Giperlipoproteinimiya tiplari
|
Dori vositalari
|
Tip-І-Oilaviy xilomikronimiya (giperxilomikroinimiya) XM, ZPLP- oshadi.
|
—
(Dieta)
|
Tip- ІІA-Oilaviy giperxolesterinemiya (Oilaviy giperbetalipoproteinimiya) ZPLP –oshadi
|
Statinlar; O’t kislota sekvestrantlari; Nikotin kislota; Fibratlar.
|
Tip- ІІB-Oilaviy aralash giperlipidemiya ZJPL va ZPLP-oshadi
|
Statinlar; O’t kislota sekvestrantlari; Nikotin kislota; Fibratlar.
|
Tip- ІІІ-Oilaviy disbetalipoproteinimiya OZLP, ZJPL, β-ZJPL XM- oshadi
|
Statinlar; Nikotin kislota; Fibratlar.
|
Tip-ІV - - Oilaviy gipertriglitseridemiya (Oilaviy giperprebetalipoproteinimiya) ZJPL-oshadi
|
Statinlar; Nikotin kislota; Fibratlar.
|
Tip-V-Oilaviy aralash gipertriglitseridemiya ZJPL, XM-oshadi
|
Statinlar; Nikotin kislota; Fibratlar.
|
LP (a) giperlipoproteinimiya
|
Statinlar; Nikotin kislota;
|
Giperlipoproteinemiyalarning ajratilgan turlari birlamchi (nasliy yoki parxezni buzish tufayli) va ikkilamchi ko’pgina xastaliklarga yo’ldosh (diabet, gipotireoz, buyrak xastaliklari va boshqalar) bo’lib, hamda ba’zi dori moddalarni davomli qabul qilish natijasida bo’lishi mumkin. Asosiy xastalikni samarali davolash aterogen xarakterli giperlipoproteinemiyani sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligini e’tiborga olish lozim.
Apoproteinlarning asosiy funksiyalari:
1. Lipoproteinlar tuzilishini saqlab qolishi uchun.
2. Jigarda va boshqa to’qimalarda lipoprotein retseptorlari bilan bog’lanish (lipoproteinlarni qondan ajratib, keyinchalik ularni katobolizmga uchratish) uchun
3. Sirkulyatsiyadagi lipoproteinlarni metabolizmida ishtirok etuvchi, fermentlarni kofaktorlaridir (lipoproteinlipaza, letsitin-xolesterin-atsetiltransferaza)
3. Scavenger receptors; scavenger (angl)- axlatni tozalovchi
4. Bundan tashqari aterosklerozni rivojlanishida modifikatsiyalangan (“patologik”) lipoproteinlarni ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan
Gipolipedemik dori vositalar quyidagicha ta’sir yo’nalishiga ega bo’lishi mumkin:
Jigarda lipidlar va lipoproteinlar biosintezini ingibitsiyalovchilar
Jigarning ZPLP retseptorlarini sintezini kuchaytirish hisobiga lipoproteinlarni jigar tomonidan qamrab olish (endotsitoz)ni faollashtirish
Xolesterin va safro kislotalarini ichakda so’rilishini ingibitsiyalash
Xolesterin katobolizmini, shu jumladan uni safro kislotalariga aylanishini faollashtirish
Tomirlar endoteliysi lipoproteinlipazasi faolligini rag’batlantirish
Jigarda yog’ kislotalarini sintezini va ularni yog’ to’qimalaridan ajralishini ingibitsiyalash
Sirkulyatsiyadagi antiaterogen (ZYuLP) lipoproteinlar miqdorini oshirish
Jigarda xolesterin sintezini tanlab ingibitsiyalovchi, “statinlar” umumiy nomini olgan vositalar yuqori gipolipedemik samaradorlikka egadirlar. Ularga Monascus ruber va Aspergillus terreusdan ajratilgan biogen moddalar – lovostatin (mevakor) va Penicillinum citrium va Penicillinum brevicompactumlarning metobalitlari bo’lgan mevastatin (kompaktin) mansubdir. Shunday ta’sir tipiga ega bo’lgan (simvostatin, pravastatin) va sintetik (fluvastatin) moddalar yaratilgan. Ushbu dori vositalar 3-gidroksi-3-metilglutaril koenzim-A-reduktaza fermentini ingibitsiyalashi tufayli jigarda xolesterin sintezini susaytiradilar. Jigarda moslanish jarayoni tufayli ZPLP-retseptorlar soni ko’payadi va shuning uchun qon zardobida, endotsitoz va katabolizm ortganligi tufayli, OZLP va ZPLP miqdori kamayadi.
Moddalarning gipolipidimik ta’siri tez va kuchli, ancha jiddiy namoyon bo’ladi. Bundan ham kuchliroq natija ushbu dori vositalarni xolisteramin bilan birgalikda qo’llanganda yuzaga keladi. Keyingi yillarda statinlarning aterosklerozga qarshi ta’siri nafaqat gipolipidimik ta’sir, balki bevosita tomirlarga ta’siri bilan bog’liq deb tahmin qilinmoqda. Bu endoteliy funktsiyasining yaxshilanishi, yallig’lanish jarayonini kamayishi, aterosklerotik pilakchalarning turg’unligini ortishi, balki ularning bir qancha regressiyasi, t
Xolesterin
romb hosil bo’lish ehtimolini kamaytirishga olib keladi.
Atsetatlar
3-gidroksi-3-metilglutaril koenzim A-reduktaza
Xolesterin sintezi ingibitorlari (Statinlar)
Mevalon kislota
Do'stlaringiz bilan baham: |