- 640 -
(inozitoltrifosfat va diatsilglitserol ikkilamchi vositachilardir) bilan alaqadorlar.
Vazopressin ikkita asosiy xossaga egadir: 1)nefronning
distal qismida suvni
qayti so‘rilishini (reabsorbsiyasini) boshqaradi; 2)
silliq mushaklarga
rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Silliq mushaklarga jumladan, tomirlarga ta'siri V
1a-
retseptorlari
orqali
amalga oshadi. Bu vazopressinning juda kata dozalarida (antidiuretik ta'sirni
yuzaga chiqaruvchi dozalardan yuz marta kattaroq) gina namoyon bo‘ladi. Qon
bosimini ko‘tarilishi arteriola va kapillyarlar mushaklaridagi retseptorlarga
bevosita ta'siri bilan bog‘liq.
12.4-jadval.
Vazopressin ta'sirini yo‘nalishi.
Vazopressin
Retseptorlarn
ng podtiplari
Ta'sir doirasi
Ta'sir
mexanizmi
Efekt
V
2
Buyraklar
(nefronni distal
qismi)
Suvni
reabsorbsiyasini
kuchayishi
Antidiuretik ta'sir
V
2
Qon ivish
sistemasi
Qonda VIII
omilini
miqdorini ortishi
Gemostatik ta'sir
V
1
Trombositlar
Trombositlar
agregasiyasi va
degranulyasiyasini
kuchayishi
Tromb hosil
bo‘lishini
kuchayishi
V
1a
Arteriya
tomirlari
Tomirlar silliq
mushaklari tonusini
ortishi
Vazopressor ta'sir
V
1b
Gipofizning
oldingi bo‘lagi
Kortikotropin
ajralishini kuchayishi
Gidrokortizon
ajralishini ortishi
Vazopressinning asosiy ta'siri – bu suv almashinuviga ta'siridir.
Distal
naychalar va yig‘uvchi kanalchalar o‘tkazuvchanligini oshirib (V
2-
retseptorlar
bilan o‘zaro ta'siri tufayli) vazopressin suvni reabsorbsiyasiga imkoniyat
yaratadi
va
shuning
natijasida
peshob
hajmini
kamaytiradi
(yoki
- 641 -
meyyorlashtiradi). Katta dozalarda vazopressin ichakning
silliq mushaklariga
rag‘batlantiruvchi ta'sir etadi va miometriyning qisqarish faolligini oshiradi.
Xomilasiz va xomiladorlikning erta muddatlarida bachadon oksitotsinga
nisbatan vazopressinga ko‘proq sezgirdir. Xomiladorlik muddatini ortishi bilan
buning
aksi kuzatiladi, ya'ni oksitotsin samaradorligi ortadi, vazopressinniki
pasayadi. Shu narsa ko‘rsatilganki, MNSda vazopressin
neyromediator va
neyromodulyator vazifasini o‘taydi. Gipofizning oldingi bo‘lagidan
kortikotropin ajralishiga (V
1b
– retseptorlarini rag‘batlantirish hisobiga)
imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari vazopressin trombositlar agregasiyasini (V
1
–retseptorlarga ta'siri) kuchaytiradi va qon ivishida qatnashuvchi XIII omil
miqdorini oshiradi. Dori dori vositai bo‘lmish v a z o p r e s s i n qisqa ta'sir
etadi (30 min- 2 soat), chunki organizmda aminopeptidazalar ta'sirida
parchalanadi. O‘zgarish mahsulotlari buyrak orqali ajraladi. Vazopressinning
antidiuretik faolligi kuchliroq va tomirlarni toraytirish (vazokonstriksiya)
xossasi juda sust bo‘lgan hosilalari yaratilgan (desmopressin).
Asosan
vazopressor ta'sir ko‘rsatuvchi dori vosita ham olingan (felipressin va
boshqalar).
Qo‘llashga asosiy ko‘rsatma – qandsiz diabet. Bu maqsadda v a z o p r e s
s i n (teri ostiga, mushak ichiga kiritiladi, TB- ta'sir birligida dozalanadi) p i t u i
t r i n va a d i u r e k r i n (quruq pituitrin burun ichiga kiritiladi), shu bilan birga
d ye s m o p r e s s i n kabi yangi dori vositalar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: