- 851 -
konsentratsiyada to‘planadi (boshqa makrolidlarga o‘xshab). Bosh miya
to‘qimasiga odatdagi sharoitda o‘tmaydi. Ta'sir davomiyligi 4-6 soat. Safro bilan
va qisman buyrak orqali ajraladi.
Eritromitsinni qo‘llash cheklangan, chunki
unga mikroorganizmlar tez
chidamlilik ortiradilar. Shu sababli u rezerv (zaxiradagi) antibiotiklar qatoridan joy
olgan va uni penitsillin va boshqa antibiotiklar samara bermagan hollardagina
qo‘llashadi. Eritromitsinni ichish va mahalliy qo‘llash tavsiya etiladi. Eritromitsin
― kam zahar antibiotik va kamdan-kam hollarda noxush ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zida
dispepsik buzilishlar, allergik reaksiyalar rivojlanadi. Superinfeksiya bo‘lishi
mumkin. Huddi Shunday xossalar va qo‘llashga ko‘rsatmalarga oleandomitsin ega.
Uni
Streptomyces antibioticus
ishlab chiqaradi.
Oleandomitsin faolligi bo‘yicha eritromitsindan kuchsiz. Ularning antimikrob
ta'sir spektri va mexanizmi bir xil. Oleandomitsinning ta'sir davomiyligi 6 soat
chamasida. Zaharliligi past. U eritromitsinga nisbatan kuchliroq mahalliy
ta'sirlantirish xossasiga ega. Rezerv antibiotiklarga kiradi.
Tabobat amaliyotida
oleandomitsin fosfat (oleandotsin, romitsil) enteral qo‘llaniladi (ichiladi).
Oleandomitsin fosfatni tetratsiklin (oletetrin), tetratsiklin gidroxlorid
(sigmamitsin, tetraolean) bilan qo‘shib chiqarilmoqda. Keyingi yillarda tibbiyot
amaliyotiga klaritromitsin, roksitromitsin va boshqalar
kabi qator yarim sintetik
makrolidlar tadbiq etildi. Ta'sir mexanizmi bo‘yicha ular eritromitsindan farq
qilmaydi.
Klaritromitsin
(klatsid)
stafilakokklar
va
streptokokklarga
nisbatan
eritromitsinga nisbatan 2-4 marta faolroq.
Microbacterium avium intracellulare
va
Helicobacter pylory
bilan chaqirilgan infeksiyalarda samarador. Me'da-ichak
traktidan yaxshi so‘riladi, ovqatdan keyin ham. Miya to‘qimasiga o‘tmaydi.
Jigarda faol metabolit hosil qilish bilan qisman metabolizmga uchraydi. Buyrak
orqali ajralishi eritromitsinga nisbatan davomliroq ta'sir etadi. Klaritromitsinning t
½
eritromitsininikiga nisbatan 3 marta kattaroq. Samarador yarim sintetik
makrolidlardan yana biri roksitromitsindir (rulid). U keng antibakterial ta'sir
spektriga ega. Ichilganda yaxshi so‘riladi.
- 852 -
Azalidlar
1
makrolidlardan kimyoviy tuzilishi bo‘yicha
farq qiladilar, ammo
asosiy xossalari ularnikiga o‘xshash. Ushbu guruh dori vositalaridan biri
azitromitsin (sumamed) stafilakokk va streptokokklarga ta'siri bo‘yicha
eritromitsinga nisbatan 2-4 marta kuchsizroq (faolsizroq), ammo
Haemophilus
influenza
hamda gramm manfiy kokklarga ta'siri bo‘yicha undan ustun keladi.
Ichakdan yomon so‘riladi ayniqsa unda ovqat bo‘lganda. Hujayralarda katta
konsentratsiyada to‘planish – qon zardobidagiga nisbatan 10-100 marta ko‘proq
azitromitsinga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Ta'siri davomiyligi t
½
= 2-4 kun
(eritromitsinniki 2-5 soat). Gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi, o‘zgarmagan
holda buyrak orqali ajraladi. Enteral qo‘llaniladi. Noxush ta'sirotlar sifatida ko‘ngil
aynash, diareya, kamdan-kam hollarda eshitishni susayishi kuzatiladi. Tannarxi
eritromitsindan yuqori. Makrolidlar guruhidan
yangi antibiotik- diozalin
(vilprafen) yaratilgan.
Streptomyces nazbonensis var. josamycetics
ishlab
chiqariladi. Boshqa makrolidlardan asosiy farqi unga mikroorganizmlarni
chidamliligini kamroq rivojlanishidir.
Ta'kidlash joizki makrolidlar va azalidlar “atipik” pnevmoniyaning
qo‘zg‘otuvchisi
bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan
hujayra
ichidagi
obligat
mikroorganizmlar-xlamidiy, mikoplazmlar va legionellarga qarshi samaradordirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: