O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


N-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar. (N-xolinomimetiklar)



Download 30,26 Mb.
bet99/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

N-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar. (N-xolinomimetiklar)
Ushbu guruhga quyidagi alkaloidlar mansub nikotin, lobelin va sitizin kiradi.Bu guruh dori vositalarini N-xolinoretseptorlarga bo’lgan ta’siri 2 bosqichli bo’lib, avval qo’zg’atadilar, keyin esa falajlaydilar.
Nikotin- tamaki bargi (Nicotiana tabacum, Nicotiana rustica) alkaloidi bo’lib, piridin metil pirrolidin hosilasi hisoblanadi. Zaharli bo’lgani uchun tibbiyotda qo’llanilmaydi. Eksperimental farmakalogiyada dori vositalarini ta’sir mexanizmini o’rganishda qo’llaniladi. Bundan tashqari, tamaki chekish keng tarqalganligi sababli nikotinni farmakodinamikasi va farmakokinetikasini o’rganish ahamiyatga ega. Nikotin ham periferik ham markaziy xolinoretseptorlarga ta’sir etadi. Ayniqsa, unga vegitativ gangliylardagi N-xolinoretseptorlar sezgirdirlar, bunda nikotin 2 ta fazali ta’sir ko’rsatadi. 1-faza (qo’zg’alish) ganglionar neyronlar membranalarining depolyarizatsiyasi bilan xarakterlansa, 2-faza (tormozlanish) atsetilxolinga nisbatan raqobatli antagonist sifatida belgilanadi. Nikotin atsetilxolinning sinteziga, ajralib chiqishiga va gidrolizlanishiga ta’sir qilmaydi. Nikotin sinakarotit sohaning xemoretseptorlariga stimullovchi ta’sir qilib nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni reflektor qo’zg’atadi. Tormozlanish fazasi qonda nikotin yuqori konsentratsiyada yig’ilganida vujudga keladi. Kichik dozalarda nikotin buyrak usti bezi xromaffin hujayralarini N-xolinoretseptorlarini qo’zg’atadi, shu sababli adrenalinni ajralishini ko’paytiradi, katta dozalarda-teskari ta’sir ko’rsatadi. Vegitativ gangliyalarga ta’sir qiluvchi dozaning oshib ketishi ta’sirining boshlanishida nerv-mushak o’tkazuvchanligini osonlashtiradi, so’ngra susaytiradi.
Markaziy nerv sistemasiga nikotin juda sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bunda ham 2 ta fazali ta’sir namoyon bo’ladi: uni kichik dozalarda ishlatilganda qo’zg’alish ustun kelsa, yuqori dozalarda− tormozlanish ustun keladi. Bosh miya po’stlog’iga nikotinning ta’siri tufayli subyektiv holatni yaqqol o’zgartiradi. Nikotin nafas markazini kuchli qo’zg’atadi ( yuqori dozalarda uni tormozlaydi). Uning yuqori dozalardagi miqdori tirishishni keltirib chiqiradi.
Nikotinni antidiuretik ta’siri uning markaziy ta’siri bilan bog’lanadi (Gipofizni orqa bo’lagidan antidiuretik gormon ajralishi kuchayadi).
Nikotinni har xil organlarga va sistemalarga ta’siri uning ham periferik ham markaziy ta’siriga bog’liq. Yurakning qisqarishlar chastotasi boshida sekinlashadi (adashgan nerv markazi va intramural parasimpatik gangliyalarning qo’zg’alishi) so’ngra tezlashadi (moddaning simpatik gangliyalarga ta’siri va buyrak usti bezi mag’iz qavatidan adrenalinning ajralishi). Kichik dozalarda nikotin arterial bosimni oshiradi. Bu dori vositaning simpatik gangliyalarni va tomir harakatlantiruvchi markazning qo’zg’alishi, adrenalin ajralishining kuchayishi va to’g’ridan-to’g’ri miotrop tomirlarni qisqartirish ta’siri bilan bog’liq.
Nikotin ta’sirida ko’pincha ko’ngil aynish (markaziy), qusish kuzatilishi mumkin. Ichak motorikasi kuchayadi. Yuqori dozalarda nikotin ichak tonusini pasaytiradi.
So’lak va bronxial bezlarning sekretor funksiyasi avval kuchayadi, so’ngra tormozlanish fazasiga o’tadi. Sekinlik bilan nikotinga o’rganish paydo bo’ladi.Nikotin shilliq qavat va teridan yaxshi so’riladi. Uning miqdori asosan jigarda, shuningdek o’pka va buyraklarda biotransformatsiyaga uchraydi. Nikotin va uning hosilalari 10-15 soat mobaynida siydikdan ajraladi. Emizish davrida nikotin sut bezlari orqali chiqariladi.
Nikotindan o’tkir zaharlanishdagi persalivatsiya, ko’ngil aynishi, qusish, diareya kuzatiladi. Bradikardiya taxikardiya bilan almashinadi. Arterial bosim ko’tarilgan, nafas olish yetishmovchiligi yo’qolishiga almashinadi. Dastlab qorachig’lar torayadi, keyin kengayadi. Ko’rishning, eshitishning pasayishi, shuningdek tirishishlar kuzatiladi. Beriladigan yordam asosini nafas olishni ta`minlashdan iborat, chunki nafas markazining falajlanishi natijasida o’lim kuzatilishi mumkin. Nikotin organizmdan batamom chiqib ketgunga qadar sun’iy nafas oldirishni davom ettirish lozim.
Nikotindan surunkali zaharlanish tamaki chekish bilan bog’liq. Shuni esda tutish lozimki, tamaki tutunida nikotindan tashqari boshqa zaharli moddalar – fenol, uglerod oksid, sinil kislota ajraladi. Tamaki tutunida radiaktiv moddalarning izlari borligi aniqlangan, ular esa kanserogen modda hisoblanadi. Surunkali zaharlanishning simptomotikasi har xil bo’lishi mumkin. Nafas yo’llari shilliq pardalari yallig’lanish holatlari bo’ladi, gipersalivatsiya kuzatiladi. Oshqozon shirasining kislotaligi kamayadi. Yo’g’on ichak motorikasi kuchayadi.
Qon aylanish sistemasidagi o’zgarishlar – arterial bosim ko’tarilshi va yurak qisqarishlar ritmining tezlashishlaridan tashqari, ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya bo’lishi mumkin. Nikotin stenokardiya xurujlarini keltirib chiqarishga sabab bo’ladi, ba`zida so’rishni pasaytiradi. Oliy nerv faoliyati tomonidan jiddiy o’zgarishlar kuzatiladi.
Tamaki chekish sog’liqqa zarar keltiradi. U yurak ishemik kasalliklari, o’pka rakni, surunkali bronxit emfizemasi va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Chekishning oqibatida shaxsning barvaqt o’limi va nogiron bo`lib qolishi kuzatiladi.

N- xolinomimetiklardan dori modda sifatida lobelin va sitizin ishlatiladi, ular reflaktor ta’sir qiluvchi nafas analeptiklari hisoblanadilar.
Lobelin – Lobelia inflate o’simligi tarkibidagi alkaloiddir. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha uchlamchi aminlarga mansubdir. Dori vosita karotid koptokchalar retseptorlariga xolinomimetik ta’sir ko’rsatib, reflektor tarzda nafas markazini qo’zg’atadi (uzunchoq miyada joylashgan boshqa markazlarni ham). Avval, qisqa muddatga arterial bosimni pasaytiradi (markazlarni va adashgan nerv gangliyalarni aktivlaydi), so’ngra uni ko’taradi (asosan simpatik gangliyalar va buyrak usti bezi mag’iz moddasiga stimullovchi tasir tufayli).
Kuchli ifodalangan nafasning qo’zg’alishi rakitnik (Cytisus labumum) va termopsis (Thermopsis lanceolata) o’simliklari tarkibida saqlanuvchi alkaloidlar- sitizin qo’llanilganda namayon bo’ladi. Kimyoviy tuzulishi bo’yicha sitizin ikkilamchi aminlar guruhiga kiradi. Uning ta’siri N-xolinoretseptorlarning stimulyatsiyasiga bog’liq bo’lib, lobelinga o’xshaydi. Yuqori konsentratsiyalarda bu alkaloidlar N-xolinoretseptorlarni falajlaydi. Sitizinning 0.15% li eritmasi Sititon nomi bilan chiqariladi. Ikkala dori vosita ham nafasni stimullash uchun qo’llaniladi (agar nafas markazining reflektor qo’zg’aluvchanligi saqlangan bo’lsa). Vena ichiga yuboriladi. Ta’sir davomiyligi juda qisqa. Bundan tashqari, bu ikki alkaloid chekishga bo’lgan xumorlikni chalg’itish maqsadida beriladigan dori vositalarning asosiy komponentidir ( sitizin “Tabeks”, lobelin esa “Lobesil” tabletkalari tarkibida bo’ladi ).

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish