Podagrani davolash vositalari Podagra qonda peshob kislotasini miqdorini ortishida, bo’g’inlar va boshqa to’qimalarda uning mikrokristallarini to’planib, cho’kmaga tushishi, hamda peshob kislotasidan peshob yo’larida toshlarni hosil bo’lishida namoyon bo’ladi. Peshob kislotasi purin asoslarini almashinuvining oxirgi maxsulotdir, organizmdan buyrak orqali ajraladi. Buyrak koptokchalarida peshob kislotasi filtratsiyalanadi (tahminan qon zardobida miqdori 0,5 % ) buyrakning proksimal naychalarida ular amaliy jihatdan to’liq reabsorbtsiyalanadi. Ikkinchi bosqich proksimal naychalarda peshob kislotasini sekretsiyasidan va keyinchalik uni qayta faol reabsorbtsiyasidan ( 80%) iboratdir.
Susaytiruvchi ta’sir
Siydik kislota
Sulfinpirazon, Probenitsid, Etamid, Benzbromaron
13.1-Rasm:Siydik kislotani buyrakdan chiqarilish mexnizmi va urikozurik vositalar ta’sir qilish joyi. 1-Filtratsiya; 2,4-reabsorbsiya; 3-sekretsiya.
Podagrani davolashda qo’llaniladigan vositalar qatoriga qonda peshob kislotasi miqdorini kamaytiruvchi hamda yallig’lanishga qarshi vositalar kiradi. Qonda peshob kislotasi miqdorini ikki yo’l bilan kamaytirish mumkin. Peshob kislotasini ajralishini osonlashtiruvchi dori vositalarni urikozurik vositalar deb ataladi. Ularga anturan, etamid, probenetsid, benzbromaronlar tegishli . Ularni podagrani oldini olish uchun qo’llaniladi
Sulfinpirazon (anturan) pirazolin unumi bo’lib tuzilishi bo’yicha butadionga o’xshash. Katta dozalarda buyrakning proksimal naychalarida peshob kislotasining reabsorbtsiyasini susaytirib uni peshob tarkibida ajralishini oshiradi. Kichik dozalarda peshob kislotasining sekretsiyasini kamaytirib uni organizmda ushlanishiga olib keladi. Buyrak orqali benzilpenitsillinni ajralishini ham kamaytiradi.
Sulfinpirazon trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Me’da- ichak traktidan yaxshi so’riladi. Ta’siri tahminan 10 s. Dori vosita va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Eng xos bo’lgan nojo’ya ta’siri ovqat hazm qilish trakti shilliq qavatiga salbiy ta’siridir (shu sababli dori vositani ovqat bilan birga qabul qilish kerak). Allergik reaktsiyalar, peshob yo’llarida tosh hosil bo’lishi mumkin. Kamdan kam hollarda qon hosil bo’lishini susaytiradi. Xuddi shunday urikozurik ta’sirga probenetsid va etamid ham egadirlar.Bundan tashqari ikkala dori vosita ham anturan kabi benzilpenitsillin va ko’pgina boshqa buyrak naychalarida sekretsiya yo’li bilan ajraladigan moddalarni ekskretsiyasini kamaytiradilar.
Probenetsid benzoy kislotasining hosilasidir. Enteral yo’l bilan kiritilganda yaxshi so’riladi. Qon zardobida maksimal konsentratsiyasi o’rta xisobda 3 soatdan keyin yuzaga chiqadi. Ta’siri davomli ( t1/2=8-10 soat). Dori vositaning ko’p qismi qon zardobi oqsillari bilan bog’lanadi, u buyrak orqali asosan sekretsiya yo’li bilan ajraladi. Probenetsid ovqat hazm qilish trakti shilliq qavatini ta’sirlantirishi, terida allergikreaktsiyalar rivojlantirishi, buyrakda toshlar hosil qilish mumkin.
Etamid ham benzoy kislotasining hosilasiga mansubdir. Tuzilishi bo’yicha probenetsidga o’xshash. Ichakdan yaxshi so’riladi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Dispeptik o’zgarishlar, peshobda uratlarni cho’kmaga tushishi va konkrementlar hosil bo’lishi mumkin.
Benzbromaron (normurat, xipurik) samarador urikozurik vositadir. U proksimal naychalarda peshob kislotasini reabsorbtsiyasini susaytiradi. Bundan tashqari purin asoslarini sintezini kamaytiradi va peshobdan siydik kislotasini so’rilishini kamaytiradi. Ovqat hazm qilish traktidan to’liq so’riladi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Ba’zi bemorlarda diareya va qichishadigan toshmalar kuzatiladi.
Podagraga qarshi dori sifatida ba’zan urodan qo’llaniladi. Ushbu murakkab (imperazin va litiy tuzlari) sochmaning tarkibiy qismlari peshob kislotasi bilan oson eruvchan birikmalar hosil qiladilar va bu organizmdan peshob kislotasini ajralishiga imkon beradi.
Allopurinol
Alloksantin
Purinlar
Gipoksantin
Ksantin
Ksantinoksidaza
Ksantinoksidaza
Siydik kislota
Susaytiruvchi ta’sir
Organizmda peshob kislotasining xosil bo’lishini susaytiruvchi vositalarga allo-purinol (milurit) mansubdir.U tuzilishi bo’yicha gipoksantinning analogidir. Organizmda alloksantinga aylanadi va u peshob kislotasi hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi, ammo faolligi bo’yicha allopurinoldan kuchsizroqdir. Ikkala birikmaning ta’sir mexanizmini ularni ksantinoksidaza faolligini susaytirishi va shu tufayli gipoksantin va ksantindan peshob kislotasini hosil bo’lishiga to’sqinlik qilishlari bilan tushuntiriladi . Allopurinol ta’sirida peshob bilan peshob kislotasi o’rniga oson eruvchan gipoksantin va ksantin ajraladi.
Allopurinol ichakdan tez so’riladi. Qon zardobida maksimal konsentratsiyasi 1-2 soat orasida kuzatiladi. Qon zardobida peshob kislotasining miqdori 7-10 kundan keyin normallashadi. Uni to’qimalarda to’planib qolgan cho’kmalarining so’rilib ketishi bir necha oylardan keyin kuzatiladi. Allopurinol va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Allopurinolni so’rilmagan 20 % ichak orqali ajraladi. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qilishadilar. Terida allergik reaktsiyalar, dispepsiya, podagrani kuchayishi mumkin, kamdan kam hollarda anemiya kuzatiladi.
Ko’rib chiqilgan podagrani davolash vositalari podagrani surunkali kechishida qo’llaniladi. Asosiy maqsad peshob kislotasi almashinuvini normallashtirish, xastalik xurujlarini oldini olishdan iborat. Peshob kislotasi tuzlarining mikrokristallarini (urat) biriktiruvchi to’qimalardagi cho’kmalariga nisbatan rivojlangan yallig’lanishdan iborat bo’lgan podagraning o’tkir xurujlarida yallig’lanishni va og’riqni bartaraf etuvchi yallig’lanishga qarshi vositalarni qo’llash lozim.Ushbu maqsadda glyukokortikoidlarni va nosteroid tuzilishga ega bo’lgan dori vositalarni (diklofenak natriy, butadion, indometatsin va boshqalar) qo’llash mumkin. Kolxitsin Colchicum autumnale o’simligining alkoloidi, podagrada yallig’lanishga qarshi kuchli ta’siriga ega.
U mikrotubulyar oqsil bilan bog’lanib, granulotsit va xarakatlanuvchi boshqa hujayralarning mitotik faolligini susaytiradi. Granulotsitlarni yallig’lanish o’chog’iga migratsiyasini kamaytiradi. Granulotsitlarni peshob kislotasi kristallarini fagotsitozi jaroyonida yuzaga keluvchi va yallig’lanish jaroyonini rivojlanishiga sabab bo’luvchi glikoproteinlar, peshob kislotasi va bir qator fermentlarni ishlab chiqarishni susaytiradi. Peshob kislotasining mikrokristallari to’qimalarda cho’kindilar hosil qilishini sekinlashtiradi. Buning hammasi yallig’lanishga qarshi ta’sirda namoyon bo’ladi. Bunday ta’sir nisbatan tez rivojlanadi va podagra xurujlari bir necha soat ichida bartaraf etiladi.
Kolxitsin tana haroratini tushiradi, arterial bosimni ko’taradi, nafas olish markazini susaytiradi, nerv-mushak o’tkazuvchanligini buzadi.
Meda ichak traktidan yaxshi so’riladi, qon zardobida maksimal konsentratsiyasi tahminan 60 daqiqalardan keyin hosil bo’ladi. Kolxitsin va uning metabolitlari asosan ichak, kamroq, buyrak (10-20%) orqali ajraladi. Kolxitsin asosan podagrani o’tkir xurujlarini bartaraf etish, ba’zan ularni oldini olish uchun qo’llaniladi.
Podagrani davolashda qo’llaniladigan vositalar:
Ta’sirning asosiy yo’nalishi
Qo’llashga ko’rsatmalar
Podagra xurujlari oldini olish
Podgarani o’tkir xurujlarini bartaraf etish
Peshob kislotasini ajralishiga imkoniyat tug’diruvchi vositalar (urukozurik vositalar)
Sulfinpirazon Probenetsid
Etamid
Benzbromaron
Peshob kislotasini hosil bo’lishini kamaytiruvchi vositalar
Kolxitsin yuqori zaharlilika ega va terapevtik ta’sir kengligi katta emas, tez-tez noxush ta’sirlar rivojlantiradi. Unga eng xos bo’lgan asorat, kolxitsin ko’p miqdorda to’planadigan, meda ichak trakti shikastlanishidir.U ko’ngil aynishi, qayt qilish, diareya, qorin soxasida og’riqlarda namoyon bo’ladi. Leykotsitoz bilan almashinuvchi leykopeniyani ham rivojlantiradi. Davomli qo’llanganda agranulotsitoz, aplastik anemiya, alopetsiya va boshqa noxush o’zgarishlar rivojlanishi mumkin.
Podagrani davolashda ta’sir mexanizmi turlicha bo’lgan dori vositalarni birgalikda qo’llash samaradordir ( m-n: allopurinol+- anturan, Kolxitsin+ probenitsid va shunga o’xshash)
Dori vositalar: