Jadval 14.4.Ba’zi nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalarni enteral qo‘llangandagi farmakokinetikasi
Dori vositalar
|
Biologik o`zlashtirish darajasi
|
Qon zardobida maksimal kon-sentratsiya hosil qilish vaqti, soat
|
Zardob oqsillari bilan bog`lanishi,%
|
Dori vositani metabolizmi %
|
Yarim yashash vaqti
(t1/2) soat
|
Buyrak orqali o`zgarmagan moddani ajralishi, %
|
Atsetilsalitsil kislota1
|
65-70
|
~0.4
|
~50
|
>951
|
0.251
|
1-3
|
Indometatsin
|
~98
|
~1.3
|
90
|
>65
|
2-2.5
|
10-20
|
Diklofenak-natriy
|
~50
|
2-3
|
>99
|
>99
|
1-1.5
|
<1
|
Ibuprofen
|
>80
|
~1.6
|
>99
|
>99
|
1.5-2.5
|
<1
|
Naproksen
|
99
|
2-4
|
>99
|
>95
|
14
|
<5
|
Piroksikam
|
|
3-5
|
99
|
>90
|
50
|
~5
|
Lornoksikam
|
100
|
1-2
|
~99
|
~100
|
~4
|
20-35
|
Selekoksib
|
36
|
~3
|
~97
|
>97
|
11.2
|
<3
|
1Organizmda Atsetilsalitsil kislotasi tez salitsil kislotasiga aylanadi.
1Selekoksib tarkibida sulfanilamid guruhini borligi bilan tushuntiriladi
Yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida revmatoid artritda ba’zan oltin dori vositalari (krizanol va boshqalar) qo‘llaniladi. Ular ta’sir prinsipi yuqorida qayd etilgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalardan ancha farq qiladi. Ularning ta’siri sekin rivojlanadi (2-3 oydan keyin) va uzoq muddat saqlanadi. Oltin dori vositalarini keng ko‘lamda qo‘llashga ularning nisbatan yuqori zaharliligi va ko‘pgina jiddiy noxush ta’sirotlari (buyrak, jigar, qon hosil qilish a’zolarining jarohatlashi va allergik reaksiyalar)ning mavjudligi to‘sqinlik qiladi. Burushtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar ham yallig‘lanishga qarshi ta’sirga egadirlar.
ASPIRIN KARDIO
Farmakodinamikasi: Atsetilsalitsil kislotasining (ASK) ta'sir mexanizmi asosida siklooksigenazani (SOG-1) qaytmas ingibitsiyasi yotadi, buning oqibatida A2 tromboksanini sintezi bloklanadi va trombotsitlar agregatsiyasi susayadi. ASK trombotsitlar agregatsiyasini susaytirishning yana boshqa mexanizmlariga ega deb hisoblaydilar, bu esa uni turli tomir kasalliklarida qo'llash sohasini kengaytiradi. ASK, shuningdek yallig'lanishga qarshi, og'riqqoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sir samarasiga ega.
Qo'llanishi. Xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, anterial gipertoniya, semizlik, chekish, keksa yosh) mavjud bo'lganida o'tkir miokard infarktini va takroriy miokard infarktini oldini olish.
• Nostabil stenokardiya
• Insul`tni oldini olish (shu jumladan miyada qon aylanishini o'tkinchi buzilishlari bo'lgan patsientlarda)
• O'tkinchi miya qon aylanishining buzilishini oldini olish
• Tomirlardagi operatsiyalar va invaziv aralashuvlardan (masalan, aortokoranar shuntlash, uyqu arteriyalarini endarterektomiyasi, arteriovenoz shuntlash, uyqu arteriyalarini angioplastikasi) keyingi tromboemboliyani oldini olish
• Chuqur venalar trombozi va o'pka arteriyasi va uning shoxlarining tromboemboliyasini oldini olish (masalan, katta jarrohlik aralashuvi natijasidagi uzoq muddatli immobilizatsiyada).
3>5>1>1>
Do'stlaringiz bilan baham: |