O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi


Kulolchilik buyumlari va ularning turlari



Download 11,44 Mb.
bet20/60
Sana13.07.2022
Hajmi11,44 Mb.
#786300
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Bog'liq
badiy kulol

Kulolchilik buyumlari va ularning turlari. Sopol, chinni, koshin buyumlar va ularning bir-biridan farqi. Xumdon, tandir, ko`za, guldon, lagan, kosa, nimkosa, piyola, likopcha, choynak, oftoba hamda o`yinchoqlar.
Sopol va chinni qadimiy, murakkab san`at turlari hisoblanadi. Bu borada O`zbekiston, amaliy-bezak san`ati shu yo`nalishdagi yutuqlari bo`yicha dunyoda birinchi o`rinlarda turadi desak mubolag`a bo`lmaydi.
O`zbekiston kulolchiilgi va amaliy san`atning boshqa turlari ham Rossiya orqali Evropaga tarqaldi. Bizdagi ma`lumotlar Xitoy ma`lumotlari bo`lib ishlab chiqilgan joydagi buyum va uning bo`laklaridan tekshirilgan. 1958 yildan so`ng Xitoy arxeologlari turli provintsiyalarda turli davrga oid kulolchilik pechlari topilgan.
Shan davri pechlari Xenandan, Sun pechlari – Futszyandan topilgan. Tszindechjenda chinni ishlab chiqarishning asosiy markazi bo`lib, chinni muzeyi tashkil qilingan, u esa Xitoyga, Saksoniya uchun Drezden muzeyi kabi, Frantsiya uchun Sevr muzeylari kabi o`rin egallagan. Chinni eksporti asosan Luntsyuanni buyumlari muhim hisoblanadi.
Xitoyning qadimgi sopol buyumlari neolit davriga borib taqaladi. Shan davridan haqiqiy Xitoy kulolchiligining rivoji boshlanadi.
Shan poytaxti An`yandagi qazilma ishlari buyumlarning bir necha turlarini aniqlaydi: qo`pol loydan ishlangan kulrang idishlar, kundalikda foydalanish uchun Tsichjoudan keltirilgan yupqa loydan ishlangan oq rangli buyumlar qimmat idishlar sifatida foydalanilgan. Bu davrga oid turli idishlar topilib, qo`lda yoki kulolchilikka oid dastgohda ishlangan. Ularning ayrimlari geometrik yoki uslubiylashtirilgan bezaklar bilan bezatilib, bu davrning bronza idishlariga yaqin bo`lgan.
Chjou davlati davridan badiiy ahamiyati jihatidan pastroq bo`lgan kulrang loydan ishlangan buyumlar saqlanib qolgan. Ularning ayrimlari geometrik shakllar bilan bezatilib loy yumshoqligi paytida mato bo`laklari yoki to`qilgan buyum yordamida izi tushurilgan. Boshqa ishlarda esa bronza buyumlariga taqlid yaqqol namoyon bo`lgan. Bu davrga oid yana bir shakl saqlanib, u bronza buyumlarini tayyorlashda qo`llanilgan - uch oyoqli idish “li” bo`lib unda ovqat tayyorlashgan.
Xan` sulolasi boshlanishida yuqori madaniyat davrini kuzatamiz. Kulolchilikda u sirlashni qo`llanganligi bilan mashxurdir. Bu madaniyatni xitoyliklar klassik deb nomlashadi va ikkita sulolaga bo`lishadi: G`arbiy Xan` (Chan`an` poytaxti bilan) er.av. 206 yildan eramizning 8 yiligacha, Van Man xukmronligi egallagandan so`ng – Sharqiy Xan` (Loyan poytaxti bilan eramizning 25 yildan 220 yiligacha). Bu davrda Shimoliy Koreya va Tonkin egallab Rim imperiyasi bilan dengiz yo`li orqali aloqa boshlangan edi.
Xan` kulolchiligi – bu faqatgina bo`yalgan loy idishi emas, balki buyum sirlangan qo`rg`oshinli qorishma bilan qoplanib mis eritmasi bilan bo`yalgan va go`zal yashil rangga erishilgan. Bu davrga xos idishlar shakllarining yuqori qismi engil rel`efli frizlar bilan bezatilib, dinamik chizmalar mavjud bo`lgan. Xan` sopol buyumlarida sirlangan buyumlar ko`p uchraydi.
Qabrlarga me`moriy bezak elementlari va haykalchalar qo`shib ko`milgan. Me`moriy elementlar orasida shtamp orqali bajarilgan geometrik yoki o`simliksimon shaklda ishlangan hayvonlarning ramziy tasviri ishlangan.
Terrakotadan ishlangan figurachalar odamlar, hayvonlar, buyumlar o`rniga ishlangan kichik “modellar” bo`lib, haykalchalar mayidga u dunyoda ham bu dunyodagi kabi xursandchiliklar keltirsin degan maqsadda xizmat qilishlari uchun mayid bilan qo`shib ko`milgan. Bu kabi turli haykalchalar ko`rinishlari (minora, uy, quduqlarni) tasvirlab, Xan` sulola me`morchiligi xaqida kerakli ma`lumotlar beradi. Turli hayvonlardan otlar, itlar, o`rdak va boshqa qushlar juda aniqlik va jonli tasvirlangan.
Odam figuralari orasidan birlari mag`rur bo`lsa boshqalari xarakatga boy o`yinchilar, akrobatlar bo`lib o`likni xursand qilish uchun ishlangan. Bu kichikkina dunyocha bizning ko`z oldimizda birinchi Xitoy imperiyasi xaqida ma`lumot beradi. Bundan so`ng to`rt yuz yillar davom etgan bo`linishlar urushlar davri boshlanadi va bu davr haqida juda kam ma`lumotlar beradi. Bu davrda “yue” kulolchiligi paydo bo`lib, protoforfor bo`lishi mumkin. Topilgan yashil va jigarrang sirlangan buyumlar Xan` davriga oid bo`lishi ham mumkin.
Sianda olib borilgan qazilma ishlarida imperator qabridan topilgan oq chinnidan ishlangan birinchi buyumlar 608 yilga oid. Tan davri xorijiy davlatlar bilan aloqalar rivoji va san`atdagi kosmopolitikligi bilan belgilanadi.
Kulolchilikda Reya (Eron) Samarra (Messopotamiya) va Fustat (Misr) da topilgan Tan idishlari orqali boshqa davlat ta`sirlari sezilgan. Bu davrda sirlangan “san`-tsoy” buyumlari uch xil - sariq, yashil va ko`k rangli naqshlar oq fonda marmarga o`xshash jigarrrang ornamentli buyumlar ajralib turgan. Bu davrda oq xiraroq chinni paydo bo`lgan. Bu chinni va zaytun rangi Tsichtoudan topilib, ko`prangli buyumlarning mashhurligidan dalolat beradi. Bu davrda ham ko`mish uchun ishlagan figuralar yosh chiroyli musiqachi va raqqosa ayollarni tasvirlab, keyingi asrlarda bunga o`xshash haykalchalar ko`p ishlangan.
Sun davri adabiyot, rangtasvir va kitob bosmasi bilan boshlanadi hamda kulolchilik san`ati ham muhim joy egallaydi. Bu davrda turli va oliy navli sopol ishlab chiqarish va ularning markazlari qisman aniqlandi. Bir rangli buyumlarga qiziqish ortadi. Rassomlar va bilimdonlar plastikani va sifatni baholashdi natijada ornament o`z ahamiyatini yo`qotdi. Konturlar oddiylashdi, ranglar mayinlashdi. Bir buyumni o`zidayoq rang to`qlikdan ochlikka o`tishi kuzatiladi.
Din pechlari buyumlari oq emal bilan qoplanib, fil suyagi rangini beradi, Luntsyuandagi yashilsimon “seladon” larni misol qilish mumkin.
Xitoyda Min sulolasi xukmronligi (1368-1644) davrida kulolchilikning uyg`onishi yuz beradi. Me`morchilikda sirlangan g`ishtlar va cherepitsaalr qo`llanildi, chinni juda ko`p ishlab chiqarildi. Tszindechjenda kaolin makoni ochilishi bois imperator manufakturasi vujudga keldi. eslatish joizki, chinni ikkita qorishmadan ya`ni Petuntszedan – u yuqori temperaturada eriydigan va olovga chidamli kaolindan tayyorlanadi va u buyumni oppoq etib ko`rsatadi. Ularning birlashuvi 1300 0 temperaturada yuz beradi.
Texnik yangiliklar Min davri oq shaffof chinni ishlab chiqishni kiritdi. Monoxromlik o`rniga rango ranglik egalladi.Man`chjur sulolasi TSin davrida kulolchilik tarixida Kansi (1662-1722), YUn-chjen (1723-1736) va TSyan` – Lun (1736-1796) xukmronligida keng yoyildi. Tszindechjenda uch ming dona pech bo`lib maxsulot yuz minglab ishlab chiqarildi.
Frantsiyaning birgina Lorian shahrida 1723 yili 350.000ga yaqin mahsulot sotilgan. Bu davr XVIII asr mashxur kuloli Tan Inning faoliyati bilan bog`liq. Bu davrda kobal`t asosda sapfir – ko`k maxsulotlari ishlb chiqarish yuqori cho`qqiga erishdi. eksport uchun mo`ljallangan chinnidan tayyorlangan “tuxum po`stlog`i” idishlarini eslatib o`tish joiz – bu texnik mukammallik va noziklik namunasidir. Dunyoga shuncha durdonalar berib, Xitoy chinnisi o`z yo`lida goh cho`qqiga erishdi goh sinib keldi.
O`zbekiston, amaliy-bezak san`ati shu yo`nalishdagi yutug`lari bo`yicha dunyoda birinchi o`rinlarda turadi desak mubolag`a bo`lmaydi. O`zbekiston kulolchiilgi va amaliy san`atning boshqa turlari ham Rossiya orqali Yevropaga tarqaldi. Bizdagi ma`lumotlar Xitoy ma`lumotlari bo`lib ishlab chiqilgan joydagi buyum va uning bo`laklaridan tekshirilgan. 1958 yildan so`ng Xitoy arxeologlari turli rovinsiyalarda turli davrga oid kulolchilik pechlari topilgan. Shan davri pechlari Xenandan, Sun pechlari - Fuszyandan topilgan. Szindechjenda chinni ishlab chiqarishning asosiy markazi bo`lib, chinni muzeyi tashkil qilingan, u esa Xitoyga, Saksoniya uchun Drezden muzeyi kabi, Fransiya uchun Sevr muzeylari kabi o`rin egallagan. Chinni eksporti asosan Lunsyuanni buyumlari muhim xisoblanadi. Xitoyning qadimgi sopol buyumlari neolit davriga borib taqaladi. Shan davridan xaqiqiy Xitoy kulolchiligining rivoji boshlanadi.
Shan poytaxti Anyandagi qazilma ishlari buyumlarning bir necha turlarini aniqlaydi: qo`pol loydan ishlangan kulrang idishlar, kundalikda foydalanish uchun Sichjoudan keltirilgan yupqa loydan ishlangan oq rangli buyumlar qimmat idishlar sifatida foydalanilgan. Bu davrga oid turli idishlar topilib, xo`lda yoki kulolchilikka oid dastgohda ishlangan. Ularning ayrimlari geometrik yoki uslubiylashtirilgan bezaklar bilan bezatilib, bu davrning bronza idishlariga yaqin bo`lgan.
Chjou davlati davridan badiiy ahamiyati jihatidan pastroq bo`lgan kulrang loydan ishlangan buyumlar saqlanib qolgan. Ularning ayrimlari geometrik shakllar bilan bezatilib loy yumshoqligi paytida mato bo`laklari yoki to`qilgan buyum yordamida izi tushurilgan. Boshqa ishlarda esa bronza buyumlariga tahlid yaqqol namoyon bo`lgan. Bu davrga oid yana bir shakl saqlanib, u bronza buyumlarini tayyorlashda qo`llanilgan - uch oyoqli idish "li" bo`lib unda ovqat tayyorlashgan.
Xan sulolasi boshlanishida yuqori madaniyat davrini kuzatamiz. Kulolchilikda u sirlashni qo`llanganligi bilan mashxurdir. Bu madaniyatni xitoyliklar klassik deb nomlashadi va ikkita sulolaga bo`lishadi: Xarbiy Xan (Chan`an poytaxti bilan) er.av. 206 yildan eramizning 8 yiligacha, Van Man xukmronligi egallagandan so`ng - Sharqiy Xan (Loyan poytaxti bilan eramizning 25 yildan 220 yiligacha). Bu davrda Shimoliy Koreya va Tonkin egallab Rim imperiyasi bilan dengiz yo`li orqali aloqa boshlangan edi.
Xan kulolchiligi - bu faqatgina bo`yalgan loy idishi emas, balki buyum sirlangan qo`rg`oshinli qorishma bilan qoplanib mis eritmasi bilan bo`yalgan va go`zal yashil rangga erishilgan. Bu davrga xos idishlar shakllarining yuqori qismi yengil relefli frizlar bilan bezatilib, dinamik chizmalar mavjud bo`lgan. Xan sopol buyumlarida sirlangan buyumlar ko`p uchraydi. Qabrlarga me`moriy bezak elementlari va haykalchalar qo`shib ko`milgan. Me`moriy elementlar orasida shtamp orqali bajarilgan geometrik yoki o`simliksimon shaklda ishlangan hayvonlarning ramziy tasviri ishlangan. Terrakotadan ishlangan figurachalar odamlar, hayvonlar, buyumlar o`rniga ishlangan kichik "modellar" bo`lib, haykalchalar mayidga u dunyoda ham bu dunyodagi kabi xursandchiliklar keltirsin degan maqsadda xizmat qilishlari uchun mayid bilan qo`shib ko`milgan. Bu kabi turli haykalchalar ko`rinishlari (minora, uy, huduqlarni) tasvirlab, Xan sulola me`morchiligi xahida kerakli ma`lumotlar beradi. Turli hayvonlardan otlar, itlar, o`rdak va boshqa qushlar juda aniqlik va jonli tasvirlangan. Odam figuralari orasidan birlari mag`rur bo`lsa boshqalari xarakatga boy o`yinchilar, akrobatlar bo`lib o`likni xursand qilish uchun ishlangan. Bu kichikkina dunyocha bizning ko`z oldimizda birinchi Xitoy imperiyasi xaqida ma`lumot beradi.
Bundan so`ng to`rt yuz yillar davom etgan bo`linishlar urushlar davri boshlanadi va bu davr haqida juda kam ma`lumotlar beradi. Bu davrda "yue" kulolchiligi paydo bo`lib, protoforfor bo`lishi mumkin. Topilgan yashil va jigarrang sirlangan buyumlar Xan davriga oid bo`lishi ham mumkin. Sianda olib borilgan qazilma ishlarida imperator qabridan topilgan oq chinnidan ishlangan birinchi buyumlar 608 yilga oid.
Tan davri xorijiy davlatlar bilan aloqalar rivoji va san`atdagi kosmopolitikligi bilan belgilanadi. Kulolchilikda Reya (Eron) Samarra (Messopotamiya) va Fustat (Misr) da topilgan Tan idishlari orqali boshqa davlat ta`sirlari sezilgan. Bu davrda sirlangan "san-soy" buyumlari uch xil - sariq, yashil va ko`k rangli naqshlar oq fonda marmarga o`xshash jigarrrang ornamentli buyumlar ajralib turgan. Bu davrda oq xiraroq chinni paydo bo`lgan. Bu chinni va zaytun rangi Sichtoudan topilib, ko`prangli buyumlarning mashg`urligidan dalolat beradi. Bu davrda ham ko`mish uchun ishlagan figuralar yosh chiroyli musiqachi va raqqosa ayollarni tasvirlab, keyingi asrlarda bunga o`xshash gaykalchalar ko`p ishlangan.
Sun davri adabiyot, rangtasvir va kitob bosmasi bilan boshlanadi hamda kulolchilik san`ati ham muhim joy egallaydi. Bu davrda turli va oliy navli sopol ishlab chiqarish va ularning markazlari qisman aniqlandi. Bir rangli buyumlarga qiziqish ortadi. Rassomlar va bilimdonlar plastikani va sifatni baholashdi natijada ornament o`z ahamiyatini yo`qotdi. Konturlar oddiylashdi, ranglar mayinlashdi. Bir buyumni o`zidayoq rang to`qlikdan ochlikka o`tishi kuzatiladi. Din pechlari buyumlari oq emal bilan qoplanib, fil suyagi rangini beradi, Lunsyuandagi yashilsimon "seladon" larni misol qilish mumkin.
Xitoyda Min sulolasi xukmronligi (1368-1644) davrida kulolchilikning uyg`onishi yuz beradi. Me`morchilikda sirlangan hishtlar va cherepisaalr qo`llanildi, chinni juda ko`p ishlab chiqarildi. Szindechjenda kaolin makoni ochilishi bois imperator manufakturasi vujudga keldi. Eslatish joizki, chinni ikkita qorishmadan ya`ni Petunszedan - u yuqori temperaturada eriydigan va olovga chidamli kaolindan tayyorlanadi va u buyumni oppoq etib ko`rsatadi. Ularning birlashuvi 1300 0 temperaturada yuz beradi.
Texnik yangiliklar Min davri oq shaffof chinni ishlab chiqishni kiritdi. Monoxromlik o`rniga rango ranglik egalladi.Manchjur sulolasi Sin davrida kulolchilik tarixida Kansi (1662-1722), Yun-chjen (1723-1736) va Syan - Lun (1736-1796) xukmronligida keng yoyildi. Szindechjenda uch ming dona pech bo`lib maxsulot yuz minglab ishlab chiqarildi.
Fransiyaning birgina Lorian shaxrida 1723 yili 350.000 ga yaqin maxsulot sotilgan. Bu davr XVIII asr mashxur kuloli Tan Inning faoliyati bilan bog`liq. Bu davrda kobalt asosda sapfir - ko`k maxsulotlari ishlb chiqarish yuqori cho`qqiga erishdi. Eksport uchun mo`ljallangan chinnidan tayyorlangan "tuxum po`stlog`i" idishlarini eslatib o`tish joiz - bu texnik mukammallik va noziklik namunasidir. Dunyoga shuncha urdonalar berib, Xitoy chinnisi o`z yo`lida goh cho`qqiga erishdi goh sinib keldi.



Download 11,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish