O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet317/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Dori vositalar:



Nomi

Kattalar uchun o’rtacha terapevtik doza, kiritish yo’li



Chiqarilish shakli

Fepranon─Phepranonum

Ichish uchun 0,025 gr

Draje 0,025 gr dan

Sibutramin─Sibutramine

Ichish uchun 0,005-0,015

Kapsulalar 0,005 va 0.01 gr dan

Orlistat─Orlistat

Ichish uchun 0,12 gr

Kapsulalar 0,12 gr dan

Ishtahani maxsus (MC4)retseptorlar bilan bog’lanuvchi melanokortin ham kamaytiradi. Eksperimentlarda ushbu retseptorlarning agonistlari ishtahani kamaytirishi, antagonistlari esa oshirishi aniqlangan. Tabiiyki agonistlari anaroksigen vositalar sifatida qo’llanilishi mumkin. Ishtahani kuchaytiruvchi oreksin peptidi ajratilgan. Oreksin retseptorlarini qamallovchi moddalar ishtahani kamaytirishi mumkin. Me’da ichak trakti hujayralari ishlab chiqaruvchi xolitsistokinin katta qiziqish uyg’otdi. U nafaqat me’da ichak traktining bezlari funksiyalariga ta’sir etadi, balki to’yinish omili sifatida faollik ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda amaliyot uchun xoletsistokinin sistemasini faollashtiruvchi kelajagi porloq bo’lgan birikmalar ustida izlanishlar olib borilmoqda.


13.Osteoporoz va podagrada qo’llaniladigan dori vositalar
Osteoporozda suyaklarning massasi va zichligi kamayishi, ularning mikroarxitektonikasi o’zgarishi ularni mo’rtligini oshiradi va sinish xavfini ko’paytiradi va bu ko’pincha qari kishilarning nogiron bo’lib qolishi va muddatdan avval o’limiga sabab bo’ladi. Bunday bemorlarni davolash uzoq davom etadi va talaygina moliya sarfini talab qiladi. O’rta va katta yoshdagi odamlarda osteoporozni keng tarqalganligi ushbu patologiyani samarali davolash va oldini olishda qo’llaniladigan dori vositalarini yaratish bo’yicha izlanishlarini kuchayishiga olib keldi.
Ma’lumki suyak to’qimasida doimo yangilanish jaroyoni ketadi. Umr davomida suyaklar rezorbtsiyalanadi (osteoklastlar faoliyati xisobiga) va yangi suyak to’qimasini hosil qiladi (osteoblastlar bilan).Suyak to’qimasining massasi 30 yoshda eng katta darajaga yetadi va keyin asta sekin kamayadi, 75yoshda u 30-50 % gacha kamayishi mumkin.
Osteoporoz suyakning rezorbtsiyasi va uni hosil bo’lishi orasidagi dinamik muvozanatni buzilishi tufayli yuzaga keladi. Ushbu muvozanat ko’pgina endogen: jinsiy gormonlar,qalqonsimon bez oldi gormoni, o’sish gormoni, kortikosteroid, kaltsitonin, vitamin D va uning metabolitlari, osteoklastlar faolliklarini boshqaruvchi maxsus oqsillar (osteoprotegeparin va boshqa), sitokininlar, kaltsiy ionlari bilan boshqariladi. Bundan tashqari suyaklarning normal massasi va tuzilishini saqlanishida mexanik yuklamalar va nasliy omillar muxim rol o’ynaydi.
Osteoporozda ijobiy ta’sir ko’rsatadigan dori vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
I. Gormonlar, ularning analoglari va hosilalari.
1. Jinsiy gormonlar (esterogen, androgen)
2. Kaltsitoninlar
II. Vitamin D3 ning faol metabolitlari va unumlari ( alfakaltsidiol, kaltsitriol)
III. Xayvon maxsulotlaridan tayyorlangan dori vositalar (ossein gidroksiapatit)
IV. Sintetik birikmalar
1. Bisfosfonatlar (etidronat, pamidronat, alendronat va boshqalar)
2. Ftoridlar (natriy ftoridi, natriy monoftorfosfati)
3. Kaltsiy tuzlari ( kaltsiy karbonati, sitrati va boshqalar)
4. Strontsiy tuzlari (strontsiy ranelati)
5. Anabolik steroidlar (retabolil, fenobolin)
Yuqorida qayd etilgan moddalarning farmakoterapevtik samarodorligi ularning suyak hosil bo’lishi va ularning rezorbtsiyasi orasidagi buzilgan muvozanatni qay darajada tiklash xossalari bilan bog’liqdir. Dori vositalarning asosiy yo’nalishidan kelib chiqqan xolda ularni quyidagicha tasniflash mumkin.

Suyak to’qimasini rezorbsiyasini to’xtatuvchi vositalar

Suyak to’qimasini hosil bo’lishi va mineralizatsiyasiga imqoniyat yaratuvchi vositalar

Esterogenlar,
Kaltsitonin,
Bifosfonatlar

Ftor dori vositalari
Anabolik steroidlar

Ossein gidroksiapatit
Kaltsiy tuzlari1
Strontsiy tuzlari,
vitamin D31 ning faol metabolitlari va unumlari

Osteoporoz odatda qari yoshdagi insonlarda rivojlanadi va asosan jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini kamayishi bilan bog’liq. Osteoporoz bilan ko’proq 50-55 yoshdagi va undan kattaroq yoshdagi ayollar xastalanadilar. Bu menopauza davrida quzatiladigan esterogenlar yetishmovchiligi bilan bog’liq. Osteoporoz rivojlangan ayolarning 1/3-1/6 da suyaklarning sinishi kuzatiladi.
Ushbu holatlarda asosiy profilaktik vosita bo’lib,esterogenlar hisoblanadi. Ularni 5-10yil davomida qo’llab turish lozim. Estrogenlar osteoklastlarga salbiy ta’sir ko’rsatib, suyak to’qimasining rezorbtsiyasini kamaytiradilar.
Bunda ko’krak bezi va bachadon rakining rivojlanishini ko’payishi tahminini inobatga olib, esterogenlarni gestagenlar bilan birgalikda qo’llash maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Ularni birgalikda qo’llash, qayd etilgan xavfli o’smalarning rivojlanish xavfini kamaytiradi deb xisoblandi. Menopauzadan keyingi osteoporozda vitamin D3 ning faol metabolitlari, bisfosfonatlar, kaltsitonin, strontsiy tuzlari va suyak to’qimasi rezorbtsiyasini susaytiruvchi va uning hosil bo’lishini rag’batlantiruvchi boshqa dori vositalar ham qo’llanadi. Kaltsiy gomeostazini tabiiy boshqaruvchilardan biri bo’lib kaltsitonin gormoni xisoblanadi (qalqonsimon bezning maxsus hujayralari ishlab chiqaradi). Uning ta’siri asosan suyak to’qimasiga yo’naltirilgan: u osteoklastlar faolligini pasaytirib suyak rezorbtsiyasini kamaytiradi. Kaltsitoninni turli dori vositalari yaratilgan: sintetikinson kaltsitonini (sibakaltsin), cho’chqaning kaltsitonini (Kaltsitrin), lososni sintetik kaltsitonini (miakaltsik), ilon-baliq kaltsitonini (elkatonin). Tibbiyot amaliyotida miakaltsik keng ko’p qo’llaniladi. U teri ostiga, mushak ichiga va intranazal(sprey) kiritiladi. Kaltsitonin qonda kaltsiy miqdorini kamaytirganligi sababidan, kaltsiy tuzlarini qo’shimcha kiritish lozim. Miakaltsikni menopauzadan keyingi, senil, kortikosteroidlar ta’sirida yuzaga kelgan osteoporozda qo’llaniladi. Kaltsiy almashinuviga ta’siridan tashqari, kaltsitonin yaqqol og’riq qoldirish xossasiga ham egadir. Shu sababli kaltsitonin dori vositalarini og’riq bilan kechuvchi osteoporozlarda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Noxush ta’sirotlari ko’pgina bo’lib, ko’ngil aynishi, ishtahani pasayishi, terining qizarishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Bir qancha bemorlarda dori vositaga rezistentlik rivojlanadi ( antitelolar hosil bo’lishi yoki miokaltsik ta’sir etuvchi retseptorlarni kamayishi tufayli)
Davolashni tanaffus bilan o’tkazilsa dori vositaga chidamlilik rivojlanish extimoli kamayadi. Bu borada har-xil manbaalardan olingan dori vositalarni qo’llash mumkin. Teriparatidni (inson paratireoid gormoni aminokislotalardan tashkil topgan qismi PTGI-34) kichik dozada, bo’lib-bo’lib qo’llanganda osteoblastlarni rag’batlantiradi va suyak trabekulalarini zichligini oshirib, osteoporozning kechishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Ammo bu ma’lumotlar qo’shimcha tekshiruvlarni talab qiladi.
Kaltsiyni boshqarishda vitamin D3 ning faol metabolitlari va unumlari kaltsi-triol, alfakaltsitriol muxim ahamiyatga ega. U ichaklardan kaltsiy va fosforni so’rilishiga, buyrak naychalaridan kaltsiyni reabsorbtsiyasiga imkoniyat tug’diradi. Bundan tashqari kaltsiy va fosforni suyaklardan qon zardobiga o’tishini rag’batlantiradi. Qon zardobining to’yinishidan keyin suyaklarning mineralizatsiyasi kuzatiladi. Yuqorida qayd etilgan dori vositalar gipokaltsimeyada, hamda osteoporozda qo’llaniladi.
Kaltsitriol ichakdan yaxshi so’riladi. Qonda tahminan 10 s dan keyin kaltsiy ionlari miqdori maksimal ortishi kuzatiladi.Ta’sir davomligi 3-5 kun. Jigarda metabolizmga uchrab safro tarkibida ichakka ajraladi. Uni ichiladi va tomirga kiritiladi.
Shunga o’xshash xossalarga alfakaltsidol ega. Ammo u kaltsitriolga nisbatan xaddan tashqari giperkaltsimeyaga kamroq olib keladi. Osteoporozda xayvonlarning suyak to’qimasidan olinadigan ossein-gidroksiapatit (osteogenon) kompleks dori vositasi ham qo’llaniladi. U osteoblastlarni faollashtirib, suyak hosil bo’lishini rag’batlantiradi, hamda osteoklastlarni ingibitsiyalab suyaklarni so’rilib ketishiga qarshilik ko’rsatadi. Lekin dori vositaning bunday ta’sir mexanizmi aniqlik kiritilishini talab qiladi. Noxush ta’sirlari deyarli yo’q. Odatda boshqa dori vositalar bilan birgalikda qo’llaniladi.
Vitamin D3 ning faol metabolitlari hamda kaltsiy tuzlari hosilalarining osteoporozda shifobaxsh ta’sir mexanizmlari aniq emas. Shubhasiz ushbu dori vositalar suyakni mineralizatsiyalanishuviga imqoniyat yaratadi, ammo bazi mualliflar ular antirezorbtiv ta’sir ko’rsatadilar deb xisoblaydilar.
Boshqa dori vositalarning tuzilishini tegishli bo’limlarda keltirilgan (osteoporozda qo’llaniladigan). Osteoporozni davolashda sintetik dori vositalar ham ishlatiladi. Pirofosfor kislota hosilalaridan bisfosfonatlar (etidronat, pamidronat, alendronat va boshqa) keng ko’lamda qo’llanmoqda. Ushbu moddalar suyakning gidroksiapatiti kristallari bilan mustaxkam bog’lanadilar va kimyoviy hamda biologik barqarorliklari tufayli suyak to’qimasida ko’p oy va yillar saqlanadi. Suyak rezorbtsiyasida bisfosfonatlar lokal ajraladilar. Bunda ular osteoklastlarning faolligini va sonini kamaytirib, suyak rezorbtsiyasini tezligini kamaytiradi. Bisfosfonatlar osteoblastlarga ham ta’sir etadi va ularni osteoklastlarga rag’batlantiruvchi ta’sirini kamaytiradi
Suyaklar kaltsifikatsiyasini, amaliy nuqtai nazardan, susaytirmaydigan va osteomalyatsiya rivojlantirmaydigan (masalan, alendronat) bisfosfonatlar eng ko’p qiziqish uyg’otdi. Shunday dori vositalarni nafaqat qisqa muddat balki davomli vaqt uzluksiz qo’llaniladi.
Bisfosfonatlar ovqat hazm qilish traktidan yomon so’riladi (<10%) shu sababli ularni nahorda (och qoringa) qabul qilish kerak. So’rilgan moddalarning tahminan yarmi suyaklarda depolanadi, qolgan qismi o’zgarmagan holda buyrak orqali ajraladi. Dori vositalarni parenteral kiritish mumkin (vena tomiriga infuziya yo’li bilan). Bemorlar ularni yaxshi qabul qiladilar. Nojo’ya ta’sirlardan pamidronatda maxalliy ta’sirlash kuchli darajada namoyonligidan uni faqat parenteral yo’l bilan kiritiladi. Etidronat suyaklarni mineralizatsiyasini buzib osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu ma’noda II- va III- avlod bisfosfonatlari xavfsizroqdir. Jumladan alendronat katta dozalarda kuchsizroq darajada ta’sirlantirish xossasini namoyon qiladi, lekin bu uni davomli enteral qo’llanilishiga xalaqit bermaydi.
Bisfosfonatlar nafaqat osteoporozda, balki Pedjetning suyak xastaligi, giperkaltsimiya, giperparoteriozda, hamda suyaklarning o’simtali xastaliklar tufayli jarohatlanishlarida qo’llaniladi. Asosan oxirgi xastalikda ayniqsa osteoliz og’riqlar bilan kechadigan holatlarda qo’llaniladigan dori vositalarning biri bu klodronat natriydir (bonefos)
Ovqat hazm qilish traktidan u yomon so’riladi. Qonga o’tish darajasi 1-2% shu sababli dori vositaning katta konsentratsiyasini hosil qilish uchun uni vena tomiriga kiritiladi. U to’qimalarda tez tarqaladi. Suyaklarga yuqori darajada yaqinlikka ega. Organizmdan buyrak orqali (70% o’zgarmagan modda 1 kun davomida) ajraladi. vena tomiriga kiritiladi va ichiladi. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qiladilar.
Noxush ta’sirlari sifatida ko’proq dispepsiya ( ko’ngil aynish, qayt qilish, og’riq, diareya va boshqa) kuzatiladi. Suyaklar mineralizatsiyasini etidronatga nisbatan kamroq buzadi.
Dinatriypamidronat (aredia) dori vositai ham asosan suyak to’qimasiga metastaz beruvchi ko’pgina xavfli o’simtalar (ko’krak bezi, nafas yo’llari raki, mielom xastaligi va boshqa), osteoliz va giperkaltsimeyada qo’llaniladi. Dori vosita suyaklarning rezorbtsiyasini susaytiradi va qon zardobida kaltsiy ionlarinini kamaytiradi. Bu o’sma ta’sirida suyaklarning shikastlanishini susaytiradi, og’riqni kamaytiradi. Dori vositani tomirga infuziya qilish yo’li bilan kiritiladi. Noxush asoratlar ko’rinishida isitmalash, dispeptik o’zgarishlar, mialgiya, limfotsitopeniya, anemiya, gipokaltsemiya, gipofosfatemiya, gipomagnemiya, allergikreaktsiyalar va boshqalar rivojlanishi mumkin.
Uzoq vaqtdan beri qo’llanilishiga qaramay osteoporozlarda ftoridlarni qo’llash maqsadga muvofiqligi xaqida yaqqol fikr shu vaqtgacha yo’q. Shunga qaramay ko’pgina klinistlar ma’lum bir ijobiy siljish kuzatilishini inobatga olib ushbu dori vositani qo’llashni davom ettirmoqdalar. Bunday holat ularni osteoblastlarni rag’batlantirish va ularni proliferatsiyasini kuchaytirish bilan bog’liq. Terapevtik ta’sir kengligining katta emasligi ftoridlarni qo’llashni cheklovchi omillardan biridir. Bundan tashqari ular ko’pgina noxush asoratlarga egadirlar: suyak to’qimasining jarohatlanishi (flyuoroz), ovqat hazm qilish traktining (ko’ngil aynishi, qayt qilish, qon ketishi) shikastlanishi, og’riq, osteomalyatsiya va boshq. Ftoridlar guruhida eng kam zahar dori vosita natriy monoftor-fosfat xisoblanadi.
Osteoporozni davolashda strontsiy ranelat (bivalos) yangi dori vositadir. U suyaklar hosil bo’lish jaroyonini rag’batlantiradi va uni rezorbtsiyasini susaytiradi.
Ovqat hazm qilish traktidan yaxshi so’riladi. Biologik o’tish darajasi 27% atrofida. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Bazan ko’ngil aynish, diareya, bosh og’rig’i kuzatiladi. Strontsiy ranelatni tabobatda qo’llashga ruxsat berilgan. Ammo dori vositani keng klinik sinovlardan o’tkazish talab etiladi, ayniqsa uni xavfsizligini.
Anabolik steroidlar suyak to’qimasining massasini oshiradilar va shu tufayli osteoporoz rivojlanishini to’xtatadi, ammo shu bilan bir qatorda ko’pgina noxush holatlar yuzaga keladi( maskulinizatsiya, qon zardobida zichligi past lipoproteidlar miqdorini ortishi, zichligi yuqori bo’lgan lipoproteidlarni kamayishi, jigar funktsiyasining buzilishi va boshq). Shu tufayli ularni qo’llash cheklangan (ayniqsa postmenopauza davridagi ayollarda). Takidlash joizki osteoporozlarda ko’pincha ta’sir mexanizmi har- xil bo’lgan moddalarni birgalikda qo’llaniladi. Kombinatsiyalangan davolashda ko’proq ishlatiladigan tarkibiy qism bo’lib kaltsiy tuzlari xisoblanadi.
Ushbu patologiyani davolashga bevosita aloqasi bo’lmagan ba’zi dori vositalar kaltsiy ionlari balansiga ta’sir ko’rsatishi mumkinligini inobatga olish ahamiyatga ega. Jumladan tiazid guruhidagi peshob haydovchi vositalar kaltsiy ionlari ekskretsiyasini kamaytiradi (buyrakning distal naylarda ularni reabsorbtsiyasini oshirish xisobiga bo’lsa kerak). Osteporozda tiazidlarni davomli qo’llanilsa (oylab) ular suyak zichligini oshirib ularning tez-tez sinishini kamaytiradilar. Diuretiklarning boshqa namunasi furosemid peshob ajralishini kuchli darajada oshirishi bilan bir qatorda Genle qovuzlog’ining ko’tariluvchi qismida kaltsiy ionlarini rezorbtsiyasini kamaytiradi va natijada kaltsiy ionlarini ajralishini oshiradi. Etakrin kislotasi ham xuddi shunday ta’sirga ega. Demak, turli xil peshob haydovchi vositalar kaltsiy ionlarini almashunuviga bir xil ta’sir etmaydi
Dori vositalar:

Nomi

Kiritish yo’li

Chiqarilish shakli

Etidronat-Etidronate

Ichish uchun 0,005 g/kg

0,2 va 0,4 g tutgan tabletkalar

Pamidronat-Pamidronate

Tomirga 0,015 g

0,015 yoki 0,03g quruq modda tutgan flakon (kiritishdan oldin eritiladi)

Alendronate- Alendronate

Ichish uchun 0,01 g

0,01 g tutgan tabletkalar


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish