Kulolchilikning hududiy rivojlanish bosqichlari. Ma’lumki kulolchilik san’ati-hunarmandchilikning bir turi bo’lib, u o’zbek xalq amaliy san’atining eng qadimgi va xalqning eng katta ijodiyoti sifatida ming yilliklar va asrlar osha rivojlanib, takomillashib kelayotgan san’atdir.
O’rta Osiyoning kulolchilik buyumlari eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklardan paydo bo’lganligi haqida arxeolog olimlar ilmiy-ashyoviy dalillar asosida ma’lumot va xulosalarini beradilar. Chunki, O’rta Osiyoning Enalit davri tadqiqotchilari ma’lumotlariga ko’ra eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklarda O’rta Osiyoda kulolchilik buyumlarini pishiriladigan xumdonlar va rangdor sopol buyumlarini ishlanish jarayonini ifoda etadigan ashyoviy dalillarni ko’plab topilgan. Qadimgi Xorazm arxeologik tadqiqoti ekspeditsiyasi boshlig’i arxeolog-olim S.Tolstovning ilmiy xulosalari «Kaltaminor madaniyati» ning «Tozabog’yob», «Suvyorg’on», «Amirobod» topilmalari eramizdan avvalgi III ming yillikka oid bo’lib, ular orasida bo’yalmagan va bo’yalgan Kulolchilik buyumlari borligini asoslaydi.
XIX-XX asrlarda Buxoro kulolchiligi yana noziklashdi, go’zallashdi. Bezaklar turli xil ranglarda berilib, ranglar jilosi ko’zga tashlanadigan bo’ldi. Hom-ashyo sifati ham, sopol ishlash texnologiyasi ham o’zgardi, takomillashdi.
Shuningdek, Zarafshonning Xisor, Yangob, Urgut, Shahrisabz kabi shahar-qishloqlarida kulolchilik ancha yaxshi rivojlandi.
Zarafshon kulollari sopol va keramika buyumlarini ishlab-chiqarishda yangidan-yangi texnologiyalarni qo’llashdi. Natijada, buyumlar g’oyat chiroyli, serhasham, jozibali, naqshinkor hilib ularni nafisligini ta’minladilar.
Keyingi davrlarda ham Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kulolchiligi o’z an’analarini va mavqeini saqlab qoldilar.
Toshkent vohasida ham ancha qadimdan xalq amaliy bezak san’ati, jumladan, uning kulolchilik san’atini rivojlan-ganligini arxeolog-olimlar asoslab berdilar.
Bu o’lkada joylangan shahar-qishloqlardan bundan 2000 yil avvalgi kulolchilik buyumlari topilgan. Arxeolog-olimlar: I.Veselovskiy, M.Maseon, Ya.G’ulomov, A.Asharov, U.Islomov, R.Sulaymonov, V.Bulatova kabilar olib borgan izlanishlar natijasida Toshkent va uning qishloqlaridan 700 dan ortiq manzilgohlar topilib, ularning ko’pchiligidan kulolchilik buyumlari topilgan. Toshkent va uning qishloqlarida kulolchilik barcha asrlarda rivojlanib, takomillashib kelgan. Bu o’lkada «Shosh», «Iloh», «Binkot», «Tunhat», «Xarashket», «Shuturkent» «Nujkat», «Xudaykent», «Chinozkent», «Isfitob», kabi nomlarda atalgan shahar-qishloqlar bo’lib, ularda o’z davri talabidagi kulolchilik buyumlari ishlab chiqilgan. Bu shaharlarda o’rta asrlarda ham kulolchilik juda yaxshi rivoj topganligi asoslab beriladi
V-VIII asrlarga oid suv ichiladigan kulolchilik buyumi Toshkent vohasidan ham topilgan. IX asrga oid sopol siyoxdon Binkatdan topiladi.
Buxoro, Samarqand kulolchilik maktablarini o’ziga xos tomonlarini G’ijduvon kulolchiligi o’zida to’la ifoda etadi. G’ijduvon kulolchiligi maktabi buyumlarining shakli, tuzilishi va bezatilishi jihatidan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Urganch, Denov kulolchilik maktablariga o’z ta’sirini o’tkazib keladi. Lekin buyumlarni bezatishda G’ijduvon va Shaxrisabz kulollari mo’yqalam (qalami) uslubida ishlasalar, Ugrut va Denov kulollari «chizma» uslubda, ya’ni chizma naqshlar uslubida ijod qiladilar.
G’ijduvon buyumlarida uzluksiz-islimli naqshdan ko’proq foydalanadilar. Bu kompozitsiyalarda jiyda guli, bodom, no’xot mevasi, bodom bargidan ko’proq foydalanadilar. G’ijduvon bezaklarida rang uyg’unligiga alohida e’tibor beradilar.
Shahrisabz kulolchiligi ham Zarafshon kulolchiligi an’analari asosida ishlasa ham, buyumlarning texnik qurilishi, shakli tuzilishi va ularni bezatilishiga
ko’ra o’ziga xos yaxlitlik yaratadi. Shahrisabz kulolchiligida ilonizi, zanjira va hushmarak kabi grix uslubiga yaqin bezaklar ham uchrab turadi.
Xorazm, Xiva kulolchiligi maktablarida sopol buyumlarini shaklii, tuzilishi va texnologik holatlariga ko’ra boshqa maktablardan o’ziga xos talablarda farqlanadi.
Xorazm kulolchiligida ko’proq chuqur tovoq, likop, tarelkalar ishlashda o’ziga xos alohida talablar qo’yiladi. Buyumlarni bezatilishida ham grix, ham islimidan va ham aralash turlaridan o’ziga xos maqomda ijodiy foydalanadilar. Buyumlar bezagida geometrik shaklilar, o’simlik barglari, shuningdek ayrim kompozitsiyalarda qush va hayvonlar tasviridan ham unumli foydalanadilar. Bugungi kunda Xorazm kulolchiligini asosan «Modar» va «Kattabog’» kulolchilik markazlari yuksak e’tiqod bilan ijodiy kamoloti yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda.
Xiva kulolchiligi Xorazm kulolchiligi san’ati an’analarini o’zida mujassam etgan holda rivojlanib keladi. O’rta asrlarda Xiva shahri qurilishi avj oladi. XVII-XIX asrlarda bunyod etilgan Ichanqal’a qurilishida kulolchilik va keramika asosiy bezak vositasi bo’ladi. Shuningdek, shahar qurilishida sopol quvurlar, yassi plitalar, koshinlar va g’isht parchinlar ko’plab binolarni qurilishi, bezatilishida qo’llanildi.
Xiva kulollari turli xildagi idish-tovoqlar; ko’za, xum va xumchalarni yasash va ko’rishda har xil shaklilarni o’zlashtirib, ularni bezashda mayda tursimon, to’g’ri chiziq, yon ko’rinishidagi guruhlarga mansub bo’lib, ularni asosini to’g’ri va siniq chiziqlar ilon izi va oddiy geometrik shakllardan iborat bo’lgan xolda, ayrim o’rinlarda gul bog’lami, barg va shoxcha, nuqtachalardan foydalanilganliklari kuzatiladi.
Xullas, Xorazm kulolchiligi Kaltaminor madaniyati davridan - (eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklar) boshlanadi-ki, bu O’rta Osiyoning eng qadimgi sopol idishi hisoblangan. Anashu qadimgi kulolchilik san’ati rivojlanib takomillashib, bugungi Xorazm, Surxon, Zarafshon va Farg’ona kulolchiligi san’ati mazmunida ifodalanadi.
Bugungi O’zbekiston kulolchiligi tobora takomillashib kelgan holda o’zining yangidan-yangi keramika, fayansli, chinni birikmalarigacha rivojlanib, keng xalq ommasiga, me’morchilik-qurilishlarga, sanoatga va xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga zaruriy buyumlarni eng arzon va eng mukammal holatda yaratib bermoqdalar.
Shularga ko’ra kulolchilik san’ati ustalari-rassomlari o’z ijodlarida an’anaviy uslublarni qayta tiklash bilan birga yangi talqindagi noan’anaviy uslublarda ijod qilishga ham kirishmoqdalar.
1991-2005 yillarda juda ko’plab rassomlar noan’anaviy kulolchilik san’ati asarlarini yaratdilar.
1996 yili Toshkenttda Noan’anaviy kulolchilik san’ati bo’yicha «Buyuk ipak yo’li XX asr: yangi falsafa» mavzusida o’tkazilgan xalqaro simpoziumi va uning yakunidagi ko’rgazmada Sharq bilan G’arb madaniyatini, aniqrog’i kulolchilik san’atini uchrashuvi bo’ldi. Bu ko’rgazmada O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Frantsiya, Latviya va Shveytsiya kabi mamlakatlarni zamonaviy, noan’anaviy asarlari bilan qatnashgan rassomlar ijodida ko’rindi-ki, bu asarlarda zamon san’ati, madaniyati yutuqlari va falsafiy dunyosi ifoda etilgan.
Ko’rgazmada namoyish etilgan O’zbekistonlik kulol-rassomlardan N.Qo’ziyeva, X.Mirzayeva, SH.Muminova, S.Smolyankov, X.Xudoyberdiyev, B.Gulov asarlari zamon ruhi bilan, yangi dunyoviy san’at falsafasini ifoda etilgani kuzatiladi.
Samarqandlik kulol usta X.Xudoyberdiyevning «Saraton» kompozitsiyasida Osiyo yozining g’oyat kuchli harorati, qumli dashtliklar, o’lkamizning an’anaviy loy suvoqli uylari vositasida o’ta kuchli falsafiy mushohadaga boshlaydi.
Toshkenttlik kulol-rassom X.Mirzaevaning «Soat» mavzusidagi badiiy-kompozitsiyasida esa odam zotiga g’oyat zarur bo’lgan vaqtning shiddatli va to’xtamas qadami. Ulkan qum soati mazmunida, ramziy holatda ifoda etiladi. Bu asar tomoshabinni mantiqiy fikrlashga chorlaydi. Bu ko’zga ko’rinmas bo’shliqni shamotning bir qismi vositasida anglab olishga imkon beradi. Shular hatorasiga N.Qo’ziyevaning «Erkak va ayol», S,Smolyakovning «Zamin xotirasi», B.Gulovning «Chanhovuz», Sh.Mo’minovaning «Voha» kabi asarlari ham tamoshabinni falsafiy fikr yuritishga undaydi. Bu asarlar o’zlarining hajmi, qurilishi, shaklii, tuzilishi, rang tusi va kompozitsiyasidan qat’iy nazar rassom ular zamirida xalqi-mizning milliy ma’naviy dunyosini tarixiy-taraqqiyoti, urf-odatlari, aqlu-zakovati va san’ati-madaniyatini ilmiy asosda, ijodiy muhitda, obrazli tasvirlarda ifoda etadi.
Buxorolik kulol B.Gulovning «Chanqovuz» asarlari o’tmishda suv uchun qo’llanib kelingan ko’zani o’ziga xos tasviriy holatini yaratadi. Asarda ko’zani bosh qismini osmonga cho’zilgan holatidagi ikki qomati orasida musiqa asbobini o’sib chiqqan holati tasvirga olinadi. Rassom bu asarni yaratishda qochirimlarga boy xalq madaniy me’rosidan foydalanadi. Asardagi afsonaviy mahluqni ertaklar ruhidagi badiiy naqsh va shakli, tasvirlar bilan bezaydi.
So’nggi yillarda amaliy san’atga bag’ishlab o’tkazilayotgan «O’zbekiston hunarmandchiligi buyumlari» ko’rgazmalarida namoyish etilayotgan noan’anaviy kulolchilik buyumlari ham tobora ko’payib bormoqda.
Ular orasida M.Mirkarimning «Laganlar», L.Kozlovaning «Bayram», «Shodlik», «Afsonadagi qiz»kabi asarlari ham yil fasllari, odamlarning dunyoqarashlari, afsonaviy motivlar asosida ifoda etilgan.
Amaliy san’at ko’rgazlarni kuzatar ekanmiz, ularda mamlakatimiz kulol ustalarini noan’anaviy uslublarda yaratilgan san’at asarlarida mavzularning rang-barangligi, asarning yaratilishi, materiallari, syujetlarini zamon talabiga mosligini
ko’rish bilan ijodning yangi, noan’anaviy xarakterini anglab olasiz.
Kulolchilik san’ati bo’yicha ijodkor maktablar: Rishton, G’ijduvon, G’urumsaroy, Xorazm, Samarqand kabi kulolchilik markazlari an’anaviy texnologiya va uslublarni ham tobora takomillashtirib, yangidan-yangi, g’oyat kuchli badiiy mazmunga ega bo’lgan san’at asarlarini yaratmoqdalar-ki, ular oldidan tomoshabin keta olmay, undagi g’oyat nozik, nafis, bejirim bezak kompozitsiyalariga maxliyo bo’layotganini ko’rasiz.
Hozirgi zamon kulolchiligining noan’anviy texnologiya va uslubida yaratilgan asarlar tomoshabinni mantiqiy tafakkurga, falsafiy mushohadaga boshlasa, an’anaviy milliy kulolchilik, qadriyatimiz va an’analarimizga hurmat, ehtirom, ota-bobolar san’atiga ta’zimga chorlaydi. Mustaqillik yillarida yaratilgan: M.Rahmatovning «Ho’shquloqli ko’za» (G’urumsaroy), M.Turopovning «Lagan» (G’urumsaroy), Sh.Yusupovning «Lagan» (Rishton), Alisher va Abdullo Narzullayevlarning «G’ijduvon sopol buyumlari» (G’ijduvon), A.Rahimov «Xumcha» (Toshkentt), M.Nazirovning «Ko’za» (Samarhand), A.Matchonovning «Bodiya-Lagan» (Xorazm), B.Barotboyevning «Laganlar» (Qo’qon) kabi zamonaviy motivlarda an’anaviy uslublarda yaratilgan bu asarlari o’zining materiali, konstruktsion shaklii-shamoyili va ularni yaratishdagi sir, bezak, tasvir kompozitsiyasi, rang va bo’yolardagi ham an’anaviy, ham noan’anaviy texnologiyani uyg’unligi ham buyumlar badiiy ustunligini ta’minlaydi.
Badiiy kulolchilik sharqning eng qadimiy va navqiron san'atidir. Uning tarixi, jahon madaniyatidagi o’rni va ahamiyati. Neolit va epolit davridagi kulolchilik san'atining rivojlanishi. VII-XII asrlarda O’rta Osiyoda, XIV asrda A. Temur davrida san'at-madaniyatning ravnaq topishi. XIX asrda Samarqand, Buxoro, G’ijduvon, Shaxrisabz, Toshkent, Rishton kabi joylarda kulolchilik markazlari bo’lishi. hozirgi kunda kulolchilik san'atining rivoji. Kulolchilik qora loydan mo’'jizakor go’zallik yaratgan Sharqning eng qadimiy va navqiron san'atidir. Bu qora loy saxovat va halollik ehtiyojini o’z zimmasiga olgan
farovonlik, to’kinlik, rizq-ro’zi, go’zallikni eng oliy ko’rinishi san'atining zaminidir.
Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar shug’ullanadi. Ular o’ziga xos tomonlari bilan bir-biridan farq qiladi. O’zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an'analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o’ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlar sodda bo’lsada, uning ko’rinishi qismlarining aniqligi, mutanosibligi, saqlanishi, naqshlarning badiiy joylashishi, shakl va mazmunning birligi, uyg’unligi o’zbek kulollarini jahonga tanitib kelmoqda. Kulolchilik hunari loydan piyola, kosa, tovoq, ko’za kabilarni tayyorlaydigan soha bo’lib, u uzoq tarixga ega. Maxsus tuproqni o’ta qizdirganda toshsimon bo’lib pishishini, undan har xil idishlar tayyorlashni odamlar juda qadimdan bilganlar. Ular avval loydan idishlar yasab gulxanda qizdirib pishirganlar. Tuproq jahonning hamma yerlarida bo’lgani uchun kulolchilik keng tarqalgan bo’lib, dastlab bu hunar bilan ayollar shug’ullanganlar. Kulolchilik tarixi miloddan avvalgi 3 ming yillikning boshlarida ixtiro qilingandan keyin kulolchilik bilan erkaklar shug’ullana boshlaganlar. Keyinchalik loydan yasalgan idish-tovoqlarni maxsus o’choq hamda xumdonlarda pishirganlar. Neolit davrida idishlarning tagi uchlik qilib yasalib yerga sanchib ho’yilgan. Enolit davrida esa Sharq mamlakatlarida hamda qadimgi Gresiyada nafis kulolchilik idishlari rivoj etgan va me'morchilikda sopoldan foydalana boshlashgan. VIII-XII asrlarda kulolchilik O’rta Osiyoda yaxshi rivojlangan. Buni Afrosiyob va O’rta Osiyo mamlakatlaridan topilgan kulolchilik buyumlari isbotlab berdi. O’sha davrda O’rta Osiyo madaniyati tez sur'atda rivojlandi. Yangi ko’tarilish davri bo’ldi. Ko’pgina olim, yozuvchi va mutafakkirlar yetishib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |