O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

 


- 632 -
12.3-jadval.
Gipotalamo-gipofizar gormonlarning boshqa endokrin bezlar, 
a'zolar va to‘qimalarga asosiy ta'siri 
Gipotala-
mus 
Adeno 
Gipofiz 
Adreno 
kortikotrop 
gormon 
Tireotrop 
gormon 
Lyuteinlovchi 
gormon 
Follikulo 
rag‘batlanti-
ruvchi gormon 
Somatotrop 
gormon 
Laktotrop 
gormon 
Melanotsit 
rag‘batlanti 
ruvchi gormon 
Periferik 
endokrin 
bezlar 
Buyrak usti bezi 
po‘stloq qavati 
(kortikosteroidla
r) 
Qalqonsi-
mon bez 
(tiroksin 
triyodtrionin) 
Jinsiy bezlar 
(gestagen, 
estrogen, 
androgen) 
Ayollar jinsiy 
bezlari 
(estrogenlar) 
A'zolar va 
to‘qimalar 
Modda alma-
shinuvi 
(uglevod, oq-
sil,yog‘,suv-tuz) 
yallig‘lanish-ga 
qarshi va 
immuno-
depressiv ta'sir 
Modda al-
mashinuvini 
kuchaytirish 
(o‘sish va 
organizm 
rivojla-
nishini 
boshqarish) 
Ikkilamchi 
jinsiy 
belgilarni 
rivojlanishi 
(ayollar jinsiy 
a'zolarining 
siklik 
o‘zgarishi) 
Ikkilamchi jinsiy 
belgilarnin 
Rivojlanishi 
(ayollar jinsiy 
a'zolarining 
siklik o‘zgarishi) 
Urug‘don 
(spermoto-
genez) 
Somatomedin 
O‘sayotgan 
a'zo va 
to‘qimalar 
(anobolik 
ta'sir) 
Sut bezlari 
(laktasiya) 
Pigment 
hujayralar 
(ko‘zning to‘r 
pardasi) 
(+) – gipofiz gormonlarini ajralishini rag‘batlantiruvchi gipotalamus gormonlari (relizing- 
gormonlar) (-) – gipofiz gormonlarini ajralishini susaytiruvchi gipotalamus gormonlari 
Gipofiz gormonlari tabobat amaliyotining turli jabxalarida qo‘llaniladi. Dori 
vositasi sifatida gipofizning oldingi bo‘lagida gormonlar sekretsiyasini 
boshqaruvchi gipotalamusning ba'zi gormonlari ham qo‘llanila boshladi.
Gipofizning oldingi bo‘lagidagi bazofil hujayralarida hosil bo‘luvchi AKTG 
polipeptitdir (39 ta aminokislotadan iborat). Uni sintezi amalga oshirilgan. 
AKTG 1-20 ning N-oxirigi qismi gormonning butun molekulasi xossalarini 
namoyon etadi. AKTG buyrak usti bezining po‘stloq qavati hujayralarining 
tashqi membranasi yuzasida joylashgan maxsus retseptorlarga ta'sir etib ular 
bilan bog‘langan adeniladsiklazani rag‘batlantiradi va hujayra ichidagi sAMF 
miqdorini oshiradi. Bu o‘z navbatida xolesterinni kortikosteroidlarga aylanishini 
kuchaytirgani uchun AK II ning fiziologik ta'siri kabidir.(glyukokortikoidlar 
haqida keyinroq bayon etiladi). Kortikosteroidlarni davomsiz qo‘llaganda ham 
buyrak usti bezining po‘stloq qavati funksiyasi susayadi. AKTGni qo‘llaganda 
bunday bo‘lmasligi uning afzalligidir, ammo AKTG ni davomli kiritilganda 
buyrak usti bezining “madorini qurishi“ (holsizlanishi) kuzatilishi mumkin. 
AKTG dori vositai bo‘lmish kortikotropin so‘yilgan qora molning gipofizidan 


- 633 -
ajratib olinadi. Ta'sir birligi (TB) da dozalanadi. Me'da–ichak traktida u 
parchalanadi. Shu sababli kortikotropin mushak ichiga yoki ko‘ktomirga 
kiritiladi. Ta'siri davomiyligi tahminan 6 soat. AKTG dori vositai kamdan–kam 
holda yo tashxis qo‘yishi uchun yoki glyukokortikoidlarni davomli 
qo‘llanilgandan keyin qo‘llaniladi. Oxirigidan maqsad buyrak usti bezining 
po‘stloq qismi rag‘-batlantirib glyukokortikoidlar ta'sirida susaygan endogen 
kortikosteroidlarni ishlab chiqarishni tiklashdir. Ammo AKTG ni kortikotropin 
dori vositai sifatida davomli qo‘llanilganda tabiiy holatda AKTG biosintez va 
ajralishini rag‘batlantiruvchi gipotalamik gormon ajralishini susayishini 
e'tiborga olish lozim. 
Noxush asoratlar bo‘lishi mumkin. Jumladan, shish, arterial bosimni 
oshishi, katobolik ta'sir (oqsillarning parchalanishi ustunlik qiladi), uyqusizlik, 
regeneratsiya jarayonini susayishi va boshqalar.
Shuni nazarda tutish kerakki, kortikotropin antitelalar hosil bo‘lishini 
chaqirishi mumkin. Shu sababli hozirda uning sintetik analogi, immunogenligi 
sust bo‘lgan t e t r o k o z a k t r i n (tetrokozaktid, sinakten-depo, kozintropin 24 
aminokislotadan iborat)ni qo‘llash maqul topilgan.
Quyidagi holatlarda AKTG ni qo‘llash mumkin emas: gipertoniya, qandli 
diabet xastaligining og‘ir shakllari, me'da ichakning yara xastaligi, o‘tkir 
endokardit, yuqori darajadagi yurak yetishmovchiligi. Gipofiz oldingi 
bo‘lagining atsidofil hujayralari o‘sish gormonini (somatotropin) ishlab 
chiqaradilar. U 191 aminokislotadan iborat bo‘lgan oqsildir. Inson va 
jonivorlarning o‘sish gormonlari tuzilishi va faolligi bo‘yicha bir xil emas, ya'ni 
o‘sish gormoni turkum xosligiga ega.
Somatotrop gormonning ko‘pgina ta'siri jigarda hosil bo‘luvchi (boshqa 
to‘qimalarda ham mavjud bo‘lgan) va 
somatomedin
deb ataluvchi oqsil omili 
orqali yuzaga chiqadi. O‘sish gormoni skelet va butun organizm o‘sishini 
rag‘batlantiradi. Uning yetishmasligi pakanalik, inson jussasini kichik bo‘lishiga 
olib keladi. Insonning o‘sishi va rivojlanishi tugashidan avval uning 


- 634 -
gipersekretsiyasi tufayli gigantizm, o‘sish tugagandan keyin esa – akromegaliya 
(qo‘l, oyoq, burun, dahanni keskin kattalashib ketishi. Grekcha 
akron
- qo‘l, 
oyoq, 
megas
– katta) rivojlanadi. Uning ta'sirida peshob tarkibida azotli 
mahsulotlarni kam ajralishi anabolik ta'sirga (oqsil sintezi uni parchalanishidan 
ustunroq bo‘ladi) ega ekanligidan dalolat beradi. Ehtimol hujayralarga 
aminokislotalar transporti kuchaysa va RNK sintezi faollashsa kerak. 
Organizmda fosfor, kalsiy, natriy ham ushlanib qoladi. Insulinga teskari 
ravishda o‘sish gormoni giperglikemiya (diabetogen ta'sir) chaqirishi mumkin. 
Lipolizni kuchaytiradi. Qonda erkin yog‘ kislotalari miqdori ortadi. O‘sish 
gormoni tozalangan holda ajratilgan. Gen injeneriyasi usuli bilan ham olingan. 
Ushbu gormonni qo‘llashga asosiy ko‘rsatma – bu o‘sishni ortda qolishi 
(pakanalik). Bu gormonni parenteral yo‘l bilan kiritiladi (me'da – ichak traktida 
parchalanganli uchun).
O‘sish gormonining analogi s o m a t r e m (tarkibida qo‘shimcha metionin 
bor) sintezlangan. Gipotalamusdan gipofizdan o‘sish gormoni ajralishini 
susaytiruvchi 
gormon 
somastostatin 
ajratilgan 
va 
sintezlangan. 

tetradekapeptid iborat. Somastostatin periferik to‘qimalarda ham aniqlangan.U 
o‘sish gormonini sekretsiyasini susaytirish bilan bir qatorda gyukagon va ovqat 
hazm qilish traktining ko‘pgina gormonlarini ham ajralishini susaytiradi. 
Somatostatinni sintezi amalga oshirilgan. Akromegaliyani davolashda u 
samarasiz ekan, chunki ta'siri qisqa (t
½
= 3-6 min) va kerakli darajada tanlab 
ta'sir etish xossasiga ega emas (insulin va va glyukagon ajralishini bir vaqtda 
susaytiradi). Bundan tashqari enteral qo‘llanganda samarasiz. 
Somatostatinning sintetik analogi – o k t r e o t i d (sandostatin) ishlab 
chiqarilayapti. U oktapeptid bo‘lib, ta'siri somastatinnikiga nisbatan birmuncha 
davomli (t
½
= 100 min.).
1
Qo‘l, oyoq, burun, daxanni keskin kattalashib ketishi. Grekcha 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish