- 642 -
eritiladi)
Tirotropin –
Thyrotropinum
t/o va m/o 10 TB
10 TB tutgan flakonlar
(kiritilishdan oldin eritiladi)
Menopauza
gonadotropini -
Gonadotropinum
menopaustieum
m/o 75-150 TB
75 TB dori vosita tutgan flakonlar
(kiritishdan avval eritiladi)
Xorionik
gonadotropin-
Gonadotropinum
chorionicum
m/o 500-3000 TB
500; 1000; 1500 i 2000 TB dori
vosita tutgan flakonlar
(kiritishdan avval eritiladi)
Laktin -
Lactinum
m/o 70-100 TB
100-200 TB
dori vosita tutgan
flakonlar (kiritishdan avval
eritiladi)
Oksitotsin-
Oxytocinum
v/i (tomchilab) 5 TB 5%
li 500 ml glukoza
eritmasi bilan birga; m/o
0,2-2 TB
1 ml (5TB) dori vosita tutgan
ampula
Pituitrin-
Pituitrinum
t/o va m/o 5 TB
1 ml (5TB) dori vosita tutgan
ampula
Adiurekrin-
Adiurecrinum
Intranazal 2-3 tomchi (4-
6 TB)
1,5 ml dori vosita bo‘lgan
tomchilash tyubiklari; flakon 5ml
(20 TB/ml) dori vosita tutgan
12.1.2. Epifiz gormonlari dori vositalari
Epifiz (g‘urrasimon yoki pineal bez) har xil biologik faol birikmalar shu
jumladan, ko‘pincha peptidlar tutadi. Epifizning asosiy gormoni bo‘lib
melatonin
(N-atsetil-5-metoksitriptamin) hisoblanadi. U epifizning hujayralari
(pinealotsitlar) da serotonindan hosil bo‘ladi., shu sababli uni (triptofan)
aminokislotalar hosilasiga mansub deb hisblanadi.
Melatoninnig asosiy funksiyasi, chamasi tashqi
muhitni yoritilganligi
haqidagi ma'lumotlarni bir kunlik biologik (sirkat) ritmlarni keyingi navbatda
boshqarish uchun qayta ishlashdan iboratdir. Epifizga tashqi yorug‘lik
informatsiyasi quyidagi yo‘l bilan tushadi: ko‘zning to‘r pardasi →
gipotalamusning supraxiazmatik yadrolari → bo‘yindagi yuqorigi simpatik
gangli → simpatik nervlar → epifiz. Insonlarda melotaninni eng ko‘p miqdori
- 643 -
tunda ishlab chiqaradi. Demak, ko‘z to‘r pardasini yorug‘lik
bilan
rag‘batlantirish susayganda melotaninni sintezi ortadi. Fiziologik va ta'sirotlarga
javob beruvchi kunlik boshqaruvi melotaninni reproduktiv sistema faolligiga
mavsumiy ta'sir bilan to‘ldiriladi.
Melatonin o‘rtacha uxlatuvchi, tana haroratini tushirish, lyuteinlashtiruvchi
gormon ajralishini susaytirish ta'siriga ega. Soat mintaqalarini keskin
o‘zgarishlarida (masalan, katta masofalarni bosib o‘tilganda), kunlik ritmlarga
(ayniqsa, uyquga) meyorlashtiruvchi ta'sir melatoninda kuchli ifodalangan.
Bundan tashqari unda antioksidantlik va immun tizimiga rag‘batlantiruvchi
faolliklar aniqlangan.
Melatoninni ta'sirlari uni faqat o’ziga xos bo‘lgan
melatonin retseptorlari
(MT1, MT2) bilan o‘zaro ta'siroti tufayli yuzaga keladi. Ular ko‘p miqdorda
supraxiazmatik yadrolar, ko‘zning to‘r pardasida aniqlangan. Shu bilan bir
qatorda ular talamusning
paraventrikulyar yadrolari, oldingi gipotalamus, bosh
miyaning ko‘pgina qisimlarida, hamda ba'zi periferik to‘qimalarda (masalan teri
bezlarida), limfotsitlarda joylashganlar.
Melatoninning dori vositasi (melaksen) uzoq masofalarni tayyora vositasida
bosib o‘tishda bioritmni boshqarish uchun qo‘llaniladi. Bu uyqu – tetiklik
sikllarini meyyorlashuvida namoyon bo‘ladi. Asosiy natija epifiz gormonal
faolligining soatpoyaslarini tez almashinuviga adaptatsiyasi (moslashuvi) bilan
bog‘liq. Dori vositani kechqurun (ichish yoki til ostiga) qo‘yish tavsiya etiladi.
U ovqat hazm qilish traktidan yaxshi va tez so‘riladi. Gematoensefalik to‘siqdan
oson o‘tadi. Tez parchalanadi (metabolizmi tez kechadi). Noxush asoratlari:
uyg‘ongandan keyin uyqusirash (mudroq bosish),
kuchsizroq darajada, katta
bo‘lmagan shishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: