O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet319/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

14.Yallig‘lanishga qarshi vositalar
Yallig‘lanish organizmning turli xil ekzogen va endogen jarohatlovchi omillarga, jumladan bakterial va virusli, parazitar infeksiyalar, hamda allergenlar, fizik va kimyoviy ta’sirotlarga bo‘lgan universal reaksiyasidir. Ular ham mahalliy, ham umumiy (keng tarqalgan) o‘zgarishlarni yuzaga keltiradilar.
Infeksion va noinfeksion tabiatli patologiyalarning ko‘p shakllarida yuzaga keluvchi yallig‘lanish jaroyoni xaddan tashqari zararlovchi ta`sirga ega bo‘lishi mumkin. Bunda a’zo, to‘qimalarning funksiyalari buziladi, shunga e’tiboran, etiotrop terapiyadan tashqari (agar mumkin bo‘lsa) yallig‘lanish jarayonini eng o‘rinli yo‘l bilan to‘xtatish katta amaliy ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda yallig‘lanishga qarshi vositalar ko‘pgina xastaliklar va patologik holatlarning farmakoterapiyasining muqarrar tarkibiy qismlaridir.
Yallig‘lanish-murakkab jaroyon bo‘lib ko‘pgina endogen moddalar bilan boshqariladi. Ushbu moddalar yallig‘lanishda ishtirok etuvchi ( semiz hujayralar, polimorf yadroli leykotsitlar, monotsitlar, makrofaglar, endoteliy hujayralari, trombositlar) har xil hujayra unsurlari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular prostanoidlar, leykotrien, NO, trombositlarni faollashtiruvchi (TFO PAF1) omil, gistamin, ba’zi interleykinlar va boshqalar kabi biologik faol moddalarni ajratadilar2. Shu sababli yallig‘lanishni farmakologik boshqarish imkoniyatlari juda xilma-xil. Odatda ular yallig‘lanish jarayonini rag‘batlantiruvchi moddalarni ishlab chiqarish va ajratishga qaratilgan bo‘ladi. Yallig‘lanishga qarshi vositalarni yaratish nuqtaiy nazardan yallig‘lanishda ishtirok etuvchi hujayra membranalari fosfolipidlaridan sintezlanuvchi biologik faol moddalarni hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi birikmalar katta qiziqish uyg‘otadi.3Shunday moddalarning ta’sir yo‘nalishlari quyidagicha.
1. Prostanoidlarni (prostaglandinlar, trombaksan), leykotrienlarni va trombositlarni faollashtiruvchi omilni (TFO) hosil bo‘lishini nazorat qiluvchi fosfolipazaA2 faolligini susaytirish; glyukokortikoidlar shunday ta’sir etadilar.
2. Prostanoidlarning biosintezini boshqaruvchi siklooksigenaza (SOG) faolligini susaytirish (nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalar).
3. Prostanoidlar retseptorlarini qamal qilish (m-n, tromboksanning antagonisti Sulotroban)
4. Leykotrienlar hosil bo‘lishida qatnashuvchi 5-lipooksigenaza faolligini qamal qilish (zileuton).
5. Leykotrien retseptorlarini qamallash (JITD4 uchun Zafirlukast)
6. TFO bog‘lanadigan retseptorlarni qamallash ( TFO analoglari, alprazolam)
Yallig‘lanishga qarshi vositalarni kimyoviy tuzilishi bo‘yicha steroid va nosteroidlarga ajratish qabul qilingan.


1Platelet activating factor –trombositlarni faollashtiruvchi omil-biologik faol lipid bo‘lib, yallig‘lanish jarayonida qatnashuvchi ko‘pgina hujayralar ( trombositlar, neytrofillar, monotsitlar, semiz hujayralar, eozinofil, buyraklar, endoteliysida) fosfolipidlardan fosfolipazaA2 ta’sirida hosil bo‘ladi. Yallig’lanish mediatorlariga mansub. Allergik reaksiyalarni rivojlanishida ham ishtirok etadi. Tomirlarni kengaytiradi, ularni o‘tkazuvchanligini oshiradi, leykotsitlar xemotaksisini rivojlantiradi, leykotsitlarni faollashtiradi, trombositlarni agregasiyasini oshiradi, silliq mushaklarga spazmogen ta’sir etadi.
2 Bunday birikmalar yallig‘lanish mediatorlari deb ataladi.
3Ko‘pincha araxidon kislotasining metabolitlarini eykozanoidlar (grekcha – eicosa –yigirma) deb
nomlanadi. Araxidon kislotasi 20ga uglerod atomidan iborat to‘yinmagan yog‘ kislotasidir.



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish