16-jadval
Er fondi undan foydalanishning asosiy maqsadlariga qarab quyidagi toifalarga bo’linadi
№
|
Er toifalari
|
% hisobida
|
1
|
Qishloq xo’jaligi erlari
|
46,1
|
2
|
Aholi punkti erlari
|
0,53
|
3
|
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va hk.
|
4,43
|
4
|
Tabiatni muhofaza qilish sog’lomlashtirish maqsadlariga mo’jallangan erlar
|
0,17
|
5
|
Tarixiy-madaniy maqsadlarda foydalanish uchun
|
0,4 ming ga
|
6
|
O’rmon fondi erlari
|
19, 5
|
7
|
Suv fondi erlari
|
1,84
|
8
|
Zaxira erlar
|
23,40
|
Buning eng asosiysi qishloq xo’jaligida foydalanadigan erlar hisoblanadi. Ushbu toifadagi erlar mamlakatimizda 20417,0 ming ga bo’lib, u jami er fondining 45,8 foizini tashkil qiladi. Keyingi o’rinda zaxira erlar (10389,4 ming ga) hamda o’rmon fondi erlari turadi (4274,3 ming ga).
Respublikada barcha ekin ekiladigan erlar ikki qismdan iborat: sug’oriladigan hamda lalmi erlar. Umumiy ekin ekiladigan er maydoni 3678,2 ming ga (2015 y.) bo’lib, bu jami qishloq xo’jaligida foydalanadigan erlarning 17,9 foiziga teng, sug’oriladigan erlar esa 4204,9 ming gani tashkil etadi. Tabiiy holda sug’oriladigan yoki lalmi (bahorikor) erlar Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida uchraydi. Qishloq xo’jaligida foydalanadigan boshqa erlar orasida yaylovlar keskin ajralib turadi. Ularning umumiy maydoni 4052,0 ming ga yoki qishloq xo’jaligida foydalanadigan erlarning 93,1 foizini tashkil etadi. Ko’p yillik daraxt zorlar 358,1 ming ga, pichanzorlar 11134,2 va bo’z erlar 82 ming ga. 1991-2014 yillar davomida qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan erlar miqdori respublikada 10903 ming gektarga qisqardi. Bunga boshqa turdagi erlarning birmuncha ko’payishi sabab bo’lgan. 2015 yil 1 yanvar holatiga ko’ra qishloq xo’jalik erlari respublika umumiy er maydonining 44,0 foiziga teng. Qolgan 42,5 foizi o’rmonlar, butazorlar, va boshqa erlardan iborat. Bu ko’rsatkich mamlakat miqyosida Qoraqalpog’iston Respublikasi 34,3 foizdan, Navoiy viloyatidagi 81,0 foizgacha farq qiladi. Nisbatan yuqori ko’rsatkichlar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida (76-77%), Farg’ona, Toshkent, Xorazm, Namangan viloyatlarida esa nisbatan uning darajasi past (45-55%).
Barcha dehqon xo’jaliklaridagi ekin ekiladigan erlarning umumiy maydonida 45,0 foizini donli ekinlar, shu jumladan 42,1% ni boshoqli don, 39,6% ni bug’doy, 0,5 % ni dukkakli don, 37,7 % ni texnika ekinlari shu jumladan 35,4 % ni g’o’za, 5,2 foizini sabzavotlar, 1,3% ni sholi, 2,2 foizini kartoshka, 8,9 %ni ozuqa ekinlari egallagan. Qishloq xo’jaligida foydalanadigan erlar ichida sug’oriladigan erlar katta ahamiyatga ega. Eng so’nggi yillarda, garchi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan erlaring umumiy maydoni qisqargan bo’lsada, bevosita ekin ekiladigan erlar biroz kengaygan.
Sug’oriladigan erlar Jizzax, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari hisobidan birmuncha ko’paydi. Shuningdek, Toshkent, Sirdaryo viloyati hamda Qoraqalpog’istonda ham ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Ayni vaqtda, Jizzax viloyatida 2000 yilda sug’oriladigan ekin erlar 256,6 ming ga, 2014 yilda esa 264,5 ming ga; shunga mos holda, Qashqadaryoda 417,7 va 424,1 ming ga; poytaxt viloyatida-298,9 va 305,1 ming gani tashkil etdi. Aksincha, sug’oriladigan er maydonlari Samarqand, Surxondaryo, Farg’ona, Xorazm kabi viloyatlarda biroz qisqardi. Sug’oriladigan ekin erlari juda kam bo’lgan Navoiy viloyatida ham 92,1 ming gadan va 91,0 ming ga tushdi. Umuman olganda, sug’oriladigan ekin erlar maydoni kattaligi bo’yicha Qashqadaryo, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent viloyati, Jizzax, Surxondaryo hamda Samarqand viloyatlari ajralib turadi. Navoiy viloyatini hisobga olmaganda, qolgan mintaqalarning har birida bunday erlar 200 ming gektardan kam emas.
Qishloq xo’jalik erlari tarkibida yaylovlar ham katta maydonlarni egallaydi. Respublika er fondining 46,7 foizin pichanzor va yaylovlar 14,0 % ekin erlar, 7,0 % o’rmonzorlar tashkil qiladi. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlarida pichanzor va yaylovlar ko’p. Eng katta yaylovlar Navoiy viloyati (42,2 %), Qoraqalpog’iston Respublikasi (23,0 %), Buxoro (12,4 %) va Qashqadaryo viloyatlarida (7,0 %) joylashgan. Yaylovlar qishloq xo’jaligining, chorvachilik tarmog’ini xususan, unda go’sht, jun-go’sht yo’nalishini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo shunga qaramasdan, yaylovlar maydoni yildan-yilga qisqarib bormoqda. Aksariyat viloyatlar er maydonida bunday erlar ulushi juda kichik.
Respublikamizda 2014-2019 yillarga mo’ljallangan sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturi qabul qilingan. Mazkur maqsadli dasturga binoan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va boshqa viloyatlarda drenaj va kollektorlar, zovurlar qayta ta’mirlanmoqda, erlarning sho’rini yuvishga, tarmoqda modernizatsiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Umumiy qishloq xo’jaligi maqsadida ajratilgan erlarning ¼ qismi birgina Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi; Buxoro, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatlari ham bu borada etakchi hisoblanishadi. Mazkur hududlar respublikadagi jami qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan erlarning ¾ qismidan ko’prog’ini egallaydi. Respublika Prezidenti ta’kidlaganidek, “avvalo erlarning unumdorligini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Hozirgi vaqtda yurtimizda jami sug’oriladigan erlarning qariyib 49 foizi turli darajada sho’rlangan bo’lib, buning qariyib 18 foizi kuchli va o’rta darajada sho’rlangan erlardir, 23 foizdan ortig’i esa boniteti past erlar toifasiga kiradi. Meliorativ holati qoniqarsiz erlarning katta qismi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Farg’ona viloyatlariga to’g’ri keladi”4. Qishloq xo’jaligida ekin ekiladigan er maydonining 45,0 foizi donli ekinlar egallagan, shundan bug’doy 39,6 foiz erga ekiladi. Ikkinchi o’rinda texnika ekinlari 37,3 foiz erda ekiladi. Buning ham asosiy qismi paxta ekinlariga to’g’ri keladi. 2000-2014 yillarda texnika ekin maydonlarida qisqarish ro’y berdi, aksincha donli ekinlar, kartoshka, poliz ekinlari va sabzavotlar maydonlari kengaydi. Xuddi shunday qisqarish sholi ekin maydonlarida ham kuzatildi, ya’ni ularning maydoni 3,5 foizdan 1,3 foizga tushdi.
Mamlakatimiz qishloq xo’jalik geografiyasining shakllanishida hududlarning er fondi, uning tarkibi bilan bir qatorda agroiqlimiy resurslar, ya’ni namlik (suv), harorat va tuproq, mehnat resurslari, ularning ish malakalari kabi omillar muhim rol o’ynaydi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |