O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturining asosiy ko’rsatkichlari, mln. doll



Download 9,72 Mb.
bet115/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturining asosiy ko’rsatkichlari, mln. doll.

Yo’nalish nomi

Loyiha qiymati

(mln. dollar)

Loyiha

soni

Dasturning umumiy qiymati

8504,0

85 ta

shu jumladan:







Avtotransport tizimi

3544,0

11 ta

Temir yo’l transporti tizimi

2146,6

14 ta

Havo yo’l transporti tizimi

993,7

14 ta

Injenerlik-kommunikatsiya infratuzilmasi va telekommunikatsiya tizimi

1794,7


44 ta


Shahar elektrotransporti parkini yangilash

24

2 ta

Dastur doirasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar mamlakatimizning havo, temir yo’l va avtomobil transport tizimini, shuningdek, injenerlik-kommunikatsiya infratuzilmasi va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirishga, mavjud ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish salohiyatidan to’liq va keng miqyosda foydalanishga qaratilgan. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. G’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lgan ushbu ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratish zarur. Buning bir qancha sabablari bor:

– ijtimoiy infratuzilmani  rivojlantirish, ko’p mehnat talab qiladigan  keng ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi;

– ishlab chiqarish infratuzilmasi.  Avvalambor. Avtomobil va temir yo’llarining rivojlangan  tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi;

– infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni tashkil etish va butun iqtisodiyotni taraqqiyettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xom ashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Mamlakat tashqi iqticodiy aloqalarining rivojlanishi - uning tabiiy va iqticodiy geografik imkoniyatlari hamda geografik jihatlari bilan uzviy bog’liq.

Mustaqil davlatlar tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qiladilar, chunki hech bir mamlakat o’z aholisining barcha talab-ehtiyojlarini to’liq qondirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun tashqi iqtisodiy aloqalar mamlakatning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ta’minlash va oshirishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi, u ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jadallashuviga yordam beradi, turli millat va elatlarni o’zaro ahillashtiradi va oxir oqibat mamlakat kuch-qudrati va aholi turmush tarzi darajasining ko’tarilishiga olib keladi.

O’zbekistonning ochiq iqtisodiyot yo’lini tanlashi XXI asrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojini belgilab beruvchi umumjahon globallashuv jarayonlarida qatnashish zaruratiga asoslangan holda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning liberallashuvi ushbu jarayonlarning muhim tarkibiy qismi bo’lgan holda mamlakatga tovarlar va xizmatlar ayirboshlash unumdorligini sezilarli darajada oshirish, erkin raqobat mexanizmlari asosida ishlab chiqarish sarf-xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Mustaqil O’zbekiston tobora nafaqat jahon siyosati, balki jahon iqtisodiyotiga tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o’rnatish va rivojlantirishga intilmoqda.

Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniyat aloqalarining tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviytexnika va texnologiya bilan qurollanishga, er-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samara bilan foydalanish imkonini yaratadi.

Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo’lga qo’yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun Respublikada katta imkoniyatlar mavjud.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishning asosiy tamoyillari tartibi “O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida”gi qonunda mustahkamlangan. Ushbu qonun tashqi iqtisodiy aloqalardagi qatnashchilarning huquqlari, manfaatlari va mol-mulkini xalqaro huquqlarning umumiy mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, himoya qilinishini ta’minlab, respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishining huquqiy asosini yaratadi. Qonunning amal qilishi tashqi iqtisodiy aloqalarlarning barcha turlari va shakllariga, shu jumladan, iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy hamkorlikka, kadrlar tayyorlashga, tashqi va chegara savdosiga, sug’urtaga, bank, transport operatsiyalariga, turizm va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi boshqa faoliyatga tadbiq etiladi.

O’zbekiston Respublikasi bilan savdo iqtisodiy aloqalar olib boruvchi mamlakatlar ro’yxati tobora kengayib bormoqda va ularning soni 140 tadan ortib ketdi. Bunday mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Shvetsariya, Turkiya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Frantsiya kabi uzoq xorij davlatlari kiradi.

O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarining hajmi o’sib borishi bilan uning tarkibi ham muttasil yaxshilanib bormoqda. Jumladan, 2014 yilda Umumiy eksport hajmining 70 foizdan ortig’i tayyor tovarlar hissasiga to’g’ri keldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 180 mln doll.ni tashkil etdi8.

Mamlakatimizda 2014 yilda tashqi savdo aylanmasi 29531,0 million AQSh dollariga teng bo’ldi. Shundan eksport 15584,1 million dollar va import 13946,9 million dollarni tashkil etdi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama taraqqiy ettirishning muhim va samarali yo’llaridan biri xorijiy mamlakatlar bilan qator sohalarda qo’shma korxonalar qurishdir. Tashqi iqtisodiy munosabatlarning bu yo’nalishi jahonning ko’p mamlakatlarida keng tarqalgan.

Qo’shma korxonalar tashkil etish va ularni samarali taraqqiyot yo’liga solish ishchi kuchlari ko’p bo’lgan davlatlar qatoriga kiruvchi mamlakatimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra O’zbekistonda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Agar 1991 yil 1 yanvar bo’yicha chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar 30 tani tashkil etgan bo’lsa, 2014 yil boshiga kelib, bunday korxonalar soni 4474tadan oshib ketdi.

O’zbekistonda qo’shma korxonalarni tashkil qilishda jahonning ko’pgina mamlakatlari ishtirok etmoqda. Ular orasida Amerika Qo’shma Shtatlari, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Isroil, Pokiston, Hindiston, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlar etakchi o’rinni egallab kelmoqda.

O’zbekistonda tashkil etilgan qo’shma korxonalar 1993 yili 23 million AQSh dollariga teng bo’lgan mahsulot eksport qilgan bo’lsa, 2013 yilga kelib bu raqam 2635,8 million dollarni tashkil etdi. Yildan - yilga O’zbekiston hududida barpo etilgan qo’shma korxonalar soni ko’paymoqda.

Bugungi kunda O’zbekistonda Janubiy Koreyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 412 korxona, ushbu mamlakatdagi 81 kompaniyaning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.

O’zbekiston va Janubiy Koreya muvaffaqiyatli iqtisodiy hamkorlik borasida katta tajriba to’plagan. Surg’il koni negizida barpo etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ko’lami jihatidan g’oyat yirik loyiha sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Koreya gaz korporatsiyasi, “Lotte grupp” va “Es-Ti-Iks Enerji” kompaniyalari konsortsiumi ishtirokida qurilayotgan bu majmua kelgusida 4,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash va buning natijasida 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Janubiy Koreya kompaniyalari mamlakatimizning turli mintaqalarida istiqbolli uglevodorod konlarini aniqlash, geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish, o’zlashtirish borasida faoliyat ko’rsatmoqda.

Tog’-kon sanoati sohasida “Shindong Risorsez” kompaniyasi bilan volfram koni o’zlashtirilayotganini, “Neoplant” kompaniyasi bilan hamkorlikda texnik kremniy ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirilganini ta’kidlash joiz.

Avtomobilsozlik – Janubiy Koreyalik sheriklar bilan birgalikda O’zbekistonda o’zlashtirilgan yuqori texnologiyali eng mashhur ishlab chiqarish sohasi. Ayni paytda Andijon va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida avtomobilsozlik korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda sanoatning bu sohasiga Janubiy Koreyaning 20 kompaniyasi jalb qilingan, 18 qo’shma korxona tuzilgan.

To’qimachilik ham hamkorlikning ustuvor sohalaridan biridir. Bu yo’nalishda O’zbekistonda koreyalik sheriklar bilan birgalikda umumiy qiymati 212 million dollarga teng 10 qo’shma loyiha amalga oshirildi. Xususan, “DEU Interneshnl” kompaniyasi bilan Farg’ona va Buxoro viloyatlarida, “Shindong Enerkom” va “Tekstayl Teknolojiz” kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida to’qimachilik korxonalari ishga tushirildi. Ayni paytda Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti negizida To’qimachilik texnologiyalarining innovatsion markazini ochish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda yurtimizda “elektron hukumat” tizimi joriy etilmoqda.  Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari markazi va Axborot olish markazi ochilgan. 2013 yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan poytaxtimizda Janubiy Koreyadagi etakchi oliy o’quv yurtlaridan biri — Inxa universitetining filiali tashkil etildi.

“Korean Eyr” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Navoiy” intermodal logistika markazi faol rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda markaz bir kecha-kunduzda 1000 tonnagacha yukni qayta ishlash, yuk terminalida 300 tonna yukni qayta ishlash va saqlash, yigirmata samolyotga xizmat ko’rsatish quvvatiga ega. Ayni paytda ushbu aviaxabdan Seul, Milan, Bryussel, Vena, Parij, Dehli, Mumbay, Istanbul, Xanoy kabi shaharlarga haftada 29 parvoz amalga oshirilmoqda.

Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg’armasi bilan birgalikda moliyaviy-texnik hamkorlik rivojlantirilmoqda. Beg’araz asosda asbob-uskuna taqdim etish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, koreyalik mutaxassislarni O’zbekistonga yo’naltirish KOIKA bilan hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridir. Bu borada sog’liqni saqlash, ta’lim, axborot texnologiyalari, kommunal xo’jalik, qishloq va suv xo’jaligi, energetika kabi sohalarda umumiy qiymati 54,5 million dollardan ziyod 21 loyiha amalga oshirildi. Yana to’rt loyihaning ijrosi davom etmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg’armasi bilan hamkorlikda qiymati 114,1 million dollarga teng to’rt sarmoyaviy loyiha amalga oshirildi.

Bugungi kunda O’zbekiston – Janubiy Koreya munosabatlari davlatlararo va hukumatlararo darajada, iqtisodiy va tijoriy tuzilmalar, firma va kompaniyalar hamkorligi nuqtai nazaridan, jumladan, gumanitar sohada ham tom ma’noda etuklik, har tomonlama puxtalik kasb etib, o’zaro manfaatdorlik asosida rivojlanmoqda va mamlakatlarimiz xalqlari manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Germaniya O’zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish borasida muhim rol egallagan davlatlardan biri sanaladi. Xususan, moliyaviy va texnikaviy jihatdan ko’mak berish sohasida Xalqaro hamkorlik bo’yicha Germaniya jamiyati hamda Germaniya taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish hamda mamlakatning chekka hududlarini iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga O’zbekistonda fermerlar uchun yaratilgan qulay iqtisodiy shart-sharoitlarda mehnat qilayotgan o’zbekistonlik agrar soha vakillari germaniyalik sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishdan hamisha manfaatdordir.

Bugungi kunda O’zbekiston hududida Germaniya sarmoyalari ishtirokidagi yuzdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. Germaniyaning eksportga yo’naltirilgan yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan “MAN”, “Knauf” va “Klaas” singari etakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma korxonalar ana shular jumlasiga kiradi.

2014 yilning may oyida O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi ilmiy o’quv dastur va loyihasi «O’zbekiston uchun agrar menejment bo’yicha barqaror o’quv dasturi» (Sustainable Agrarian Management Studies for Uzbekistan/SAMUz) yangi ta’lim loyihasi amalga oshirilmoqda. SAMUz loyihasining o’ziga xosligi shundaki, O’zbekiston qishloq xo’jaligi talabalari va yosh tadqiqotchilari nafaqat Germaniyaning, balki Evropadagi boshqa qo’shni davlatlarning boy ilmiy-texnik tajribasi bilan tanishishi mumkin bo’ladi. Loyiha 2014 - 2016 yillarga mo’ljallangan bo’lib, Evroittifoqning «Tempus» dasturi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 750 ming dollarni tashkil etadi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni va iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishda ishlab chiqarish infrastrukturasi elementlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari tartibi "O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’risidagi" Qonunda mustahkamlangan. Ushbu qonun tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulkini xalqaro huquqlarning umumiy mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar himoya qilinishini ta’minlab, respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishining huquqiy asosini yaratadi. Qonunning amal qilishi tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha turlari va shakllariga, shu jumladan iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy hamkorlikka, kadrlar tayyorlashga, tashqi va chegara savdosiga, sug’urtaga, bank, transport operatsiyalariga, turizm va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi boshqa faoliyatga tatbiq etiladi.

Qonun O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining chet el sarmoyasiga nisbatan munosabatini belgilab beradi va xorijiy sheriklar bilan hamkorlik istiqbollarini hisobga oladi, o’rnatilayotgan munosabatlarni barqarorligini kafolatlaydi, chunki kapital qo’yilmalarining samaradorligi ko’p jihatdan tuzilayotgan bitimning amaliy tus olishiga bog’liqdir.

Qonun xorijiy firmalarga bitim tuzish va mahsulotlarni eksport qilish hamda foydani chetga olib chiqib ketish huquqini amalga oshirib, foyda olish imkonini beradi. Qonun xorijiy sarmoyadorlarning mol-mulki musodara qilinmasligini kafolatlaydi (16-modda).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tovarlar eksportini rag’batlantirish va import operatsiyalarini tartibga solish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi" 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871 son Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 martidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi 137 sonli qarori tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirishga, xorijiy investorlarni himoya qilishni ta’minlashga, respublikaning eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ichki bozorni eng zarur tovarlar bilan to’ldirishga, qo’shimcha kapital qo’yilmalar, ilg’or texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etishga qaratildi. Yuqorida qayd etilgan hujjatlarga asoslanib, tegishli vazirliklar birgalikda yagona yo’riqnomalar ishlab chiqdilar.

"Eksport va import kontraktlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro’yxatdan o’tkazish tartiblari", "Eksport-import yuklarini bojxona organlarida rasmiylashtirish tartibi", "Korxonalar o’zi ishlab chiqargan eksportga jo’natilayotgan tovarlarni, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar o’z ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotlarni aniqlash qoidalari shuningdek tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalari" tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bir qancha qulayliklar yaratmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni katta korxona va tashkilotlarda olib borilishida asosan markazlashtirilgan tartib qo’llanilmoqda. Lekin, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek - bu bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda katta yutuqlarga erisha olmaymiz. Bugungi eng muhim masala - kichik va o’rta korxonalarni rivojlantirish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni eksport qilishda keng imkoniyat va imtiyozlar tashkil qilib berishdir.

Shuning uchun, Prezidentning 1994 yil 21 yanvardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi", 1998 yil 9 apreldagi "Xususiy tadbirkorlik kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi" farmonlari xususiy tadbirkorlik kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoitlar yaratdi. Masalan, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, nizom jamg’armasida xorijiy sarmoya ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan qo’shma korxonalar xorijiy valyutani O’zbekiston Markaziy bankiga majburiy sotishdan ro’yxatga olingan kundan boshlab, 5 yil muddatga ozod qilindi. O’zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga a’zo bo’lgan kichik va o’rta korxonalar agar, ular ishlab chiqarish, ta’mirlash-qurilish, maishiy va kommunal xizmat ko’rsatish bilan shug’ullansalar O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 31-moddasining 18-bandi tatbiq etiladi. Ya’ni bir necha soliq imtiyozlariga ega bo’ladilar. Jumladan, Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga sarmoya qo’yuvchi qo’shma korxonalarni birinchi etti yilda soliq solishdan ozod qiladi. Eksportga yo’naltirilgan yoki importning o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarga soliq imtiyozlari beriladi.

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng va bozor iqtisodiyotiga o’tish davomida respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va xalq xo’jaligining ahamiyatini dunyo miqyosiga olib chiqish zarurati tug’ildi.

Bunday rivojlanishning bir yo’nalishi Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) davlatlari bilan to’g’ridan-to’g’ri va ko’p tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yishdir. MDH tashkiloti 1991 yil 21 dekabrda tuzilgan bo’lib, Olmaota shahrida o’n bitta mustaqil davlatlar rahbarlari boshliqlari o’zaro aloqalar deklaratsiyasini qabul qildilar. MDH davlatlaridan Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belorus Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi va Ukraina Respublikasi ko’p tomonlama va o’zaro manfaatli iqtisodiy aloqada bo’lishligini kelishib olishdi.

O’zbekiston mazkur Hamdo’stlik g’oyasini qo’llab-quvvatladi va shu o’rinda tashkilotchilar ro’yxatiga kirdi.

1993 yil 23 dekabrda Minsk shahrida MDH nizomi qabul qilindi, unda hamdo’stlikning aniq maqsadi va qoidalari tasdiqlandi. Bu nizomda hamdo’sdlikdagi davlatlar o’z hatti-harakatlarini xalqaro huquq me’yorlari asosida olib borishlari ta’kidlangan. Hamdo’stlikning maqsadlari nizomda belgilanganidek - iqtisodiy, siyosiy, ekologik ma’naviy va boshqa masalalarda hamkorlik qilish, xalqaro huquq me’yoriy hujjatlari asosida inson ozodligi va huquqini ta’minlash; davlatlar orasida hamkorlik qilish va xalqaro miqyosda qurolsizlanishni amalga oshirish; erkin muomala qilishda davlat fuqarolariga sharoit yaratish; hamdo’stlik davlatlariga borib kelishni tartibga solish va ta’minlash; o’zaro huquqiyyordam berish va boshqa huquqiy aloqalarda hamkorlik qilish; hamdo’stlik davlatlari orasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni tinch yo’l bilan al ilish kabi masalalarni o’z ichiga olgan.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish