Penitsillinlarni noxush va zaharli ta'sirlari
Penitsillinlarning zaharliligi past, terapevtik ta'sir kengligi katta. Asosiy noxush ta'siri allergik reaksiyalar bo‘lib, u ko‘pincha (1-10%) 1 bemorlarda kuzatiladi. Ular organizmda antitelolar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq.
Odatda allergik reaksiyalar penitsillinlarni qo‘llashni boshlagandan bir qancha vaqt o‘tgach yuzaga keladi. Ammo ushbu muddat, katta oraliqda bo‘ladi (daqiqalardan- haftagacha). Penitsillinlar dozasi bilan allergik reaksiya rivojlanadigan vaqt, uning darajasi orasida karrelyasiya aniqlanmagan. Allergik reaksiyalar turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha allergik reaksiyalar terida toshmalar, dermatit, istmalash bilan cheklanishi mumkin. Birmuncha og‘irroq shakllari shilliq qavatlarning shishishi, artritlar, artralgiyalar, buyraklarni shikastlanishi, eritrodermiya va boshqa o‘zgarishlar bilan kechishi mumkin.
Og‘ir kechuvchi va tez rivojlanadigan, ba'zan o‘limga olib keluvchi allergik reaksiya-allergik shok2 hisoblanadi (qon bosimi tushadi, bronxospazm, qorin sohasida og‘riqlar, bosh miya shishi, es xushni yo‘qotish va boshqa ko‘pgina o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin).
Allergik reaksiyalarni davolash penitsillin dori vositalarini qo‘llashni to‘xtatish hamda glyukokortikoidlarni (kuchli yallig‘lanishga qarshi va desensibilizatsiyalash ta'siriga ega) gistaminga qarshi vositalar (allergik reaksiyalarni rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan H1-gistaminning retseptorlarini qamallab gistaminning ta'sirini bartaraf etadi) kalsiy xlorid va boshqa vositalarni qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
________________________
1 Penitsillin dori vositasiga allergik reaksiyalar ularni qo‘llovchi tibbiyot hodimlari, hamda ishlab chiqaruvchi, qadoqlashda qatnaShuvchi ishchilarda ham kuzatilishi mumkin.
2 Odatda penitsillin dori vositasini in'eksiya qilgandan 20 daqiqa keyin rivojlanadi.
Anafilaktik shokda α- va β-adrenoretseptorlarni rag‘batlantiruvchi adrenomimetiklarni (qon bosimini oshiradi, bronxospazmni bartaraf etadi) – adrenalin gidroxlorid yoki efedrin gidroxlorid, hamda gidrokortizon, dimedrol, kalsiy xlorid tomirga kiritiladi. Bundan tashqari penitsillinlar noallergik tabiatiga ega bo‘lgan ba'zi noxush va toksik ta'sir ko‘rsatadilar.
Ularga penitsillinlarni mahalliy qitig‘lovchi ta'siri kiradi. Penitsillin dori vositasini ichilganda til (glossit), og‘iz bo‘shlig‘i (stomatit) shilliq qavatlarini yallig‘lanishi, ko‘ngil aynash, diareya kuzatilishi mumkin.
Mushak ichiga kiritilganda og‘riq, infiltratlar hosil bo‘lishi va mushaklarni aseptik nekrozi, tomirga kiritilganda esa – flebitlar va tromboflebitlar kuzatilishi mumkin.
Benzilpenitsillinning natriyli tuzini haddan tashqari katta dozalarda qo‘llansa (ayniqsa orqa miya kanaliga-endolyumbal) neytrotoksik ta'sir yuzaga kelishi mumkin (araxnoidit, ensefalopatiya). Bunday asorat ba'zan dori vositani buyrak yetishmovchiligida qo‘llanganda ham rivojlanishi mumkin.
Penitsillinlarni toksik ta'siri ayrim hollarda yurak faoliyatida salbiy o‘zgarishlar chaqiradi. Kamdan-kam hollarda oksatsillinni jigar fermentlariga susaytiruvchi ta'siri kuzatilgan. Kislotalar ta'siriga chidamli penitsillinlarning ichilishi (ayniqsa keng ta'sir spektrlilari masalan, ampitsillin) disbakterioz rivojlanishining sababi bo‘lishi mumkin (ko‘proq Kandidamikoz).
Do'stlaringiz bilan baham: |