3. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo ljal olishini o zlashtirishi.
4. Ko rib idrok qilish va o lchash asosida masofani aniqlash.
Tevarak atrof haqida tushuncha. Tevarak atrofii kuzatish, orientirovka qilish. Tevarak atrof tushunchasi — keng ma nodagi, murakkab, serqirra tushunchadir. Biz, tevarak atrof ma nosida, bizni o rab turuvchi ob ektiv olam xarakteristikasini Matemetik tasavvurlarni shakillantirish anglaymiz. Biz tevarak atrof haqidagi bilim va malakalarni egallash uchun, shuningdek uning shakli, 6elgilari haqida, ularning tuzilishi, 6alandligi, uzunligi, kengligi haqida, predmetlarning joylashuvi, ularning orasidagi masofani aniqlashdagi va belgilay olishni o rganish uchun, tevarak atrof haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamlash uchun- turli tevarak atrof kategoriyalariga murojaat qilamiz. Bunda biz avval predmetlarning belgilariga qarab (ya ni shakli va o lchoviga, har xil o lchovligiga) va tevarak atrofdagi belgilarga qarab (ya ni tevarak atrofni yaxlitligicha tushintirish, predmetlarning bir biridan farqi yoki o xshashligi (tabiatda) va h.k. farqlay olishga o rganishimiz va o rgatishimiz kerak. Tevarak atrofni chamalash, orientirovka qilish tushunchasi, masalasi murakkab masaladir. Tevarak atrofii orientirovka qilishda turgan yoki belgilangan joy taxminga olinadi: MАSАLАN: a) kishi tevarak - atrofni yaxshilab kuzatib «O zi turgan nuqta» haqida ma lumot bera olish; yon atrofidagi ob ektni tushuntira bilishi kerak: 6) o zi qo yib ketgan predmet yoki insonni qayta tevarak atrofni chamalash orqali topib kelishi yoki aniq ma lumot bera olishi kerak; v) inson tevarak atrofni ob ektlicha tushintirayotganda, chalkashtirmay, predmetlarning bir xil yoki har xilligini tushintira olishi, shuningdek qaysi predmet qaysinisining ortida, oldida, orosida, uzoq, yaqinligi, xullas orasidagi masofa haqida to la ma lumot bepa olishi kerak. Tevarak atrof haqidagi, uni aniq orientirovka qila olish haqidagi belgilarga har bir inson ega bo lishi kerak. Bu bilimlar esa ularga yoshlikdan beriladi. Orientrovkani yaxshi bilgan har qanday yo lovchi adashmaydi, adashganni yo lga solib yuboradi. Kattalar misolida ko rsak: Men turgan kenglikda dala bo lib, 20 dadam oldinda, 15 qadam o ng tarafimda terak daraxti bor. Terakning uzunligi taxminan 20-25 m, yo g onligi taxminan 35 sm. Pastki shoxlarida barglari yo q. Tepa shoxlari serbarg, terak ustida qora qarg alar uchib yuribdi. Yoki biror bir uy, ko cha, xonada ma lumot berish. Inson aktiv harakatini davom ettirishi uchun koordinatsiyani va uni orientirovka qilishni yaxshi bilishi kerak. Ko pchilik bu usuldan faqat bir joydan ikkinchi bir joyga adashmasdan borib kelishi uchungina foydalanadi. Orientirovkani aniq belgilay olish, joylarni yaxshi o zlashtirish uchun, shu odamning eslab qolish qobiliyati, xotirasi, diqqat — e tibori, o ylash, esga tushirish, ko z oldiga keltira olish kabi qobiliyatlari ancha mustahkam bo lishi Matemetik tasavvurlarni shakillantirish kerak. Аks holda, bu qobiliyatlari zaif odamlar orientirovkani yaxshi belgilay olmaydilar. Tevarak atrofii chamalash har bir odamning o ziga qulayligini tanlab olishiga bog liq. «O zining» yoki boshqa birovni, o ng qo l, chap qo l, tushunchalari bilan, yoki predmetlarning shakliga qarab, joylashuviga qarab ham orientirovka qilish mumkin. Masalan: ba zilar uy yoki magazinning nomini, nomerini, adresini bilmaydilar-ku lekin qaysi transport bilan, qanday qilib borishni shunday aniq qilib tushuntaridilar-ki, xatto «ko z yumib» borib topish mumkin. 2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni kuzatishning ahamiyati. Ba zi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hali tevarak atrofni kuzatishni, uni orientirovka qilishni yaxshi o zlashtira olmagan bo lishlari ham mumkin bo ladi. Masalan: o z uylariga borishni bilmaydi. Lekin, aksincha bog da bolalar bilan u o ynaladigan o yinlarning kamchiligi, mashg ulotlar va boshqa ko pgina bolalar ijodi- tevarak atrof bilan bog lik. MАS АLАN: Boshlang ich sinf (1-sinf) o quvchisidan talab qilinadigan narsalardan biri-daftar yoki kitob varaqlarning farq qila bilishi. O ng varaq, chap varaq va h.k. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aslida tevarak atrof bilan tanishtirishning bu borasi shu bet yoki varag idagi chizilgan, aks ettan rasmlar yordamida tushuntiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tevarak atrofni yaratishda ega bo lgan barcha bilimlarini puxtalash, uni kuzatish, orientirovka qila olish malakalari hamda uni belgilay olishlari kabi ko nikmalarini mustahkamlash va tevarak atrof haqida o z fikrlarini to la bildira oladigan terminlarning bolada yaxshi o zlashtirilishini o z vaqtida ta minlab borish zarur. Bu bilim malaka va ko nikmalarning barchasi 1-sinf o quvchisining materialini muvaffaqiyatli o zlashtirishdagi yutug i bo lib hisoblanadi. Tevarak atrofni anglashda psixofiziologik mexanizmga ham bog liqdir, u nison ongidagi ko rish,eshitish, so zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Аyniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak atrof haqidagi lug atlarining boyib borishi. Ularning tevarak atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab, sekinasta tevarak atrofii o rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga Matemetik tasavvurlarni shakillantirish bog lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak atrofni o zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir. 2. Tevarak atrofni idrok qilish biror bir mo ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya ni tanasining tomonlari bilan mo ljal qiladi. Bog cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o ngra. Yosh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo lib hisoblanadi va u o zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo ljalga oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo shiladi. Bu nutqda ifodalashdir ya ni so zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo ladi, qaysiki bu tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o ngga, chapga. Shunday qilib bog cha yoshi tevarak atrofning tomonlarini, nomlarini so z bilan belgilash sistemasi davridir. Bola qanday qilib bundan foydalanadi? Kuzatishlardan shu narsa ayon bo ldiki yuqorida degan so zda bola — boshi turgan tomonni, pastda esa — oyoqlari turgan joyni, oldinda — yuzi tomonni, orqasida esa — orqasini, o ngda — o ng qo li qaepda bo lsa o sha tomonni, chapda — chap qo li qaerda bo lsa o sha yerni idrok qilgan. O z tanasi bo yicha tevarak — atrofni idrok qilish bu boshlang ich idrok bo lib xizmat qiladi. Аsosiy tomonlarni 3 ta gruppasi, qaysiki odam tanasining turli qismlari bo yicha eng birinchi bo lib yuqori farqlanadi. Bunda bola, tanasi vertikal holatida aniqlaydi. Qolganlari esa kechroq aniqlanadi va farqlanadi bola tomonidan. Bola tomonlarining juft, qarama qarshi tomonlarini gruppasini o zlashtirsa ham, hali u uning aniqligida yanglishadi. Bolalar uchun asosiy qiyinchiliklar o ng va chapni ajratishdir. Kuzatishlardan bola bu qarama — qarshi tomonlarni asta — sekin egallab boradi, qaysiki ularni tajribalari orqali egallab boradilar. 2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni o rganish. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o tkazilgan tajribalardan shuni ko rish mumkin-ki bolalar tevarak atrofii orientirovka qilishga o rganayotganlaridayoq oddiy terminlardan murakkabroqda, tevarak atrof terminlariga o ta boshlaydilar. Ularning nutqdaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so zlari (biror predmetni ko rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo la oladi. Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig ini aniqlay bilishi boshlang ich bilimlarning rivojlanishidir. Matemetik tasavvurlarni shakillantirish Bolaning yanada o rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u «oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin», «ketma — ket» ko shilishi bolalarda bir gruppa predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi. Masalan hamma o yinchoqlar ketma — ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o rtada, qo g irchoq esa oxirgi orqasida turibdi. Bola orientirovka qilishga o rganayotganida «yonma-yon» so zining ma nosiga keyinroq tushunadi, yoki «o rtada», «orasida» kabilarni o rganib bo lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami? Yoki o ng tarafdami? farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak atrofni orientirovka qilishga o rgatish ishini turli yo llar va yo llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Pedagogik masala № 1. Katta tarbiyachi bitta gruppada faqat 2 ta tarbiyachi o tkazgan matematika mashg ulotini kuzatdi. Mana bu yozuvlarni analiz qiling: «Zahpo Voxidovnada» mashg ulot uchun hamma narsa oldindan tayyorlangan. Bolalar mashg ulotga kirishdilar. Tarbiyachi bolalarga hulqlari haqida eslatishni yodidan chiqarmadi. Mashg ulot davomida bolalar aktiv qatnashdilar, o rtoqlariga yordam berdilar, aniq bo lmagan narsalarni to g riladilar. Sanash ko nikmasi mustahkam, ko z bilan chamalashlari rivojlangan, lekin fizkulьt daqiqa jarayonida bolalar engashganlarida yo nalishni adashtiradilar. Naima Hoshimovna bolalarni mashg ulotga 10 minut kechga qolib taklif qildi, ya ni navbatchilar stolga tarqatma materiallarni tarqatib chiqishga ulgurmadilar. Mashg ulot jarayonida bolalarning diqqatlari bo lindi, o tirgan joylarida shovqin qildilar. Harakat vaqtida orietirovka qilishda xatolar ko p bo ldi, bolalar o ng va chap yo nalishda ko p adashdilar. Tarbiyachi bolalarni shoshiltirdi., mashg ulotta yakun yasamadi, lekin bolalarning xulqiga ob ektiv baho berdi.
Savollar:
1. Siz har bir tarbiyachining ishini qanday baholaysiz?
2. Mashg ulotda bolalarning turli xulqlarini nima bilan tushuntirasiz?
3. Berilgan gruppada qaysi vazifa bo yicha ishni kuchaytirish kerak?
4. Mashg ulot qaysi yosh gruppasida o tkazilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |