O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Transportning respublikamiz iqtisodiyotidagi tutgan o’rni va ahamiyati



Download 9,72 Mb.
bet107/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

1.Transportning respublikamiz iqtisodiyotidagi tutgan o’rni va ahamiyati.

Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko’tarishda transportning o’rni va mohiyati beqiyosdir. Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Transport sanoat va qishloq xo’jaligining turli xil mahsulotlarini iste’molchilarga etkazib berish, yo’lovchilar tashishda muhim o’rin tutadi.

Transport hududlar taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko’rsatish bilan birga transport taraqqiyotining o’zi ham iqtisodiy rivoji, texnika taraqqiyoti darajasi bilan bevosita bog’liq.

Transport barcha davlatlarda yirik muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahon xo’jaligining barcha tarmoqlarida yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, globallashuv jarayoni bevosita transportning rivojlanishiga bog’liq. Zero, transport milliy iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish jarayonidan tortib uni nihoyasiga, ya’ni iste’mol doirasigacha etkazuvchi sohasi hisoblanadi. Binobarin, transportning asosiy vazifasi umumjamiyat ishlab chiqarish jarayonini harakatga keltiruvchi omil sifatida amal qilishidir.

Respublika geosiyosiy mavqeini yaxshilash ham eng avvalo transport to’ri va kommunikatsiyalarga bog’liq. Bu haqda I.Karimov «Kommunikatsiyalar tizimi haqida gapirganda O’zbekiston geografik mavqeining o’ziga xosligi, portlarga va eng katta transport uzellariga chiqish yo’lining yo’qligi tufayli transport tarmoqlari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari ustuvor, strategik, hayotiy muhim ahamiyat kasb etishini ta’minlamoq darkor», degan edi.

Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va Sharqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. Endilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, ellarni-ellarga bog’lab kelmoqda.

Jahon xo’jaligi tizimiga O’zbekiston transportining integratsiyalashuvida yangi loyiha, yani Buyuk Ipak yo’lining qayta tiklanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masala 1998 yil 7-8 sentyabr kunlari Boku shahrida 32 mamlakat va 13 ta xalqaro tashkilotlardan tashrif byurgan delegatsiyalar tomonidan qo’llab quvvatlandi. Hozirgi kunda Ipak yo’li loyihasi Xitoy, Markaziy Osiyo, Eron va Turkiyani Evropa mamlakatlari bilan bog’laydi. Birinchi navbatda Markaziy Osiyo va Kavkazbo’yi mamlakatlari, shuningdek, Evropa ittifoqi TASIS dasturi asosida TRASEKA loyihasining amalga oshirilishi Evropa va Markaziy Osiyo transport kamunikatsiyalarini bir-biriga yaqinlashtiradi.



Yangidan-yangi yo’nalishlarning ishga tushishi O’zbkistonning jahon madaniyatiga qoldirgan ulkan merosi – Buyuk Ipak yo’lining jadallik bilan qayta tiklanayotganini ham bildiradi. Ipak yo’li bo’ylab yangi zamonaviy temir va avtomobil yo’llari barpo etish masalasida bir qator yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar ham o’z muqobil tavsiyalarini bermoqdalar. Ana shulardan biri TASIS-dasturiga kiruvchi TRASEKA loyihasi, ya’ni Evropa – Kavkaz - Osiyo transport koridoridir. Ushbu loyihani amalga oshirish bevosita O’zbekistonga ham taalluqlidir. Prezident I.Karimovning Evropa - Kavkaz - Osiyo (TRASEKA) transport tarmog’ini rivojlantirishga bag’ishlangan Xalqaro anjumanda (Boku konferentsiyasi) so’zlagan nutqida “O’zbekiston va boshqa qator Markaziy Osiyo davlatlari bevosita dengiz kommunikatsiyalariga olib chiqadigan yo’llar yo’q bo’lgan sharoitning naqadar murakkab ekanligini chuqur xis qiladi. Ko’pincha eksport va import qilinadigan mahsulotlarning yo’l xarajatlari mahsulotning o’zidan ham qimmatga tushib ketadi. Bu eksportni iqtisodiy jihatdan foydasiz, hayotiy muhim mahsulotlar importini esa qimmatlashtirib qo’ymoqda. Shu sabali ham mazkur loyihaning amalga oshirilishi dengiz yo’liga ega bo’lmagan mamlakatlar qarshisida Transevropa va Transosiyo transport tarmoqlari bilan bog’lanish uchun muqobil va barqaror imkoniyat ochadi” deb ta’kidlaydi.5

Buyuk Ipak yo’lining qayta tiklanishi 1995 - 2000 yillarda ancha jonlandi va unga yangi yo’nalish qo’shildi. Jumladan, 1991 yil 13 dekabrda Ashxabodda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlari Tajan - Seraxs temir yo’lini hamkorlikda qurishga kelishib olishdi. Qurilish 1992 yil boshlandi va 1997 yil uzunligi 295 km-li Tajan – Seraxs - Mashxad yo’li qurilishi tugallandi. Mazkur temir yo’lning 130 km li qismi Turkmaniston hududiga, 165 km esa Eronga to’g’ri keladi.

Ushbu temir yo’llar orqali O’rta Osiyo mamlakatlari Xitoy davlatining Tinch okeani qirg’oqlaridagi portlarga, Fors ko’rfazi mamlakatlariga va O’rta dengizi orqali Evropaga chiqishi mumkin.

O’zbekiston uchun Toshkent – Farob – Tajan – Seraxs – Mashxad - Bandar Abbos (uzunligi 4122 km) yo’lagi ayniqsa ahamiyatlidir. Hisob - kitoblarga ko’ra, bu yo’nalishda yiliga 5,3 mln tonna yuk tashilishi mo’ljallangan. Sariq dengizdagi Xitoy bandargohlaridan Istanbulgacha bu yo’lning qurilishi masofani anchagina qisqartiradi. Agar Transsibir temir yo’li bu masofada 14000 km bo’lsa, hozir Markaziy Osiyo mintaqasida 9500 km. ni tashkil etadi. Ushbu yo’l tashilayotgan yuklarning tannarxini tushirishi bilan birga uni o’z vaqtida etkazib berishni ham taminlamoqda. Tajan-Seraxs-Mashxad temir yo’li qurilishi 1992 yil boshlanib, 1997 yilda tamomlangan.

Transsosiyo magistrali Sharqiy Osiyoni Markaziy Osiyo transport tizimi orqali Evropa bilan bog’laganligi sababli bu yo’nalishga Evropa mamlakatlari ham katta qiziqish bilan qaramoqda. Aytib o’tilgan yo’lga muqobil yo’nalishlardan biri O’zbekiston-Qozog’iston-Xitoy yo’nalishi bo’lib, Tashkent – Olma – Ota – Taldiqo’rg’on – Drujba – Alashankou - Urumchi va undan Xitoyning Lyanyungan, Tsindao hamda Shanxay portlarigacha davom etadi.

Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, yangi muqobil yo’laklardan foydalanib tashilgan yuk O’zbekistondan yaqin portlarga 5700 km. dan 3700 km ga qisqargan va eksport qilingan yuklarning 50 foiz shu yo’llarga to’g’ri kelgan. Qolaversa, mintaqa iqlimi undan yil davomida to’xtovsiz foydalanish imkonini beradi. O’zbekiston paxtasini Qozog’iston va Rossiya orqali Ukraina portlariga etkazish uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag’ sarflasak, shu yuk TRASEKA orqali tashilganda 55 dollarni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda transport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga doir zarur huquqiy asos yaratildi. Xususan, “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi, “Avtomobil transporti to’g’risida”gi, “Temir yo’l transporti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari va sohaga doir boshqa bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi transportda tashishga oid qariyb 150 ta xalqaro shartnomani imzolagan, 25 ta konventsiyaga va 112 ta boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarga qo’shilgan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yangi avtomobil va temir yo’llar barpo etildi. Ayniqsa Uchquduq-Sulton Uvays-Nukus va Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’llarini qisqa muddatda ishga tushirilishi respublikada transport tarmoqlari bugungi kundagi eng muhim vazifa ekanligini anglatadi. Bu haqda respublika Prezidenti I.A. Karimov “Temir yo’l qatnovining ochilishi bu erda avvalombor iqtisodiy taraqqiyotning belgisi bo’lmish qurilish va sanoat, transport va aloqa, xizmat sohalarini rivojlantirishga, sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, umuman, yangi-yangi madaniy o’choqlarning ochilishiga, hayotni jonlantirishga uning sur’atlarini tezlashtirishga, hech shubxasiz, mustahkam zamin yaratadi”6 deb ta’kidlaydi.

O’zbekistonda transport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yangidan yangi aholi manzilgohlari, shaharlar, sanoat korxonalari, transport tugunlari vujudga keladi, hududlar qiyofasi o’zgaradi, tranzit avtomobil va temir yo’l transportidan iqtisodiyotga ma’lum darajada foyda keladi.

Bugungi kunda O’zbekistonda 20 dan ortiq xalqaro transport yo’laklari mavjud bo’lib, shu jumladan ikki yirik xalqaro avtomobil yo’llari (E-40 va E-60) Buxoro viloyati orqali o’tadi va G’arbiy Evropa mamlakatlarini Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bog’laydi.

Respublikada O’zbek milliy avtomagistrali mavjud bo’lib, uning uzunligi 2 755 km.ni tashkil qiladi. U shimoliy-g’arbiy tomondan Beyoneu (Qozog’iston) orqali, janubiyo-g’arbiy tomondan Olot (Turkmaniston) orqali, janub tomondan Termiz va Hayraton (Afg’oniston) orqali va sharqiytomondan O’sh (Qirg’iziston) orqali qo’shni davlatlarga chiqadi.

O’zbekistonda yangi avtomobil yo’llari va temir yo’larni qurish, mavjud tranzit yo’nalishlarini rekonstruktsiya qilish, temir yo’llarni elektrlashtirish va harakatlanuvchi tarkibni yangilash, logistika xalqaro markazlari va terminallarini yaratish, aeroportlarni modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

"O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi samolyotlari bugungi kunda zaminimizning turli burchaklarida: Atlantika orqali Nyu-Yorkka, Ovropa shaharlariga, Janubiy-Sharqiy va G’arbiy Osiyoga, Yaqin Sharq davlatlari va boshqa shaharlarga qatnovlarini amalga oshirmoqda. MDH mamlakatlari bo’yicha 30 dan ortiq yo’nalishlar o’zlashtirilgan, 20 dan ortiq uzoq xorijiy mamlakatlarga passajirlar tashish yo’lga qo’yilgan.

Hozirgi kunda MDH davlatlari poytaxtlari Ashxabod, Boku, Bishkek, Kiev, Moskva va Rossiyaning quyidagi yirik shaharlari Chelyabinsk, Ekaterinburg, Qozon, Xabarovsk, Krasnodar, Mineral-Suvlar, Navosibirsk, Omsk, Rostov-Don, Samara, Sankt-Peterburg, Tyumen, Ufa, Qozog’istonning Olmata, Qaragandi, Ukrainaning Simferopol shaharlari bilan, uzoq xorijiy davlatlarning yirik shaharlari bo’lmish: Amsterdam, Bangkok, Baxreyn, Berlin, Dehli, Dakka(Bangladesh), Frankfurt, Stanbul, Jidda, Karachi, Kuala-Lumpur, Lahor, London, Nyu-York, Parij, Seul, Shardja, Tel-Aviv, El-Riad bilan muntazam havo marshrutlari ishlab turibdi.

Mamlakatimiz havo transporti jahon standarti talablariga binoan rivojlanishi O’zbekistonning mustaqillik yillariga to’g’ri keladi. Shu yillar ichida O’zbekiston samolyotlari saroyi rivojlangan g’arb mamlakatlarida, chunonchi Amerikada ishlab chiqarilgan “Boing” -757 va 767, Evroaerobus A-310 hamda Britan-Frantsuz aviakompaniyasida ishlab chiqarilgan RJ-85 samolyotlari bilan to’ldirildi.

“O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasining quyidagi xorijiy davlatlar yirik shaharlarida vakolatxonalari bor: Bokuda, Dakka(Bangladesh), Beming (XXR), Parijda, Frakfurt, London, Atxens (Greg’iya), Amsterdam, Dehli, Tel-Aviv, Rim, Tokio, Bishkek, Seul, Kuala-Lumpur, Moskva, Sankt-Peterburg, Chelyabinsk, Novosibirsk, Omsk, Rostov-Don, Samara, Tyumenq, Jidda (Saudiya Arabistoni), Bangkok (Tailand), Stambul, Ashxabod va boshqalar.

Mamlakatimiz bo’yicha ham mahalliy havo yo’nalishlari keng rivojlangan. Poytaxtimiz Toshkent quyidagi shaharlar bilan muntazam bog’langan: Andijon, Buxoro, Farg’ona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand, Termez, Urganch, Navoiy, Zarafshon.

Ichki va tashqi havo yo’nalishlarida zamonaviy laynerlar va boshqa turdagi samolyotlar qatnamoqda.

Havo yo’nalishlarida passajirlar tashish ishlarini ortib borishi temir yo’li transporti passajirlar tashish ishini engillashtirishga va uning yuk tashish qobiliyatini oshirishga olib keladi. Hisoblarga ko’ra, havo transporti bajargan har bir million kilometr passajir oboroti temir yo’l transportidan bir passajir poezdini bo’shatishga yoki temir yo’l transporti o’tkazuvchanlik qobiliyatining qo’shimcha ikki yuk poezdlari birligiga yoki 4,5 ming tonna yuk tashishga tenglashtirish mumkin. 2013 yilda “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniya havo transportida bajarilgan yuk aylanmasi 116,3 mln. tonnadan ortiq bo’lganligi hisobga olinsa, bu transport turining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini yanada ravshan ko’rsatadi.



O’zbekistonda bugungi kunda nafaqat Dunyo okeaniga chiqishning yangi yo’nalishlarini rivojlantirilmoqda, balki xalqaro transport karidorining shakllanichida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ichki transport tizimini ham vujudga kelishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikada havo, temir yo’l va avtomobil yo’llari to’rlarining rivojlanishi oqibatida yaqin kelajakda mintaqada yangi transport va savdo tugunlarini shakllananadi.

Respublika o’zining iqtisodiy va siyosiy geografik o’rniga ko’ra Evropa va Osiyoni bog’lovchi, “ko’prik” vazifasini o’taydi. Yangi yo’llarning qurilishi Osiyo mamlakatlari Evropaga yoki Evropa mamlakatlari Osiyo mintaqasiga borishi uchun bevosita O’zbekiston hududidan foydalanish imkonini beradi. Natijada, tranzit yo’nalishda qatnovchi avtomobil va poezdlar mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunki, hozirgi paytda tranzit biznesi ko’plab mamlakatlarning asosiy foyda ko’ruvchi daromad manbaiga aylangan bo’lib, u davlat byudjetiga pul tushirish bilan birga, minglab ishchi o’rinlarni yaratilishiga olib keladi.

O’zbekistonda hozirgi zamon transportining barcha asosiy turlari mavjud. Jumladan, bu erda temir yo’l va avtomobil yo’li, havo va daryo, quvur va elektr transportlari rivojlangan.

Sobiq Sovet davrida asosiy transport yo’llarini tashkil qilish, boshqarish va undan foydalanish huquqi respublikaning o’zida emas edi. Endilikda respublika transporti ona-Vatan taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Mamlakat transportining xalq xo’jaligiga va aholiga xizmat ko’rsatishni tubdan yaxshilash maqsadida transportning boshqaruv tizimi takomillashtirildi. "O’zbekiston havo yo’llari" milliy aviakompaniyasi (1992), "O’zbekiston avtomobil transporti" davlat aktsionerlik korporasiyasi (1993), "O’zbekiston temir yo’llari" davlat aktsionerlik kompaniyasi (1994) tashkil qilingan.

24-jadval








Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish