MAVZU: KULOLCHILIK SAN`ATI ORQALI MILLIY QADRYATLARIMIZ, SHARQ AMALIY SAN`ATINING GO`ZALLAGINI, FALSAFIY, RUHIY VA TARBIYAVIY QIRRALARINI O`RGATISH.
Reja:
Kulolchilik san`ati orqali milliy qadryatlarimiz
Farg’ona vodiysi kulolchiligi an’analari
G’urumsaroy kulolchilik san`atining o`ziga xosligi.
Kulochilik san’ati xalq xunarmandchiligining bir bo’lagi bo’lib, u amaliy san’atning tarkibiy qismi o’laroq tarixan uzoq yo’lni bosib o’tgan. O’rta Osiyoning kulolchilik buyumlari eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklardan paydo bo’lganligi haqida arxeolog olimlar ilmiy-ashyoviy dalillar asosida ma’lumot va xulosalarini beradilar. Chunki, O’rta Osiyoning Enalit davri tadqiqotchilari ma’lumotlariga ko’ra eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklarda O’rta Osiyoda kulolchilik buyumlarini pishiriladigan xumdonlar va rangdor sopol buyumlarini ishlanish jarayonini ifoda etadigan ashyoviy dalillarni ko’plab topilgan. “Qadimgi Xorazm arxeologik tadqiqoti ekspeditsiya boshlig’i arxeolog-olim S.Tol’stovning ilmiy xulosalari «Kaltaminor madaniyati»ning «Tozabog’yob», «Suvyorg’on», «Amirobod» topilmalari eramizdan avvalgi III ming yillikka oid bo’lib, ular orasida bo’yalmagan va bo’yalgan Kulolchilik buyumlari borligini asoslaydi.”24 “S.Tol’stov yana tadqiqotlari davomida eramizdan avvalgi 1- ming yillikda qadimgi Xorazmda kulolchilik charxidan foydalanilganligi va bu yerdan sirti qizil-angop va lak qoplangan sopol buyumlarning shakli ming yilliklar osha o’zgarmaganligi yoki juda kam o’zgarganligini bayon etadi.”25 “Shuningdek Qadimgi o’zbek kulolchiligi haqida «Konguy madaniyati»ga oid «Jonbozqal’a», «Teshikqal’a», «Jettisor» kabi qadimgi Xorazm arxeologik manzilgohlaridan topilgan sopolbuyumlar kulolchilik san’atini bu o’lkada ancha yuksak darajada rivojlanganligini asoslab beradi.”26 Qadimgi Surxonning «Bolalik tepa», «Fayz tepa», «Ayritom», «Sopolli tepa», «Jarquton», «Mirshodi» arxeologiya manzilgohlaridan topilgan sopol buyumlari ham eradan avvalgi ming yilliklarda O’zbekiston hududida kulolchilik san’atining yuksak d arajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Arxeolog-olimlar A.Okladnikov, A. Asqarovlar bu o’lkadan loydan ishlangan sopol idish-tovoqlar, budda haykalchalari, keramik buyumlar topganlarkim, ular ham qadimgi o’zbek kulolchiligi tarixi geografiyasini kengaytirib beradi.
Tarihiy topilmalar.
Qadimgi Farg’ona arxeologik jihatdan to’la o’rganib chiqilmagan bolsada, bir qator izlanishlar bu o’lka san’ati va madaniyatiga oid tarixiy arxeologik ma’lumotlar o’zbek kulolchiligi san’ati tarixini o’rganishga anchagina ilmiy manba’lar beradi. Mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar qadimgi Farg’ona tarixini, uning san’ati va madaniyatiga oid bir qator tarixiy-yangiliklarni ishlab chiqdilar. Bu tadqiqotlar qadimgi Farg’onaning Axsikent, Chust, Koson, Bob, Shaxrixaybar kabi shaharlari tarixini, san’ati va madaniyati rivojlanishi yo’llarini asoslab berdi. Farg’ona arxeologik tadqiqotlari natijalariga ko’ra «Buonamozor», «Dalvarzin», «Ashqoltepa», «Bo’ztepa», «Mug’tepa», «Balandtepa », «Sopollitepa» kabi manzilgohlardan topilgan spool buyumlar bu o’lkada ham eradan avvalgi ming yilliklarda kulolchilik san’atiga e’tibor ancha yaxshi bo’lganligi va bu san’at bilan jiddiy shug’ullanganligiga ishoncha hosil qilinadi. Chunki,bu o’lkada spool buyumlar avvallari qo’lda va keyinchalik kulolchilik charxida yasalib, ularni avvallari tuproq rangida bo’yalgani, keyinchalik tabiiy ranglarda bo’yalgani va yana keyinchalik buyumlarga sodda ko’rinishda bezaklar berilgani arxeolog-olimlarni xisobotlarini va nashrli qo’llanmalarida bayon etilgan. “Zarafshon vohasining shahar va qishloqlarida jumladan, kulolchilik juda yaxshi rivojlanganligi ko’rsatiladi-ki, bular arxeolog-olimlar bergan ma’lumotlarida ham o’z aksini topadi. Chunki Buxoro, Samarqand, Varaxsha, Afrosiyob kabi qadimiy shaharlarni arxeolog jixatidan o’rganish jarayonida kulolchilik san’ati bu shaharlar taraqqiyotida muhim rol o’yngani ko’rsatib o’tiladi. IX-XIII asrlarda Afrosiyobda g’oyat bejirim, nafis jilolanuvchi va jaranglovchi, Naqshinkor, sirlangan idish-tovoqlar, chiroqlar, siyoxdon kabi spool buyumlar ishlab chiqarilgani va O’rta Osiyo Eron va Afg’oniston bozorlarida sotilgani haqida ma’lumotlar bor.”27 Afrosiyob kulolchiligi buyumlarida naqshlar, qush va hayvonlar tasviri, manzaralar va arab alifbosida she’rlar, maqollar, duolar yozilgan bo’lib, ular odamlarni ilm-ma’rifatga, yaxshilikka, sahiylikka, bohodirlikka chaqirgan. “O’zbekistonni yana bir shahri Varaxsha bo’lib, bu shahar arxeologik izlanishlarini boshqargan arxeolog-olim V.Shishkin, bu shaharni I-II asrlarda gullab yashnagan, hunarmandalar shahri bo’lganligini asoslab berdi. Shahar VI asrga kelib «Buxorxudotlar» qarorgohi bo’ladi. Shaharni arxeologik tekshirishlar natijasida bu shaharda O’rta asrlarda amaliy san’atni juda yaxshi rivojlanib, me’morchilik taraqqiyotiga kattagina ijobiy ta’sir etgani kuzatiladi. Chunki I-II asrlarda bu yerda chiroyli binolar qurilgani, amaliy san’atni kulolchilik va keramika buyumlari, shisha idishlar va chaqa pullar qo’yilgani ko’rsatiladi. Sopol buyumlar, sopol va keramik g’ishtlardan foydalanganligini arxeologlar asoslab berdilar. Buxoro-Zarafshonning eng qadimiy shahri bo’lib, uning san’at va me’morchiligi juda qadimdan shakllangan.”28 “Buxoro arxeologik tadqiqotchilari A. Yakubovskiy, V. Shishkin va Ya. G’ulomov kabilar Buxoro shahrining tashkil topishi va uning san’ati-madaniyati tarixini aniqlashda katta ishlarni amalga oshirdilar. Shuningdek, arxeologlar xalq amaliy san’ati va uning kulolchilik sohasi haqida ham bir qator yangi materiallar topdilar. Ular XV-XVI asrlardan Buxoro kulolchiligi juda yaxshi rivojlanganligini va bu davrda kulolchilik buyumlarini bezatilishida och qizil, sariq, oq va jigar ranglardan foydalanganligini ko’rsatadilar. XVI asrning oxiri XVIII asrni boshlarida Buxoro sopol buyumlari biroz dag’allashdi. Bu davrda koshin juda kam ishlatildi.”29
XIX-XX asrlarda Buxoro kulolchiligi yana noziklashdi, go’zallashdi. Bezaklar turli xil ranglarda berilib, ranglar jilosi ko’zga tashlanadigan bo’ldi. Hom ashyo sifati ham, sopol ishlash texnologiyasi ham o’zgardi, takomillashdi. Shuningdek, Zarafshonning Xisor, Yangob, Urgut, shahrisabz kabi shahar-qishloqlarida kulolchilik ancha yaxshi rivojlandi.
Zarafshon kulollari sopol va keramika buyumlarini ishlab chiqarishda yangidan-yangi texnologiyalarni qo’llashdi. Natijada, buyumlar g’oyat chiroyli, serhasham, jozibali, naqshinkor qilib ularni nafisligini ta’minladilar. Keyingi davrlarda ham Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kulolchiligi o’z an’analarini va mavqeini saqlab qoldilar.
“Toshkent vohasida ham ancha qadimdan xalq amaliy bezak san’ati, jumladan, uning kulolchilik san’atini rivojlanganligini arxeolog-olimlar asoslab berdilar. Bu o’lkada joylashgan shahar-qishloqlardan bundan 2000 yil avvalgi kulolchilik buyumlari topilgan. Arxeolog-olimlar: I.Veselovskiy, M.Maseon, Ya.g’ulomov, A.Asqarov, U.Islomov, R.sulaymonov, V.Bulotova kabilar olib borgan izlanishlar natijasida Toshkent va uning qishloqlaridan 700 dan ortiq manzilgohlar topilib, ularning ko’pchiligidan kulolchilik barcha asrlarda rivojlanib, takomillashib kelgan. Bu o’lkada «Shosh», «Iloq», «Binkot», «Tunqat», «Xarashkent», «Chinozkent», «Isfitob», «Shuturkent», «Nujkat», «Xudaykent», kabi nomlarda atalgan shahar qishloqlar bo’lib, ularda o’z davri talabidagi kulolchilik buyumlari ishlab chiqilgan. Bu shaharlarda o’rta asrlarda ham kulolchilik juda yaxshi rivoj topganligi asoslab beriladi.”30 “V-VIII asrlarga oid suv ichiladigan kulolchilik buyumi Toshkent vohasidan ham topilgan. IX asrga oid sopol siyohdan Binkatdan topiladi. X asrda Samarqand, Shosh (Binkat), Farg’ona (Axsikat)da sopolga sir berib,ishlangan kulolchilik buyumlari ko’plab ishlab chiqazilgan.”31 Sopol buyumlar naqsh, gullar, qush va hayvonlar tasviri bilan bezatiladigan bo’ldi.
O’zbekistonning eng qadimiy, o’troqlashgan aholisi yashaydigan o’lkasi Surxon vohasi bo’lib, bu o’lkani B.denika, M.Masson, A.asqarov, V.Masson, L.Al’boum, G.Pugachenkova, U.Islomov, G.Parfenov kabi ko’plab arxeolog-olimlar tadqiq etganlar. Ular «Teshiktosh», «Mochay», «Ayritom», «Xolchayon», «Dalvarzin», «Bolaliktepa», «Fayoztepa», «Qoratepa», «Termez» kabi manzilgohlarni aniqlab, bu yerlardan tasviriy san’atning hamma turlariga oid ashyoviy materiallarni to’pganlar. Ular orasida ko’plab sopol buyumlar borligini yozadilar. Surxonning «Sopollitepa» arxeologik manzilgohidan qal’ada 20 ga yaqin sopol pishirish xumdonlarini aniqlangan. Bu xumdonlarning aksariyati ikki qavatli bo’lib, unda yapaloq-yassi buyumlar va uzun bo’yli- cho’ziq shakldagi sopol idishlar pishirilgan.Bu o’lkada topilgan sopol buyumlar turli davrlarga oid bo’lib, ularning shakli, ishlanish uslublari ham turlicha bo’lganligi kuzatiladi. “Bu topilmalar Surxon kulollarini tinimsiz ijod qilganligini va ular sopol buyumlarini qo’lda, qo’l charxida va oyoq charxida ishlab chiqarilganliklarini to’la asoslaydi.”32 O’rta asrlardagi Surxon arxeologik izlanishlari asosida Termiz shahridan Termezshoxlar saroyi aniqlanib, undan 8,5 x 8,5 metrli hajmdagisuv hovuzi topiladi. Bu hovuz ham asosan sopol-keramik plitaladan va sopol quvurlardan ishlanganligi aniqlanadi. Bularning barchasi Surxon vohasida kulolchilik san’ati paydo bo’lganidan boshlab, asrlar osha rivojlanib, takomillashib kelganligini asoslab beradi. Buxoro, Samarqand kulolchilik maktablarini o’ziga xos tomonlarini G’ijdivon kulolchiligi o’zida to’la ifoda etadi. G’ijdivon kulolchiligi maktabi buyumlarining shakli, tuzilishi va bezatilishi jihatidan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Urganch, Denov kulolchilik maktablariga o’z ta’sirini o’tkazib keladi. Lekin buyumlarni bezatishda G’ijdivon va Shahrisabz kulollari mo’yqalam (qalami) uslubida ishlasalar, Urgut va Denov kulollari «chizma» uslubda, ya’ni chizma naqshlar uslubida ijod qiladilar. G’ijdivon buyumlarida uzluksiz-islimli naqshdan ko’proq foydalanadilar. Bu kompozitsiyalarda jiyda guli, bodom, no’xot mevasi, bodom bargidanko’proq foydalanadilar. G’ijdivon bezaklarida rang uyg’unligiga alohida e’tibor beradilar. Shahrisabz kulolchiligi ham Zarafshon kulolchiligi an’analari asosida ishlasa ham, buyumlarning texnik qurilishi, shakl tuzulishi va ularni bezatishiga ko’ra o’ziga xols yaxlitlik yaratadi. Shahrisabz kulolchiligida ilonizi, zanjira va qushmarak kabi grix uslubiga yaqin bezaklar ham uchrab turadi. Xorazm, Xiva kulolchiligi maktablarida sopol buyumlarini shakli, tuzilishi va texnologik xolatlariga ko’ra boshqa maktablardan o’ziga xos talablarda farqlanadi. Xorazm kulolchiligida ko’proq chuqur tovoq, likop, tarelkalar ishlashda o’ziga xos alohida talablar qo’yiladi. Buyumlarni bezatilishida ham grix, ham grix, ham islimidan va ham aralash turlaridan o’ziga hos maqomda ijodiy foydalanadilar. Buyumlar bezagida geometric shakllar, o’simlik barglari, shuningdekayrim kompozitsiyalarda qush va hayvonlar tasviridan ham unumli foydalanadilar. Bugungi kunda Xorazm kulolchiligini asosan «Modar» va «Kattabog’» kulochilik markazlari yuksak e’tiqod bilan ijodiy kamoloti yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda. Xiva kulolchiligi Xorazm kulolchiligi san’ati an’analarini o’zida mujassam etgan holda rivojlanib keladi. O’rta asrlarda Xiva shahri qurilishi avj oladi. XVII-XIX asrlarda bunyod etilgan Ichanqal’a qurilishida kulolchilik va keramika asosiy bezak vositasi bo’ladi. Shuningdek, shahar qurilishida sopol quvurlar, yassi plitalar, koshinlar va g’isht parchinlari ko’plab binolarni qurilishi, bezatilishida qo’llanildi. Xiva kulollari turli xildagi idish-tovoqlar; ko’za, xum va xumchalarni yasash va ko’rishda xar hil shakllarni o’zlashtirib, ularni bezajda mayda to’rsimon, to’g’ri chiziq, yon ko’rinishdagi guruhlarga mansub bo’lib, ularni asosini to’g’ri va siniq chiziqlar ilon izi va oddiy geometrik shakllardan iborat bo’lgan xolda, ayrim o’rinlarda gul bog’lami, barg va shoxcha, nuxchalardan foydalanganliklari kuzatiladi. Xullas, Xorazm kulolchiligi Kaltaminor madaniyati davridan –(eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklar) boshlanadi-ki, bu O’rta Osiyoning eng qadimgi sopol idishi hisoblangan. Anashu qadimgi kulolchilik san’ati rivojlanib takomillashib, bugungi Xorazm, Surxon, Zarafshon va Farg’ona kulolchiligi san’ati mazmunida ifodalanadi.
Bugungi O’zbekiston kulolchiligi tobora takomillashib kelgan xolda o’zining yangidan-yangi kermika, fayansli, chinni birikmalarigacha rivojlanib, keng xalq ommasiga, me’morchilik qurilishlarga, sanoatga va xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga zaruriy buyumlarni eng arzon va eng mukammal xolatda yaratib bermoqdalar.
Qadimgi Farg’ona tarixi arxeologiyasi bilan shug’ullangan olim-akademiklar: A.Okladnikov, Ya.G’ulomov arxeologik olimlar U.Islomov, M.Qosimov va boshqalar uzoq yillar bu o’lkada ilmiy izlanishlar olib boradilar. Natijada, Qadimgi Farg’ona yer yuzasidagi odamzoti paydo bo’lgan va bir million yildan ortiq yashab kelayotgan mintaqalar orasidan o’ziga xos o’rin egalladi. Lekin O’rta Osiyo xalqi qatori Farg’ona tarixi bo’yicha qadimgi va O’rta asrlarga oid ilmiy-ashyoviy manbaalar arablar va mo’g’illar istilosi davrida yo’q qilinganligi sababli Farg’ona tarixini faqat arxeologik olimlargina qayta tiklaydilar. Shunga ko’ra, Farg’ona vodiysini tadqiq qilish O’zbekiston arxeologlari zimmasiga tushadiki, ularga Farg’ona tarixini o’rganish bilan birga, uning san’atiga va madaniyatini ham o’rganib, tegishli xulosalar berish vazifasi qo’yiladi. Farg’ona haqida ayrim manbalardagina qisqa-qisqa ma’lumotlar uchraydi. “Yunon tarixchilari Arrian va Strabonlar A.Makedoniskiyni F arg’onani bosib olish uchun bir necha bor yurishlar Farg’ona qorabayrlarida yurib jang qildigan farg’onaliklar tomonidan qaytarilganligi haqidagina qoldirganlar.”33 “Er.avv. 126 yilda Farg’onaga elchi bo’lib kelgan Xitoy sayyohi Chjon Tsyan Farg’ona haqida ma’lumot berib,- Tog’lar orasida Davan davlati borligi, uning 300 mingdan ortiq aholisi, 60 ming askari, 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari mavjudligi,-haqida yozib qoldiradi.”34 Shuningdek Shoh Hakim Xolisning «Safesd Bulon qissasi» asarida (T. 1994 y.) Farg’onaning Quva (Kubo), Axsikent, koson shaharlari haqida qisqa-qisqa badiiy to’qima shaklida ma’lumotlar beradilar. “Shu boisdan Namangan Davlat universitetining taniqli tarixchi, katta olim Y.Qosimov o’zining «Qadimgi Farg’ona sirlari» nomli monografik asarida,- «…eramizdan oldingi III asrdan eramizning VIII asriga Farg’ona tarixi uchun klasifikatsiya yo’q…» -deb yozgan edi.”35 Buning asosiy sababi arab lashkarlari O’rta Osiyoning barcha kutubxonalarini va undagi hamma ilmiy-tarixiy asarlarni yoqib tashlashidir.
“Y.Qosimov o’z asarlarida «O’rta Osiyo tarixini qayta tiklash faqat arxeolog-olimlar zimmasiga tushadi»,-deb yozgan edi.”36 Shunga ko’ra Farg’ona tarixini,uning san’ati va madaniyatini o’rganish uchun 1930 yillardan boshlab Peterburglik olim-arxeolog B.Latinin 50-yillardan A.Bernshtam, B.Litvinskiy, Ya.G’ulomov, A.Okladnikov, M.Masson, U.Islamov, M.Qosimov, A.Asqarov, I.Axrorov, A.Anorboyev, A.Muhammadjonov, Y.qosimov kabi arxeolog-olimlar va tarixchi, san’atshunoslar jiddiy shug’ullana boshlaydilar. Ular vodiyning barcha shahar va qishloqlarida arxeologik izlanishlar olib bordilar. Yarim asrdan ortiq yillargacha davom etgan arxeolog-tadqiqotchi olimlar faoliyati Farg’ona vodiysi uchun tengsiz qimmatga ega bo’lgan ilmiy ma’lumotlar, fanga buyuk yangiliklar olib kirdi. Tadqiqotlarning natijalari bo’yicha hisobatlar, qo’llanmalar, monografiyalar yozildi. Shularga ko’ra Farg’ona vodiysi aholisining qadimgi o’rta asrlar va yaqin tarixi bo’yicha ancha ilmiy materiallar to’plandi. Arxeolog-olimlar bergan ma’lumotlarga ko’ra qadimgi Farg’onaning Axsikent shahrining san’ati, madaniyati haqida ancha aniq ma’lumotlar beriladi. Shularga ko’ra shu o’lkada kulochilik eramizdan avvalgi 1-ming yilliklardan shakllana boshlagani asoslab beriladi. Antik davr Axsikenti kulolchiligida har xil xajmdagi kosalar, xum va xumchalar ishlanib, ularning sirtiga angop berilgani va silliqlangani yana qadoqsimon idishlar tayyorlangani haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, qadimgi Axsiliklar turli xil rangdagi tuoroqlarga asal, mumiyo, tuxum, daraxt yelimi va qo’y yog’ini qo’shib tayyorlab, ulardan sirli sopol buyumlar yasalganligi ko’rsatiladi. O’rta asrlarda Axsiliklar o’zlarining kulolchilik san’atini rivojlantirib keramik sopollar ham tayyorlaydi. IX-X asrlarda Axsi juda kuchli rivojlanib vodiyning, eng go’zal madaniy markazi bo’lib qoladi. Axsiliklar sopol va keramik materiallardan ro’zg’or buyumlari, kosa, payola, tog’ora, lagan, tarelka, kuvalak, xum, xumcha, ko’za kabilarni tayyorlash bilan birga vodoprovod suvlari uchun quvurlar,binolarni fasad va inter’yerlarini bezatish uchun g’isht parchinlar, dekarativ nafis va turli o’lchamdagi va shakldagi g’ishtlar tayyorlaydilar. Axsiliklar yer-osti yo’llari, suv inshoatlari bunyod etdilar, ularni qurilishida sopol va keramik birikmalardan foydalandilar. Bularning barchasi VII-asr Mo’g’il istilosi davrida yo’q qilib tashlandi. Axsiliklar ancha davrgacha o’z san’ati va madaniyatini tiklay olmadilar. Amir Temur va Temuriylar davrida Axsi yana o’zining san’ati va madaniyatining barcha sohalarining qayta tiklab vodiydagi eng katta, san’ati va madaniyati rivojlangan shaharlardan biriga aylandi. Yana me’moriy obidalar bunyod etdilar. Amaliy san’at, uning kulolchilik turi rivojlandi, takomillashdi, yana keramik buyumlar ko’paydi. Keramikadan xalq xo’jaligining turli sohalardan foydalanila boshlandi. Yana suv inshootlari, hammomlar, ariq-hovuzlar, kanalizatsiyalar yer-osti yo’llari qurilib, ularni keramik buyumlar bilan bezatib, jixozlana boshlandi. Lekin 1620-yildagi «Axsi zilzilasi» Axsi shahrini va uning tevarak atrofidagi qishloqlarning barchasini yer bilan yakson qiladi. Axsiliklar yaratgan barcha san’at va me’morchilik buyumlari va obidalari yer ostida qolib ketdi. Farg’ona vodiysining yana bir ko’xna shahri Chustning o’tmish madaniyati tarixini tiklash bo’yicha olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimgi Chustda yashagan xalqlarni san’ati va madaniyati o’rganilib «Chust madaniyati» nomi bilan O’zbekiston tarixiga kiritiladi. Arxeolog olimlar 1950 yillardan boshlab Ya.G’ulomov, A.Asqarov, M.Varonets, B.Sprishevskiy, Yu.Zadneprovskiy, B.Matboboyev, S.Baratov kabilar uzoq yillar tadqiqot ishlarini olib bordilar. Tadqiqotlar natijasi Chustning 4000 yillik yoshini asoslandi . Shu bilan birga Chustliklarni san’ati va madaniyati tarixini «Buonamozor» misolida talqin etiladi. Qadimgi Chustliklar san’atida kulolchilik sohasi ancha qadimdan shakllanib, O’rta asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Chust arxeologiyasida qaysi bir manzilgoh o’rganilmasin u yerda eng ko’p buyumlarni spool idishlar tashkil etadi. “Chustning tevarak atroflarni arxeolog S.Baratov tomonidan arxeolog tekshirishda Varzik, Qaraqo’rg’on, G’ova qishloqlari xududlaridan 201 dona kulolchilik buyumlari topilib, ulardan 62 ta ko’za, 32 xumcha, 15 ta payola va boshqa kosa likopchalardan iborat ancha qadimgi narsalar bo’lgan.”37 “O’rta asrlardan Chustda masjidlar hammom turar joy binolari, savdo rastalari qurilganki ularni bezatishda kulochilik buyumlari va keramik jixozlardan foydalanilgan. Qadimgi Farg’onaning Kosson va Pop (Bob) shaharlari ham o’ziga xos san’at va madaniyatiga ega bo’lgan. Qadimshunos-arxeologlar bergan ma’lumotlariga ko’ra Davan davlatni qadimiy-rivojlangan shaharlaridan biri bu Kosson bo’lganligi e’tirof etiladi. Kossonni 1896 yilib M.Sherbina, 1899 yili A.Bryanov keyinchalik Yu.Bertold, Yu.Zadneprovskiy, A.Berenshtam kabi o’nalab arxeolog-olimlar o’rganib chiqqanlar. Shu tadqiqotlar davrda Kosonning Mug’ qal’asi xarobalari o’rganilib, uni eramizdan avvalgi ming yillarda yaratilgani, uni 3 maratoba qayta qurilgani va uni 2-3 qurulishida sopoldan foydalangani aniqlangan. O’rta asrlarda Kosson kulolchiligi ancha yaxshi rivojlanganligi ko’rsatiladi. O’rta arlar bo’yicha Kosson arxeologiyasi kulochilik buyumlari keramik predmetlar plita va g’ishtlar topilgan, ular orasida rangli g’ishtlar ham topilgan.”38 Ular orasida 1-asrda ishlangan ko’za, piyolalar bor. Yana bu yerda o’rta asrlarga oid kulolchilik buyumlari va keramik narsalar topilgan. Lekin IX-X asrlarga kelib, Kosson o’z funksiyasini Axsikentga o’tkazadi va shahar qal’asi xarobaga aylanadi.”39 Qadimgi Farg’onaning yana bir qadimiy shahri Pop (Bob) bo’lib, bu yerdan arxeologlar shahar tipidagi Ark, Shahriston va oddiy xalq yashaydigan qishloqlarni topganlar. Popni XX asrning 80-90 yillarida A.Asqarov, B.Matboboyev kabilar tomonidan tadqiq etiladi. Ular «Balandtepa», «Munchoqtepa», «Pop sag’anasi» kabi manzilgohlarni topib o’rganadilar. Bu yerlardan eramizdan avvalgi davrga, eramiz boshlariga va o’rta asrlarga oid juda, ko’plab qadimiy ilmiy-ashyoviy materiallar topadilar. “Munchoqtepadan 47 sag’ana o’rganiladi. Ularda 80 dan ortiq kulolchilik buyumlari topilgan. Kulolchilik buyum;lari kulolchilik charxida va yopma usulda tayyorlangan bo’lib, ba’zilarga jimjimador gul va bezaklar solingan.”40 Popdan turli sohalarga oid minglab ashyoviy materiallar topilib, ular asosida «Pop arxeologik muzeyini» tashkil etiladi. Pop kulolchiligi eramizning III-asrdan shakllana boshlaganligi va X-XI asrlarda gullab-yashnagani haqida aniq ilmiy ma’lumotlar beradi. Qadimgi Pop kulolchiligi o’rta asrlarni oxiriga kelib, «G’urumsaroy kulolchiligi» maktabi shakllanishiga asos bo’ladi. XV-XVI asrlarda shakllangan G’urumsaroy kulolchiligi maktabini so’ngi avlodi Usta Kuki bundan 200- yillar avval bu maktab san’atini g’oyat kuchli rivojlanishini ta’minlaydi. Kulol Usta Kukining shogirdlari Usmondiyor, Rahimboy, Turaboy, Satimboy, Maqsudali, Mahmudboy, Hakimboy, Hayitboy, Otajon, Aramboy, Odiljon kabi ustoz kulollar bu maktab uslubini XXI asrgacha olib keldilar. XX asrning oxirida G’urumsaroy kulolchiligi maktabi yana qayta tiklana boshlandi. Bu maktab yana ishonchli qo’llarga o’tdi. Namangan davlat universitetini Amaliy san’at bo’limini tugatgan Voxobjon Buvayev mana 10 yillardir tinimsiz ijod-izlanishlar olib borib bu san’at maktabi asarlarini yana jahonning atoqli muzey va ko’rgazmalardan o’rin olishgacha olib chiqa oldi. G’urumsaroy kulolchiligi buyumlari saqlanayotgan muzeylar soni 30 dan ortib ketdi. Endilikda G’urumsaroy kulolchiligiga nigoh tashlamagan chet ellik sayyoxlar topilmaydi. San’atshunos olimlar kulolchilik san’ati ustalari va mutahasislari G’urumsaroy kulolchilgiga katta e’tibor bilan qaramoqdalar va yosh kulol V.Buvayevning ijodiga taxsinlar o’qilmoqda.
Farg’ona kulolchiligi tarixi uning Axsikent, Chust, Quva (Kubo), Kosson, Pop, Rishton kabi qadimiy shaharlari bilan birga shakllanib, u ming yilliklar va asrlar osha takomillashib, uning yangidan-yangi turlari yaratilib, xalqimizga shodlik, quvonch, go’zal turmush sharoitini yaratishda katta xizmat qilib kelmoqda.
XIX asrda O’rta Osiyoda tojik va o’zbek xalqlari o’rtasida kulolchilik juda keng rivojlanib, G’ijduvon, Panjikent, Samarhand, Shaxrisabz, Toshkent, Rishtonda kulolchilik markazlari paydo bo’ldi. Ular sopol idishlarni sirlab bezatishning o’ziga xos uslublarini vujudga keltirdilar. 1930 yilda Toshkentda eksperimental keramika va Samarhandda keramika ustaxonalari ochildi. 1932 yilda Toshkent o’quv ishlab-chiharish ustaxonasi tashkil etilib, u mahalliy xalq amaliy san'at ustalari, shu qatori kulollar tayyorlaydigan kurslar tashkil etildi. 1943 yili Shahrisabzda o’quv ishlab-chiqarish badiiy korxonasi ishga tushirildi. Kulolchilik sir-asrorlarini mashhur kulollar yoshlarga sitqidildan o’rgatdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |