O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet389/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Levomitsetin guruhi
Antibiotik levomitsetinni Streptomyces venezuelae ishlab chiqaradi. Uni kultural suyuqlikdan ajratiladi, hamda sintetik yo‘l bilan olinadi. Levomitsetin (xloramfenikol) keng ta'sir spektriga ega, ya'ni gramm musbat va gramm manfiy bakteriyalar, Shu jumladan ichak bakteriyalari oilasi, inflyuens tayoqchalari hamda riketsiyalar, xlamidiyalar, brutselyoz, tulermiya qo‘zg‘otuvchisiga ta'sir ko‘rsatadi. Kislotaga chidamli mikobakteriyalar, ko‘k yiring tayoqchisi, protey, sodda jonivorlar levomitsetinga kam sezuvchan yoki umuman sezuvchan emaslar. Levometsitinning antimikrob ta'sir mexanizimi uning ribosomalarga ta'siri va oqsil sintezini kamaytirish hamda peptidiltransferaza faolligini susaytirish bilan bog‘liq bo‘lib, asosan bakteriostatik ta'sirni yuzaga chiqishida namoyon bo‘ladi.
____________________________________
1 Disbakteriozning shakllaridan biri bo‘lib, Clastridium difficile zahari ta'sirida ri-vojlanadi.

Mikroorganizmlarning levomitsitinga nisbatan chidamlilik orttirishlari sekin rivojlanadi. Me'da ichak tizimidan levomitsitin yaxshi so‘riladi qon zardobida eng yuqori konsentratsiyasi tahminan 2 soatdan keyin yuzaga keladi. Levomitsetinni qonda bakteriostatik konsentratsiyasini saqlash uchun har 6 soatda beriladi. Antibiotikning talaygina qismi qon zardobidagi albuminlar bilan bog‘lanadi. Levomitsetin har-xil to‘qimalardan, Shu jumladan, gematoensefalik barerdan yaxshi o‘tadi. Orqa miya suyuqligida (likvor)da levomitsitinni konsentiratsiyasi qon zardobiga nisbatan 2 marta kam. Uning asosiy miqdori jigarda kimyoviy o‘zgarishga uchraydi. Hosil bo‘lgan kon'yugatlar va tahminan 10% o‘zgarmagan holda buyurak orqali ajraladi. Qon hosil qilish jarayoniga bo‘lgan jiddiy salbiy ta'siri tufayli levomitsetin zaxira antibiotiklari safiga kiritilgan faqat boshqa antibiotiklar samarasiz bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi (8- jadvalga qaralsin ). Uni qo‘llanishga ko‘rsatmalar asosan qorin tifi salmonellyozlar (ovqat-toksiko infeksiyasi) va rikketsiozlar. B'azan uni infilyuens tayoqchasi chaqirgan xastaliklarda (meningit, peshob ajratish yo‘llarining infeksiyasi ) qora oqsoqda va boshqa infeksiyalarda qo‘llaniladi. Odatda levomitsetin ichiladi. Levomitsetinning eritmalari va linimentini Mahalliy1 qo‘llashadi. Parenteral kiritish uchun eruvchan levomitsetin suksinat (klorotsid) ishlab chiqarilmoqda. Uni teri ostiga mushakga va tomirga kiritiladi. Avval qayd etilganidek, levomitsetin retikulotsitopeniya, granulotsitopeniya va og‘ir holatlarda aplastik anemiya bilan kechuvchi qon hosil bo‘lishini susaytiradi2.


Asosiy va rezerv antibiotiklarni qo‘llashga ko‘rsatmalar

Infeksiyalar

Asosiy antibiotiklar

Rezerv antibiotiklar

1

2

3

Stafilakoklar (benzilpenitsilinga sezgirlari )

Benzilpenitsilin Fenooksimetilpenitsilin

Sefolosporinlar Makrolidlar
Vankomitsin
Imipenem

Stafilakoklar (benzilpenitsilinga turg‘unlari)

Oksatsilin
Vankomitsin
Amoksilin

Sefolosporinlar Makrolidlar

Streptokokklar

Benzilpenitsilin
Ampitsilin Aminogilikozidlar

Sefolosporinlar Makrolidlar Tetratsiklinlar

Pnevmokokklar

Benzilpensilin
Ampitsilin
Vankomitsin

Sefolosporinlar Makrolidlar

Enterokokklar

Ampitsilin
Benzilpenitsilin
Gentamitsin

Vankomitsin Aminogilikozidlar

So‘zak

Amoksilin
Ampitsilin
Benzilpenitsilin
Seftriakson

Sefolosporinlar

Meningokokklar

Benzilpenitsilin Ampitsilin

Levomitsetin, Sefalosporinlar

Gazli gangrena

Benzilpenitsilin

Tetratsiklinlar
Levomitsetin
Sefalosporinlar
Klindamitsin

Qoqshol

Benzil penitsilin

Tetratsiklinlar
Sefalosporinlar
Klindomitsin

Bo‘g‘ma

Makrolidlar
Benzilpenitsilin

Amoksitsilin Klindamitsin

Protey qo‘zg‘atadigan infeksiyalar
Proteus mirabilis

Proteus vulgaris


Proteus rettgeri
Proteus morganii

Ampitsilin
Sefalosporinlar
Gentomitsin
Kanamitsin
Amikatsin
Karbpenitsilin

Levomitsetin
Gentamitsin
Sefalosporinlar
Imipenem

Ichak tayoqchasi qo‘zg‘ata-digan infeksiyalar

Ampitsilin
Sefalosporinlar
Aminoglikozidlar

Tikarsillin
Azlotsilin, Siprofloksatsin35

Qorin tifi

Siprofloksatsin1

Levomitsetin
Ampitsilin Tetratsiklinlar

Bakterial ichburug‘

Siprofloksatsin1

Levomitsetin
Ampitsilin Tetratsiklinlar

Qora oqsoq

Tetratsiklin +
Streptomitsin

Rifampitsin Levomitsetin Streptomitsin

Tulyarimiya

Tetratsiklinlar

Levomitsitin Aminoglikozidlar

Ko‘k tayoqcha qo‘zg‘otuvchi infeksiyalar

Aminoglikozidlar
Karboksipenitsillinlar Ureidopensillinlar

Aztreonam
Imipenem
Seftazidim
Sefoperazon

Vabo

Tetrasiklinlar

Levomitsetin Siprofloksatsin1

Chuma

Streptomitsin +
Tetratsiklinlar

Tetratsiklinlar Levomitsetin Aminoglikozidlar

Rekkitsiozlar

Tetratsiklinlar

Levomitsetin

Zaxm

Benzilpenitsilin

Makrolidlar Tetratsiklinlar

Shu tufayli levomitsetinni qo‘llash qon holatini muntazam nazorat qilishni talab etadi. Qon hosil bo‘lishini susaytiruvchi ehtimolini kamaytirish maqsadida antibiotikni imkoni boricha qisqa muddat qo‘llash lozim. Qayta davolash kursi tavsiya etilmaydi. Ko‘pchilik hollarda terida toshmalar, istimalash va boshqalar bilan kechuvchi allergik reaksiyalar kuzatiladi. Noallergik noxush ta'sirlardan ko‘pincha shilliq qavatlarni ta'sirlanishi ko‘ngil aynish, diareya, Shu jumladan, anarektal sindrom kuzatiladi. Ba'zan psixomator buzilishlar, miokardga susaytiruvchi ta'surot kuzatiladi.


Chaqaloqlarda va ularning 1 oylik xayotida ko‘pincha yurak tomir kollapsi bilan kechuvchi kuchli zaharlanish kuzatiladi. Bunday holat bolalarda antibiotikni buyrak orqali ajralishini sustligi va jigar fermentlarining keraklicha faollikka ega emasligi bilan bog’liqdir. Levomitsetinni qo‘llaganda superinfeksiya, masalan kandidamikoz, stafilokokk yoki protey bilan chaqirilgan infeksiyalar rivojlannishi mumkin.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish