O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Ba'zi tetratsiklinlar va levomitsetinning kimyoviy tuzilishi



Download 30,26 Mb.
bet388/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Ba'zi tetratsiklinlar va levomitsetinning kimyoviy tuzilishi
Tetratsiklinlarni penitsillin va streptomitsinga chidamlilik ortirgan mikroorganizmlarni yoki ushbu antibiotiklarga sensibilizatsiyalangan bemorlarda qo‘llaniladi. Odatda ularni har 4-8 soatda ichish tavsiya etiladi. Bundan tashqari suvda eriydigan tuzlarini parenteral (tomir, mushak, bo‘shliqlar ichiga) kiritiladi. Kuchli mahalliy qo‘zg‘otuvchilik xossasiga ega bo‘lganligidan tetratsiklinlarni bosh miya qobig‘lari ostiga kiritmaydilar.
Surtma sifatida ularni ko‘proq ko‘z hastaliklarida (ayniqsa traxomada) mahalliy qo‘llaniladi. Tetratsiklinlar qator noxush ta'sirlar ko‘rsatadilar. Jumladan ular allergik reaksiyalar rivojlantirishi mumkin. Bunda terini jarohatlanishi, yengil istimalash va boshqalar kuzatilishi mumkin. Tetratsiklinlarga allergiya penitsillin va sefalosporinlarga nisbatan anchagina kam rivojlanadi.
Noallergik tabiatli noxush ta'sirotlardan avvalam bor mahalliy qitiqlovchi ta'sirni ko‘rsatish kerak (ayniqsa u oksitetratsiklinda kuchli namoyon bo‘ladi). Ichilganda dori vositaning ana Shu xossa dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynash, qayt qilish, diareya), glossit, stomatit va ovqat hazm qilish trakti shilliq qavati tomonidan boshqa o‘zgarishlarning asosiy sababi hisoblanadi. Mahalliy qitiqlovchi ta'siri tufayli mushak ichiga kiritilganda og‘riq, tomirga kiritilsa tromboflebitlar rivojlanishi mumkin. Tetratsiklinlar biroz gepatotaksiklik xossasiga egadirlar (asosan oksitetratsiklin). Tetratsiklinlarni homiladorlikning ikkinchi yarimida va bolalarda ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘llash lozim. Bu tetratsiklinlarning suyak to‘qimasida jumladan tish to‘qimasida kalsiy tuzlari bilan xelat birikmalar hosil qilishi tufayli depolanishi bilan bog‘liq. Shu tufayli skeletning shakllanishi buziladi. Tishlarning rangi o‘zgaradi va jarohatlanadi. Tetratsiklinlarning noxush ta'sirotlaridan biri bo‘lib ularni fetosensibilizatsiya1 chaqirish va u bilan bog‘liq dermatitlar rivojlanish hisoblanadi (ayniqsa demeklotsiklin). Modda almashinuviga ta'sir ko‘rsatish tetratsiklar uchun oddiy hol hisoblanadi. Ular oqsil sintezini susaytiradilar (antianabolik ta'sir), organizmdan natriy ionlari, suv, aminokislotalarni, ayrim vitaminlarni va boshqa birikmalarni ajralishini kuchaytiradilar. Minotsiklin vestibulyar buzilishlarni rivojlantirishi mumkin. Superinfeksiya vujudga kelishi tetratsiklinlar bilan davolashga juda xos asoratdir. Ta'sir spektri keng bo‘lgan antibiotiklardan hisoblangan tetratsiklinlar ovqat hazm qilish traktining saprofit florasini rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatib kandidamikoz, stafilokokklar, protey, ko‘k yiring tayoqchasi bilan chaqirilgan superinfeksiyani yuzaga kelishiga imkoniyat tug‘diradilar. Eng ko‘p xavf tug‘diradigan asoratlari bu stafilakokklar qo‘zg‘atgan enterokolit va zotiljam bo‘lib juda og‘ir kechishi mumkin. Saprofit flora rivojlanishiga salbiy ta'sir be'morlarda V guruhi vitaminlarini (saprofitlar ularning sintezida qatnashadilar) yetishmovchiligining sabablaridan biri bo‘lib, ovqat hazm qilish trakti shilliq qavatining tetratsiklinlarning mahalliy qitiqlovchi ta'siri va superinfeksiya ta'siridagi jarohatlanishini chuqurlashtiradi.
____________________________________
1 Grekcha phos (photos) –yorug‘lik (nur), lotincha sensibilis – sezgir

Kandidamikozni oldini olish va davolash uchun tetratsiklinlarni zamburug‘larga qarshi antibiotik nistatin bilan birga qo‘llaniladi. Bundan tashqari tetratsiklinlar bilan bir vaqtda V guruhi vitaminlarini berish maqsadga muvofiqdir. Kamdan-kam hollarda psevdomembranoz1 kolit rivojlanishi mumkin. Uni vankomitsin bilan davolanadi.Stafilakokk, protey yoki ko‘k yiring tayoqchasi qo‘zg‘atgan superinfeksiyani bartaraf etish maqsadga tegishli spektrga ega bo‘lgan zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Ma'lum bo‘lgan tetratsiklinlarga mikroorganizmlarning chidamliligi rivojlanishi tufayli ushbu guruhning yangi hosilalarini izlash qonuniydir. Glitsilsiklinlarni yaratilishi bu boradagi eng keyingi yutuqlardan biridir. Bu qatorning istiqbolli birikmalaridan biri bo‘lib tigetsiklin hisoblanadi. U tetratsiklinning hosilalariga mansub. Gramm musbat va gramm manfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka ega.


Tigetsiklin ta'siriga ko‘pgina ko‘k yiring tayoqchasi va protey chidamlilidirlar. Dori vositani boshqa antimikrob vositalarning, rezistentlik rivojlanishi tufayli samarasiz bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish