O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet387/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Tetratsiklinlar
Tetratsiklinlar tuzilish asosida 4ta 6 a'zoli sikllarni kondensatsiyalanishidan hosil bo‘lgan guruh antibiotiklaridan iborat. Biosintetik yo‘l bilan (fermentatsiya) quyidagi dori vositalar olinadi:
______________________
1 Eritromitsin guruhidagi makrolidlarning tuzilish asosi geteroatom kislorodini tutgan 14-a'zoli halqa hisoblanadi. Azitromitsin tipidagi azalidlarda esa geterogen azot va kislorod tutgan 15-a'zoli halqa hisoblanadi. Antibiotik djozamin (vilprafen) 16-a'zoli lakton halqasiga ega.
oksitetratsiklin digidrat (terramitsin, tetran, tarxotsin)- Streptomyces rimosus ishlab chiqaradi, tetratsiklin (desxlorbiomitsin)- Streptomyces aureofaciens1ishlab chiqaradi. Demeklotsiklin Streptomyces aureofaciens ning mutant shtammi ishlab chiqaradi. Yarim sintetik tetratsiklinlarga metatsiklin gidroxlorid (rondomitsin), doksitsiklin gidroxlorid (vibramitsin), minotsiklin va boshqalar mansub.
Tetratsiklinlar keng ta'sir spektriga egalar. Ular gramm musbat va gramm manfiy kokklar, batsillyar ich burug‘, qorin tifi, zaxm, juda xavfli infeksiyalar-qora o‘lat, tulyaremiya, brutsellez, vabo qo‘zg‘otuvchilariga, xlamidiy, ba'zi sodda hayvonlar (amyobali ich burug‘ qo‘zg‘otuvchisi) qarshi faollikka egadirlar.
Protey, ko‘k yiring tayoqchasi, haqiqiy viruslar va patogen zamburug‘larga tetratsiklinlar ta'sir ko‘rsatmaydilar. Gramm musbat mikroorganizmlarga ta'siriga ko‘ra ular penitsillinlardan kuchsiz. Tetratsiklinlarga mikroorganizmlar chidamlilikni sekin ortiradilar.
Ularning mikroblarga qarshi ta'sir mexanizmi bakteriyalar ribosomalarida, hujayra ichida oqsil sintezini susayishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari tetratsiklinlar metallar (Mg2+ , Ca2+) bilan xelat birikmalar hosil qiladilar va ferment sistemalarini susaytiradilar. Tetratsiklinlar bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadilar. Ular ayniqsa ko‘payotgan bakteriyalarga nisbatan faoldirlar. Faolliklari bo‘yicha barcha tetratsiklinlar o‘xshash. Tetratsiklinlar me'da va ichakdan so‘riladi. Absorbsiya to‘liq bo‘masada (ayniqsa ovqatdan so‘ng ichilganda), organizmda bakteriostatik konsentratsiya hosil qilish uchun yetarlidir. Ichilganda qon zardobida eng katta konsentratsiya 2-4 soatdan keyin hosil bo‘ladi. Tetratsiklinlar kalsiy, temir, alyuminiy ionlari bilan xelat birikmalar hosil qiladilar va ular so‘rilmaydi.
______________________
1Xlorni kam tutgan ozuqa muhitidan fermentativ usul bilan olinadi.
Shu sababli ovqat mahsulotlarida (masalan sut va sut mahsulotlarida kalsiy ionlarini bo‘lishi) yoki tarkibida ushbu ionlar bo‘lgan moddalarning (masalan antatsid vositalar) bo‘lishi tetratsiklinlarning so‘rilishini buzadi. Bu ma'noda kalsiy ionlari bilan kam xelat birikmalar hosil qiluvchi doksitsiklin va minotsiklin alohida o‘rin tutadi. Chunki ularni so‘rilishiga ovqat hazm traktida ovqat mahsulotlarini bo‘lishi ta'sir ko‘rsatmaydi va ular to‘liq va tez so‘riladilar.
Sirkulyasiyadagi qonda tetratsiklinlarni anchagina qismi (20-80%) oqsillar bilan bog‘lanadi. Demeklotsillin, doksitsillin va metatsiklin eng davomli ta'sir ko‘rsatadilar. Ta'sir davomliligi bo‘yicha tetratsiklinlar quyidagi tartibda joylashadilar: demeklotsiklin > doksitsiklin > metatsiklin > oksitetratsiklin > tetratsiklin.
Tetratsiklinlar ko‘pgina to‘qima to‘siqlaridan, Shu jumladan yo‘ldoshnikidan ham yaxshi o‘tadilar. Ularning ma'lum miqdori gematoensefalik to‘siqdan ham o‘tadi, ammo ichilganda orqa miya suyuqligida (likvor) tetratsiklinlarning bakteriostatik konsentratsiyasi hosil bo‘lmaydi. Uni hosil qilish uchun antibiotikning qondagi konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lishi kerak. Bunday holatda dori vositalarni parenteral (ayniqsa tomirga) yo‘l bilan kiritib hosil qilish osonroq (masalan doksitsiklin gidroxloridni). Minotsiklin amaliy jihatdan bosh miya to‘qimasiga o‘tmaydi. Tetratsiklinlarning oz miqdori jigar va suyaklarda ancha uzoq vaqt aniqlanadi.
Tetratsiklinlar peshob va safro tarkibida ajraladi. Safro tarkibida ajralgan tetratsiklinlarning bir qismi ingichka ichakda qayta so‘riladi. Doksitsillin asosan safro tarkibida ajraladi. Najasda 90% gacha dori vosita aniqlanadi.
Tetratsiklinlar qo‘llashga keng ko‘rsatmalarga egadirlar. Ular rikketsiozlar, toshmali tif, mikoplazmalar qo‘zg‘atgan zotiljam, xlamidiyalar qo‘zg‘atgan infeksiyalarda (zotiljam, psittakoz, traxoma va boshqalar) va amyobali ich burug‘, kokklar qo‘zg‘atgan infeksiyalarda, leptospirozalarda samaradordir.



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish