lint, 30 kg tuk chiqadi. O’zbekistonda 2,5 ming yildan beri paxta etishtirilib kelayotgan bo’lishiga qaramay, uning yangidan-yangi navlari yaratilmoqda. Mustaqillik yillarida respublika olimlari tomonidan 100 dan ortiq ingicha va o’rta tolali “Buxoro-6”, “S-6524”, “Namangan-77”, “An-Boyovut-2”, “Buxoro -8”, Buxoro-102” kabi hosildorligi yuqori bo’lgan paxta navlarining yaratilganligi paxta hosildorligining ortishiga olib keldi. Bu yangi yaratilgan paxta navlari o’zining tez pishishi, kasalliklarga chidamliligi, paxta tolasining sifatliligi va jahon bozorida talab yuqorililigi bilan ajralib turadi. O’zbekiston dunyoda paxta ekadigan o’nta davlatning beshinchisi, ya’ni Xitoy, Amerika Qo’shma Shtatlari, Hindiston va Pokistondan keyingi o’rinda turadigan, eng shimolda paxta etishtiradigan davlatdir. Paxta tolasining hosildorligi 1990 yilda respublikada gektariga 22,6 tsentnerdan bo’lgan bo’lsa, 2014 yilda 26,1 tsentnerga ko’tarildi. 2015 yila mamlakat bo’yicha 1301,5 ming gektar erga g’o’za ekilib, 3400,2 ming tonna yalpi hosil olindi. Paxta ekin maydoni Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida nisbatan katta. Aksincha, Namangan, Navoiy, Samarqand viloyatlarida uning darajasi 100 ming gektarga etmaydi. Respublikaning barcha viloyatlarida o’rta tolali, Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ingichka tolali paxta ekiladi. Ko’p yillarda respublika eksportining asosiy mahsuloti paxta tolasi hisoblangan. Ammo 1990-2014 yillarda paxta tolasining umumiy eksportdagi ulushi 47,9 foizdan 1,3 foizga qisqardi.

Texnika ekinlaridan tamaki asosan Samarqand viloyatining Urgut tumanida etishtiriladi, yalpi hosili 12307 tonna, hosildorligi 16,2 ts/ga. Shuningdek, qisman Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Yakkabog’ tumanlarida ham etishtirilgan. Etishtirilgan tamaki Urgut tamaki fermentlash “O’z BAT" fabrikasida qayta ishlanadi. Bu fabrika “British Ameriken tobakko” kompaniyasining Samarqandda O’zbekiston bilan hamkorlikda qurilgan korxonasidir. Urgut tumani Samarqand sigareta fabrikalarini ham tamaki xom ashyosi bilan ta’minlaydi.

Texnika ekinlaridan lavlagi ekini qishloq xo’jaligining eng qadimgi tarmoqlaridan biridir. Qand lavlagi, ozuqa manbai sifatida ekiladigan xashaki lavlagi, sabzavot sifatida ishlatiladigan qizilcha lavlagi respublikamizning deyarli barcha hududlarida ekiladi.

Bulardan tashqari O’zbekistonning eng muhim ekini bu donli ekinlar, xususan bug’doy, arpa, javdar, suli, sholi, makkajo’xori, tariq, dukkakli ekinlar, no’xat, mosh, loviya, eryong’oq, moyli don ekinlari-zig’ir, kunjut, soya, mahsar, kungaboqar va boshqa ekinlar respublikaning barcha mintaqalarda etishtiriladi.

Bug’doy ekini qadimgi tarmoqlardan biri bo’lgan, ammo u ilgarilari asosan lalmikor erlarda ekib kelingan. Respublikaning bug’doyga bo’lgan ehtiyoji ko’p yillarda boshqa davlatlardan keltirilgan g’alla hisobiga qondirilgan. Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishildi, bug’doy ekin maydonlari kengaytirildi, sug’oriladigan erlarga g’alla ekila boshlandi. 1990-2014 yillarda donli ekinlar hosildorligi gektariga 20,2 tsentnerdan 51,7 tsentnerga oshdi. Bugungi kunda donli ekinlar 1655,6 ming gektar erga ekilmoqda, yoki jami ekin ekiladigan erlarning 45,0 foizini egallamoqda, bundan boshoqli don ekinlari 42,1 foizga teng. Bug’doy ekin maydoni 1454,8 ming gektarni tashkil etadi. Respublikada asosan bug’doyning kuzgi va bahorgi turi ekiladi.

Donli ekinlarning yalpi hosiliga ko’ra Qashqadaryo, Farg’ona, Toshkent, Samarqand, va Surxondaryo viloyatlari oldingi o’rinlarda turadi. Donli ekinlardan Respublikada 2000 yilda 3532,0 ming tonna bug’doy olingan bo’lsa, 2014 yilda ushbu raqam 6956,0 ming tonnaga etdi. Bug’doyning yalpi hosiliga ko’ra ham yuqoridagi viloyatlar etakchilik qilishadi. Donli ekinlardan sholi respublikaning Xorazm, Andijon, Sirdaryo, viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida asosan ekiladi. Sholi ekin maydonlari yildan-yilga qisqarib boryapti, masalan, respublikada 2000 yili 131,8 ming gektar erga sholi ekilgan bo’lsa, 2015 yilda 69,2 ming gektarga to’g’ri keldi. Shunga mutanosib ravishda sholi mahsuloti ham 1,4 martaga kamayib ketdi. 2015 yilda mamlakat bo’yicha 244,8 ming tonna sholi olindi.

Makkajo’xori o’tgan asrning ikkinchi yarmidan don va silos bostirish maqadlarida ekila boshlangan. Makkajo’xori ekini ham sholi singari ekin maydonlari ko’rilayotgan yillar davomida 1,7 barobarga qisqardi. 2000 yilda 49,2 ming gektarga makkajo’xori ekilgan bo’lsa, 2015 yilda 35,6 ming gektarga tushdi. Mahsulot hajmida esa aksincha, ushbu davrda 130,6 ming tonnadan 230,4 ming tonnaga o’sish kuzatildi.

O’zbekistonda sabzavot, poliz va kartoshka mahsulot turlari ko’paydi va ekiladigan er maydonlari ham kengaydi. Ekin hosildorligi jihatdan eng yuqori bo’lgan ekinlar ham aynan mana shu sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlari hisoblanadi. Chunki, respublikadagi qulay iqlim sharoiti, sug’orma dehqonchilik bu ekinlarning hosildorligi yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu ekinlar O’zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida ekiladi. Faqat ular viloyatlarning geografik joylashgan o’rnidan kelib chiqib turlicha darajada pishib etiladi. Masalan, eng shirin qovun-tarvuz Mirzacho’l mintaqasida, ertangi sabzavot va poliz mahsulotlari Janubiy viloyatlarda va hakozo.

16-diagramma



Bog’dorchilik va uzumchilik ham eng qadimgi tarmoqlardan biri bo’lib, mevalarning barcha turi, shirindan-shakar uzum navlari butun O’zbekiston bo’ylab ekilgan. Uzumchilik ham bog’dorchilik bilan birga hududiy tashkil etiladi. Jumladan, uzumchilik barcha viloyatlarda mavjud, ammo Samarqand viloyatining Qo’shrabot va Nurobod tumanlarida, Toshkent viloyatining Parkent tumanida nisbatan keng yoyilgan va yaxshi yo’lga qo’yilgan. Uzum etishtirish bo’yicha Parkent tumani nafaqat viloyatda, balki respublikada eng mashhur tumanlardandir. Aynan mana shu tumanlarda uzumchilikning rivojlanganligi tufayli, Samarqand (260,0 ming tonna) va Toshkent viloyati (115,5 ming tonna) respublikada eng ko’p uzum hosilini beradi. Oxirgi yillarda juda katta bog’lar tashkil etildi, yo’q bo’lib ketgan uzumzorlar qayta tiklana boshlandi. Shu boisdan, respublikada uzumning yalpi hosili 2000-2014 yillarda 624,2 ming tonnadan 1441,2 ming tonnaga ko’tarildi. Viloyatlar miqyosida Andijon, Jizzax, Farg’ona, Sirdaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida uzum yalpi hosili mazkur davrda 2,0-2,4 barobarga ko’paydi. Aksincha, birgina Surxondaryo viloyatida 1,1 martaga qisqardi.

19-jadval



Chorvachilik. Respublikada chorvachilikning barcha turi rivojlangan, ayniqsa qo’ychilik, qoramolchilik, parrandachilik, asalarichilik keng taraqqiy etgan. Chorvachilik tarmog’ida yaratilayotgan mahsulotlar jami qishloq xo’jaligi mahsulotining 40,6 foizini (2014y.) tashkil etadi. Qoramolchilik sut-go’sht yo’nalishida taraqqiy etgan bo’lib, go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik tog’ va tog’ oldi mintaqalarida yo’lga qo’yilgan. Qoramollarning bosh soni O’zbekistonda 10995,2 ming bosh, sigirlarniki esa 4084,3 ming boshga etgan. Har ikkalasining ham umumiy miqdori o’tgan yillarga nisbatan muntazam ko’payib kelmoqda (30-jadvalga qarang). Yirik shohli qoramollarning eng ko’pi Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlarida va Qoraqalpog’iston Respublikasida bo’lganligi sababli ham, ushbu viloyatlar respublikada asosiy go’sht etkazib berayotgan mintaqalar hisoblanadi. Masalan, mamlakat bo’yicha olinayotgan go’sht mahsulotining (1427,4 ming tonna) 13 foizi Samarqand viloyatiga, 11,8 foizi Toshkent viloyatiga, 11,5 foizi Qashqadaryo viloyatiga, 9,3 foizi Buxoro viloyatiga to’g’ri keladi. Qolgan viloyatlarda uning ulushi 10 foizga etmaydi.

Qo’ychilik Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining adir va tog’ mintaqalarida rivojlangan. Qo’ychilikda uning dag’al jun va go’sht-yog’ beruvchi hisori hamda jaydari qo’y zotlari, qorako’l qo’ylarini boqish va undan sifatli teri olish muhim o’rin tutadi. Hisori qo’ylari respublikaning tog’ va tog’ oldi mintaqalarida boqiladi. Jaydari qo’ylar esa, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatidan tashqari qolgan barcha viloyatlarda keng tarqalgan. Jaydari qo’ylarga nisbatan Hisori qo’ylarining vazni 180-190 kggacha, yillik jun mahsuldorligi 1,0-1,2 kg. Jaydari qo’ylarida bu ko’rsatkichlar mos ravishda 45-50 kg; 2,0-2,5 kgdir.

O’zbekiston bo’yicha barcha xo’jaliklarda olinadigan yillik jun mahsuloti 34403 tonnani (2015y.) tashkil etadi. Jun ishlab chiqarish hajmi 2005-2015 yillarda respublikada 117,9 foizga o’sdi. Asosiy jun etkazib berayotgan viloyatlarga Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Jizzax kiradi.

Qo’ychilikning qorako’lchilik tarmog’i qadimdan mavjud bo’lgan bo’lib, bu qo’ylar asosan, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasining cho’l zonasida boqiladi. Chunki, ulardan olinadigan terining mahsulot sifati shu joyning iqlimi, harorati, suvi bilan bevosita bog’liq. Shu boisdan, respublikamizning iqlimi issiq, yaylovlarining suvi sho’r, hududi cho’ldan iborat bo’lgan viloyatlaridagina bu tarmoq yaxshi rivojlangan. Qorako’l teri olish 2000-2015 yillarda 99,9 foizga o’sgan holda, 2015 yilda respublika bo’yicha 1061307 ming dona qorako’l terisi tayyorlandi. Asosiy teri mahsulotini Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Xorazm viloyatlari dehqon xo’jaliklarida va qishloq xo’jaligi korxonalari etkazib berishmoqda.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish