temir sulfat, temir laktat,
ferumlek, ferkoven, koamid
b)
giperxrom
anemiyada qo‘llaniladigan:
sianokobalamin,
foliev
kislotasi
2.
Eritropoezni susaytiruvchi vositalar:
fosfor 32 izotopli natriy fosfat
eritmasi.
II.
Leykopozzga ta’sir etuvchi vositalar:
1.
leykopoezni kuchaytiruvchi vositalar:
pentoksil, natriy nukleinat,
molgramostim, filgrastim
2.
leykopoezni
susaytiruvchi
vositalar:
novembixin,
mielosan,
merkaptopurin, dopan, tiofosfamid.
Eritropoezga ta’sir etuvchi vositalar
Anemiya-patologik holat bo‘lib, eritrotsitlar va gemoglobinni miqdorini
kamayishi bilan, hamda eritrotsitlarning shakli, kattaligi va yashash muddatini
o‘zgarishi bilan kechadi. Anemiyalarning turi ko‘p bo‘lib, dori vositalri bilan
davolashga asosan temir yetishmovchiligi tufayli rivojlanuvchi va xavfli
anemiya qulayroq.
Gipoxrom anemiyalarda (rang ko‘rsatkichi 1 dan kam) eritropoezni
kuchaytirish uchun asosan temir dori vositalari qo‘llaniladi. Inson tanasida
tahminan 2-5 g temir bor bo‘lib, uning 60% gemoglobin tarkibida, 20%-
mioglobinda va to‘qima fermentlarida (sitoxrom b, c, a
3
, p450, v
5
) qolgan qismi
zaxirada (jigar, qora taloq, ilik). Temir zaxirasi asosan qondagi gemoglobin va
fermentlar sintezi uchun ishlatiladi. Ayollar hayz ko‘rganda anchagina temir
yo‘qotadilar (10-50 mg.bir kunda). Homiladorlikda ham xuddi shunday
(homilaning gemoglobini va fermentlari uchun)bo‘ladi. Erkaklarning temirga
bo‘lgan kunlik ehtiyoji 5mg, ayollarnikiga esa 15mg. Kunlik taomda inson
tahminan eng kamida 20mg temir qabul qiladi. Ya’ni kundalik ehtiyoj ovqat
bilan butunlay qoplanadi. Lekin surunkali qon yo‘qotish ro‘y berganda (sur.
- 593 -
gemmoragiya) ovqat tarkibidagi temir kamlik qiladi, onalar bolani emizish
davrida ham, xuddi shunday bo‘ladi (alimentar anemiya) MITdan ionlangan ikki
valentlik temir yaxshi so‘riladi, ayniqsa 12 barmoqli ichakda (7.1-sxema).
So‘rilishi asosan aktiv jarayon, lekin diffuziya yo‘li bilan ham bo‘ladi (kamroq).
Me’da va ichakning shilliq qavatida transport oqsili-apoferritin bo‘ladi. U temir
bilan bog‘lanib, ferritinga aylanadi. Agar bo‘sh qolgan apoferritin tugasa,
so‘rilishi to‘xtatiladi. Qonda esa transport oqsili (β-globulin) transfferrin 2-
molekula temir bilan bog‘lanib, ferrotransferritinga aylanadi. Shu holda temir
zaxira makonlariga etkaziladi. U erda apoferritin bor bo‘lib, temirni o‘ziga oladi
va ferritinga aylanadi. Temirning so‘rilishi zaxira bo‘shab qolganda tezlashadi.
Bir kunda eng ko‘pi bilan 50mg temir MITdan so‘rilishi mumkin. Bu miqdorni
ovqat bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Shuning uchun temir unsurlari bo‘lgan dori
vositalar berishi shart.
Temir sulfat va temir laktat
-
Bu dori vositalarni kapsulalarda yoki
kobig‘li tabletkalar shaklida qabul qilinadi, chunki temir og‘iz bo‘shlig‘idagi
oltingugurt vodorod bilan (SH) birikib, qora rangli temir sulfidni hosil qiladi.
Tishlar qorayib qoladi. Temir dori vositalari kabziyatni rivojlantiradi, chunki
oltingugurt vodorod ichakning harakatga keltiruvchi omildir. Temir dori
vositaining ichakdan so‘rilishi buzilganda, uni parenteral yo‘l bilan kiritishga
moslangan dori vositalari qo‘llaniladi. Ferkoven tarkibidagi kobalt eritropoezni
rag‘batlantiradi. Bu preperat ta’sirida yuzni qizarishi, ko‘krakni qisilishi, bel
og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Ferumlek tarkibida 3 valentli temirning maltoza bilan
birikmasi bor.
Tomirga kiritish uchun 5ml (amp) chiqariladi. Ampuladagi suyuqlik 0,9%
Naclning 10ml eritmasida suyultirib, sekin kiritiladi. Teri ostiga kiritish mumkin
emas.
- 594 -
Do'stlaringiz bilan baham: |