- 707 -
Yog’ to’qimasining adipotsitlarida β
3
- adrenoretseptorlar mavjud ekanligini
ixtiro qilinishi va ularni lipoliz va termogenezga rag’batlantiruvchi ta’sirini
aniqlanishi ushbu retseptorlar antagonistlari semizlikni davolash vositalarini
yaratish bo’yicha izlanishlarga sabab bo’ldi. Bu tipdagi dastlabki dori vositalar
yaratildi va ular klinik sinovlardan o’tkazildi. Ushbu dori vositalarni qo’llash
bemorlarning yuqori tana vaznini kamaytiradi.Ammo
ushbu dori vositalarni
semizlikni davolashdagi kelajagini baxolash ancha qiyin.
Semizlikni davolashni yo’llaridan biri bu ichak dan yog’larni so’rilishini
kamaytirish hisoblanadi. Bu ovqat tarkibidagi yog’larni so’rilishi uchun zarur
lipaza fermentlarini ingbitsiyalash hisobiga amalga oshirilishi mumkin.Shunday
dori
vositalardan
biri
orlistat (ksenikal) xisoblanadi. U me’da va ichakda lipazani qaytmas bloklaydi va
shu tufayli ovqat tarkibidagi triglitseridlarni erkin yog’ kislotalari va
monoglitseridlargacha gidroliziga to’sqinlik qiladi.Dori vositani kuniga 3
marta
ichilganda yog’larni (triglitserid va xolesterin) so’rilishi tahminan 30% ga
kamayadi. Bunda yog’da eruvchi vitaminlarni so’rilishi birmuncha buziladi.
Orlistatni o’zi juda kam darajada abtsorbsiyalanadi. Dori vositaning 83% ichak
orqali o’zgarmagan holda ajraladi. Buyrak orqali 2% modda ajraladi. Orlistat 3-5
kunda to’liq eliminatsiyalanadi. Noxush ta’sirlar kam darajada yuzaga keladi va
asosan ozuqa tarkibidagi yog’larni miqdoriga bog’liq.
Odatda bular tez-tez
defekatsiyaga, qorinda og’riq, qaytqilish , ko’ngil aynish , diareya.
Bundan tashqari MIT dan yomon so’riladigan yoki kaloriyasi past bo’lgan
yog’lar o’rniga ishlatiladigan moddalar qo’llaniladi.Organoleptik xossalari va
konsistentsiyasi bo’yicha yog’larni eslatadi va shu sababdan pazandalikda
muvafaqqiyat bilan qo’llanmoqda. Ana shunday dori
vositalardan biri ichakdan
umuman so’rilmaydigan olestra hisoblanadi. U 6-8 ta yog’ kislotalari ko’rinishida
yon bosh zanjir tutgan sukoroza poliesterinning hosilasidir.
Olestra yog’da eruvchi vitaminlarni so’rilishini (shuning uchun uning
tarkibiga A,D,E,K vitaminlari qo’shiladi) hamda xolesterin va safro kislotalarini
absorbtsiyasini kamaytiradi. Qonda ZPLP miqdorini tushiradi.
- 708 -
Noxush ta’siri : qorin soxasida spastik og’riqlar, diareya.
Ozuqalarni quvvatini kamaytirish uchun ancha
vaqtdan beri qandni qabul
qilishni cheklash yoki uning o’rniga uglevod bo’lmagan (saxarin, aspartamga
o’xshash) ta’mi shirin bo’lgan past kaloriyali va MITdan so’rilmaydigan moddalar
tavsiya etilgan. Bu juda ham samarador yo’l ,chunki uglevodlar (glyukoza)
organizmda yog’lar sintezining muhim manbaaidir. Semizlikni davolash uchun
yangi vositalarni yaratish asosan anoreksigen faollikka ega moddalar qatorida olib
borilmoqda. Jumladan yog’ to’qimasi hujayralaridan ishtahani susaytiruvchi
leptin
garmonini ajratilishi rekombinant leptinni yaratilishiga olib keldi. Semizlikka
duchor bo’lganlarda uni qo’llash tana vaznini kamayishiga imkoniyat tug’diradi.
Ammo bunday natija faqat endogen leptin yetishmovchiligida kuzatilgan. Tana
vaznini boshqarishda
ishtahani oshiruvchi
neyropeptid Y
ning katta ahamiyati
aniqlangan. Shu sababli ushbu peptid antagonistlarini yaratishda jadal izlanishlar
olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: