- 499 -
qo‘zg‘alishi miyachadagi M - xolinoretseptorlar va H
1
–gistamin
retseptorlari
orqali qayt qilish markazini ishga tushiradi. Bunday holatlarda vestibulyar
apparatning qo‘zg‘aluvchanligi yuqori bo‘lgan kishilarga tarkibida skopolamin
bo‘lgan pereparatlar berish muvofiqdir. Chayqalishga qarshi keng
qo‘llaniladigan vositalardan biri «Aeron» tabletkalaridir. Uni qayt qilishni oldini
olish maqsadida yo’lga chiqishdan (samolyot, dengiz kemasi yoki
avtotransportga o‘tirishdan) 30 - 60 daqiqa ilgari ichish kerak. Ta’siri tahminan
6 soat davom etadi.
Bunday holatlarda gistaminga qarshi vositalar (diprazin, dimedrol) ham
qo’llanadi, chunki ular sedativ va xolinoblokatorlik xossalariga ega.
Bundan
tashqari qayt qilish markaziga bevosita ta’sir etishi mumkin. Lekin ushbu dori
vositalar uyquchanlik, og‘iz qurishi va akkomadatsiyaning buzilishi kabi noxush
ta’sirlarga ega. Metoklopramid (serukal, reglan) – qayt qilishga qarshi faol
birikma. Benzamid unumi, qayt qilishni boshlovchi sohani susaytiradi, chunki u
MNS dagi D
2
– dofamin, katta dozalarda esa 5-HT
3
– retseptorlarini qamal
qiladi. Metoklopramid aminazinga nisbatan ancha faolroq va qayt qilishga
tanlab ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli uni ta’sirida
umumiy ruhiy sustkashlik
kuzatilmaydi. Metoklopramid me’da va o’n ikki barmoqli ichak yara xastaligida,
MIT ning diskineziyasida, meteorizmda ham qo‘llaniladi, chunki u me’da va
ingichka ichak peristaltikasi (harakat)ni kuchaytiradi, me’dadan ichakga ovqat
mahsulotlarini o‘tishini tezlashtiradi. Qizilo‘ngachning pastki sfinkteri tonusini
oshiradi. Oddiy sfinkteri tonusini pasaytirishi hisobiga o‘t yo‘llari va o‘t
pufagining ichki bosimini tushiradi. Qayt qilishda qo‘llanilishi antipsixotik
vositalarga berilgan ko‘rsatmalardan
farq qilmaydi, ya’ni MIT ning shilliq
qavatini kuchli ta’sirlantirilishi, yara xastaligi, gastrit, kolit, MIT ning xafli
o‘smalari, uremiya, nurlanish xastaliklarida yuzaga chiqadigan ko‘ngil aynash
va
qayt qilishda beriladi, bundan tashqari me’daning evakuator funksiyasini
oshirish va refleks-ezofagitda qo‘llaniladi. Chayqalish tufayli yuzaga chiquvchi
- 500 -
qayt
qilishda
samarasizdir.
Noxush ta’siri: quloq shang‘illashi, og‘iz qurishi, katta dozalarda
parkinsonizm belgilari yuzaga keladi. Dori vositani ichish, tomirga va
mushaklarga kiritish mumkin.
Tietilperazin
(torekan) –
fenotiazin unumi, qayt qilishga qarshi kuchli
ta’sir etadi. qayt qilishni boshlovchi sohadagi dofamin retseptorlari bilan bir
qatorda ushbu dori vosita qayt qilish markazini bevosita bloklaydi. SHu sababli
u qusishga qarshi universal dori vosita hisoblanadi.
Noxush ta’sirlari: ba’zan og‘izni qurishi, uyquchanlik, taxikardiya,
gipotoniya, davomli qo‘llanilganda-parkinsonizm belgilari rivojlanadi.
Etaperazin, triftazin, galoperidol qusishni boshlovchi
sohasidagi dofamin
retseptorlarini bloklab, qayt qilishni to‘xtatadilar.
Shu sababdan ushbu 3 la dori vosita qayt qilishni boshlovchi sohani
qo‘zg‘atib, qusishni rivojlantiruvchi vositalar (angishivonagul glikozidlari,
apomorfin va boshqalar) ta’sirini bartaraf etadilar. Bundan tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: