O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi


MAVZU: KULOLCHILIKNING YUZAGA KELISHI, TEXNOLOGIYASI VA UNING RIVOJLANISHI HAQIDA MA`LUMOT BERISH



Download 11,44 Mb.
bet11/60
Sana13.07.2022
Hajmi11,44 Mb.
#786300
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
badiy kulol

MAVZU: KULOLCHILIKNING YUZAGA KELISHI, TEXNOLOGIYASI VA UNING RIVOJLANISHI HAQIDA MA`LUMOT BERISH.
KULOLCHILIK SAN`ATINING IJODIY QOBILIYATINI O`STIRISH, DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDAGI TUTGAN O`RNI.
Reja:

  1. Kulolchilik texnologiyasi va uning rivojlanishi.

  2. Kulolchilik san`atining ijodiy qobiliyatini o`stirish.

“Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq halqlari uchun qudratli manaviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston , halqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini xamda o‘ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.”20


XX asr oxirida tarixiy va milliy o‘zlikni anglash masalasi SSSR tarqab ketishi va Markaziy Osiyo hududidag‘mustaqil davlatlar yuzaga kelishi munosabati bilan ayniqsa keskinlashdi, binobarin, madaniy va o‘zaro tarixiy x.amkorlik mavzuni har jihatdan jiddiy qilib qo‘ydi. O‘zbekiston san'ati, madaniy taraqkiyoti va tarixini o‘rganish uchun bu mavzu g‘oyat dolzarbdir.
Amudaryo va Sirdaryo orlig‘ilagi tabiiy-iqlimiy sharoitlar bu mintaqada o‘troq-dexqonchilik madaniyatlari va sivilizatsiyalar ilk shakllanishini yuzaga kelishiga imkon tug‘dirgan.
Ikki daryo oralig‘idagi bu ilk madaniy rivojlanishlanish O‘zbekiston xududlarida qadimgi davlatchilik to‘zilmalari va shunga muvofiq tarzda amaliy sanatining ko‘p asrlik qatlamlari yuzaga kelishiga zamin bo‘ldi.
Sanat evolyutsiyasi, bir tomondan, va O‘zbskiston davlatchiligining rivojlanishi ikkinni, tomondan, bu tarixiy jarayonning o‘zluksizligi,izchilli va o‘zaro shartlanganligi hakida guvoxlik beradi.
Tarixiy rivojlanish jarayonida mafkuraviy funksiyaning roli ortib boradi va yangi davrga kelib davlat qurilishi,uning ma'naviy negizini tashkil etuvchi eng muhim jihatini belgilagan holda yetakchilik qiladi. Madaniyatning muayyan ko‘rinishi davlatchilik rivojining ma'lum bosqichiga muvofiq keladi. Mavjud ma'lumotlar tahlili o‘zbekiston san'ati tarixida bir qancha davrlarni ajratish imkonini beradi.
XIX asr keyingi asr estetika va san'atini tubdap o‘zgarishiga zamin yaratdi. XX asr san'ati umumiy ko‘p asrlik O‘zbekiston san'ati tarixining o‘zviy bo‘g‘inlaridan biri xisoblanadi. Ayni vaqtda bu davr badiiy madaiiyati oddingi boskichlar san'atidan keskin farq qiladi. Teatr, rangtasvir, haykaltaroshlik, opera va balet, simfonik musika va kompozitorlik, kinomatografiya va televidenie singari sanatning yangi noan'anaviy yYevropa cha shakllari yuzaga keladi va rivojlanadi. O‘tgan asrda O‘zbekistondagi badiiy jarayon murakkab va xilma-xil bo‘lib, ichki jo‘shqinlikka, davriy xususiyatlarga boy edi.
Bir tomondan bu vaqtda shafqatsiz stalincha qatag‘onlar, sotsialistik realizm aqidalarining singdirilishida qoralangan siyosatning san'atga keskin salbiy ta'siri ko‘zatiladi. Milliy-tarixiy o‘z-o‘zini aiglashning tabiiy ko‘rinishlari bilan kurash davom etadi, unga xokimiyat o‘tmishni adovatli ilohiylashtirish deb qaradi. Shu bilan birga chindanam mashxur me'morlarimiz, rassomlarimiz, aktyorlarimiz, rejissyorlarimiz, bastakorlarimizning daxolari yorkin o‘z ifodasini topdi, ular nafakat milliy, balki butunjahon san'ati tarixiga kirdilar21.
Bu davr ijtimoiy davlat xarakteridaga o‘zgarishlar me'morchilik va shaharsozlikda o‘zining eng yorqin tajassumini topdi. XIX asr oxirida Turkistonda mustamlaka memorchilgi deb nom olgap uslub tadbiq etiladi, u mintaqa shaharlari qiyofasini shahar madaniyatini yYevropa lashtirilishiga asos soldi. XX asrda bu jarayon sovet xokimiyatining totalitar to‘zumi o‘rnatilishi oqibatida faollashdi - me'morchilikning ijtimoiy-funksional va badiiy obraz yo‘nalishi o‘zgaradi. Sanoat-ishlab chiqarish, ma'muriy, madaniy-ma'rifiy va turarjoy binolarining yangi namunalari paydo bo‘ladi, ularning mafkuraviy konsepsiyasida ijtimoiy tenglik g‘oyasi yotadi, u aksar hollarda bo‘zib talqii etilgan va ko‘pincha nursiz me'morchilik namunalari yaratilishiga sabab bo‘lgan. Bu davrning ijobiy tajribasidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Sovet imperiyasining mudhish ko‘rinishlariga qaramasdan bu davrda, ya'ni 1924-yilda respublikamizniig tashkil etilishi eng muhim voqyea bo‘lgandi, natijada O‘zbekistonning hozirgi davlat-hududiy to‘zilishiga asos solindi.
Bu davr san'ati tarixiy jixatdan shakllantirilgan, o‘z davlatchiligiga xamda asr oxirida o‘zining to‘la mustakilligiga erishgan o‘zbek millatining estetik g‘oyalari va badiiy intilishlarini aks ettiradi.
Milliy mustaqillik g‘oyalari va davlatimizning jahon hamjamiyatida qaror topishiga bo‘lgan intilishlari san'atning juda ko‘p turlarida, shuningdek, xuddi temuriylar davridagidek, Toshkent me'morchiligida ham o‘zining eng yorkin moddiy-ma'naviy tajassumini topdi. Ayni shu yerda o‘ziga xos ikkiyoqlama uslub yuzaga keladi - milliy shakllardan foydalanilgan inshootlar bilan bir qatorda (Oliy Majlis, Toshkent shahar qokimiyati, Temuriylar tarixi mo‘zeyi binolari va h.k.) poytaxtda jahon me'morchilik amaliyotig‘a yo‘naltirilgan binolar qad ko‘targan (Interkontinental majmui, Sheraton va Taga mehmonxonalari, Bank Assotsiatsiyasi binosi). Mustaqillik yillarida davlat tomonidai qabul qilingan ko‘plab chora-tadbirlar teatr, musiqa va tasviriy san'at, kinematograf va boshqa badiiy ijod turlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgap bo‘lib, ular davlat va madaniyatning o‘zaro muposabatining yangi taraqqiyparvar bosqichi haqida guvohlik berib turibdi.
Bugun jamiyatning bozor munosabatlariga o‘tishi davrida davlat san'atning bosh homiysi xisoblanadi, ayni vaqtda, ijodiy erkinlik san'at va madaniyat sohasida yetakchi va asos soluvchi tamoyil bo‘lib qolaveradi. So‘nggi yillarda respublikada «kuchli davlatdan kuchli jamiyatga» tamoyili e'lon qilindi, ya'ni o‘z yo‘nalishiga ko‘ra oshqora fuqaroviy jamiyat to‘zishga bel bog‘laganmiz. Ilmiy to‘zilma sifatida san'at shu modelni amalga oshirishga ko‘proq moslashtirilgan. Aynan ijodiy jarayonlar vositasida tolerantlik va oshqoralik g‘oyalarini jamiyatga nisbatan barqaror va yanada samaraliroq tadbiq etish imkoni yuzaga kelgan.
Madaniyat va san'atni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan xolda davlat ijodiy arboblarga o‘z badiiy g‘oyalarini erkin ifoda etish uchun to‘la xuquk berib ko‘ygan, bu O‘zbekiston intilayotgan fuqaroviy jamiyagning imtiyozlaridan biri hisoblanadi. Shunday qilib, butun san'at madaniy va davlat qurilishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Boy tarixiy o‘tmishi sharofati bilan O‘zbekiston sanati o‘ziga xos an'ana va uslubni saklab qolgan, bu ma'lum darajada madaniyatlarning o‘ziga xosligiga tahdid solayotgan, tobora avj olib borayotgan globolizatsiya sharoitlarida g‘oyat muhimdir. Madaniy an'analar vorisligi, maktablarning mahalliy xususiyatlari mavjudligi chog‘idagi uslubiy butunlik, hunarmandchilikning bir butun tarz-tariqasi O‘zbskiston san'ati to‘g‘risida yagona umummilliy o‘zlik sifatida uning tarixan shakllangan chegaralari doirasida turib gapirishga imkoi beradi.
Ko‘p asrlik tarix va boy madaniy merosga ega bo‘lgan Toshkent o‘zida badiiy hunarmandchilikning oliy an'analarini mujassam etgan. Toshkent qadimdan karvon yo‘llari kesishadigan markaz hisoblangan, bu esa uning shahar madaniyati va hunarmandchiligi xilma-xilligini belgilab bergan.
VII asr va VIII asr boshlarida Markaziy Osiyoda islomning yoyilishi bilan ilk o‘rta asr ijtimoiy hayotida o‘zgarish ro‘y berib, musulmon dini tamoyillariga asoslangan va Xalifalik tarkibiga kiruvchi turli xalqlar san'ati an'analarini o‘ziga singdirgan yangi estetika shakllandi.
IX-XI asrlardan boshlab Movarounnahr shaharlarida badiiy hunarmandchilik ayricha taraqqiyotga erishib, buyumlarda naqshli bezaklar ustunlik qila bolshadi. Bu shiddatli taraqqiyot doira-siga o‘rta asr Toshkenti ham kirgan. Bu davrda voha poytaxti-Binket hozirgi Toshkentning eski shahri qismidagi hududda joylashgan. Bu yerda sopol, temir, shisha, ko‘n buyumlar ilshab chiqarilgan, yozma manbalarning guvohlik bsrishicha, kigaz, gilam, ip gazla-ma va jun matolar o‘zining a'lo sifati bilan ajralib turgan.
Sirkorlikning paydo bo‘lishi esa sopol ishlab chiqarishda inqilob yasadi. Afrosiyob va Nishopurning mashhur sopol buyumlaridan badiiy jihatdan qolishmaydigan Toshkent sirkoriga musulmon dunyosida talab katta bo‘lgan. X asrda arab sayyohi Al-Maqdisiy xabar berganidek, «Sharqda unga teng keladigani bo‘lmagan». Shaharda ham maishiy buyumlar, ham noyob san'at namunalarini ishlab chiqaruvchi kulollar mahallalari bo‘lgan. IX-XII asrlar davomida Toshkent sirkor sopolchiligi badiiy va texnik barkamollikka erishgan.
Sirkori buyumlar-yassi idishlar, likobchalar, piyolalar, ko‘zachalar - yaxshi tilaklar bildirilgan yozuvlar yoki Qur'on oyatlarn bilan bezalgan, yozuvlar odatda oq tarhga kufiy va pasx xatida chekilgan. Sirkori sopol bezagida uslublashtirilgan islimi naqshlar keng ommalashgan, ular handasaviy naqshlar sirasiga moslashtirilgan. Jonivorlar, parrandalar, baliqlar, ertaklardagi afsonaviy mavjudotlarning uslublashtirilgan tasvirlari tushirilgan Choch idishi g‘oyat noyob sanalgan. Movarounnahr boshqa badiiy markazlari bilan uygunlashgan uslub o‘rta asrlar Toshkent sirkrri sopolchiligida o‘zining yorqin badiiy ifodasini topgan.
O‘q-yey va sadoklar o‘zinish shinam va nafisligi, go‘zal ishlangani bilan aloxida shuhrat topgan va janubi-sharqiy Osiyo va O‘rta Sharqning turli mamlakatlariga eksport qilingan. Qurol-aslaxa tayyorlashning ko‘p asrlik an'analari haqida Toshkentning eski shahar qismidagi O‘qchi mahallasi nomi ham aytib turibdi.
Toshkent yaqinidagi konlardan oltin, kumush, rux, mis, temir, simob, qimmagbaho va rangli toshlar yetqazib berilgan, ular orasida Choch fero‘zasi mashhur bo‘lgan. Bularning bari temirchilik va chilangarlik mahsulotlari ishlab chiqarish, ma'danga ishlov berish va zargarlik san'ati rivojini jadallashtirdi. Toshkentda mo‘g‘ul bosqiniga qadar ro‘zg‘orbob guldor buyumlar-barkash, xum, shamdon, hovoncha, choynak, dovot, ixcham dekchalar va hokazo xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarilgan.
Gil, shisha, ma'dan, qimmatbaxo va rangli toshlardan yasalgan buyumlar bilan bir qatorda badiiy to‘qimachilik sohalari-to‘quv hunarmandchiligi va gilamdo‘zlik, ko‘n tayyorlash rivojlangan, bularga xomashyoni qo‘shni chorvador qabilalar yetkazib turgan. Istaxriyning xabaricha, Toshkent vohalarida kiyim-kechak nihoyatda mo‘l tikilganidan, hatto «ular boshqa mamlakatlarga juda ko‘p mikdorda olib chiqilgan», Maqdisiyning ko‘rsatishicha, Binketdan ko‘chmanchi qabilalar ehtiyoji uchun paxta, kiyim-kechak, ipak va shoyi matodar olib ketilgan.
Mo‘g‘ul galalari bosqini Toshkentning iqtisodiy va madaniy hayotini inqirozga uchratdi, faqatgina tarix saxnasiga Amir Temurnipg kelishi bilan unda tiklanish davri boshlandi.
Bu vaqtda Toshkentda kundalik ro‘zg‘orbop mahsulotlar bilan birgalikda nodir sirkori sopol va ma'dan buyumlari, zargarlik taqinchoqlari, xilma-xil mato va gilamlar ishlab chiqarilgan. Ayniqsa, XIV-XV asrlar oxirida sirkori sopolchilik o‘zgacha rangu jozibaga ega bo‘ldi. Sopolchilikda yangi tur paydo bo‘ladi, ya'ni to‘q ko‘k rang ustunligida Xitoy chinnisiga taqlidi seziladi. X-XII asrlar Choch sopolchiligining iliq ranglar ranggasvir uslubi Temur davridagi Toshkent moviy sopolchiligiga oid nafis suratli va sovuq ranglar ustunligi bilan al-mashadi. Qadimshunoslar tomonidan Ko‘kaldosh madrasasi va Shayx Xovand Tohurdan topilgan sopol idishlarning parchalari XV-XVII asrlar Toshkent kulollarining mahsulotlari nechog‘li yuqori sifatga ega ekanligidan guvohlik beradi.
Temuriylar davrida Toshkentda sopolchilik bilan bir qatorda kandakorlik, yog‘och o‘imakorligi, tosh o‘ymakorligi, to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, kashtachilik yuksak darajada rivojlanadi. Shahar bozorlarining savdo rastalarida misgar va kandakor ustalar yasagan buyumlar adohida o‘rin tutgan, bular qo‘yma Choch mis qozonlari, shuningdek, gullar bilan bezatilgan barkash, kosa, xumcha, shamdonlarlan iborat bo‘lgan22.
Boburning guvoxlik berishicha, sifati jihatdai tengsiz Toshkeit o‘q-yoylarini yasashda mo‘g‘ullargacha bo‘lgan an'analar davom ettirilgan.
XV asrdan boshlab Chochning Toshkent va Shohruxiya kabi shaharlari Samarqand va Buxoro kabi O‘rta Osiyoning madaniy bunyodkorlik, san'at va badiiy hunarmandchiliginiig yetakchi markazlari darajasiga ko‘gariladi. Bu davrda, shuningdek, yog‘och va tosh o‘imakorligi, shishasozlik, to‘qimachilik, gilamdo‘zlik keng riioj topgan.
XVI-XIX asrlarda umumiy iqtisodiy turg‘unlik va savdo aloqalarining susayishiga qaramay, Toshkentda xunarmandchilik sanoati rivojlanshida davom etib, hunarmandlar mahallalari paydo bo‘ladi. Chunonchi, Degrez, Kulolgaron, Zargarlik, Mahsido‘zlik, Pichoqchi, Parchaboft, Taqachi, Temirchi, Charxchi shular jumlasiga kiradi. Shunisi ham borki, boobro‘roq kasb egalari zargarlar, kandakorlar shahar markazida, sovungarlar va ko‘nchilar esa shahar chekkasida joylashganlar. Bu davrda charm kiyimlar - ovchilar shimi, poyafzal, ot terisidan yasalgan egarlar, sopol buyumlar uchun g‘ilof - chinniqoplar, kitob muqovalari-jo‘zgirlar va boshqa maishny buyumlar ham ishlangan.
XIX asr boshida Toshkent o‘z mustaqilligini yo‘qotib, Qo‘qon xonligi tasarrufiga o‘tdi. Ko‘qon xonligi Rossiya bilan savdo aloqalarini kengaytirishi munosabati bilan Toshkentning ham iqtisodiyotida ko‘tarilish bo‘ldi. 1865-yilga kelib esa, Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi na Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy markaziga aylandi.
XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshida Rossiyadan fabrika mollarining kirib kelishi hunarmandchilik buyumlarining badiiy sifatig‘a putur yetkazdi.
Kulolchilik ustaxonalari shaharnipg Beshyog‘och va Ko‘kcha qismlarida joylashgandi. Beshyog‘ochning Eski Namozgoh mahallasidagi beshta ustaxona oddiy, sirlanmagan idishlar ishlab chiqarardi. Bu yerdagi oltita ustaxonada esa tandir yasalardi. Ko‘kcha mavzeidagi kulolchilik ustaxonasida gullar bilai bezatilgan sirkor idtilar, ya'ni xum, tog‘ora, ko‘zacha, shuningdsk, gultuvak, obdasta va shunga o‘xshash ro‘zg‘or buyumlari hamda sopol quvurlar ishlab chiqarilardi.
Kulollarning tayyorlash yo‘sinlari rishtonliklarnikiga o‘xshasa-da, naqshlarida farq bor edi. Toshkentda ustalar ko‘pincha chizma usulni qo‘llar edilar, odatda gullar uchli pichoqcha bilan o‘yib tushirilardi. So‘ng ularga rang berib, xumdonlarda pishirilardi, bu usul Rishton kulolchiligiga o‘xshab ketsa-da, rang berishda xiyla xasislik sezilardi. Ko‘kcha ustalari lagan, lagancha. shokosa va tovoqlar tayyorlashardi.
XIX asr o‘rtalarida Toshkent kandakorlik maktabi o‘zil-kesil shakllandi. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan satil, choydish, qumg‘onlar odatda «kandakori» usulida yirik va oddiy gullar bilan bezatilardi, bunda tarhga ishlov berilmasdi, ba'zida chiziqlar bilan bezalardi. Zamondoshlarning guvoxlik berishicha, XX asr boshida Toshkentda 14 ta kandakor -misgarlik ustaxonasi bo‘lib, buyumlar qizil va sariq misdan yasalar, so‘ngra kandakori naqshlar bilan bezatilardi. Gullarning xillari ko‘pincha an'anaviy bo‘lib, o‘zbek amaliy-bezak san'atining boshqa bezak turlarida ham uchraydi. Ayniqsa, «islimi» naqshi ko‘plab variantlariga ega bo‘lgan.
Zargarlik san'atining Toshkent maktabi buyumlari to‘g‘risida ko‘proq kumush va keyinchalik qotishmaga tilla suvi berib yasalgan, hozirgacha saklanib qolgan namunalarga qarab hukm chiqarish mumkin. Ma'lumki, ular aholini o‘rta qatlamlariga mo‘ljallangan. XX asr boshidan Toshkentda kumushdan buyum yasaydigan zargarlar kamayib ketdi, ular pastroq navli oltinga zo‘r berishardi. Boz ustig‘a, zargarlar xorijdan keltirilgan zargarlik buyumlari ta'siriga tushib qoldilar. Bu mahalliy zargarlik san'atining badiiy sifatig‘a salbiy ta'sir ko‘rsatgandi.
Me'morchilikda yog‘och o‘ymakorligi keng qo‘llanib, ustun va eshiklar murakkab gul va naqshlar bilan bezatilardi. Kundalik turmushda ishlatiladigan sandiq va beshiklarga esa uncha murakkab bo‘lmagan handasaviy naqshlar chekilgan yoki yo‘l-yo‘l chiziqlar chizilgan.
Beshyog‘och mavzesidagi Chorsu mahaldasida badiiy o‘ymakorlik bilan shug‘ullanuvchi 20 ta duradgorlik ustaxonasi joylashgan edi. Ularda, ayiiqsa, eshiklarga o‘ziga xos va chiroyli iaqshlar chekishga alohida e'tibor qilinardi. Shunday eshiklardan biri O‘zbekiston San'at mo‘zeyiga qo‘yilgan. Yog‘och o‘imakorlikda Sulaymonxo‘ja Nasrulloxo‘jaevning oldiga tushadigani bo‘lmagan. U Beshyog‘och mavzesining So‘zukota mahallasida yashardi. U olti va sakkiz qirrali kursichalar yasab, ularga islimi va handasaviy naqshlar chekardi. Uning iste'dodli shogirdi Usta Toshpo‘lat Ayyubxo‘jaevga ustozidan qimmatbaho asbob-uskunalar qolgan.
Egarsozlik badiiy hunarmandchilikning alohida soxasi hisoblangan. Egarlarga turli xil va rangdagi, goho zarhal bo‘yoqlarda gullar solib bezatilgan. Shayx Xovand Tohur mavzesining Egarchi mahallasida yuztacha «Egar-do‘kon» ustaxonalari joylashgan edi. Manbalarda aytilishicha, Toshkeit Turkistondagi eng katta egarsozlik markazi bo‘lganligiga yiliga boshqa shaharlarga 15 mingdan ortiq egar sotuvga yuborilgani dalil bo‘la olardi.
XIX asr-XX asrlar boshida Toshkentda to‘qimachilik hunarmandchiligi-kashtachilik, to‘quvchilik, gilamdo‘zlik rivoj topgan. Jumladan, oypalak (kashtali katta palak) g‘oyat ommalashgan bo‘lib, ularga qizil tagzaminga quyosh ramzini bildiruvchi to‘pgullar qora ipda tikilgan. San'at mo‘zeyida Toshkent xalq san'atining ushbu namunalaridan ajoyib majmua taqdim etilgan.
Kashtachi ayollar shu taxlit kashtalar tikishda bo‘z va tabiiy bo‘yoqlardan foydalanganlar. Afsuski, XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab fabrika bo‘yoqlaridan foydalanish kashtachilik sifatini keskin tushirib yubordi. Toshkent shahar hunarmandchiligida
XX asrda O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy voqyealar oqibatida islom madaniyati va san'ati an'analari ancha o‘zgarishlarga duchor bo‘lgandi. Toshkent hunarmandchiligida avvalgi musulmon san'ati estetikasi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, o‘tmish sarqitlari va xususiy mulkchilikka qarshi kurashgan kommunistik shiorlar ostida an'anaviy hunarmandchilikning ko‘plab turlari adolatsizlarcha yo‘q qilib yuborildi. O‘zbekistoi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyingina Toshkentning an'anaviy hunarmandchiligi davlat va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlana boshladi.
1920-yillarda ko‘plab sanoat turlari shirkatlarga birlashdi, badiiy sanoat bilim yurtlari va o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Ayniqsa, kandakorlikda bu jarayon faol kechdi. O‘zbekistonning turli shaharlaridan taklif etilgan ustoz ustalar rahbarligida yosh mutaxassislar ko‘hna san'at an'analarini egallay boshladilar. Biroq 1960-yilda kandakorlik buyumlari ishlab chiqarish sun'iy ravishda qisqartirildi, bu esa barcha ixtisoslashtirilgan sanoat korxonalarining yopib qo‘yilishiga olib keldi. Faqat 1980-yillardagina Toshkent badiiy kandakorligi yana jonlandi, bunga usta M.Madaliev harakatlari sabab bo‘ldi, u o‘z ishlarida Toshkent va Qo‘qon kandakorlik maktablari an'analarini birlashtirishga urindi.
1920-30-yillar Toshkent zargarlik san'atida aka-uka ustalar Abdug‘ani, Abdukarim va Abduvali Abdurasulovlar ancha og‘izga tushgan edilar. Ko‘hna usullarni ijodiy takomillashtirish bilan birga yangi shakllar yaratgan holda mahalliy san'atning o‘ziga xosligini saqlab qola oldilar. Ananaviy shakllarga nisbatan yangicha yondashuv Toshkent ustalarining 1970-80-yillar ijodiga ham xos. Bugungi kunda Toshkentda qadimgi hunarmandchilik an'analarini rivojlantirishda jonbozlik ko‘rsatastgan xalq ustalari tobora ortib bormoqda. Bular N.Xolmatov, F.Dadamu-hammedov, G.Toshevlar bo‘lib, ular o‘z buyumlarida o‘zbek zargarlik san'atining asriy an'analariga shaxsiy ijodiy izlanishlarini tatbiq etishga harakat qilmoqdalar.
1920-30-yillar matoga gul bosish sohasida O‘zbekiston chitgarligining ko‘plab markazlari an'analarini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan mohir chittar usta A.Abdug‘afforovning nomi mashxur. Uning bodomcha usulidagi buyumlari ayniqsa o‘ziga xos tarz-tariqaga ega. 1930-yillarda tikilgan dasturxon bunga yaqqol misol bo‘la oladi. U eski qoliplardan foydalanib, an'anaviy qora-qizil bo‘yoqlarda gul bosgan. XX asr oxiriga kelib toshkentlik usta A.Rahimov sa'yi-harakatlari bilan yo‘qolib ket-gan qora-qizil gul bosish usuli qayta tiklandi.
1920-1930 yillarda Toshkent badiiy sopolchiligi kulollar avlodidan bo‘lgan usta T.Miraliev ishlarida namoyon bo‘lgan edi. U asosan qalami va chizma usulidan foydalanardi. Bu vaqgda bezakning asosiy vositalari islimi, bodom nusxalari va h.k. lar edi. 1940-50-yillarda Toshkent sopolchiligida T.Miraliev, M.Rahimov va A.Aminovlar yetakchi o‘rinni egallaganlar. 1960-80-yillarda taniqli sopol ustasi Muhit Raximov ijodi ayniqsa ravnaq topdi. Toshkentda antik va o‘rta asr sopolchiligining durdona namunalari qayta ta'mirlandi, shuningdek, XIX asr - XX asr boshlarida O‘zbekiston xalq sopolchiligi turli maktablarining texnik sirlari va badiiy usullari hamda Toshkent sopolchiligi maktabi qayta tiklandi. Endilikda uning o‘g‘li Akbar Raximov va nabirasi Alisher Raximovlar bu ishni muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar. Ular Toshkentda barpo etgan sopolchilik maktabida faqat mahalliy emas, balki O‘zbekiston sopolchiligining yo‘qolib borayotgan maktablari an'aialarini ham qayta tiklash yo‘lida katta amaliy va nazariy ishlar olib borilmoqda.
XX asr o‘rtalarida Toshkentda yog‘och va ganch o‘ymakorligida naqshu- nigorlar rivojlandi. Mo‘zey( jamg‘armalarida naqshu-nigor san'ati Toshkent maktabining A.Qosimjonov va Yo.Raufovlar singari ustalar yaratgan bezakli xontaxta, quti, egar kabi durdona asarlar saqlanmoqda.
1950-60-yillarda toshkentlik yog‘och o‘ymakor ustalari quticha, lavh, naqshinkor xontaxta singari maishiy ashyolar bilan bir qatorda me'morchilik buyumlari - o‘ymakori ustunlar, eshiklar, bezakli panno va panjaralar yasashda xam ajoyib natijalarga erishdilar. Taniqli san'atkor, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademiga A.Fatxullaev ishlarida texnik mahorat va yuksak did manaman deb turibdi. Yosh usta A.Azlarov yasagan lavxlar ijodkorning qunt bilan izlanishlari mevasi ekaii ayon, u shakl jihatdan yanada murakkabroq namunalarni qayta tiklashga harakat qilgan.
Naqshu-nigor va ganch o‘ymakorligi XX asr ikkiichi yarmi Toshkent jamoatchilik me'morchiligida o‘z aksini topdi. D.Xakimov va M.Usmonov raxbarligidagi ijodiy brigadalar O‘zbekiston va undan tashqaridagi ko‘plab inshootlarni bezashda yangi-yangi kompozitsiyalar yaratdilar.
Bugungi kunda Toshkent ustalari respublika shaharlaridagi zamonaviy inshootlarning ichki bezaklariga ajoyib sernaqsh bezaklar chizmokdalar, chet ellarda masjidlar, madrasalar, islom san'ati mo‘zeylarini bezashda muvaffaqiitli faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
70-yillar oxiri-80-yillar boshida O‘lbekistonda pape-mashedan qutichalar, pardoz buyumlari va h.k. ni tayyorlash va bezash yo‘sinlari qayta tiklandi. Chunonchi, o‘rta asr sharq miniatyura rangtasviridan olingan ramzu timsollarni bezakka olib kirish yangilik bo‘ldi. Zamonaviy musavvirlar o‘rta asr ohang va syujetlarini ijodiy talqin qilib, an'anaviy miniatyura rangtasvir san'atig‘a yangi hayot bag‘ishladilar. Toshkent miniatyurachi musavvirlari M.I.Boltaboyev, T.Boltaboyev, F.Rahmatullayev, F.Xolmatov, B.Bobonazarov, S.Zismov, U.Qayumov, Sh.Rixsiyev. X.Nazirov, J.Saidaliyev va boshqalar turli ashyolardan:
charm, pape-mashe, suvqovoq, bo‘z va qog‘ozdan keng foydalanmoqdalar. Monumental san'at soqasida ham ular katta ijodiy muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar. 1996-yilda Toshkentdagi Temuriylar tarixi mo‘zeyida "Sanoi nafis" guruhi miniatyura usulida bajargan ishlar katta baho oldi.
Toshkent badiiy hunarmandchiligining ko‘plab buyumlari maishiy hayotga keng tatbiq etilgan, ayni vaqtda, ular mukammal texnika va hayratomo‘z xayolot bilan ijro etilgan chinakam durdona asarlar bo‘lib qolgan. Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda Toshkent xalq ustalari buyumlari muntazam muvaffaqiyat qozonib, O‘zbekiston milliy madaniyatini jaxon miqyosida munosib tarzda namoyon etib kelmoqda.
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san'ati turlari boy va rangbarang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek diyorida vujudga kelib gullab-yashnagan san'at turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashxur. Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari xaqida fikr yuritiladigan bo‘lsak, o‘zbek amaliy bezak san'ati turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya'ni ibtidoiy jamiyatga borib taqalishining guvoxi bo‘lamiz.
O‘lkamiz zaminidagi tarix qatlamlarini qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvoxlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berishi usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlangan bo‘lib, asrlar Osha xozirgacha o‘zluksiz davom etib kelmoqda.
Inson ongli faoliyatining ajralmas kismi bo‘lmish badiiy tafakkur va shunga muvofik badiiy - ijodiy faoliyat insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida juda kata axamiyatga ega bo‘ldi. Bunday faoliyat natijasida kelib chiqadigan estetik – badiiy idrok qobiliyati kishilarda olamni, undagi mavjudotlar, narsalar va vokea-xodisalarni, atrof-muxitdagi shakllar va ranglarni turfa shakl-shamoilda qaytadan aks ettirishga xavas uyg‘otadi. Shakl va ranglarning real xamda stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va u, o‘z navbatida, odamlarning kundalik turmushlaridan o‘rin ola boshladi. Natijada badiiy bezaklarning xilma – xil shakllari va turlari paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston va umuman O‘rta Osiyo xalklarining bizgacha yetib kelgan san'at asarlari orasida naqshlar asosida yaratilgan badiiy asarlar aloxida ko‘p soni tashkil etadi. Boshqa san'atlarga nisbatan bunday naqshli bezaklar ko‘pligining va takomil topganligining muayyan tarixiy sabablari bor.
Boshqacha aytganda, xech bir tasvir unda ifodalangan mavjudot darajasiga kutarila olmaydi, shu bois tasvir soxta bo‘ladi.
Tasviriy san'atga bu qadar chuqur, falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stillashtirish, ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o‘zbek milliy bezak san'atining va xunarmandchiligining gurkirab rivojlanishiga turtki bo‘lganki, xozirda jaxonga mashxur me'morchilik yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi va bundan tashqari pichoqchilik, kulolchilik, kashtachilik, gilam tukish va kigiz bosish, savatchilik va buyrachilik turdagi san'atlarning ajoyib darajada uyg‘unlashgan mujassamligidan iboratdir.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Termiz, Toshkent, Ko‘kon va boshqa shaxarlardagi me'morchilik va xalk amaliy bezak san'ati yodgorliklari o‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaxo san'at asarlarining namunalari bo‘lib, xalqimizning va shu bilan birga jaxon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.
Amaliy bezak san'atlarini o‘rgatish mashg‘ulotlarida xalk ustalari yaratgan asarlarining beqiyos manaviy qiymatlarini namoyish etish orkali yosh avlodda estetik didni shakllantirish, ularga zarur bilimlar va axloqiy tarbiya, berish, mexnat, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, kasb tanlashga ruxiy va amaliy tayyorlash vazifalari e'tiborda turadi.
Xalq amaliy bezak san'ati an'analari tarixda avloddan-avlodga o‘tib kelish bilan birga taraqqiyotning yangi sifatig‘a ega bo‘lmokda, bu jarayon, ayniqsa, xozirgi qayta kurish davrida yanada yukori samaralarga erishuv imkoniyatiga ega bo‘lib bormokda.
V-VIII asrlarga oid suv ichiladigan kulolchilik buyumi Toshkentt vohasidan ham topilgan23.
Buxoro, Samarqand kulolchilik maktablarini o’ziga xos tomonlarini G’ijduvon kulolchiligi o’zida to’la ifoda etadi. G’ijduvon kulolchiligi maktabi buyumlarining Shaklii, tuzilishi va bezatilishi jihatidan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Urganch, Denov kulolchilik maktablariga o’z ta’sirini o’tkazib keladi. Lekin buyumlarni bezatishda G’ijduvon va Shaxrisabz kulollari mo’yqalam (qalami) uslubida ishlasalar, Ugrut va Denov kulollari «chizma» uslubda, ya’ni chizma naqShlar uslubida ijod qiladilar.
Bugungi O’zbekiston kulolchiligi tobora takomillashib kelgan xolda o’zining yangidan-yangi keramika, fayansli, chinni birikmalarigacha rivojlanib, keng xalq ommasiga, me’morchilik-qurilishlarga, sanoatga va xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga zaruriy buyumlarni eng arzon va eng mukammal xolatda yaratib bermoqdalar.


Download 11,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish