- 849 -
TUZILISHIDA β-LAKTAM HALQASIGA EGA BO‘LGAN BOSHQA
ANTIBIOTIKLAR
Karbapenemlar
Bu guruhga yuqori faollikka ega bo‘lgan ta'sir
spektri keng yarim
sintetik antibiotik – imepenem mansub. U
Streptomyces cattleya
ishlab chiqaruvchi
tienamitsin hosilasidir. Ko‘pgina aerob va anaerob bakteriyalarga qarshi
samarador. Hujayra devorining sintezini susaytirganligi sababidan bakteriotsid
ta'sir ko‘rsatadi. β-laktamaza ta'siriga
chidamli, ammo buyrakning proksimal
naychalarining degidropeptidaza-1 fermenti ta'sirida parchalanadi. Shu sababli
peshobda dori vositani konsentratsiyasi past bo‘ladi. Bunday holatni bartaraf etish
maqsadida degidro- peptitaza-1 fermentining ingibitori sintezlangan - S i l a s t a t i
n nomi bilan atalgan. Hozirgi vaqtda imipenem
silastatin bilan birgalikda
qo‘llanmoqda. Ana Shunday dori vositalardan biri – tienam (primaksin)
hisoblanadi. Uni tomirga har 6 soatda kiritiladi. Me'da-ichak traktidan imipenem
so‘rilmaydi. Noxush ta'sir sifatida ko‘ngil aynash, qayt qilish, trishish,
allergik
reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Karbapenemlar guruhiga meropenem (meronem)
antibiotigi ham mansub. Imipenemdan digidropeptidaza-1 ta'siriga yuqori darajada
turg‘unligi bilan farq qiladi, Shu sababli ushbu ferment ingibitori bilan birgalikda
qo‘llash zaruriyati yo‘q. Ko‘pgina β-laktamazalar ta'siriga chidamli. Ta'sir
mexanizmi, antimikrob ta'sir spektri va xarakteri bo‘yicha imipenemga o‘xshash.
t
½
≈1,5c. Tahminan 2% qon zardobi oqsillari bilan bog‘lanadi. To‘qima
to‘siqlaridan yaxshi o‘tadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan (≈98%) buyrak
orqali ajraladi. Turlicha joylashgan og‘ir infeksiyalarda: pnevmoniya, peritonit,
meningit, sepsislarda qo‘llaniladi.
Ba'zi karbapenem va monobaktamlarning kimyoviy tuzilishi
Surunkali bakterial bronxitni zo‘rayishida, peshob yo‘llari,
teri va ularning
o‘simtalarining asoratsiz infeksiyalarida ham dori vosita qo‘llashga ko‘rsatma
berilgan. Har 8 yoki 12soatda mushak va tomirga kiritiladi. Noxush ta'sir
sifatida
allergik reaksiyalar, kiritilgan joyda yallig‘lanish, dispepsik o‘zgarishlar,
leykopoezni qaytar buzilishi, bosh og‘rig‘i, disbakterioz bo‘lishi mumkin.
- 850 -
Monobaktamlar
Bu guruhga
Chromobacterium vialaceum
kulturasidan
ajratib olingan
aztreonam mansub.
Klebsiella, Pseudomonas, Serratia
guruhlariga
mansub qator
gramm manfiy bakteriyalar ishlab chiqaruvchi β-laktamzalar ta'siriga chidamli.
Gramm musbat bakteriyalar va anaeroblarga u ta'sir etmaydi. Hujayra devori
sintezini susaytirganligidan bakteriotsid ta'sirga ega. Aztreonam parenteral
kiritiladi. t
½
≈ 1,7c. Buyrak orqali (sekretsiya) ajraladi. Peshob ajratish trakti, nafas
yo‘llari, teri va boshqalar infeksiyalarda qo‘llaniladi. Noxush ta'sirotlar sifatida
dispepsik buzilishlar, terida allergik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i,
kamdan-kam
hollarda gepatotoksik ta'sir kuzatiladi, superinfeksiya bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: