O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


- MAVZU. MINTAQALARDA QIShLOQ XO’JALIGINING HUDUDIY IXTISOSLAShUVI



Download 9,72 Mb.
bet98/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

8- MAVZU. MINTAQALARDA QIShLOQ XO’JALIGINING HUDUDIY IXTISOSLAShUVI.

1.Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi tutgan o’rni va ahamiyati.

2.Er fondi va uning tuzilishi.

3.Ixtisoslashuv: dexqonchilik va chorvachilik.

4.Agrar sohani rivojlanish istiqbollari.

Tayanch ibora: er fondi, ixtisoslashuv, dehqonchilik, chorvachilik, agrar soha, zahira erlar

1.Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi tutgan o’rni va ahamiyati.

Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning eng qadimgi va muhim tarmoqlaridan biridir. U aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom-ashyo etkazib berish bilan birga, sanoat mahsulotlarining eng katta iste’molchisi ham hisoblanadi. Shu boisdan islohotlarning dastlabki bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligi barqarorligini ta’minlash, rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish maqsad qilib belgilandi, tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O’zbekiston milliy iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi etakchi o’rinlardan birini egallagan holda, unga yalpi ichki mahsulotning 1/5 qismidan ko’prog’i to’g’ri keladi. Hozirgi vaqtda YaIMda qishloq xo’jaligining ulushi 30,1 foizdan 17,6 foizga kamaydi. Aynan shu tarmoqda aholining bandligi esa 1991-2014 yillarda 41,9 foizdan 27,2 foizga tushdi va hozirda 3,531 million kishi bu tarmoqda ishlaydi.

14-diagramma



Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, qishloq xo’jaligi rivojlanishining strategik yo’li aniqlanib olindi. Bunda ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’zini-o’zi ta’minlash, ya’ni don mustaqilligiga erishish, paxta yakka xokimligiga barham berish asosiy vazifalardan qilib belgilandi. 1998 yillardan qishloq joylarda bozor munosabatlarini joriy etish, mulkchilikning xususiy shaklini joriy etishga e’tibor qaratildi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotini agrar-industrial shakldan tobora, asta-sekin industial-agrar yo’nalishga o’tishiga zamin bo’ldi. Erga bo’lgan munosabatda yangicha tamoyillar joriy etildi. Erni fermer xo’jaliklariga O’zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan 50 yil muddatga, dehqon xo’jaliklariga umrbod foydalanishga berish tizimi joriy etildi. Qishloq xo’jaligida o’tkazilgan va davom etayotgan islohotlar mahsulot etishtirishda, mahsulot hajmining o’sishida, qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligi ortishida muhim bosqich bo’lmoqda. Shu boisdan, 2015 yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 6,8 foizga, 2000 yilga nisbatan esa 1,8 barobarga oshdi. Paxta, g’alla kabi stategik muhim qishloq xo’jaligi ekinlari bilan bir qatorda, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida ishlab chiqarish sezilarli darajada o’sdi.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish