- 625 -
Preparat komponentlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llash.
Neyromultivit qo'llashni tajribasi chaklangan bo'lganligi uchun uni homiladorlik
davrida va emizishda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko'rsatmalar.
Preparatni yuqori dozalari bilan 4 haftadan ortiq muddat
davomida davolash tavsiya qilinmaydi.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri.
Neyromultivit levodopani parkinsonizmga qarshi samarasini pasaytiradi. Etanol
tiamin so'rilishini keskin pasaytiradi. Neyromul`tivit
qabul qilish vaqtida
tarkibida V guruhi vitaminlari bo'lgan polivitamin komplekslarini qabul qilish
tavsiya qilinmaydi.
Qo'llash usuli va dozalari.
Tabletkalar ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko'p bo'lmagan
miqdordagi
suyuqlik bilan birga qabul qilinad. Odatda 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta
buyuriladi. Kurs davomiyligi –shifokor tavsiyasi bo'yicha.
Nojo'ya ta'siri.
Neyromul`tivit bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.
Yakka hollarda ko'ngil aynashi, taxikardiya, qichishish
va urtikar toshmalar
ko'rinishidagi teri reaktsiyalari uchrashi mumkin.
Dozani oshirib yuborish.
Amalda ehtimoli kam, hozirgi vaqtgacha dozani
oshirib yuborish hollari haqida xabarlar berilmagan.
12.Moddalar almashinuvini boshqaruvchi dori vositalari
12.1.Oqsil popipeptid tuzilishga ega bo’lgan gormonal dori vositalar
Gormonlar (
hormao-
grekcha so‘z bo‘lib,
qo‘zg‘ataman
ma'nosida
qo‘llaniladi) – endokrin bezlar va har xil to‘qimalardagi maxsus hujayralar
to‘plami ishlab chiqaradigan biologik faol moddalardir. Ular organizmning turli
xil funksiyalarini gumoral boshqarishda juda muhim rol o‘ynaydilar. Bundan
tashqari ayrim gormonlar neyromodulyatorlar bo‘lib xizmat qiladilar.Ushbu
bobda faqat endokrin bezlarda ishlab chiqariladigan gormonlar ko‘rib chiqiladi.
- 626 -
Gormonlarning ahamiyati ayniqsa u yoki bu endokrin bezining gipofunksiyasida
yorqin namoyon bo‘ladi. Jumladan me'da osti bezi
Langergans orolchalarining
yetishmovchiligida
qandli
diabet,
qalqonsimon
bez
oldidagi
bezlar
yetishmovchiligida tirishish bilan kechuvchi gipokalsemiya, gipofizning orqa
bo‘lagidan ajraluvchi antidiuretik gormon yetishmovchiligida –
qandsiz diabet
rivojlanadi.
Shu bilan bir qatorda gormonlarni ortiqcha ishlab chiqarilishi tufayli
rivojlanadigan
xastaliklar
ma'lum.
Jumladan,
qalqonsimon
bezning
giperfunksiyasi gipertireoz (Bazedov xastaligi), gipofizning oldingi bo‘lagidan
somatotrop gormonni ortiqcha ajralishida gigantizm, akromegaliya rivojlanadi.
Ichki sekretsiya bezlarining yetishmovchiligida
odatda gormon dori
vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi. Ushbu holatda o‘rnini olishga asoslangan
davolash zarurati tug‘iladi va dori vositani berish davomiyligi endokrin bez
gipofunksiyasining davomiyligi bilan aniqlanadi.
Bundan tashqari gormonlar
ishlab chiqarishni kuchaytiruvchi vositalar ham qo‘llaniladi.
Gormon dori vositalarini sintetik yo‘l bilan hamda hayvonlarning a'zolari
va peshobidan olinadi (keyingi yo‘l bilan olinsa, ko‘pgina dori vositalarning
faolligi biologik standartlashtirish orqali aniqlanadi va ta'sir
birligida TB-
belgilanadi). Hozirgi vaqtda gormonlarni olish uchun gen muxandisligi uslubi
keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda tabiiy gormonlarning ko‘p miqdorda
hosilalari yoki tuzilishi jihatdan tabiiy gormonlardan farq qiluvchi sintetik
birikmalar yaratilgan. Qator gormonlarning antagonistlari olingan bo‘lib, ular
kerakli retseptorlar bosqichida gormonlar ta'sirini bartaraf etadilar (masalan,
jinsiy gormonlar antagonistlari).
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha gormonlar quyidagi guruhlarga bo‘linadilar.
1)
Do'stlaringiz bilan baham: