O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi


Farg’ona vodiysi kulolchiligi an’analari



Download 11,44 Mb.
bet13/60
Sana13.07.2022
Hajmi11,44 Mb.
#786300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
badiy kulol

Farg’ona vodiysi kulolchiligi an’analari. Hozirgi kunda kulolchilik faniga yanada e'tibor kuchaymoqda. Poytaxtimizning barcha qo’shimcha Ta'lim Muassasalarida to’garaklar ishlab turibdi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasiga qarashli Respublika Rassomlik kollejida K.Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn institutida, Nizomiy nomli TDPU "San'at" fakultetining amaliy san'at kafedrasida bu fan sirlari talabalarga o’rgatilib kelinmoqda. Bu ustalar yaratgan kulolchilik san'at asarlari ham muzeylardan joy olishiga ishonchimiz komildir. Rishton o’zbekistondagi sirlangan sopol buyumlari ishlanadigan eng mashhur va qadimiy markazlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshlarida aholisining deyarli hammasi kulollardan iborat edi. Farg’ona vodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta'siri ostida bo’lgan. Ushbu tumanda har qanday turdagi buyumlarni yasash uchun yaroqli bo’lgan, alohida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo’la oladi. Qizg’ish-sarg’ish rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butun hududida 1-1,5 m chuqurlikda qatlam bo’lib joylashgan. Gilning yaxshi sifatliligi mahalliy ustalarning uni O’zbekistonning boshqa tumanlaridagi kulollardan farqli ravishda oldindan tozalab boshqa turdagi tuproqlarga aralashmagan holda ishlab chiharishga jalb hilish imkonini beradi. Kulollar Rishton yaqinidagi tog’lardan har xil bo’yoqlar, kvarsli xum va olovbardosh gillarni qazib olishgan. 1960 yillarda yuqorida eslatib o’tilgan moviy sopol buyumlari ishlab chiqariladigan an'anaviy markazlar barham topa boshladi. Ana shunday sharoitda San'atshunoslarning Butunittifoq konferensiyasi (Farg’ona 1974 yil) qabul qilingan moviy ishqorli sopol idishlari ishlab chiqarish an'analarini saqlab qolish haqidagi qarori amaliy ahamiyat kasb etdi. Ushbu qaror ustalarga ma'qul tushdi. Ular oldingi ishlab chiqarishga qaytib buyumlarni bezashning an'anaviy shakllari va usullarini qayta tiklay boshladilar. Keyingi 20 yil ichida Rishton sopoli an'anaviy badiiy va texnologik usullar asosida yana qayta tiklandi. Ishqorli sir tayyorlash ham yo’lga qo’yildi. Rishton sopolchiligining mahalliy badiiy xususiyatlari ko’p jihatdan buyumlarga naqsh berilishida ko’zga tashlanadi. 1990-2000 yillardagi girix bezaklar orasida to’rsimon naqsh, rombsimon naqsh, uchburchakli sakllarning bir maromda joylashtirilishi doirasimon shakllarning zanjir shaklida bir tekis berilishi nuqtali naqsh qora va oq kvadratchalarning navbat bilan o’rin almashishi shaklidagi naqsh egri va to’q’ri chiziqlar shaklidagi doiracha va tupbarggul shaklidagi mavhumiy geometrik bezaklar ko’p tarhaldi. O’simliksimon naqshlar ayniqsa turli-tuman va sermazmundir. O’simlik dunyosiga oid mavzularni talqin qilishda ayniqsa an'anaviy belgilar bilan bu mavzularning yangicha talqinlari nisbatan yaqqol ko’zga tashlanadi. Hayvonlarga oid va antropolorfik mavzular Rishton kulolchiligida "parchasi yaxliti uchun" tamoyiliga ko’ra taqdim etilgan. Unda inson, hayvonlar va parrandalarning gavdasini ayrim unsurlari yordamida yaxlitlik g’oyasi aks ettiriladi. 1990-2007 yillar Rishton kulolchiligining rivojiga quyidagi tamoyilni qayd qilish mumkin. Rishtonlik ustalar an'anaviy merosni astoydil e'zozlash bilan birga ancha dadillik va keskinlik bilan buyumlar shakllari talqini hamda naqshli bezaklar xarakteriga o’zgarishlar kiritishyapti. An'anaviy shakllarni va naqshlarni izchillik bilan to’laqonli qilib qayta tiklash an'analarga so’zsiz rioya qilish o’rnini yakka tartibdagi ijodiy tashabbuskorlik, yangicha usul va naqshin bezaklar turlarini kengaytirish egallab bormoqda.
Bizdan keyingi avlodning o’z kelajagi oldiga qo’ygan maqsadiga yetishish va yetuk inson bo’lib shaklilanishida estetik tarbiya va hunar alohida o’rin egallaydi. Chunki aynan estetik tarbiya yoshlarning ijodiy rivojida, narsa va buyumni ko’rib tushunib yetishishda katta rol o’ynaydi. Bilim yurtida va maktablarda tashkil etilgan kulolchilik san’ati to’garaklari ham talaba va o’quvchilarga ta’lim - tarbiya berishda qulay va o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu san’at nafaqat bilim yurtlarida, balki bilim yurtlardan tashqari Oliygohlarda kulolchilik darslari mavjud.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekiston hunarmandlari erkin ijod qila boshladi. Shu hunarmandlar qatorida kulol ustalar ham o’z ustida ishlab ijod qilishmoqda. Namangan kulolchilik san’ati ham butun respublika kulolchiligidan farq qiladi. Namangan kulolchiligi qadimdan hozirgi kunimizgacha saqlanib kelinmoqda.
G’urumsaroyda M.Turobov qadimiy uslubda ijod qilmoqda. Bu hunar ota-bobolarimizdan avloddan - avlodga o’tib kelayotgan kulolchilik hunarini kelajak avlodga o’rgatish maqsadida kulolchilik bo’yicha Oliygoxlarni bitirib kelayotgan yosh kulollarimiz hunar-bilim yurtlarida o’z maktabini ochmoqda.
Viloyatimizda hozirgi zamon kulolchiligi shaklilanmoqda. Shahrimiz kulolchilik san’atining namunasi sifatida men yasagan buyumlarda qurish mumkin. Chunki bunda Namangan shahar kulollarining ishlash uslubiga xos ish olib borganman.
Hozirgi zamon kulolchiligi ham o’z uslub texnalogiyasiga ega bo’lib, bunda ishlab turgan sex va zavodlar mavjud. Zavod va sexlarda qadimgi kulolchilik ancha rivojlanib, taraqqiy etib hozirgi kun kulolchiligiga aylanganligini qo’ramiz.
Hozirgi kunimizda sapol buyumlardan keng ko’lamda pechlarga, bino old ko’rinishlariga keng ko’lamda foydalanilmoqda. Zamonaviy kulolchiligimiz darajasida shunday taraqqiy etdiki, sanoatda texnikalarda va binolar old qismlarida ishlangan bezaklardan sezilmoqda.
Qadimgi Farg’ona tarixi arxeologiyasi bilan shug’ullangan olim-akademiklar: A.Okladnikov, Ya.G’ulomov, arxeologik olimlar U.Islomov, M.Hosimov va boshqalar uzoq yillar bu o’lkada ilmiy izlanishlar olib boradilar. Natijada, qadimgi Farg’ona yer yuzasidagi odamzoti paydo bo’lgan va bir million yildan ortiq yashab kelayotgan mintaqalar orasidan o’ziga xos o’rin egalladi.
Lekin O’rta Osiyo xalqi qatori Farg’ona tarixi bo’yicha qadimgi va O’rta asarlarga oid ilmiy-ashyoviy manbalar arablar va mo’g’ullar istilosi davrida yo’q qilinganligi sababli Farg’ona tarixini faqat arxeologik olimlargina qayta tiklaydilar. Shunga ko’ra, Farg’ona vodiysini tadqiq qilish O’zbekiston arxeologlari zimmasiga tushadiki, ularga Farg’ona tarixini o’rganish bilan birga, uning san’ati va madaniyatini ham o’rganib, tegishli xulosalar berish vazifasi qo’yiladi.
Farg’ona haqida ayrim manbalardagina qisqa-qisqa ma’lumotlar uchraydi.
Yunon tarixchilari Arrian va Strabonlar A.Makedonskiyni Farg’onani bosib olish uchun bir necha bor yurish qilgani va bu yurishlar Farg’ona qorabayrlarida yurib jang qiladigan farg’onaliklar tomonidan qaytarilganligi haqidagina yozib qoldirganlar. Er.avv. 126 yilda Farg’onaga elchi bo’lib kelgan Xitoy sayyoxi Chjon Tsyan Farg’ona haqida ma’lumot berib, - Tog’lar orasida Davan davlati borligi, uning 300 mingdan ortiq aholisi, 60 ming askari, 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari mavjudligi, - haqida yozib qoldiradi. Shuningdek, Shox Hakim Xolisning «Safed Bulon qissasi» asarida (T. 1994 y.) Farg’onaning Quva (Kubo), Axsikent, Kosson shaharlari haqida qisqa-qisqa badiiy to’qima shakliida ma’lumotlar beriladi. Shu boisdan Namangan Davlat universitetining taniqli, tarixchi, katta olim Y.Hosimov o’zining «Qadimgi Farg’ona sirlari» nomli monografik asarida, - «…eramizdan oldingi III asrdan eramizning VIII asriga Farg’ona tarixi uchun klassifikatsiya yo’q…» -deb yozgan edi.
Shunga ko’ra Farg’ona tarixini, uning san’ati va madaniyatini o’rganish uchun 1930 yillardan boshlab Peterburglik olim-arxeolog B.Latinin 50-yillardan A.Bernshtam, B.Litvinskiy, Ya.G’ulomov, A.Okladnikov, M.Masson, U.Islamov, M.Hosimov, A.Asharov, I.Axrorov, A.Anorboev, A.Muxammadjonov, Y.Hosimov kabi arxeolog-olimlar va tarixchi, san’atshunoslar jiddiy shug’ullana boshlaydilar. Ular vodiyning barcha shahar va qishloqldarida arxeologik izlanishlar olib bordilar.
Yarim asrdan ortiq yillargacha davom etgan arxeolog-tadqiqotchi olimlar faoliyati Farg’ona vodiysi uchun tengsiz qimmatga ega bo’lgan ilmiy ma’lumotlar, fanga buyuk yangiliklar olib kirdi. Tadqiqotlarning natijalari bo’yicha hisobotlar, qo’llanmalar, monografiyalar yozildi.
Shularga ko’ra Farg’ona vodiysi aholisining qadimgi o’rta asrlar va yaqin tarixi bo’yicha ancha ilmiy materiallar to’plandi.
Arxeolog-olimlar bergan ma’lumotlariga ko’ra qadimgi Farg’onaning Axsikent shahrining san’ati, madaniyati haqida ancha aniq ma’lumotlar beriladi.
Shularga ko’ra shu o’lkada kulolchilik eramizdan avvalgi 1-ming yilliklardan shaklilana boshlangani asoslab beriladi. Antik davr Axsikenti kulolchiligida har hil hajmdagi kosalar, xum va xumchalar ishlanib, ularning sirtiga angop berilgani va silliqlangani, yana qadoqsimon idishlar tayyorlangani haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, qadimgi Axsiliklar turli xil rangdagi tuproqlarga asal, mo’miyo, tuxum, daraxt yelimi va qo’y yog’ini qo’shib, bo’yoq tayyorlab, ulardan sirli sopol buyumlar yasalganligi ko’rsatiladi.
O’rta asrlarda Axsiliklar o’zlarining kulolchilik san’atini rivojlantirib keramik sopollar ham tayyorlaydi.
IX-X asrlarda Axsi juda kuchli rivojlanib vodiyning, eng go’zal madaniy markazi bo’lib qoladi.
Axsiliklar sopol va keramik materiallardan ro’zg’or buyumlari, kosa, piyola, tog’ora, lagan, tarelka, kuvalak, xum, xumcha, ko’za kabilarni tayyorlash
bilan birga vodoprovod suvlari uchun quvurlar, binolarni fasad va inter’erlarini bezatish uchun g’isht parchinlar, dekorativ nafis va turli o’lchamdagi va shaklidagi g’ishtlar tayyoladilar.
Axsiliklar yer-osti yo’llari, suv inshootlarini bunyod etdilar, ularni qurilishida sopol va keramik birikmalardan foydalandilar.
Bularning barchasi VII-asrda Mo’g’il istilosi davrida yo’q qilib tashlandi. Axsiliklar ancha davrgacha o’z san’ati va madaniyatini tiklay olmadilar.
Amir Temur va temuriylar davrida Axsi yana o’zining san’ati va madaniyatini tiklab, san’at va madaniyatning barcha sohalarining qayta tiklab vodiydagi eng katta, san’ati va madaniyati rivojlangan shaharlardan biriga aylandi. Yana me’moriy obidalar bunyod etdilar. Amaliy san’at, uning kulolchilik turi rivojlandi, takomillaqhdi, yana keramik buyumlar ko’paydi. Keramikadan xalq xo’jaligining turli sohalarda foydalanila boshlandi. Yana suv inshootlari, hammomlar, ariq-hovuzlar, kanalizatsiyalar yer-osti yo’llari qurilib, ularni keramik buyumlar bilan bezatib, jixozlana boshlandi. Lekin 1620-yildagi «Axsi zilzilasi» Axsi shahrini va uning tevarak atrofidagi qishloqlarning barchasini yer bilan yakson qiladi. Axsiliklar yaratgan barcha san’at va me’morchilik buyumlari va obidalari yer ostida qolib ketdi.
Farg’ona vodiysining yana bir ko’xna shahri Chustning o’tmish madaniyati tarixini tiklash bo’yicha olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimgi Chustda yashagan xalqlarni san’ati va madaniyati o’rganilib «Chust madaniyati» nomi bilan O’zbekiston tarixiga kiritiladi.
Arxeolog olimlar 1950 yillardan boshlab Ya.G’ulomov, A.Asharov, M.Varonets, B.Sprishevskiy, Yu.Zadneprovskiy, B.Matboboyev, S.Baratov kabilar uzoq yillar tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Tadqiqotlar natijasi Chustning 4000 yillik yoshini asoslandi. Shu bilan birga Chustliklarni san’ati va madaniyati tarixini «Bibionamozor» misolida talqin etiladi.
Qadimgi Chustliklar san’atida kulolchildik sohasi ancha qadimdan shaklilanib, O’rta asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Chust arxeologiyasida qaysi bir manzilgoh o’rganilmasin u yerda eng ko’p buyumlarni sopol idishlar tashkil etadi. Chustning tevarak atroflarni arxeolog S.Baratov tomonidan arxeologik tekshirishda Varzik, Qoraqo’rg’on, G’ova qishloqlari territoriyasidan 201 dona kulolchilik buyumlari topilib. Ulardan 62 ta ko’za, 32 xumcha, 15 ta piyola va boshqa kosa likopchalardan iborat ancha qadimgi narsalar bo’lgan.
O’rta asrlarda Chustda masjidlar hammom turar joy binolari, savdo rastalari qurilganki ularni bezatishda kulolchilik buyumlari va keramik jixozlardan foydalanilgan. Qadimgi Farg’onaning Kosson va Pop (Bob) shaharlari ham o’ziga xos san’at va madaniyatiga ega bo’lgan.
Qadimshunos-arxeologlar bergan ma’lumotlariga ko’ra Davan davlatni qadimiy-rivojlangan shaharlaridan biri bu Koson bo’lganligi e’tirof etiladi.
Kosonni 1896 yili M.Sherbina, 1899 yili A.Bryanov keyinchalik Yu.Bertold, Yu.Zadneprovskiy, A.BerenShtam kabi o’nlab arxeolog-olimlar o’rganib chiqqanlar. Shu tadqiqotlar davrida Kosonning Mug’ qal’asi xarobalari o’rganilib, uni eramizdan avvalgi ming yillarda yaratilgani, uni 3 marotaba qayta hurilgani va uni 2-3 qurilishida sopoldan foydalangani aniqlangan. O’rta asrlarda Kosson kulolchiligi ancha yaxshi rivojlanganligi ko’rsatiladi. O’rta asrlar bo’yicha Koson arxeologiyasi kulolchilik buyumlari keramik predmetlar plita va g’ishtlar topilgan, ular orasida rangli g’ishtlar ham topilgan. Yana bu yerdan o’rta asrlarga oid kulolchilik buyumlari va keramik narsalar topilgan. Lekin IX-X asrlarga kelib, Koson o’z funktsiyasini Axsikentga o’tkazadi va shahar qal’asi xarobaga aylanadi.
Qadimgi Farg’onaning yana bir qadimiy shahri Pop (Bob) bo’lib, bu yerdan arxeologlar shahar tipidagi Ark, Shahriston va oddiy xalq yashaydigan qishloqlarni topganlar.
Popni XX asrning 80-90 yillarida A.Asharov, B.Matboboyev kabilar tomonidan tadqiq etiladi. Ular «Balandtepa», «Munchohtepa», «Pop sag’anasi» kabi manzilgohlarni topib o’rganadilar. Bu yerlardan eramizdan avvalgi davrga, eramiz boshlariga va o’rta asrlarga oid juda, ko’plab qadimiy ilmiy-ashyoviy materiallar topadilar.
Munchohtepadan 47 sag’ana o’rganiladi. Ularda 80 dan ortih kulolchilik buyumlari topilgan. Kulolchilik buyumlari kulolchilik charxida va yopma usulda tayyorlangan bo’lib, ba’zilarga jim-jimador gul va bezaklar solingan.
Popdan turli sohalarga oid minglab ashyoviy materiallar topilib, ular asosida «Pop arxeologik muzeyini» tashkil etiladi.
Pop kulolchiligi eramizning III-asrdan shaklilana boshlanganligi va X-XI asrlarda gullab-yashnagani haqida aniq ilmiy ma’lumotlar beradi.
Qadimgi Pop kulolchiligi o’rta asrlarni oxiriga kelib, «Gurumsaroy kulolchiligi» maktabi shaklilanishiga asos bo’ladi.
XV-XVI asrlarda shaklilangan G’urumsaroy kulolchiligi maktabini so’nggi avlodi Usto Kuki bundan 200- yillar avval bu maktab san’atini g’oyat kuchli rivojlanishini ta’minlaydi. Kulol Usto Kukining shogirdlari Usmondiyor, Rahimboy, Turaboy, Satimboy, Mahsudali, Mahmudboy, Hakimboy, Hayitboy, Otajon, Akramboy, Odiljon kabi ustoz kulollar bu maktab uslubini XXI asrgacha olib keldilar. XX asrning oxirida G’urumsaroy kulolchiligi maktabi yana qayta tiklana boshlandi.
Bu maktab yana ishonchli qo’llarga o’tdi. Namangan davlat universitetini Amaliy san’at bo’limini tugatgan Voxobjon Buvayev mana 10 yillardir tinimsiz ijod-izlanishlar olib borib bu san’at maktabi asarlarini yana jahonning atoqli muzey va ko’rgazmalaridan o’rin olishgacha olib chiqa oldi. G’urumsaroy kulolchiligi buyumlari saqlanayotgan muzeylar soni 30 dan ortib ketdi. Endilikda G’urumsaroy kulolchiligiga nigoh tashlamagan chet ellik sayyoxlar topilmaydi.
San’atshunos olimlar kulolchilik san’ati ustalari va mutaxasislari G’urumsaroy kulolchiligiga katta e’tibor bilan qaramoqdalar va yosh kulol V.Buvayevning ijodiga taxsinlar o’qilmoqda.
Farg’ona kulolchiligi-o’zbek milliy kulolchiligi san’ati an’analarini umumy xarakteri va mazmunini o’ziga mujassam etgan holda Rishton kulolchiligi markazi bazasida asrlar osha saqlab kelayotgan kulolchilikni katta bir maktabidir.
Rishton o’zbek milliy kulolchiligini ta’mal toshi sifatida, bu san’atni vodiy xalq kulolchiligi an’analari bilan to’ldirib kelayotgan san’at maktabidir.
Rishton X-asrlarda g’oyat chiroyli shahar bo’lgan bo’lib, unda amaliy san’atni hamma turlari to’la rivojlanib borayotgan darajada gullab yashnagan davrida edi.
XII-asrdan Rishton taraqqiyoti asta pasayib qishloq qiyofasiga tushib qoladi.
Lekin bu shaharlardagi hunarmandchilik o’z mavqeyini yo’qotmaydi. Ayniqsa Rishton kulolchiligi o’z mavqesini tiklagan holda o’z faoliyatini davom ettiradi. Arxeolog olimlar ham Rishton kulolchiligi aslo to’xtamaganini asoslab beradi.
Turli shakli tuzilishga ega bo’lib, xilma-xil rangdagi, ishqorli, sir-angop bilan qoplangan yashil, jigarrang, ko’k, moviy, xavoranglarda jilovlanuvchi tabiiy ranglarda o’simliklar dunyosi fonida ishlangan va bezatilgan kulolchilik allaqachon dunyo ahliga manzur bo’lgan. Rishton kulollari grix, islimi kabi g’oyat nozik naqshlar bilan bezatilib, tematik kompazitsiyalardan ham mohirlik bilan foydalanadilar.
Rishton kulolchiligi san’atida yangidan - yangi dekorativ kompazitsiyalar bo’lishiga qaramay, milliylik an’analar teranlik bilan ifoda etiladi. Shu boisdan Rishton kulolchiligi-o’zbek kulolchiligi san’atining bosh mezoni bo’lib, O’zbekiston kulolchilik maktablarining asrlar osha takomillashib kelayotgan milliy uslublarini o’zida ardoqlab, saqlab kelayotgan muqaddas maktabdir. Shu boisdan Rishton kulolchiligi asarlarida: «Chetan», «Zanjira», «No’xot», «To’rsimon naqsh», «Chorbarg», «Anorgul», «Sarv», «Bodomgul» kabi kompozitsion bezaklar bilan birga, arab alfaviti elementlari kiritilgan kompozitsiyalardan foydalanayotganligi ham bu maktab ijodini muntazam kengayib, takomillashib berayotganini ko’rsatadi.
Hozirgi Rishtonda yuzlab ijodkor kulollar bu san’at gulshanini yanada ijodiy-obod maskanga aylantirish va uning g’oyat nozik, nafis jilvakor buyumlarini dunyo muzeylari eksponatiga aylantirish yo’lida fidokorona ijod qilmoqdalar. Chunki bu maktab mahsulotlari chet ellar ko’rgazma zallarida namoyish etilmoqda, xalqaro ko’rgazmalarning sovrindorlariga aylanmoqda.

Download 11,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish