- 372 -
yaxshilanadi. Ichki organlar faoliyati buzilgan bulsa (jigar, me’da-ichak trakti va
b.) tiklanadi. Yurak glikozidlar umumiy gemodinamikani yaxshilanishi hisobiga
yurakni qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi (angishvonagul preparatlarini
yuqori dozada yuborilganda toj tomirlarni toraytiruvchi ta’siri bilinar bilinmas
yuzaga chiqadi).
Yurak glikozidlari umumiy gemodinamikani yaxshilab buyrak funksiyasini
normallashtiradi. Diurez kuchayadi. Angishvonagul va strofantin dori vositalari
buyrakga to’g‘ridan-to’g‘ri ta’sir qilib, natriy ionlarining qayta so’rilishiga
to’sqinlik qiladi, ammo bu ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Diurezning
kuchayishi organizmda to’plangan suyuqliklarni
chiqib ketishiga sharoit
yaratadi. Bu ta’sirlarning natijasida qon aylanishi yengillashib, umumiy qon
hajmi kamayadi, yurakga
keladigan qon hajmi kamayib, yurakning ishi
yengillashadi. Bundan tashqari to’qimalarda shishlar kamayadi yoki butunlay
yo’qoladi.
Yuqorida yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari haqida so’z bordi.
Turli dorilar o’zlarining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu ularning
faolligiga, ta’sir
tezligiga, davomiyligiga hamda dori moddasining
farmakokinetikasiga bog‘liq.
Yurak glikozidlarining faolligiga qarab bir-biridan ancha farq qiladi. Dori
moddasining faolligini aniqlashda biologik standartlashtirish qo’llaniladi. Bu
holatda yurak glikozidlarning faolligini aniqlashda baqa ta’sir birligi (BTB)
qo’llaniladi.
BTB (Baqa ta’sir birligi) standart preparatning tajriba qurbaqalarida
yurak urishini to’xtatadigan minimal dozasiga bog‘liq. Undan tashqari mushuk
(MTB) va kaptar ta’sir birligidan (KTB) ham foydalaniladi.
Quyida tarkibida yurak glikozidlari tutgan o’simliklar va ularning faolligi
berilgan.
Dorivor o’simliklar:
1 g angishvonagul bargi saqlaydi 50-66 BTB
1 g adonis o’ti saqlaydi 50-66 BTB
- 373 -
1 g marvaridgul o’ti saqlaydi 120 BTB
1 g strofant urug‘i saqlaydi 2000 BTB
Individual glikozidlar
1 g digitoksin saqlaydi 8000-10 000 BTB
1 g selanid saqlaydi 14 000-16 000 BTB
1 g konvallyatoksin saqlaydi 63 000-80 000 BTB
1 g strofantin K saqlaydi 44 000-56 000 BTB
Shunday qilib, strofantin K va konvallyatoksin biologik faolligi digitoksin
va selanidga qaraganda yuqori hisoblanadi.
Klinikada yurak glikozidlari faolligi vena ichiga yuborilganida ta’sirining
yuzaga chiqishiga qarab baholanadi.Yurak glikozidlari
latent davrning
davomiyligiga va tasir qilish tezligiga qarab farqlanadi. Vena orqali yuboriganda
strofantin va konvaliyatoksin
yurakka 5-10 minutdan keyin, selanid esa 5-30
minutdan keyin ta’sir qila boshlaydi.
Digoksin enteral qabul qilinganda ta’sir 30 daqiqadan keyin rivojlanadi,
digitoksin ichganda esa tahminan 2 soatdan so’ng (3.2-jadval). Bir xil ta’sir
doirasiga ega bo’lgan moddalarni organizimga bir xil usulda (vena ichiga)
yuborilsa, strofantin va konvallyatoksinning maksimal
effekti darhol bilinadi
(30min-1,5 soatda), undan so’ng selanid va digoksin (1-5 soat), keyin
digitoksin (4-12 soat). Kardiotrop effektning rivojlanish tezligi bo’yicha yurak
glikozidlarini quyidagi qatorda keltirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: