MAVZU: KULOLCHILIK SN`TINI O`QITISH METODIKASI HAMDA MAQSADI
Reja:
Kulochilikda ijod qilishda mustaqil ishlashga o`rgatish
Usta-shogirdlik odobi va an`analarni davom ettirishni o`rgatish.
Ma’lumki kulolchilik – quruq loydan inson qalbiga mehr-muhabbat, ezgu-orzular soladigan go’zal va g’oyat nafis buyumlar yasash san’atidur.
Kulolchilik xalq amaliy bezak san’atining hunarmandchilik sohasi bo’lib, u loydan turli tuman idish – tovoqlar, ro’zg’or buyumlari, qurilish materiallari va xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar yasash san’ati deyiladi.
Kulolchilik – maxsus tuproqdan tayyorlangan loy bilan choynak, payola, kosa, vaza, xumcha, tog’ara, gkastik o’yinchoqlar va me’morchilikda ishlatiladigan buyumlarni ma’lum me’morchilik qoidalari asosida yasash hunarmandchiligi deyiladi.
Kulolchilik yer sharining hamma o’lkalarida shakllangan va rivojlanib
kelgan. Chunki uning xom-ashyosi yer sharining hamma o’lkalarida mavjuddir. Odamlar tuproqdan biror narsa yasash, uni quyoshda quritib, olovda qizdirilsa tosh misoli qotirilgan maxsus tuproqlar borki, bu materiallardan 7-8 ming yillarcha muqaddam turli buyumlar yasab, ulardan foydalanib kelganlar.
Kulolchilikda ishlatiladigan loylar turli xil ranglarda bo’lgan. Ular ko’proq qizil ranglarda bo’lgan.
Kulolchilik san’atini rivojlantirishi ham ikki bosqichda namoyon bo’ladi.
1-bosqich: Qo’lda yasalgan buyumlar davri.
2-boshich: Kulolchilik charxida (dastgohda) tayyorlangan buyumlar davri. Qo’lda buyumlar yasash davrida bu hunar bilan asosan qizlar va ayollar shug’ullanganlar. Kulolchilik charxi kashf etilgach kulolchilik bilan to’la erkaklar shug’ullanganlar.
Kulolchilik san`ati o’zi yasalgan buyumlar shakli va mazmuniga ko’ra ikki turga bo’lingan.
1-tur. Yassi, ya’ni yapoloq, qisqa bo’yli buyumlar yaratish bo’lib, uning yaratuvchilarini “Ko’zagarlar” deyiladi.
2-tur. Uzun bo’yli, bandli va cho’ziq bo’yli buyumlar yasash bo’lib, bunday ustalarni “Ko’zagarlar” deyiladi.
Kulolchilikni tokomillashuvi natijasida unda ishlab chiqariladigan buyumlar soni ortib, turlari ko’payib borgan. Shuning natijasida kulolchilikda turli mazmundagi o’yinchohlar, binolarni bezatish uchun rangli, koshin parchalari, ichimlik suvlari uchun quvurlar, qurilish devorlaridagi turli xil dekorativ kompozitsiyalar yaratish uchun maxsus, turli shaklidagi g’ishtlar (Ismoil Samoniy, Shoxi Zinda maqbaralar misolida) ishlab chiqariladigan bo’ldi.
Kulolchilik charxi - asosan ustki g’ildirak va ostki g’ildirak, ularni birlashtiruvchi o’q (bu vertikal tik holda bo’ladi), kulol usta o’tiradigan kursi, loy qo’yiladigan taxta-joy va ularni barchasini ushlab turadigan korpusdan tashkil topadi.
Yaratilgan buyumlar qurutilib xumdonlarda pishiriladi.
Umuman sopol buyumlar yasash texnologiyasi quyidagi mehnat jarayonida amalga oshiriladi.
-Dastlab sopol yasash uchun tuproq tanlanib, uni oftobda-quritiladi. So’ngra maxsus tegirmonda maydalanadi. Maydalangan tuproq maxsus elakdan o’tkaziladi va undan yasaladigan buyumni turiga ko’ra loy tayyorlanadi va uni maromiga yetkazib pishitiladi. Tayyor bo’lgan loydan yasaladigan buyumni hajmiga ko’ra zuvalalar olinadi. Bu zuvala loydan qo’lda yoki kulolchilik charxida buyum shaklii yasaladi.
Yasalgan buyum oftobda 4-5 soatlar chamasida quritiladi. Qurib tayyor bo’lgan buyumni silliq va sifatli bo’lishi uchun olovda chidamli oq yoki qizg’ish tuproqdan tayyorlangan “angop” deb ataladigan suyuqlikka chayib olinadi. Keyin xumdonda, 900 gradus issihlikda, 8 soat davomida pishirilib xompaz qilib olinadi. So’ngra unga badiy bezaklar beriladi.
Sopol buyumni tayyorlashni turli usullari mavjud:
-Agar buyumga bo’rtma yoki o’yma tasvir beriladigan bo’lsa, buyum angopda pishirib olingach tasvirlar tushuriladi va sirlanadi. Sirlangan buyum yana bir bor xumdonga qo’yiladi. Bunga issiqlik 700-800 gradusda beriladiki, bu sirni sopolga singib ketishini ta’minlaydi.
Kulolchilik buyumlarini bezash ham turlicha bo’ladi:
1-qalami - buyumga mo’y qalam bilan tasvir-naqsh tushurish;
2-tamg’a - rezinkadan maxsus tayyorlangan pechat-tamg’a bosish bilan naqsh va gullar, bezaklar berish;
3-chizma - buyum sirtini qirib, o’yib tasvir ishlash yoki bo’rtma tasvir yaratish kabi texnologiyalarda amalga oshiriladi.
Hozirgi davrda kulolchilik-faqat buyumlar yaratish bilan cheklanmay, qurilishlarda binolarni bezatish va jihozlashda, hatto sanoatning bir qator tarmoqlarida ham keng mazmunda qo’llanilmoqda.
Shunga ko’ra kulolchilik mahsulotlarining xom ashyosi ham ancha takomillashib, uning texnologiyalari ham o’zgarib bormoqda. Shu boisdan uning materiallarini tanlash, tayyorlash va ulardan foydalanishga ham alohida e’tibor berish zaruriyati tug’iladi.
Kulolchilikda eng asosiy masala (vazifa) sopol buyum uchun loy tayyorlash bo’lib, bu mintaqalar bo’yicha turli mazmunda amalga oshiriladi. Lekin ularning asosida bir jarayon yotadi, bu maxsus tuproq tanlash, uni loy qilishga tayyorlash va yasash.
Ular esa yaratiladigan buyumni mazmuni va mohiyatiga ko’ra klassifikatsiyalanadi:
- Yumshoq sopol buyumlar tayyorlash asosan tuproq va ohakli birikma bilan bajariladi. Chunki bu mahsulot materialining g’ovakligi anchagina yuqori bo’lib, u 19-22 % suv shimadi. Uning 1 kv.sm yuzasini sindirishga 60-200 kg kuch sarflanadi. Shu yuzani siqilishiga chidamligini 600-900 kg. kuchga to’g’ri keladi. Issiqlikdan kengayish 50-60 gradusga teng.
Tuproqli birikmadan turli xildagi kulolchilik buyumlari ishlab chiqaraveriladi. Ohak birikmani loydan esa turli xildagi qurilish va bezatish materiallari ishlab chiqiladi. Ular bino va pechlarni devorlariga qoplash uchun 400x220, 335x220, 240-220 mm. g’isht-plitalar-koshinlar tayyorlanadi. Ularning sirti g’ovakli, yersimon bo’lib, ularni maxsus pichoqlar bilan bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Bu plitalarning sirti oq yoki boshqa turli xildagi ranglarda bo’ladi. Ularga turli xildagi naqsh va gulli tasvirlar tushuriladi.
Kulolchilikdagi qattiq birikmani (fayansli) loydan tayyorlangan buyumlarni ko’pchiligi oq yoki g’oyat nafis ranglarda bo’ladi. Chunki ulardan ko’proq vanna, dush, umivalnik, bak va ovruzlarni ishlashda qo’llaniladi. Qattiq birikmali loydan tayyorlangan keramik plitalarning issiqlikdan kengayish koeffitsienti 70-80 gradus bo’lib, suv shimuvchanligi past bo’ladi. 1 kub.santimetr massaning og’irligi 2-2.5 grammgacha bo’lib, 1 sm3 yuzaning siqilishidagi mustahkamligi 1300 dan 1500 kg gacha, egilishi esa 400-500 kg oralig’ida bo’ladi. Issiqdan kengayish koeffitsienti 40-50 gradus kuchga ega bo’ladi.
Sopoldan ko’za tayyorlashning yana bir keng tarqalgan uslubi (G’urumsaroy uslubi) - tuproqni maydalab, elakdan o’tkazib, undan loy tayyorlanib, unga 4 soat ishlov beriladi. So’ngra uni salafanga o’ralib, 24 soat sahlanadi. Unga qamish guli-«tuzg’oh» qo’shiladi. So’ngra undan qo’lda yoki charxda shakli yasaladi. So’ngra shaklidagi kamchiliklar dazmolda tuzatiladi. Keyin huritib, xumdonda pishiriladi. 1-xompazdan so’ng «angop» beriladi. «Angop» dan so’ng, ya’ni «angop» qurigach buyum sirti bezatiladi. Kulolchilik buyumlariga beriladigan badiiy bezaklar asosan qora, ko’k va oq ranglarda beriladi.
Kulolchilik buyumlari rangini tayyorlash 3 xil uslubda amalga oshiriladi.
1-qora magil - ko’k rangni tayyorlash uchun misni kuydirib, uni unini elakdan o’tkaziladi. So’ngra uni 12 soat kuydiriladi, mis kulga aylanadi, so’ngra undan foydalaniladi.
2-qora rang - tog’dan qora toshni yig’ib, uni maydalab un holatiga keltiriladi. Unga suv qo’shib, kerakli o’rinlarga ishlov beriladi.
3-o’z asosi bo’yicha oq tuproqdan tayyorlangan «angop» bo’lib, unga suv qo’shib, unga buyumni choyib olinadi.
Kulolchilik buyumlarini tayyorlashda sopol loyihani tayyorlash va undan shakl yaratish eng asosiy vazifa bo’lib qoladi. Bu vazifa ham har xil metod va texnologik jarayonlarda amalga oshiriladi.
I-metod - bu qadimdan qo’llanib kelingan texnologiya bo’lib, bu suyuq moddani qo’yiladigan-shlekker tayyorlanadi. Unga namligi 31-32% ga ega
bo’lgan loy qiyomi quyiladi va belgilangan shakli olinadi.
Har bir hunarni uziga xos mashaqqatli va uziga xos sir-asrorlari bo’ladi. Qadimdan ota-bobolarimiz badiiy kulolchilik sirlarini va tajribalarini faqat uz shogirdlariga o’rgatib o’zga bolalarga o’rgatmaganlar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida kulolchilik sir-asrorlarini o’rganib har bir mahsulotni ayniqsa sifatiga, badiiyligicha, foydalanish qulayligiga va uning umrboqiyligiga alohida e’tibor berib kelganlar. Shuning uchun ular tayyorlagan oddiy sopol piyolasidan tortib Sharq me’morchligini bezab turgan koshinlarning umrboqiyligi Dunyo ahlini lol qoldirmoqda. Ha, bunga erishish uchun ota-bobolarimiz yuqori sifatli g’oyat chidamli hamda davr sinovlaridan o’tgan materiallardan keng foydalanib kelganlar. O’tmishda tuproqdan, kora chiroq, shamdon, sarxona jomashov, xum hamda ovqat pishiriladigan sopol idishlar tayyorlangan, lekin keyingi vaqtga kelib bularga ehtiyoj bo’lmagani uchun ular yo’qolib bormoqda. Hozir tovoq, guldon, lagan, piyola, tandir va boshqalar ko’p ishlab chiqarilmoqda. Kulolchilikda asosiy xom ashyo tuproqdir. Tuproqlarning sog’ tuproq, kora tuproq, ko’kimtir, qizil loykor turlari bo’ladi. Kulolchilikda ishlatiladigan loy uzning xususiyati va ishlatiladigan buyumiga qarab bir necha gruppalariga bo’linadi.
Loyi guldon – sershirali loy, bu loydan juda nozik guldonlar yasaladi. U elastik xususiyatiga ega bo’lib, jusha loyi ko’shilgan buladi.
Chinni loy yoki oq loy – yarimfoyans bo’lib, qoramtir loy oqtosh va ishqor qo’shilib tayyorlanadi. Bu loydan kosa piyola, lagan boshqalar tayyorlanadi.
Kesma koshin loy – o’tga chidamli qoramtir loydan, ya’ni gulvataga oq tosh yoki oq qum qo’shib tayyorlanadi. Undan har xil mozaikali koshinlar tayyorlanadi.
Koshin loy – shirachli loyga kvars qumi qo’shib undan har xil koshinlar tayyorlanadi.
Kosagar loy – patloy yoki tovoq loy deb xam yuritiladi. Bu loy sof tuproqqa qamish qozgonini aralashtirib tayyorlanadi. Undan yassi yuzali idishlar tayyorlanadi.
Ko’zaga loy – 60-70% plastik yog’li loy va 30-40% sof tuproqdan iborat bo’ladi undan xum, guldon, ko’za va boshqalar tayyorlanadi. Kulolchilikda shamod, gulvata, bo’yoqlar. Angob, charx, mo’yqalam, mola, katta mola, kichkina mola, sim, naqshin qolip, labgir, lagan qolip, pargor qalam, kojkord, taroq, taki qalam, xujmak, to’ppa va boshqalar ishlatiladi. Kulolchilikda loyni ustalar har xil texnologiyada tayyorlaydilar. Maxsus tuproqdan loy qilinib uni tepib mushtlab pishitiladi. Loyni nam matoga loy tayyorlaydigan xona bo’lib uyni ichki qismidan xovuzga o’xshash uncha chuqur bo’lmagan joy bo’lgan. Bu xovuz pishiq gishtdan to’shaladi. Loyni har kuni, ya’ni 20 kungacha suv sepib pishitilada va nam sholchani ustiga yopib qo’yiladi. Kerakligicha loyni tepib mushtlab pishitiladi. Loyni yulib olib stol ustiga urib-urib pishitiladi, shunda loy ichiga to’planib qolgan xovo yo’qotiladi. Agar loyda xovo qolib ketsa, idishni pechkada pishirganda o’sha bo’shliq yanada kattalashib idish teshik bo’lib qolishi mumkin. shuning uchun qancha ko’p loyni pishitilsa shuncha ko’p sifatili mahsulot olinadi. Kulolchilik charxida idishlar tayyorlanadi. Charx asosiy qurol bo’lib, u katta va kichik yog’och g’ildirakdan iborat buladi. Yog’och o’q bilan birlashtiriladi. Kulol charxining pastdagi katta g’ildiragini oyog’i bilan aylantirib turadi. Yuqoridagi gildirakka loy quyib undan idish tayyorlaydi. Tayyorlangan idish yaxshilab quritiladi. Chunki yaxshilab quritmasa keyin pechda yorilib ketishi mumkin. Quritilgan idishlarni xumda qizdiriladi. Sirlanadigan idishlar sirlanadi va xumdonda qizdiriladi. Qadimdan kulollar ma’lum idish yoki buyum bo’yicha ixtissoslashgan bo’ladi. Masalan, kosagar, tandirchi, ko’zagar va boshqalar deb yuritiladi. Xorazm badiiy kulol ustalari qadimda o’ziga xos texnologiyaga ega bo’lganlar. Ular koshin, badiya xum va boshqa kulolchilik mahsulotlari ustiga beriladigan sirni tayyorlash uchun yozning jazirama issiq
oylarida ko’xna Urganch tomonlaridagi qum etaklariga chiqib haftalab chogon o’simligini to’plab uni yoqib, kulini olib kelganlar.
Agarda u qoramtir tusda bo’lsa shu jarayon yana qaytadan davom ettiriladi. Hosil bo’lgan oq toshsimon ishgorni tegirmonda un holatiga ketirilib maydalanadi. Bu ishgor uniga yangi bug’doy unidan atala pishirib qozonda qorishtiriladi. Qozonga suv solinib bulg’ab suyuqlik xoliga keltiriladi. Hosil bo’lgan xomashyo tabiiy ishgor siri deb aytiladi. Tabiiy ishgor siridan tayyorlangan mahsulot yuziga cho’mich bilan beriladi. Pechda bu sir 1000-1200 daraja issiqlikda loyga shunday qorishib ketadiki u issiqlikka ham, sovuqda ham o’z xususiyatini yo’qotmaydigan bo’lib qoladi. Kulolchilikka xos bo’yoqlar tayyorlash ham o’ziga xos texnologiyaga ega.
Oq rang – bu rang oq tuproq gulvata va 11 % gacha oq toshni mayda qumini qo’shib tayyorlanadi. Uni aralashtirib atala holida tayyorlab buyum yuziga tekis suriladi va keyin naqsh chiziladi.
Yashil rang - miss kuyindisi kukuni qo’rg’oshin sir va o’tga chidamli tuproq, ya’ni gulvata qo’shib tayyorlanadi. Mis kukuni avval qizg’ish rangda bo’ladi. Xumdonda pishirilganda yashil rangga aylanadi.
Qora rang – qora rang 15% gulvata, margonet oksidi, lazur va qo’rg’oshin sirlarini qo’shib tayyorlanadi.
Sariq rang – yongan temir sok yoki mayda temir chiqindilaridan foydalanib temir kukuni miss qozonga solinadi va unga gulvata, qo’rgoshin siri hamda suv solib ezg’ilab tayyorlanadi.
Havo rang - lojvard, oq tosh yoki oq qum va gulvataga qo’shib tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |